cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Sarvinoz Shuxrat || online muallima

Ilmiy-ijtimoiy loyihalar taqdim qilish maqsadida tashkil qilingan davlat roʻyxatidan oʻtgan sahifa Kanal linki: https://t.me/+u-nWr3v2xIY0NjJi

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 982
المشتركون
-1224 ساعات
-437 أيام
+11830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Barchamizning asl holimiz budir...
إظهار الكل...
🔥 8😢 6
Shu kunga qadar ozimni fidokor deb bilar edim lekin anglaganlarimdan shuni bildimki man faqat nafsim buyurganini qilar ekan xattoki yaxshilikni xam nafsim xoxlasagina qilar ekanman😭😭😭
إظهار الكل...
🔥 7😱 6
Amaliy topshiriq: Kim uchun, nima uchun qilayotgan har bir ishingiz ortida nafsingizning yashirin istagi bor. Siz oʻsha istakni topib tan olishingiz kerak. Vazifa shu: ertaga 8:00 ga qadar shu kunlarda yashayotganingiz, har bir qilayotgan ishingizni nima uchun qilyapman deb oʻzingizdan soʻraysiz. Oxirigacha soʻrab, topib, tan olib, izohlarda qoldiring. Yechimlarini birga qidiramiz, insha Alloh...
إظهار الكل...
😢 12 4
Tahlilni davomidan avval amaliyot oʻtkazamizmi?
إظهار الكل...
👍 10🔥 3👀 1
Siz qanchalik fidokorsiz, bilasizmi?
إظهار الكل...
Tahlil (1-qism) Tahmin qilgan boʻlsangiz kerak, ilk tahlil hojam bilan bogʻliq boʻladi... Avvaldan kuzatayotgan boʻlsangiz bilasiz... Yarim yildan beri ular bilan oʻrtamizda 3-shaxs aralashuvi tufayli koʻplab iztiroblar yashaldi... Butun vaziyatlar menga hojamning hayotida ortiqcha ekanimni, ketishim kerakligini his qildirdi. Yaqinlarim iztiroblarimga guvoh boʻlmasin deya qanchalik yashirinmay, ularning qalbidagi hislarni men boshqara olmasdim. Oʻtgan vaqt davomida oʻrganganlarimga amal qilishga harakat qildim. Ulardan eng koʻp hayolimda aylangani shu edi: Inson yashar ekan uning har bir qarori uch toifadan biri uchun boʻladi: 1. Nafsi uchun (yaxshi koʻrinish, yaxshi inson ekanini isbotlash uchun) 2. Oʻzi uchun (haqiqatda ehtiyoji borligi uchun) 3. Alloh uchun, Robbisining roziligi uchun Bizni 3-toifaga yetib borishimizga hali koʻp qovunlar pishishi kerak... Biz hali oʻzi uchun yashaydigan insonlar qatorida ham emasmiz aslida. Chunki bu toifaga chiqish uchun atrofimizdagi insonlar bilan koʻp marotaba qarama-qarshi tarafda turishni uddalashimiz, "yomon odam" sifatida tanilishga koʻnikishimiz kerak. Bu esa nafsga yoqmaydigan eng ogʻir ishlardan biri. Bizni butun harakatlarimiz faqat nafsimiz uchun boʻlyapti desam hayron boʻlmang. Tahlillar ortidan, nafsingizni tadabbur qilishni oʻrgansangiz, bularni birma-bir koʻrishni boshlaysiz, insha Alloh. Nafs uchun qilingan ishlar ortidan inson oʻzini fidokor biri deb oʻylab qoladi. Baʼzan yomon er bilan yashayotgan ayollar oʻzini bolalari uchun fido qilgandek koʻrsatadilar. Baʼzan esa eri uchun koʻp jafo chekkan ayollar hayotlarini hojasi uchun fido qilgandek tutadilar. Baʼzan esa ota-onasini iztirobga solmaslik uchun sabr qilib, oʻzini yaxshi inson ekanini isbotlashga harakat qiladilar. Aslida esa inson hech qachon va hech qachon oʻzini fido qilmaydi, qilolmaydi! Shunchaki uning nafsi jabrdiydalik maqomini yaxshi koʻradigan nafs boʻlib, atrofga oʻzini qanchalik fido qilishga qodir, yaxshi inson ekanini isbotlash payida boʻladi xolos... Oʻz hayotini, oʻz istaklarini ortida turishga kuch topolmasdan, qaror qilish huquqini boshqalar qoʻliga topshiradilarda, aybdorlik hissi, xato qilganini tan olish yuki, masʼuliyatli biri boʻlish ortidan keladigan mashaqqatlarni his qilishdan qutuladilar. Baʼzan esa haqiqatda ehtiyoji boʻlgan muhimlikka erishish uchun oʻzida kuch topolmasdan, tan olishdan qochib, yana soxta fidokorlik niqobidan foydalanadilar.
إظهار الكل...
👍 14😢 11 2
Birdaniga ogʻir-ogʻir postlar kelib, sizni qiynab qoʻymadimmi?
إظهار الكل...
👍 1
Biz kuchga oshiqlarmiz! Yaqinda bir hikoya eshitgandim. Unda ikki yosh bir biriga koʻngil qoʻygan, kattalar ham ularni qoʻllab quvvatlab unashtirishgan. Toʻy arafasida avtohalokat tufayli yigitning oyoqlari lat yeb, yurolmay qoladi va qizning muhabbati mana shu yerda oʻz nihoyasiga yetadi. Reallikda ham bu kabi voqealar kam emas. Necha yillik turmush sohiblari bor, noqislikda, qusurda, kasallikda bir-birini tark etayotgan. Tark etolmayotganlari ham juftining ojizligidan, zaifligidan malollanayotgan, ogʻrinayotgan... Malollanish sababini soʻramasingizdan oʻzlari aytadilar: "shuncha yil menga iztirob berdi, qadrimga yetmadi, endi ojiz qolganda menga muhtoj boʻpti, men ehtiyoj sezganimda qayerda edi?" Endi bizdan savol: "oʻsha kuchli vaqtida, sizni qadringizga yetmaganida nega tark etmadingiz? Nega oʻshanda sizga muhtoj boʻlmagan vaqtlarida malollanmasdan sabr qildingiz?" Chunki siz kuchga oshiq edingizda... Sizni kuydirayotgan vaqtida u kuchli edi... Yoshlikda, goʻzallikda, kuch egasi boʻlgan paytda sadoqat qilish har kimning ham qoʻlidan keladi. Lekin ojizlik yetganida, kasallikda, zaiflikda malollanmasdan, nolimasdan, yomon koʻrmasdan yonida boʻla olish faqat qalb sohiblariga tegishli boʻlgan harakat-da. Nega oʻzgalarni hayoti bizga goʻzal koʻrinadi? Nega boshqalar toʻgʻriroq tanlov ustida boʻlgani, ularga boshqacha imkon berilgani haqida oʻylaymiz? Ularni oʻzimizdan kuchliroq deb bilganimiz, ularning tanlovlari bizning tanlovimizdan koʻra kuchliroq boʻlib tuyilgani uchun. Chunki biz kuchga oshiq boʻlganlar jamoatimiz...
إظهار الكل...
👍 4😢 3
Xayrli kech qizlarjon))) Hislar tahlilini boshlaymizmi? Faol boʻlib, savollar va mulohazalar orqali sizga manfaat yetayotganini bildirib tursangiz, oxirgi vaziyatlarni birga tahlil qilib, tahlil qilishni oʻrganamiz, nima deysiz?
إظهار الكل...
👍 18 5🔥 3
Hayotimiz - imtihonimiz! Oʻzgalarni har lahzasi baxtdan iborat boʻlib koʻrinayotgan hayotidan dofomin olib, nega menda unday emas degan ogʻrinish bilan hayotimizdan oʻtib ketyapmiz... Aslida reallik baxtdan iborat emas... Valiylardan soʻrashgan ekan, "toʻgʻri yoʻlda ekaningizni qayerdan bilasiz" deya. Javob shunday boʻlgan: "Yoʻlning mashaqqatlaridan" Insonni ana shu mashaqqatlar toblaydi, inson qiladi. Agar sizni hayotingiz faqat yengilliklardan, baxtdan, oʻyin-kulgudan iborat boʻlsa, bu yerda nimadir notoʻgʻri ekani aniq. Oʻzingizni qayta koʻrib chiqishingiz kerak. Hayotimiz - imtihonimiz! Imtihon esa mashaqqatlarsiz, sinovlarsiz boʻlmagan hech qachon... Tinimsiz zoʻriqishlar, imtihonlar, sinovlar ustida yashayotgan boʻlsangiz, biling-ki, Robbingiz sizga rahm qilyapti. Chunki sahobalarning shunday soʻzi bor: "Biz yoʻqchilik imtihonlaridan oson oʻtdik, ammo toʻqchilik imtihonlarida muqarrar yiqildik..." Aslida, hayotning har lahzasi imtihondan iborat. Biz bugun yashaganimiz lahzalarning yigʻindisi bilan oʻz natijamizni yaratyapmiz. Muvaffaqiyatli lahzalarimiz bilan yutqizgan lahzalarimiz toʻplamida qay biri koʻp boʻlsa, abadiyatimiz u boʻladi... Atrofning yaltiroq ekani sizni chalgʻitmasin, ki, u yaltiroqlik ortida yo yolgʻon, yo xato va yo koʻzlarni boʻyash bor...
إظهار الكل...
😢 15🔥 5👍 4🕊 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.