Khusanboy Sobirjonov | IT Blog
قناة بسيطة
💻 Let's learn programming together ✍️ Author: @uzbek_coder_2022_bot 🌐 Web-site: uzbekdeveloper.uz ——————————————————— 🔸 Hechkim sendan aqlli, kuchli emas 🔹 Shunchaki ular oldin boshlashgan! (👤 Stiv Jobs) ——————————————————— ❓Quiz: @quiz_test_py_cp
إظهار المزيد170
المشتركون
+124 ساعات
+27 أيام
+630 أيام
أرشيف المشاركات
#foydali | #cpp
Funksiya ko'rsatkichi
C++ tilidagi funksiya ko‘rsatkichi funksiya manzilini saqlaydigan o‘zgaruvchidir. Bu funksiyalarni ko‘rsatkich orqali chaqirish va boshqa funksiyalarga argument sifatida o‘tkazish imkonini beradi.
Funksiya ko'rsatkichlari funksional jadvallarni yaratish, kutubxonalarni dinamik ravishda yuklash va qayta chaqiruvlar va funksionallikni dinamik aniqlash kabi turli xil dasturlash naqshlarini amalga oshirish uchun ishlatilishi mumkin.
©️cppproglib
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#celebrate | #qiziqarli
Bugun dasturchilar kuni yodingizdan chiqmagan bo'lsa. Yilning 256-kuni "Dasturchilar kuni" sifatida nishonlanar edi. Hamma dasturchilarni bayramimiz bilan tabriklayman. 🥳 Demak, bugun bayram qilar ekanman 😁.
Bunga doir robocontest.uz platformasida ham masala bor edi.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#foydali | #computer
Agarda sizda qaysidir klaviatura klavishi ishlamay qoldi shunday vaqtda nima qilish kerak o'rganib chiqamiz. Kecha Komiljonov Nurmuhammad ustozimiz bilan bunga yechim topdik. Boshqalarga ham foydasi tegib qolar.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#hikmat
Yaxshi kitoblarni o‘qish – dunyoning eng dono kishilarining suhbatida bo‘lish demak.
©️Rene Dekart
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#apple | #news
Apple taqdimoti bor bugun unutmagan bo'lsangiz. Siz ham taqdimotlarini kuzatib borsangiz. Agarda yodingizdan chiqib qolgan bo'lsa bugun 22:00 da boshlanadi.
Yangi mahsulotlarini ko'ramiz umuman hali shov-shuv bo'lmagan yashirin turgan mahsuloti bormikan.
🎬 Kuzatish uchun : https://www.youtube.com/live/ZiP1l7jlIIA?si=UI_HsWkaleYfWKKA
🤓 Qiziqarli : https://www.youtube.com/watch?v=lHD-0JrmW0U
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#qiziqarli
Payme ilovasida kichik xatoliklar bor ekan. Dasturchilarga shu vaqtda nima bo'lgan ekan-a Karl.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#hikmat
Камтар бўлинг — ҳурмат қозонасиз;
Меҳнаткаш бўлинг — насибаланасиз;
Нозик таъб бўлинг — эсланасиз;
Саховатли бўлинг — ризқланасиз;
Қизиқувчан бўлинг — ўрганасиз;
Ишончли бўлинг — қадрланасиз;
Кечиримли бўлинг — хотиржам бўласиз;
Аслингиз каби бўлинг — бахтли бўласиз.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#Portfolio_blog
Yana bir ustozim shu bo'yicha bir loyihani
UI (user interface) qismini tayyorlaylik demoqda. Bu loyiha tibbiyot sohasi uchun ekan. Shunda yaxshiroq o'rganib olarmiz balki.
QT ni ko'rib chiqish jarayonida va Figma bo'yicha ham ko'proq tanishtirib ketdilar. Vaqt tez o'tib ketdiki, 18:00 bo'lib qolibdi. Fo'rmani almashtirib chiqish uchun ham imkon bo'lmabdi.
Siz ham o'zingizga yaxshi ustoz topdingizmi ? Shogird bo'lib olsangiz, juda yaxshi o'rganib va loyihalar qilib ketasiz ekan. Pulli kurslarga borib nima hojat bor.
Bu yil ICPC xalqaro olimpiadasiga qatnashib qolishimiz mumkin ADU nomidan saralashda. Jamoa uchun 1-kurslardan yaxshi biladiganlari kelib qolibdi CP ni. Muhimi g'alaba emas, balki qatnashish. O'zim qatnashishni anchadan buyon kutaman, jamoa uchun odam yo'q edi.
Ustozim tomonidan berilgan yana bir topshiriq python re moduli uchun qo'llanma tayyorlash bo'ldi. O'z kamchiliklarimni bartaraf etib ketaman ekan shu bilan. Shunday ishlar bilan ovora bo'lib, vaqt tomondan to'liq reja qila olganim yo'q hozircha. Ammo qiziq va ajoyib o'tmoqda. Kunni besamar o'tkazgandan ko'ra.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#Portfolio_blog
Ustozimdan bugun juda zo'r narsalarni o'rgandim va o'rgatdilar.
QT framework ida python orqali ishlash u asosan C++ uchun ishlab chiqilgan, ammo pythonda ham ishlash imkoniyati keyin yaratilgan ekan. Kompyuterga ilovalar yaratish uchun.
Xuddi frontedchidek dasturni UI qismini yarata olasiz osongina. Bunda HTML o'rniga XML, CSS o'rniga QML va JS ni o'rnini python bosadi. Backend ni pythonda yozaverasiz. Visual C++ dagi kabi kompanenta va formalar bilan ishlash borligi juda yaxshi ekan dasturingiz interfeysini ko'rib keta olasiz.
Yana bir yaxshi tomoni siz Figma ni bilasizmi ? Xuddi shu kabi o'zining QT Designer Studio si mavjud va dizaynni yaratasiz, Siz yaratgan dizayn kodlarini tayyorlab beradi.
Videoni ko'rib barchasiga qisqacha guvoh bo'ling. Ustozim bu haqida ancha oldin aytgan edilar, lekin endi to'laqonli ishlatib ko'rdik va QT 6 framework ida QT 5 dagi ancha kamchiliklar to'g'rilanib ketibdi.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#hikmat
To'g'ri fikrlash ko'p narsani bilishdan yaxshiroqdir.
©️Jon Lokk
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#hikmat
Yodingdami sen tug'ilgan on,
Hamma handon edi, sen esa giryon...
Shunday yashaginki ketar chog'ing
Hamma giryon qolsin sen ketgin handon.
©️Sa'diy Sheroziy
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#Qiziqarli_savol : print('qwerty'.center(8, '1')) natijani toping
#Portfolio_blog
Amazon AWS da berilgan pem faylni hech ham o'chirib yubormaslik va saqlab qo'ygan ma'qul ekan. Bo'lmasa serverga yuklagan ma'lumotlarga kirish imkoni boshqa yo'q ekan. Yangisi yaratilsa ham.
Eskisini tiklash imkoni ham bor ekan, lekin o'ziga yarasha qiyinchilik tug'diradi ekan 1-bor bunday holatga tushsangiz. Hozirda serverga bog'lana olmayabman pem fayli o'chib ketgani uchun. Telegram bot yaratish to'xtab qoldi. Endi tiklab olish kerak. Bu ham bir tajriba bo'ladi tiklab olsam.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#hikmat
Muvaffaqiyat — muvaffaqiyatsizliklar orasida ishtiyoqni so'ndirmasdan olg'a borishdir.
©️Uinston Cherchill
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#hikmat
Biror nima yuz berishidan vahimaga tushib, lanj va qo'rqoq bo'lib qolgandan ko'ra, olijanoblik va jasurlik bilan o'zimiz his qilib turgan kulfatlarning yarmiga yo'liqishga tavakkal qilib yashamoq afzalroqdir.
©️Gerodot
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#question
:= bunday holatni oldin ko'rgan edingizmi ? Men leetcodeda o'rgangan edim. C++ dagi kodni pythonga o'girdim xolos. Shunaqa bo'ladi ekan.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#Qiziqarli_savol : num = 10;
if num := 20: print(num) quyidagi kod natijasini toping.
