ar
Feedback
Khusanboy Sobirjonov | IT Blog

Khusanboy Sobirjonov | IT Blog

قناة بسيطة

💻 Let's learn programming together ✍️ Author: @uzbek_coder_2022_bot 🌐 Web-site: uzbekdeveloper.uz ——————————————————— 🔸 Hechkim sendan aqlli, kuchli emas 🔹 Shunchaki ular oldin boshlashgan! (👤 Stiv Jobs) ——————————————————— ❓Quiz: @quiz_test_py_cp

إظهار المزيد
Buy Ad
170
المشتركون
+124 ساعات
+27 أيام
+630 أيام
أرشيف المشاركات
#foydali | #python | #database Agarda biz python dasturlash tilida ma'lumotlar bazasi uchun vaqt bilan ishlashimiz kerak bo'l
+3
#foydali | #python | #database Agarda biz python dasturlash tilida ma'lumotlar bazasi uchun vaqt bilan ishlashimiz kerak bo'lsa quyidagi usullar juda kerak bo'ladi. Ya'ni siz SQL ni o'rganib chiqqan bo'lsangiz unda date data types mavjud va bularda to'g'ri qiymat berib ketishimiz lozim. Sanani kiritish vaqtida '-' yoki '/' belgilaridan birini ishlatishimiz kerak default holatda. Python dasturlash tilida datetime moduli vaqt bilan ishlash uchun mavjud bo'lib, undagi strftime() funksiyasi orqali kerakli shablonga solib, o'zimiz uchun kerakli natijani olishimiz mumkin. SQL da date data types hali sizga noma'lum bo'lsa, havola ushbu ma'lumotni o'qib chiqing. 📱 Telegram ▶️ You tube  🤖 Robot

#teacher | #project Ustozlarimiz sun'iy intellektda lug'at bo'yicha juda katta ish qilishmoqda edi. Bitta videokarta kuchi yetmay qolib, 2 tasini bugun birlashtirishdi. 2 si ham Nvidia Geforce RTX 4070 Ti 12 GB edi. Kompyuter o'chmasdan bir necha kun sun'iy intellektni train qildirmoqda. Natijasini keyin ko'ramiz ekan. 📱 Telegram ▶️ You tube  🤖 Robot

#python | #foydali | #shutil Biror turdagi faylni ko'chirish yoki nusxa olish uchun biz quyidagi usullarni qo'llay olamiz. sh
+1
#python | #foydali | #shutil Biror turdagi faylni ko'chirish yoki nusxa olish uchun biz quyidagi usullarni qo'llay olamiz. shutil moduli bu holatda bizga qo'l keladi. Bu modul python standart modullari ichida mavjud va fayllar bilan ishlashga yordam beradi. Loyiha qilishdagi kichik ishlatilgan kod qismidan misol. 📱 Telegram ▶️ You tube  🤖 Robot

#python | #foydali Tanlash operatorini C++ dasturlash tilida switch-case deb o'rgangan bo'lsak, python dasturlash tilida esa
#python | #foydali Tanlash operatorini C++ dasturlash tilida switch-case deb o'rgangan bo'lsak, python dasturlash tilida esa match-case bo'ladi. Rasmda kichik bir misol ko'rsatib o'tilgan. Tanlash operatorini python dasturlash tilining 3.10 versiyasidan boshlab ishlatish imkoniyatiga egamiz. Python dasturlash tilida endi case lar ichida break kalit so'zini ishlatishning keragi yo'q. default - standart boshlang'ich holatda qanday qiymat chiqishi ya'ni mos keluvchi qiymat topilmaganda ishlovchi qism ham case _ tarzida yozib ketiladi. Agarda bir nechta qiymatlar bitta ko'rsatmani bajarishi kerak bo'lsa, bunday holatda case val_1 | val_2 | val_n: pass tarzida yozib ketish ya'ni bunda | belgisi bilan ajratib yozish talab etiladi. Qo'shimcha boshqa imkoniyatlari bilan tanishish uchun : havola 📱 Telegram ▶️ You tube  🤖 Robot

#result | #cpython cpython.uz saytida hali ham daily tasks (kunlik topshiriqlar) ni bajarib borish davom etmoqda. 60 kun bo'l
#result | #cpython cpython.uz saytida hali ham daily tasks (kunlik topshiriqlar) ni bajarib borish davom etmoqda. 60 kun bo'libdi bunga ham. Orada bir marotaba freeze olish to'g'ri keldi. Shuncha qilingan mehnat yo'q bo'lmasligi uchun ham. Daily tasks ni bajarib borayotgan insonlar juda kam ro'yxatdan ham buni ko'rish mumkin. Saidakbar aka hali ham birinchilikni qo'ldan boy bergani yo'q. Yana 2 ta akkaunt bilan ketmoqda. Siz imkon topib shu saytda kunlik topshiriqlarni ishlashga harakat qilib ko'rdingizmi ? Bellashuvlar bo'limi ham zo'r bilimni oshirish va tekshirish uchun. 📱 Telegram ▶️ You tube  🤖 Robot

#my_blog Vanihoyat, jamoa ham tayyor bo'ldi. Endi ozgina vaqt tayyorgarlik ko'ramiz. Muhimi g'alaba emas, balki qatnashish deganlaridek. Ko'ramiz balki harakatlarimiz zoye ketmas. OTM miz imkoniyat yaratib beryabdi ekan, darslardan ozod qilgan holatda. Qolgani bizga bog'liq. ©️admin 📱 Telegram ▶️ You tube  🤖 Robot

#statistika | #salary IT sohasida 20-50 mln so’m oylik to’laydigan bo’sh ish o’rinlari anchagina ekanligini Raqamli Iqtisodiy
+4
#statistika | #salary IT sohasida 20-50 mln so’m oylik to’laydigan bo’sh ish o’rinlari anchagina ekanligini Raqamli Iqtisodiyot Tadqiqotlari Markazi tomonidan amalga oshirilgan IT mehnat bozori tahlilida ko’rsangiz bo’ladi Vakansiyalarni ushbu saytlardan ko’rib, onlayn ariza yuboring: https://hh.uz https://ishkop.uz https://it-market.uz/job/ www.olx.uz/rabota/it-telekom-kompyutery/ https://t.me/fintech_jobs Agar ko’rsatilgan talablarga yetarli malakaga ega bo’lishga harakat qilib o’qimoqchi bo’lsangiz, unda marhamat: https://www.education.it-park.uz/ https://uzbekcoders.uz/ ©️shshermatov Sherzod Shermatov o'z kanali sahifasida yaxshi statistikani berib ketibdi. 📱 Telegram ▶️ You tube  🤖 Robot

Yuqoridagi kod natijasini toping
Anonymous voting

#Qiziqarli_savol | #python 📱 Telegram ▶️ You tube 🤖 Robot
#Qiziqarli_savol | #python 📱 Telegram ▶️ You tube  🤖 Robot

#answer | #python | #foydali Link : https://t.me/uzbek_coder_c_plus_plus/2864 1-usul : sys tizim bilan ishlash modulidan stdi
+1
#answer | #python | #foydali Link : https://t.me/uzbek_coder_c_plus_plus/2864
1-usul : 
sys tizim bilan ishlash modulidan stdin kiritish oqimini olishimiz mumkin. readlines() funksiyasi orqali oqimdagi barcha ma'lumotlarni o'qib olib, u ma'lumotlar ustida kerakli vazifani bajara olamiz. 2-usul: fileinput moduli ichidagi input() funksiyasi orqali ham biz kiritish fayli ichidagi (stdin oqimi) ma'lumotlarini olish imkoniga egamiz. Hattoki, kiritish faylini ko'rsatib ketish imkoniga egamiz. Kod :
import fileinput
with fileinput.input(files=('input.txt',)) as file:
    for line in file:
        print(line)

yoki fayllar bir nechta bo'lsa, files=('input.txt', 'in.txt') tarzida berib keta olamiz. files argumentiga qiymat tuple turida berilishi lozim. 📱 Telegram ▶️ You tube  🤖 Robot

Google'dan Offer Oldim Maqola: azimjon.com/googledan-offer-oldim ©️lazyprogrammer Siz ham eshitgandirsiz. Bilmagan bo'lsangiz
Google'dan Offer Oldim Maqola: azimjon.com/googledan-offer-oldim ©️lazyprogrammer Siz ham eshitgandirsiz. Bilmagan bo'lsangiz endi bilasiz. Qisqa vaqtdan beri kuzatib borar edim bu insonning kanalini. Amazonda ish faoliyatini olib borayotgan edilar. FAANG ga kiruvchi kompaniyalarda birma-bir ishlab chiqyapti ekanlar. 📱 Telegram ▶️ You tube  🤖 Robot

Boshqa variant W harfi joyida qoladi, inglizcha soʻz kelsa, terilmani oʻzgartirish shart emas. ©️oriftolib Klaviatura ko'rini
Boshqa variant W harfi joyida qoladi, inglizcha soʻz kelsa, terilmani oʻzgartirish shart emas. ©️oriftolib Klaviatura ko'rinishi ham tayyor bo'libdi hozircha namuna uchun. 📱 Telegram ▶️ You tube  🤖 Robot

#cpython | #task https://cpython.uz/practice/problems/problem/161 siz qaysi usulda ishlagan bo'lar edingiz. Fayllar bilan ishlash mumkin emas. O'z yechimingizni commentda qoldiring. Yangi usullar chiqsa o'rganamiz birgalikda. 📱 Telegram ▶️ You tube  🤖 Robot

Mendan yaxshi dasturchi chiqmaydimi ?

Nega ana ular mendan tez o'rganishadi, men esa...? kabi savollarni ko'p kuzatamiz. Aslida bu savollar to'g'rimi ? Ularga javobni qanday bilsak bo'ladi ? Javobim: Dasturlash bo'yicha aytadigan bo'lsa. Insonlarni uch turga bo'lishimiz mumkin. 1. Alloh bergan iqtidor, qobiliyat egalari. Bular dasturlashni juda oson va tez o'rgana olishadi va katta natijalarga erisha olishadi. Qo’shimchasiga til, matematika va hokazo ilmlari bo’lsa, unda🔥. 2. Dasturlashni o'rganishga foydasi tegadigan ilm egalari. Masalan ingliz tili, matematika va hakozo ilmlardan biri yoki birnechtasini biladigan insonlar. Bularda iqtidor bo'lmasa ham, qo'llarida qurollari mavjud. Ular biroz qiynalsalar ham, dasturlashni o'rganishlari oson kechadi. 3. Oddiy, iqtidorsiz va ilmsiz insonlar. Bular na til bilishadi, na matematika va na iqtidorlari bor. Bularda dasturlashni o'rganish ancha qiyin. Ammo, uddalasa bo'ladi. Endi siz bulardan qaysi biriga kirishingizni aniqlang va o'qishni davom eting. 1. Agar siz birinchi toifaga kirsangiz. Harakatdan to'xtab qolmang. O’zingizga ortiqcha ishonib yubormang. Qo’shimcha ilmlarni bilmasangiz, ularni ham qo’shing. 2. Agar siz ikkinchi toifaga kirsangiz. Qo'lingizdagi qurollar bilan 2 barobar ko'proq harakat qilsangiz, iqtidorli va qo’shimcha qurolli insonlardan kam joyingiz qolmaydi. :) Bir barobar harakat qilsangiz, albatta ulardan qolib ketishingiz mumkin. 3. Agar siz uchinchi toifaga kirsangiz. Kayfiyatni tushurmang. Yon-atrofingizdagi odamlar sizdan juda ham tez o'tib ketishiga siqilmang. Ularni ba'zilari iqtidorli, ba'zilarini esa qo'lida qurollari mavjud. Siz esa bularga qarshi o'zingizga nisbatan 3-4 barobar ko'proq harakat va izlanish qilishingiz kerak. Ko'proq harakat qilsangiz, inshaaAlloh siz xatto ulardan ham o'tib ketishingiz mumkin. Yoki yana bir narsa, o’zingizda boshqa kasbga qobiliyatingiz va xohishingiz bo’lsa, yo’lni qayta boshlashdan cho’chimang. Yaxshi reja orqali, boshqasiga sakrashga qiynalmaysiz Xudo xohlasa. Shuni unutmaslik kerakki, barchasi Allohdan. Biror narsa uchun qancha ko'p sabablarini qilsangiz, Alloh xohlasa shuncha tez unga erishasiz. Alloh ba’zilarga nimadirni berib sinasa, ba’zilardan olib sinaydi. Bir ne’matdan sinov kelsa, boshqa son-sanoqsiz ne’matlarga noshukr bo’lmang. “Nega menda o’xshamaydi?!” deyavermang. Hammasiga Alhamdulillah deng, xatolaringiz ustida ishlang, to’g’ri reja qiling va yo’lda davom eting. InshaaAlloh. #maslahat ©️JoshDeveloper 📱 Telegram ▶️ You tube  🤖 Robot

📣 #news Bugun “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan ilmiy-nazariy konferensiya” boʻlib oʻtibdi. Alifbodagi ayrim harflar yaqin orada o'zgarashi mumkin ekan. Yana oldingi mavzu ko'tarilibdi. Bunga sabab axborot texnologiyalarida bizning alifbomizda bo'layotgan xatolik va kamchiliklar, ' ͑ ' belgisini yozishda klaviaturaning bir necha tugmalarini bosish qiyinchilik tug'dirishi hamda boshqalar ekan. https://t.me/oriftolib/3082 shu postni ham o'qib chiqing. Sizning fikringiz qanday? 📱 Telegram ▶️ You tube  🤖 Robot

1-post sinov uchun qo'yildi kanalga 🔥

Endi kanallarda story qo'yish rejimi qo'shilbdi bir sinaylikchi? Ammo premium foydalanuvchilari uchun ekan.

#icpc Mintaqaviy saralash bosqichi 8-oktabr kuniga ko'chirilibdi. Bilmagan bo'lsangiz. ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

Repost from Algo Vision
Yandex Cup xalqaro darajadagi yangi chempionat o'tkazadi. Chempionatda barcha leveldagi dasturchilar qatnashishi mumkin. Chempionat 3-bosqichda bo'ladi. 29 oktabrgacha ro'yxatdan o'ting Yaxshi natija ko'rsatgan 129 ta dasturchi Yandex ga oson ishga kirish yo'llanmasini oladi