Khusanboy Sobirjonov | IT Blog
قناة بسيطة
💻 Let's learn programming together ✍️ Author: @uzbek_coder_2022_bot 🌐 Web-site: uzbekdeveloper.uz ——————————————————— 🔸 Hechkim sendan aqlli, kuchli emas 🔹 Shunchaki ular oldin boshlashgan! (👤 Stiv Jobs) ——————————————————— ❓Quiz: @quiz_test_py_cp
إظهار المزيد170
المشتركون
+124 ساعات
+27 أيام
+630 أيام
أرشيف المشاركات
#qiziqarli
Apple kompaniyasining WWDC 2023 taqdimoti boshlandi. Kutayotgan edingizmi ? Menga o'xshab 😁 yoki bexabar edingizmi ? Men bir necha oy kutgandim.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#Portfolio | #graphic_design
Grafikadan berilgan topshiriqlarni bajarib turaverish ham kerak. Choy qutisining dizayni maketi men tomonimdan tayyorlandi. Rasmlari internetdan 🌐🪓. Yangi narsalarni ham o'rganib turish kerak. Nima deysiz so'nggi natijaga. Dasturlashdan ozgina yiroqlashib turaylik.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#Portfolio_blog | #game | #Python
1 dan n gacha bo'lgan sonlardan istalgan qism oralig'ini olib sizdan yig'indisini topishingizni so'rovchi kichik bir o'yin. Pythonga tushunsangiz ishlatib ko'ring. Qanday chiqqaniga baho berasiz. Kodini ko'rib ham o'zingiz bir tahlil qilib ko'ring. Oddiy biroq hamma ham qila olmaydi. Chunki to'liq fikrlash zarur. Hammasi oddiylikdan boshlanadi. Idea mendan kelmagan, lekin uni dasturga aylantirdim va to'ldirdim.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#foydali
https://cpython.uz/competitions/contests/contest/271/problem/C2 shu masala uchun 2 xil yechim. Yuqoridagi sikl orqali takrorlanuvchi algoritm bo'lib time limit beradi. Ikkinchi pastdagisi eng optimal yechim, chiziqli algoritm hisoblanadi.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#lirik_chekinish
Beshak biling, bu dunyo barcha xalqdan oʻtar-o,
Ishonmagʻil molinggʻa, bir kun qoʻldan ketar-o.
Oto-ono, qarindosh qayon ketdi, fikr qil,
Toʻrt oyoqli cho'yan ot bir kun senga yetar-o.
©️Xoʻja Ahmad Yassaviy
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#foydali | #extension | #visual_studio_code
Agarda siz Visual Studio Code dasturini ishlatsangiz unda foydalanish uchun yaxshi bir extension.
Office Viewer kengaytmasi keng tarqalgan ofis fayl formatlarini oldindan ko'rishni qo'llab-quvvatlaydi va ular bilan ishlay olasiz. Bular :
• Excel : .xls, .xlsx, .csv
• Word : .docx
• Svg : .svg
• Pdf : .pdf
• Font : .ttf, .otf, .woff
• Markdown : .md
• HttpRequest : .http
• Windows Reg : .reg
• Arxiv fayl : .zip, .jar, .vsix
O'rnatish uchun : ⬇️ Yuklab olish
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#foydali | #Pyhton | #modul
Bilamizki, Python dasturlash tilida biror modul (kutubxona) ichidagi funksiyani ishlatishimiz uchun quyidagicha usulni qo'llar edik :
import modul_nomi
var = modul_nomi.funksiya_nomi()
yoki
from modul_nomi import funksiya_nomi
var = funksiya_nomi()
Misol : Sonni ildizdan chiqarish
import math
n = int(input())
print(math.sqrt(n))
Buning yana bir boshqa usuli ham bor :
__import__.('modul_nomi').funksiya_nomi() - shu usulni qo'llashimiz ham mumkin. Bu usulni yuqoridagi misolga tadbiq etsak,
n = int(input())
print(__import__('math').sqrt(n))
Afzalligi kod qatorlar hisobiga kamroq bo'ladi. One Line (bir qator) orqali ishlanuvchi masalalarda ishlatish juda qulay. Endi shu misolni bir qatorli kodga o'tkazsakchi :
print(__import__('math').sqrt(int(input())))
Siz shunday holatda ishlatishni o'rgangan edingizmi ? Post foydali bo'ldimi ?
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#hikmat
Dengizchi bo‘ron paytida o‘ziga tahdid solib turgan to‘lqinga qarab emas, o‘ziga yo‘l ko‘rsatuvchi yulduzga qarab ish ko‘radi.
©️ P.Vershigora
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#foydali
ChatGPT bilimi va muammoga yechim berishini sinab ko'rishdi. Natijalarni jadvalda ko'rishingiz mumkin. Odamlar bilan qiyoslaganda.
©️algoexpert_uz
Shuning uchun
AI ga ishonib qolmaslik kerak. Baribir siz undan kuchlisiz, o'z aqlingiz va bilimlaringizdan to'g'ri foydalana olsangiz.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#yechim | #Python
Ikki to'plam birlashmasidan ularning kesishmasini ayirish orqali kerakli natijani olishimiz mumkin.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#lirik_chekinish
HAYOT UYQUDIR, O‘LIMLA UYGʻONUR INSON.
SEN SHOSHIL, O‘LMASDAN AVVAL UYGʻON.
©️Jaloliddin Rumiy
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#Qiziqarli_savol : print(*list(range(1,50))[0:50:-5]) natijani toping.
Sakkiz metrKo’p ish qiladigan odam bilan sakkiz metr radiusda o’tirish sizning ham 15% ga ko’proq ish qilishingizga sabab bo’ladi. Takasaltang odam bilan sakkiz metr radiusda o’tirish esa, 30% kamroq ish bitirishingizga sabab bo’ladi. Manba. Tadqiqotni o’qib bir necha xulosalar oldim: 1. Energiya va tezlikni oshirishning eng oson usuli kim bilan yonma-yon o’tirishni tanlash. Kim bilan o’tirishni tanlashingiz natijaga 45% gacha ta’sir qiladi. 2. Atrofdagilardan energiya olmayapsizmi? Unda sizdan olishyapti. Sizdan -30, ularga +15. Men bu almashinuvga rozi bo’lmasdim. 3. Maktabimizga faqat harakatchan va tarbiyali bolalarni olayotgandik, endi kim kim bilan o’tirishiga ham e’tibor beramiz. 4. Sodiqlar bilan birga bo’ling*, meni solihlar bilan birga qilgin** targ’iblari bekorga emas ekan. Sakkiz metrda kim bilan bo’lishimiz, ikki metrlik joyga qanday holatda kirishimizga ta’sir qilarkan. *9-119, **12-101 ©️azizrakhimov_blog Juda zo'r maslahat bo'libdi. Men ham ko'proq ustozlarim bilan yuraman ko'p shunga amal qilib. Boshqalardan uzoqlashib. Sizda qanday ? ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#Portfolio_blog
RoboContest Round #79 Children's day musobaqasida masala tuzib berganim uchun Asaxiy.uz dan elektron kitoblar uchun 50 ming so'mlik kupon berishibdi. Shunga qiziqayotgandim o'zi u kupon qanday bo'lar ekan deb. Endi ishlatib bilb olar ekanman-da.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
Repost from RoboContest.UZ
🤖🤖🤖🤖🤖🤖
RoboContest Round #79 Children's day ~ 40 daqiqada⏰ boshlanadi.
Quyidagi havola orqali musobaqaga qo'shilishingiz mumkin.
👉https://robocontest.uz/olympiads/589
Reytingi 1700 dan past bo'lgan barcha uchun #rated, shuningdek sizda Asaxiy.uz da elektron kitoblar uchun kupon yutib olish imkoni mavjud:
1 - o’rin: 100 000 so'm
2 - o’rin: 50 000 so'm
3 - o’rin: 30 000 so'm
Shuningdek bolalar kuni munosabati bilan reytingingizdan qat'iy nazar 16 yoshdan oshmagan bo'lsangiz quyidagi pul mukofotlarini yutib olish imkoniyati mavjud:
1 - o’rin: 100 000 so'm 💸
2 - o’rin: 50 000 so'm💸
3 - o’rin: 30 000 so'm💸
🤖🤖🤖🤖🤖🤖🤖
🤖 @robocontest
#rated #contest
#hikmat
Hech qachon adashmagan inson hech qachon yangi narsani qilib koʻrishga harakat qilmagan insondir.
©️Albert Eynshteyn
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#Qiziqarli_savol | #Python | #Cpp
Ikkita A va B to'plam berilgan. Bu to'plamlar uchun kesishmasini chiqarib yuborgandagi paydo bo'lgan to'plamni toping. SQL bilan ishlagan bo'lsangiz bunaqa holatlar uchun
Full Outer Join ni ishlatib ichki so'rov amalga oshiriladi.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#Qiziqarli_savol | #Cpp | #Python
"Salom, Dunyo!" satri berilgan bo'lsa, unga qanday usullar orqali '!' belgisidan 2 ta qo'sha olaman.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot