𝑭𝒊𝒚𝒔𝒂𝒃𝒊𝒍𝒊𝒍𝒍𝒂𝒉🌙
الذهاب إلى القناة على Telegram
🍃Fiysabilillah "Alloh yo'lida" Mualliflik huquqi talab qilinmaydi.. Barcha huquqlar Allohniki..) Kanalcha : @xazina_larim
إظهار المزيد788
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-77 أيام
-5330 أيام
أرشيف المشاركات
O'tmayman degan yo'llaringdan o'tasan..
Yashamayman degan yerlaringda yashaysan!
Sira sog'inmayman deganlaringni sog'inasan..
Kutmayman deganlaringni ko'zing to'rt bo'lib kutasan..
Ko'zing to'rt bo'lib kutganlaringni unutasan..
Voz kechmayman deganlaringdan bir lahzada sovuysan..
Aslo qilmayman degan ishlaringa qo'l urasan..
Sog' chiqmayman degan dardlaringdan keyin yangidan tug'ilasan..
Intiho deb o'ylaganlaring ibtido bo'lib chiqadi..
Chunki bu - hayot...
Agar tanlagan kiyimingda ibodat qilolmasang-uni ko'chaga ham kiyma.
Agar oyoqlaring olib borayotgan joyda o'lim topishni istamasang-u yerlarga borma.
Agar og'zingdan chiqqan so'z so'nggisi bo'lishini istamasang- u so'zni aytma.
O'limdan qo'rqma.
O'lim kuni qanday holatda bo'lishingdan qo'rq.
©️Farohun
Qanchalik totli va orombaxsh bo'lmasin, har bir shirin damning o'z imtihoni bor.
Qanchalik azobli va qayg'uli bo'lmasin, har bir musibatning o'z nihoyasi bor.."
Tavsiya
Uylanish, oila qurishning ma’nosi haqida shunday deyiladi:
Oila qurish bu - aybu kamchiliklaringni ko‘rishga loyiq bo‘lgan insonni tanlaysan. U boricha qabul qiladi, so‘ngra ularni berkitib, satr qiladi.
Rofeiy
©Eslatdik
Ehtimol, safardan qolishing yaxshilikdir.
Ehtimol, uylanishdan mahrumligingda baraka bordir.
Ehtimol, biror mansabdan nari qilinishing manfaatdir.
Ehtimol, farzand ko‘rishdan kechikishing, mahrum bo‘lishing sen uchun xayrlidir.
«Ehtimol, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshidir. Alloh biladi, siz esa bilmassiz!»*
(Baqara surasi, 216-sura.)
«Hikmatlar – saodatga yetaklar» kitobidan
📆 ASHURO KUNINING RO‘ZASINI TUTISHNI O‘TKAZIB YUBORMANG!
🌙 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ashuro kuni ro‘zasini tutib, odamlarni ham bu kunning ro‘zasini tutishga buyurganlarida, sahobalar: “Yo, Rasululloh! Bu kun yahudiy va nasroniylar ulug‘laydigan kun-ku!” deyishdi.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh xohlasa kelasi yil to‘qqizinchi kuni ham tutamiz”, dedilar. Ammo, kelasi yil kelmasidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar (Imom Muslim rivoyati).
🕌 Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu niyatlariga e’tiboran, Ashuro kuniga qo‘shib bir kun oldingi yoki bir kun keyingi kunda ham ro‘za tutmoq afzal.
🗓 9 Muharram - 4 iyul - juma
⏱ Saharlik (og‘iz yopish) vaqti: 03:11
⏱ Iftorlik (og‘iz ochish) vaqti: 20:03
🗓 10 Muharram - 5 iyul - shanba
⏱ Saharlik (og‘iz yopish) vaqti: 03:12
⏱ Iftorlik (og‘iz ochish) vaqti: 20:02
©muxlisuz
Insonni o‘tayotgan yillar, yoshiga qo‘shilayotgan yoshlar ulg‘aytirmaydi, xatolari, sinovlari, g‘am-tashvishlari va atrof-muhit ulg‘aytiradi.
Biz bilan birga hislarimiz ham, dunyo qarashimiz ham, hatto gaplarimiz ham ulg‘ayadi.
Insonni og‘ir mehnat charchatmaydi, ovora bo‘lmoq toliqtirmaydi, insonni charchatadigan insondir.
Insonni qaritadigan ham yana insondir…
•Osiyo Abdulazim qizi
Namozni tugatib, salom bergach, namozdan keyingi maxsus zikrlarni ham unutgancha, nima yangilik ekan deb smartfoningizga qarashingiz haqiqiy mahrumlikdir.
Shayx Muhammad Mutavalliy Sha’roviyning mashhur so‘zlaridan:
- Agar seni yomon ko‘ruvchi inson bo‘lmasa, bilgilki sen muvaffaqiyatsiz insonsan.
- Allohning mulkida birov faqat Alloh iroda etgan narsanigina qila oladi.
- Alloh taologa berishi uchun emas, balki rozi bo‘lishi uchun ibodat qiling. Agar rozi bo‘lsa, berganlari bilan sizni hayratga soladi.
- Musulmonlar yurtida kambag‘alni ko‘rsangiz bilingki, demak u yerda uning molini o‘g‘irlayotgan boy bor.
- Otasi yo‘q tashvishga tushmasin. Parvardigori bor odam nimadan tashvish chekadi?
- Basharning chora ko‘rishidan bezovtalanmang. Ularning eng qodir bo‘lgani Allohning amrini ijro qilish bo‘ladi.
Men hech qanaqa mashxurlik, hech qanday olqish va tanilishni , odamlar qaysidir ishim uchun maqtashlarini hohlamayman , kimgadir yaxshi kòrinish uchun nimalardir qilmayman yoki judayam aqlli, bilimli va taqvoli ham emasman............
Muallifi: òzga...!!!🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊
