cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

AT TAQVO ☝️🕋

🕋Bismillohir Rohmanu Roxim 🕋 🌸Qur'on karim 🌸 Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomni Hayotini oʻrganamiz In shaa Alloh Biz Ahli sunna val jamoamiz Hanafiy mazhabidamiz 🕋 Alloh Barchamizdan Rozi Boʻlsin 🤲✨

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
61
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#islom Nurul izoh kitobidan Bog‘lagich (bint), gipsga o‘xshash narsalar haqida Azolarning biridan qon oldirilganida, biror azo yaralangan yoki singanida bint yoki gipsga o‘xshash narsalar bilan bog‘lansa va ularni yuvishga ham imkon bo‘lmasa, bog‘langan joyning aksar qismi yoki hammasi ustidan mash tortiladi. Qon oldirilgan yoki yarador bo‘lgan azolarning bog‘lagichlar orasidan ko‘rinib turgan joylarga mash tortish kifoyadir. Gips yoki bog‘langan joy ustidan mash tortish yuvish kabidir. Bunda mash tortishning malum bir muddati yo‘q, yani yara tuzalib ketgunicha mash tortish mumkin. Bir kishining taxtakachlash, gipslash yoki bog‘lashni tahoratli holda bajarishi shart emas. Ikki oyoqdan biri yarali bo‘lganida, yarali oyoqning bog‘langan joyiga mash tortib, ikkinchi oyoqni yuvish joiz. Yara tuzalmasdan avval taxta, gips yoki bint tushib ketsa ham, ustidan tortilgan mash buzilmaydi. Zarurat tufayli bint (va shunga o‘xshash narsalar)ni yangilash joizdir. Bu holda qaytadan mash tortish vojib emas, lekin mash tortgan afzal. Kasallik tufayli musulmon va mutaxassis shifokor tomonidan yuvmaslik tavsiya qilingan yoki yuvilsa, zarar yetishi taxmin qilingan yarali ko‘z ham yuvilmaydi. Unga mash tortiladi. Tirnoq siniqlariga dori, saqich, o‘t pufagi qo‘yib bog‘langan, yechib yuvish zararli bo‘lsa, unga mash tortish joizdir. Mash tortish zarar bersa, bu ham tark qilinadi. Yarali azolarga bog‘langan bint yoki gips ustidan, tahoratda esa boshga mash tortish uchun niyat qilish shart emas
إظهار الكل...
#islom Nurul izoh kitobidan Masxni buzuvchi sabablar Tahoratni buzadigan narsalar, yana quyidagilar mashni buzadi: - mahsini yechish, oyoqning yarmidan ko‘prog‘ini yechish maqsadida mahsining qo‘njigacha chiqarish; - mahsiga suv kirib, bir yoki ikki oyoqning yarmidan ko‘prog‘ini ho‘l qilish; - mash muddatining tugashi. Tahorat qilsa shiddatli sovuqqa oyoqlar muzlashidan qo‘rqsa, mash muddati xavf o‘tgungacha cho‘ziladi. Mahsini yechish, suv kirib ketishi, mash muddati tugashi bois mash buzilsa, faqat oyoqlar yuviladi. Boshdagi salla, quloqchin, ro‘mol, qo‘lqop va shunga o‘xshash narsalar ustidan mash tortish joiz emas.
إظهار الكل...
Қуръон аҳли фазилатлари Умматимнинг шарафлилари Қуръонни (ёдлаб) олиб юрувчилар ва кечаси қоим бўлувчилардир. * * * Қуръон бойликдир, ундан сўнг фақирлик йўқ, ундан бошқа бойлик ҳам йўқ. * * * Расулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам): «Инсонлар ичида Аллоҳнинг хос бандалари бор», дедилар. «Улар кимлар?» деб сўрашди. У зот: «Қуръон аҳли – Аллоҳнинг аҳли ва хос бандаларидир», деб жавоб бердилар. * * * Беш нарса ибодатдандир: Мусҳафга назар солиш, Каъбага назар солиш, ота-онага назар солиш, замзамга назар солиш – бу хатоларни ўчиради ва олимнинг юзига назар солиш». * * * Энг яхшиларингиз Қуръонни ўрганиб, уни ўргатганингиздир. * * * Ё Али, Қуръонни ўрганиб, уни ўргатгин. Шунда вафот қилсанг, инсонлар худди Аллоҳнинг Байтини тавоф қилганлари каби, фаришталар қабринг атрофини тавоф қилади. * * * Абу Бакр (розияллоҳу анҳу): «Кимга Қуръон берилсаю, у кўзини Қуръон арзимас деб ҳисоблаган нарсага тикса, катта нарсани кичик, кичик нарсани катта санаган бўлади. Бу даражалар Қуръон ўқиган, ёдлаган ва амал қилганлар учундир.
إظهار الكل...
01:01
Video unavailableShow in Telegram
Сокол койиш
إظهار الكل...
Сокол_койиш_😥😱кимга_йокан_болса_лак_ва_патписка.mp43.81 MB
#islom Nurul izoh kitobidan Masxning sunnatlari Mashning sunnati qo‘lni (suv olib tashlagach) barmoqlarni ochiq holda mahsining ustiga qo‘yib, oyoqlarning uchidan boshlab mahsining qo‘njigacha tortishdir
إظهار الكل...
#islom Nurul izoh kitobidan Masxning farzi Mashning farzi har bir oyoqning ust qismiga mahsi ustidan qo‘lning uchta kichik barmog‘ichalik miqdorda mash tortishdir. Izoh: Hadisda aytilishicha, Payg‘ambarimiz Muhammad, sollallohu alayhi va sallam, tahorat qilayotib, mahsilarini yechgan bir kishini ko‘rdilar va uni ohista turtdilar. So‘ngra mahsi ustiga mana bunday mash tortish buyurildi deb, oyoq uchidan boshlab to‘piqlarigacha qo‘llarining uchta barmog‘ini moydirgan holda mash tortish kerakligini unga ko‘rsatib berdilar.
إظهار الكل...
#islom Nurul izoh kitobidan Masxning muddati Mashning muddati muqim uchun bir kechayu bir kunduz, safardagilar uchun uch kechayu uch kunduz, ya’ni 72 soatdir. Muddat mahsi kiyilganidan so‘ng, tahorat buzilgan vaqtdan etiboran boshlanadi. Muqim kishi mash muddati o‘tmay, safarga chiqsa, mash muddatini safardagilar kabi tamomlaydi. Safar niyati bilan mash tortgach, bir kecha-kunduzdan so‘ng, qayta muqimlikka niyat qilsa, darhol mahsisini yechadi. Agar bir kecha-kunduz to‘lmagan bo‘lsa, bu muddatni to‘ldiradi
إظهار الكل...
#islom Nurul izoh kitobidan Mahsiga masx tortishning joiz boʻlish shartlari
إظهار الكل...
#islom Nurul izoh kitobidan Masx boʻlimi Mahsiga mash tortish Mahsiga erkaklar ham, ayollar ham tahorat qilayotganlarida mash tortishlari mumkin.
إظهار الكل...
Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhu aytadi dunyodan ustundir qurʼondagi harqanday oyat
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.