cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

FinTax.uz

Soliq maslahati va buxgalteriya xizmatlari Sayt : fintax.uz Instagram: instagram.com/fintax.uz Murojaat uchun : @fintaxTashkent

إظهار المزيد
Uzbekistanلم يتم تحديد اللغةالاقتصاد والمالية42 864
مشاركات الإعلانات
211
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
🎉 Yangi yilingiz bilan! 🌟 FinTax jamoasi sizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan chin qalbdan tabriklaydi! Bizga nisbatan ishonchingiz va hamkorligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz va yangi yilda sizga moliyaviy barqarorlik, farovonlik va iqtisodiy muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. 2024-yil siz uchun moliyaviy rivojlanish va muvaffaqiyatlar yili bo'lsin! 🌠 Yangi yil biznesingizga farovonlik, shaxsiy hayotingizga esa - quvonch va farovonlik olib kelsin. Bizni tanlaganingizdan minnatdormiz va yangi yilda sizga yordam berishda davom etamiz. Kirib kelayotgan bayramingiz bilan! 🎊
إظهار الكل...
Iqtisodiyot olamida diversifikatsiyalashtirish atamasi juda ko’p uchraydi. Shu sababli ushbu atamaga tushuncha berib o’tamiz. Diversifikatsiya ( lot.diversus “xilma xil” + facere “qilish” ) – biznesda faoliyat sohalarini, turlarini kengaytirish , yangilash. Diversifikatsiyalashtirish asosan investitsiya sohasida keng qo’llaniladi. Misol uchun investor oldida pul tikishi mumkin bo’lgan 4 xil soha turibdi. Ular : 30 % li rentabellik bilan savdo faoliyati; 25 % li rentabellik bilan qurilish sohasi; 20 % li rentabellik bilan ishlab chiqarish sohasi; 28 % li rentabellik bilan umumiy ovqatlantirish. Bu holatda agar investor bor mablag’ini eng yuqori rentabellikga ega faoliyatga kiritsa, umumiy pul aylanmasi bir joyda bo’lganligi uchun zarar ko’rish ehtimoli ham foyda ko’rish ehtimoli ham oshadi. Agarda investor umumiy kapitalini sohalarga mos ulushda taqsimlasa, umumiy risklarni diversifikatsiya qilgan bo’ladi. Bu esa yuzaga kelishi mumkin bo’lgan pul mablag’larining yo’qotilish xavfini kamaytiradi.
إظهار الكل...
01:05
Video unavailableShow in Telegram
Kompaniyangiz uchun zarur bo'lgan xizmatlarning barchasi jamlangan joyni qayerdan topish mumkin?🤔 Shunday bo'ladiki, birgina buxgalter bitta kompaniyaning bir nechta vazifalari bilan shug'ullanadi va bu tabiiy ravishda uning ish sifati va kontsentratsiyasiga ta'sir qiladi. Biz bu muammoni qanday hal qilishni bilamiz va sizga FinTaxdan autsorsing xizmatlarini taklif etamiz! ✅
إظهار الكل...
👍 5 1
Тадбиркор ким ва кимлар тадбиркор бўлиши тақиқланган? Қонунга кўра, тадбиркорлик фаолияти субъектлари (тадбиркорлик субъектлари) белгиланган тартибда давлат рўйхатидан ўтган ҳамда тадбиркорлик фаолиятини амалга ошираётган юридик ва жисмоний шахслардир. Давлат органлари (қонун ҳужжатларида назарда тутилган ҳоллар бундан мустасно), уларнинг мансабдор шахслари, шунингдек тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланиши қонунчиликда ман этилган бошқа шахслар тадбиркорлик фаолияти субъектлари бўлиши мумкин эмас. Қуйидаги мансабдор шахсларга тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланиш тақиқланган: ❌давлат ҳокимияти ва бошқарув органларининг, ҳуқуқни муҳофаза қилиш органларининг ходимларига; ❌давлат банклари раҳбарлари ва уларнинг ўринбосарларига, хизмат юзасидан пул белгиларига ва пул (банк) ҳужжатларига бевосита алоқаси бўлган мансабдор шахсларга; ❌давлат корхоналари, муассасалари ва ташкилотлари раҳбарларига ва уларнинг банк ҳужжатларига имзо қўйиш ҳуқуқига эга бўлган ўринбосарларига; ❌давлат таъминот ва савдо-сотиқ корхоналари ва ташкилотларининг раҳбар ходимларига; ❌тадбиркорлик фаолиятини амалга ошириш билан боғлиқ масалаларни ҳал қилиш ёки бундай фаолиятни назорат қилиш вазифасига кирувчи давлат органларининг раҳбар ходимлари ва мутахассисларига. #biznes 👉 @bahodirahmedoff👈
إظهار الكل...
👍 3 1
Ko’pincha hisobchi yoki tadbirkorlar bank orqali to’lovnoma shakllantirayotganda , to’lovnoma bayoni uchun qanday kod qo’yishni bilmay qolishadi. Shu sababli sizlarga to’lovnoma kodlarni taqdim etamiz.
إظهار الكل...
👍 6
FIntax jamoasi o'z tajribasidan kelib chiqib ayni vaqtda endi biznesini boshlamoqchi bo'lgan tadbirkorlarning eng ko'p xatolari oltiligini tuzib chiqdi. E'tiboringizga ushbu xatolar ketma ketligini taqdim etamiz, Biznes boshlayotganlarning top 6 xatosi 1. Biznes boshlamoqchi bo’lgan sohasini yaxshi bilmaslik (o’zi ishlab ko’rmagan yoki ichida bo'lmagan sohada biznes qilish) 2. Biznesning boshlanishidan kreditga murojaat qilish (biznes qanchadir daromad keltirmasdan turib kredit olish ,qarz olish) 3. Notog’ri joy tanlab qo’yish (faoliyatga to’g’ri kelmaydigan joy tanlab qo’yish , ijara narxi o’ta qimmat bo’lishi ) 4. Sinalmagan malakasiz hodimlarni ishga olib qo’yish (soha bo’yicha tajribasi yo’q yoki malakasi yetmaydigan ishchilarni olib qo’yish ) 5. Kirim chiqim hisobini yuritmaslik (xarajatlar hisobi yo’qligi , to’g’ri narx qo’yilmasligi va hokazolar ) 6. Kerakli hujjatlarni qilib qo’ymaslik. (rasmiy ro’yxatdan o’tmaslik, naqd pul uchun kassa aparat o'rnatmaslik va hokazolar)
إظهار الكل...
👍 5 1
Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida: ➖mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 980 000 so‘m; ➖bazaviy hisoblash miqdori – 330 000 so‘m; ➖pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 347 000 so‘m; ➖yoshga doir eng kam pensiya – 677 000 so‘m; ➖nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 747 000 so‘m; ➖mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 747 000 so‘m; ➖belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (677 000 so‘mdan) 747 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 747 000 so‘m; ➖zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 568 000 so‘m; ➖ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 568 000 so‘m.
إظهار الكل...
👍 3 1
#savol Yil oʻrtasida foyda soligʻini toʻlashga oʻtilsa, daromad va хarajatlar qanday hisoblanadi ? Jami daromadi 1 mlrd soʻm chegaraviy miqdordan oshgan soliq toʻlovchilar Foyda soligʻi hisob-kitobida foyda soligʻi va QQS toʻlash boʻyicha majburiyat yuzaga kelgan kundan e’tiboran olingan daromadlar va amalga oshirilgan хarajatlarni koʻrsatadi. Sababi ushbu kunga qadar (1 mlrd soʻm chegaraviy miqdordan oshgunga qadar) ularda aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash boʻyicha majburiyat saqlanib qoladi.
إظهار الكل...
1
00:54
Video unavailableShow in Telegram
Biznesingiz rivojida hamkorlik uchun tanlangan bank katta ahamiyat kasb etadi. Axir, faoliyatingizning moliyaviy tomoni aynan banklar bilan hal etiladi 🏦 Bunday holda o'z-o'zidan tabiiyki savol tug'iladi, biznes uchun eng maqbul bankni nimalarga asoslanib tanlash zarur? 🤔 Videoda ushbu savolga javob beramiz ✅
إظهار الكل...
👍 8 1
Yuqoridagi ko'rsatkichlarning quvonarli tomoni shundaki , mamlakatimizda xizmat sohasini o'sib borishidir. Jahonning aksariyat rivojlangan davlatlarida xizmat ko'rsatish sohasining ulushi YaIM ning asosiy qismini tashkil qiladi. Singapur, Gongong, Tayvan, Janubiy Korea , BAA kabi kichik hududga ega , foydali qazilmalar bo’yicha “kambag’al” mintaqalar ayni vaqtda dunyo moliyaviy markazlaridan hisoblanadi. Mazkur mamlakatlarning xizmat sohasida insonlar asosiy resurs bo’lib , ular aqliy mehnatlari , malakalari evaziga o’zlarini yaxshi daromad bilan ta’minlaydi.
إظهار الكل...
1