cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Martin Eden

Badiiy va badiiy boʻlmagan kitoblar uchun taqrizlar hamda iqtisodiy mavzularda fikrlarimnini yozib boraman. Kanal kundalik sifatida yuritiladi. Instagram: https://instagram.com/book.and_review?igshid=NzNkNDdiOGI=

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 316
المشتركون
-524 ساعات
+1447 أيام
+1230 أيام
توزيع وقت النشر

جاري تحميل البيانات...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
تحليل النشر
المشاركاتالمشاهدات
الأسهم
ديناميات المشاهدات
01
Iqtisodiy tengsizlik iqtisodiy o’sishdan muhimroq masalami? Yaqinda bir qiziq voqea sodir bo’ldi. Do’stim bilan Toshkent ko’chalaridan birida ketayotganimizda bir yosh lo’li qizni ko’rib qoldik. U nimadirdan xafa bo’lib yig’layotgandi. Shunda biz uni chaqirdik-da, qo’liga 50,000 so’m tutqizdik. Oldidagi do’sti buni ko’rib qolib, yonimizga yugurib keldi va unga ham pul berishimizni so’radi. Men 10,000 so’m chiqarib, qo’liga berdim. Pulni olib u “aka, menga ham 50,000 bering,” deb turib oldi va juda uzoq vaqt oldimizdan ketmay, ko’proq pul talab qilaverdi. Biz so’rovlariga ko’nmayotganimizni oxiri tushunib yetgach, kayfiyati tushkun holatda ketib qoldi. U bolakay yo’q joydan 10,000 so’mlik bo’lib qolganiga xursand bo’lishni o’rniga, do’stidan kamroq olganligi uchun xafa bo’ldi. Ya’ni, unga qo‘shimcha 10,000 so‘m olib kelgan baxt, do‘stidan 40,000 so‘m kam olgani uchun paydo bo‘lgan tushkunlikdan sifat jihatidan pastroq edi. O’ylashimcha, u bolakay hozirgi tengsiz taqsimotdan ko’ra ikkalasi ham umuman pul olishmaganini afzalroq ko’rgan bo’lar edi. Ushbu fenomen iqtisodiyotda “inequality aversion” deb ataladi. Unga ko’ra, insonlar tengsizlikdan jabr ko’rishadi va uni oldini olish uchun to’lashga ham tayyor bo’lishadi. Agar iqtisodiy o’sish suratlari yetarlicha baland bo’lmasa, saylovchilar iqtisodiy o’sishni sekinlashtiradigan va shuni evaziga jamiyatdagi tengsizlik darajasini pasaytiradigan choralar uchun ovoz berishga moyil bo’lishadi. Yoshi katta avlod Sovet Ittifoqi davrini sog’inib eslashlarining bir sababi ham shu deb o’ylayman. Deyarli har bir oila bugun Sovet davriga qaraganda yaxshiroq hayot kechiryapti. Ammo, daromadlardagi tafovut hozirgi kunda ancha kattaroq bo’lganligi sababli, ba’zilar “hamma o’sha paytlar bir xilroq edi” deb nostalgik fikrga borishadi. Ya’ni, kambag’alroq ammo tengsizlik pastroq bo’lgan davrni sog’inch bilan eslashadi.
2393Loading...
02
Telegram'ning o'zbekzabon segmentidagi adabiyot, kitoblar, san'at, ilm-fan va boshqa sohalaridagi eng faol blogerlarning sahifalarini bir joyga saralab to'pladik. Siz bu sahifalardan yangi bilimlar, qiziqarli faktlar va kitob haqida qiziqarli tahlillarni topishingiz mumkin. Ro'yxatdagi barcha sahifalar bitta havolaga jamlangan. Uni bosib, istaganingizga yoki barcha sahifalarga a'zo bo'lishingiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda ko'p vaqt o'tkazsangiz, bu sahifalar sizning vaqtingizni foydali, mazmunli va samarali o'tishiga yordam beradi. https://t.me/addlist/LNJ9I8bQEeFlYTdi
3612Loading...
03
“Qonuniy jinoyat”ning jamiyat farovonligiga salbiy ta’siri haqida Jinoyatchilikning ortishi har doim jamiyatga zarar keltirgan. Odatda, oʻgʻrining foydasi, jabrlanuvchining zarariga teng boʻladi. Lekin, jinoyatchilik kuchaygan jamiyatlarda potensial jabrlanuvchilar oʻgʻrilikning oldini olish uchun qiladigan xarajatlari (masalan qulf sotib olish, kameralar va signalizatsiyalar oʻrnatish, qorovul yollash, mustahkam va qimmat seyflar/eshiklar oʻrnatish xarajatlari) yuqori boʻlgani bois oʻgʻrining foydasidan jamiyatning zarari kattaroq boʻladi. Ya’ni, odamlar resurslarni keraksiz faoliyatga sarflaydilar. Iqtisodiyot oʻsishi uchun va cheklanmagan ehtiyojlarimizni qondirish uchun esa cheklangan resurslarimizni maksimal darajada oqilona sarflashimiz zarur. Agar qonun ustuvorligi ta’minlanishi bilan boshqalarga tegishli mulk jinoyat yoki siyosiy yoʻllar bilan tortib olinmasa, oʻgʻirlik faoliyatiga va undan himoyalanishga resurslar oqimi qisqaradi. Subsidiya va favoritizmning kuchayishi ham Demokratiyaga, ham iqtisodiy samaradorlikka jiddiy xavf tugʻdiradi. Ma’no shundaki, jinoyatchilik kuchaygan joyda oʻgʻrining foydasi jamiyatning zararidan ancha kichik boʻlgani kabi, subsidiyadan manfaatdorning foydasi ham jamiyatning zararidan ancha kichik. Birinchidan, subsidiya narxni buzib koʻrsatib, korxonalarni vaqtni sifatliroq va arzonroq mahsulotlar ishlab chiqarishga emas, davlatdan favoritizmga erishishiga sarflashga undaydi. Natijada, davlatdan favoritizmga erishish imkoniyatlarining oshishi bilan manfaatdor guruhlarning ta’siri kuchayadi va firibgarlik, korrupsiya koʻpayadi. Odatda bunday guruhlar oʻz manfaatlarini ish oʻrinlarini koʻpaytirish, xorijiy mamlakatlarga qaramlikni kamaytirish, tashqi inflyatsiyadan himoyalanish kabi vajlar bilan yashirishga harakat qilishadi. Ikkinchidan, subsidiya olmagan korxonalar biznesdan siqib chiqariladi. Bozorga kirayotgan korxonalar ham subsidiya olayotgan korxonalar bilan raqobat qila olmagani tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Achinarlisi shundaki, subsidiyalar muvaffaqiyatsiz korxonalarni aslida muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan korxonalarni yoʻq qilish evaziga bozorda qoldiradi. Natijada, resurslar bozor iste’molchilariga bogʻliq korxonalardan siyosatchilar xayrixohligiga bogʻliq korxonalar tomon oqa boshlaydi. Uchinchidan, subsidiya olgan korxonalar ishlab chiqargan mahsulot bozor narxidan pastroq sotilgani tufayli ortiqcha iste’mol (overconsumption) yuzaga keladi. Qolaversa, korxonaning daromadi va xarajati oʻrtasidagi farq subsidiya orqali qoplangani uchun, subsidiyadan boylar koʻproq manfaatdor boʻlishadi. Ya’ni, kambagʻallar boylarning ulardan koʻp iste’moli uchun qoʻshimcha pul toʻlashi kerak. Bu esa tabiiyki tabaqalanishni kuchaytiradi. Toʻrtinchidan, subsidiya va favoritizm siyosatchilar va tadbirkorlar oʻrtasida nooʻrin munosabatlarni shakllantirib, klanli kapitalizm’ni vujudga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, boy insonlar qudratga emas, qudratli insonlar boylikka erishadi. Soliq toʻlovchilarning pullari keraksiz faoliyatlarni ragʻbatlantirishga sarflanadi. Bu demokratiya va meritokratiyaga jiddiy xavf soladi. Bozor ishlashi kerak boʻlgan oʻrinni davlat egallagani uchun nepotizm kuchayadi va iqtisodiy samaradorlik darajasi pasayadi. Ya’ni iqtisodiyot mavjud potensialdan pastroq darajada oʻsadi. Bu yerda yozganimdek odamlarning imkoniyatlari tabiiy qobiliyatsizligi tufayli emas, sun’iy ravishda erksizlantirilgani tufayli qisqaradi. @economist_martin
9364Loading...
04
Qobiliyatsizlik va Erksizlik haqida Erkinlik - bu siz qilmoqchi boʻlgan ishni boshqalarning aralashuvisiz amalga oshirishingizdir. Agar qaysidir darajada biror ishni amalga oshirmoqchi boʻlsangiz-u qarshilikka uchrasangiz, demak oʻsha darajada sizning erkinligingiz cheklanishni boshlaydi. Aralashuv doirasining minimal hajmdan kengayishi sizning erkinlik hududingizning torayishi hisobiga amalga oshadi. Buning maksimal limitini biz “qullik” deb ataymiz. Aralashuv doirasining kengayish jarayonini esa “qullika yoʻl” yoki “qullashish jarayoni” deb nomlashimiz mumkin. Buning yomon tomoni shundaki, erkinlikning cheklanishi imkoniyatsizlik doirasining kenagyishiga olib keladi. Shunga qaramay, erksizlik insonning barcha imkoniyatsizlik shakllarini oʻz ichiga olmaydi. Erkinlik bizga maqsadga erishishimiz uchun imkoniyat beruvchi tabiiy vosita. Ammo maqsadga erisha olmaslik shunchaki qobiliyatsizlik tufayli boʻlsa, bu erkinlikning yoʻqligini anglatmaydi. Masalan kimdir tez yugura olmasa, basketbol toʻpini savatga tushira olmasa yoki murakkab kitoblarni oʻqib tushuna olmasa unga nisbatan “majburlanyapti” yoki “erksizlantirilyapti” deb aytish gʻalati boʻlar edi. Majburlash deganda siz qarama-qarshi holatda qilishingiz mumkin boʻlgan ishni boshqalarning qasddan aralashuvi tufayli qila olmasligingiz tushuniladi. Siz erkinlikdan odamlar sizga biror ishni qilishga toʻsqinlik qilganda mahrum boʻlasiz. Ammo oʻsha ishni shunchaki qobiliyatsiz boʻlganingiz uchun qila olmasangiz unda bu erkinlik yoʻqligini anglatmaydi. Agar inson kambagʻal ekanligi bois biror tovar yoki xizmatni sotib ololmasa, bu - uning imkoniyatlari erksizligi yoki boshqalardan kamroq erkli boʻlgani bois cheklanganini anglatmaydi. Aksincha, inson biror tovar yoki xizmatni sotib olishga qodir emasligi boshqalar tomonidan qabul qilingan qarorlar bilan bogʻliq boʻlib, unga yetarlicha pulga egalik qilishga toʻsqinlik qilinganda, unga nisbatan “majburlashyapti” deyish mumkin. Bozor erkinligi, ayniqsa siyosiy erkinlik darajasi yuqori mamlakatlarda boy va kambagʻal insonlar oʻrtasidagi daromad nomutanosibligi ham yuqori boʻladi. Buning sababi insonlardagi erkinlik darajasi bir xil boʻlsada qobiliyatlar darajasi har xil ekanligida deyishimiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda kambagʻallarning kambagʻalroq ekanligi boylarning boyroq ekanligi tufayli emas, balki hamma har xil qobiliyat bilan turlicha mehnat qilishi tufaylidir. Koʻpincha shu ikki tushuncha adashtirib yuborilgani bois “boylar kambagʻallar hisobiga boyroq boʻladi, chunki imkoniyatlar turlicha taqsimlangan” degan mif’ni eshitib qolamiz. Bu esa xato mantiq! @economist_martin
1 1618Loading...
05
​​Bozor iqtisodiyoti va barqarorlik haqida Yaqinda bir qiziq grafikka ko’zim tushib qoldi. Unda keltirilgan ma’lumotga ko’ra, insoniyat 2016-2021 yillar orasida butun 20-asr davomida ishlatilgan materiallarning 75%dan ortig’ini iste’mol qilgan emish. Ya’ni, biz oldin 100 yilda iste’mol qilgan resurslarimizni hozirgi davrga kelib 10 yilga bormay ishlatib qo’yyapmiz. “The Circularity Gap Report 2024” mualliflarining fikriga ko’ra, bu juda achinarli trend. Ular keltirayotgan sabab: “Yer sayyorasida yangi resurslar chegaralangan, biz esa bunday ketishda davom etsak, oxir-oqibat resurs zaxiralarimizni tezda bo’shatib qo’yamiz.” Avvalambor, bu grafikni ko’rib men xavotirga tushishni o’rniga juda xursand bo’ldim. Oldin ham aytganimday, mamlakatlarning boylik darajasi ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan mahsulot va xizmatlarning hajmi bilan o’lchanadi. Insoniyat ancha ko’proq materiallar ishlatayotgani biz boyroq hayot kechirayotganimizni bildiradi. Mualliflarning xavotiriga keladigan bo’lsak esa, insoniyatning resurslari tugab qoladi deb o’ylash ham noo’rin. Hisobotni tuzgan ekspertlarning tavsiyasi- mamlakatlar ko’proq qayta ishlashga urg’u berishlari kerak. Ammo, bozor mexanizmlari to’g’ri ishlaydigan bo’lsa, qachon yangi materiallardan qayta ishlashga o’tish kerakligini narxlar belgilab beradi. Hozirgi kunda qayta ishlash darajasi pastmi? Demak, qayta ishlash bilan bog’liq xarajatlar yangi resurslarni ishlatishga ketadigan xarajatlardan balandroq. Agar yangi resurslar tanqis bo’lib qolsa, shunda ular qimmatlashishni boshlaydi, va biz qayta ishlashga o’tamiz. Buning uchun narxlar hukumatlar tomonidan emas, balki erkin bozor orqali belgilanishi kerak. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak: bozor mexanizmlari bizni nafaqat boyroq qiladi, balki barqarorroq hayot kechirishimizni ham ta’minlab beradi.
7833Loading...
06
Podcastni koʻrib antiutopik asarlar, jumladan, Oldos Hakslining “Brave New World” va Yevgeniy Zamyatinning “Biz” asarlari yodimga tushdi. Shuningdek aktyor Joaquin Phoenix ishtirokidagi “Her” filmi ham kelajakda oilalar yoki jamiyatlar qanday boʻladi degan savolga farazan javob beradi. Ha, yaqin kelajak haqidagi tasavvurlar allaqachon reallikka koʻchayotgandek goʻyo! Yuqoridagi ikkita asar uchun film va seriallar ham suratga olingan, tavsiya qilaman.
8546Loading...
07
Start-uplar va venchur investitsiyalar, sun’iy intellekt hamda Oʻzbekistondagi iqtisodiy jarayonlar haqida qiziq suhbat boʻlgan, buni ham tavsiya qilaman. https://youtu.be/AzRleDIVlOE?si=CnfFEl9kOW27wh-6
8088Loading...
08
Nim uchun oilaning jamiyatdagi rolining oʻzgarib borayotganligi ijtimoiy yelimlar orqali yaxshi ochib berilibdi. Er va xotin, qolaversa kelin va qayniqarindoshlar munosabatlaridagi oʻzgarishlarning sabablari, an’anaviy va zamonaviy oiladagi farqlar haqida gapirilgan. Xullas qiziq suhbat boʻlibdi, tavsiya qilaman. https://youtu.be/P6nWVMmGvGE?si=LYsIeMEKtHyW-3sr
91726Loading...
09
Hayit ayyomingiz muborak boʻlsin!
9720Loading...
10
Demografik jarayonlar haqida qisqacha P.S. sabr bilan o'qiylar)
1 25315Loading...
Repost from Ko’rinmas Qo’l

إظهار الكل...
👍 4 4
Telegram'ning o'zbekzabon segmentidagi adabiyot, kitoblar, san'at, ilm-fan va boshqa sohalaridagi eng faol blogerlarning sahifalarini bir joyga saralab to'pladik. Siz bu sahifalardan yangi bilimlar, qiziqarli faktlar va kitob haqida qiziqarli tahlillarni topishingiz mumkin. Ro'yxatdagi barcha sahifalar bitta havolaga jamlangan. Uni bosib, istaganingizga yoki barcha sahifalarga a'zo bo'lishingiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda ko'p vaqt o'tkazsangiz, bu sahifalar sizning vaqtingizni foydali, mazmunli va samarali o'tishiga yordam beradi. https://t.me/addlist/LNJ9I8bQEeFlYTdi
إظهار الكل...
UzBookblogs

astronaut invites you to add the folder “UzBookblogs”, which includes 32 chats.

👍 2 1
“Qonuniy jinoyat”ning jamiyat farovonligiga salbiy ta’siri haqida Jinoyatchilikning ortishi har doim jamiyatga zarar keltirgan. Odatda, oʻgʻrining foydasi, jabrlanuvchining zarariga teng boʻladi. Lekin, jinoyatchilik kuchaygan jamiyatlarda potensial jabrlanuvchilar oʻgʻrilikning oldini olish uchun qiladigan xarajatlari (masalan qulf sotib olish, kameralar va signalizatsiyalar oʻrnatish, qorovul yollash, mustahkam va qimmat seyflar/eshiklar oʻrnatish xarajatlari) yuqori boʻlgani bois oʻgʻrining foydasidan jamiyatning zarari kattaroq boʻladi. Ya’ni, odamlar resurslarni keraksiz faoliyatga sarflaydilar. Iqtisodiyot oʻsishi uchun va cheklanmagan ehtiyojlarimizni qondirish uchun esa cheklangan resurslarimizni maksimal darajada oqilona sarflashimiz zarur. Agar qonun ustuvorligi ta’minlanishi bilan boshqalarga tegishli mulk jinoyat yoki siyosiy yoʻllar bilan tortib olinmasa, oʻgʻirlik faoliyatiga va undan himoyalanishga resurslar oqimi qisqaradi. Subsidiya va favoritizmning kuchayishi ham Demokratiyaga, ham iqtisodiy samaradorlikka jiddiy xavf tugʻdiradi. Ma’no shundaki, jinoyatchilik kuchaygan joyda oʻgʻrining foydasi jamiyatning zararidan ancha kichik boʻlgani kabi, subsidiyadan manfaatdorning foydasi ham jamiyatning zararidan ancha kichik. Birinchidan, subsidiya narxni buzib koʻrsatib, korxonalarni vaqtni sifatliroq va arzonroq mahsulotlar ishlab chiqarishga emas, davlatdan favoritizmga erishishiga sarflashga undaydi. Natijada, davlatdan favoritizmga erishish imkoniyatlarining oshishi bilan manfaatdor guruhlarning ta’siri kuchayadi va firibgarlik, korrupsiya koʻpayadi. Odatda bunday guruhlar oʻz manfaatlarini ish oʻrinlarini koʻpaytirish, xorijiy mamlakatlarga qaramlikni kamaytirish, tashqi inflyatsiyadan himoyalanish kabi vajlar bilan yashirishga harakat qilishadi. Ikkinchidan, subsidiya olmagan korxonalar biznesdan siqib chiqariladi. Bozorga kirayotgan korxonalar ham subsidiya olayotgan korxonalar bilan raqobat qila olmagani tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Achinarlisi shundaki, subsidiyalar muvaffaqiyatsiz korxonalarni aslida muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan korxonalarni yoʻq qilish evaziga bozorda qoldiradi. Natijada, resurslar bozor iste’molchilariga bogʻliq korxonalardan siyosatchilar xayrixohligiga bogʻliq korxonalar tomon oqa boshlaydi. Uchinchidan, subsidiya olgan korxonalar ishlab chiqargan mahsulot bozor narxidan pastroq sotilgani tufayli ortiqcha iste’mol (overconsumption) yuzaga keladi. Qolaversa, korxonaning daromadi va xarajati oʻrtasidagi farq subsidiya orqali qoplangani uchun, subsidiyadan boylar koʻproq manfaatdor boʻlishadi. Ya’ni, kambagʻallar boylarning ulardan koʻp iste’moli uchun qoʻshimcha pul toʻlashi kerak. Bu esa tabiiyki tabaqalanishni kuchaytiradi. Toʻrtinchidan, subsidiya va favoritizm siyosatchilar va tadbirkorlar oʻrtasida nooʻrin munosabatlarni shakllantirib, klanli kapitalizm’ni vujudga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, boy insonlar qudratga emas, qudratli insonlar boylikka erishadi. Soliq toʻlovchilarning pullari keraksiz faoliyatlarni ragʻbatlantirishga sarflanadi. Bu demokratiya va meritokratiyaga jiddiy xavf soladi. Bozor ishlashi kerak boʻlgan oʻrinni davlat egallagani uchun nepotizm kuchayadi va iqtisodiy samaradorlik darajasi pasayadi. Ya’ni iqtisodiyot mavjud potensialdan pastroq darajada oʻsadi. Bu yerda yozganimdek odamlarning imkoniyatlari tabiiy qobiliyatsizligi tufayli emas, sun’iy ravishda erksizlantirilgani tufayli qisqaradi. @economist_martin
إظهار الكل...
👍 11 5
Qobiliyatsizlik va Erksizlik haqida Erkinlik - bu siz qilmoqchi boʻlgan ishni boshqalarning aralashuvisiz amalga oshirishingizdir. Agar qaysidir darajada biror ishni amalga oshirmoqchi boʻlsangiz-u qarshilikka uchrasangiz, demak oʻsha darajada sizning erkinligingiz cheklanishni boshlaydi. Aralashuv doirasining minimal hajmdan kengayishi sizning erkinlik hududingizning torayishi hisobiga amalga oshadi. Buning maksimal limitini biz “qullik” deb ataymiz. Aralashuv doirasining kengayish jarayonini esa “qullika yoʻl” yoki “qullashish jarayoni” deb nomlashimiz mumkin. Buning yomon tomoni shundaki, erkinlikning cheklanishi imkoniyatsizlik doirasining kenagyishiga olib keladi. Shunga qaramay, erksizlik insonning barcha imkoniyatsizlik shakllarini oʻz ichiga olmaydi. Erkinlik bizga maqsadga erishishimiz uchun imkoniyat beruvchi tabiiy vosita. Ammo maqsadga erisha olmaslik shunchaki qobiliyatsizlik tufayli boʻlsa, bu erkinlikning yoʻqligini anglatmaydi. Masalan kimdir tez yugura olmasa, basketbol toʻpini savatga tushira olmasa yoki murakkab kitoblarni oʻqib tushuna olmasa unga nisbatan “majburlanyapti” yoki “erksizlantirilyapti” deb aytish gʻalati boʻlar edi. Majburlash deganda siz qarama-qarshi holatda qilishingiz mumkin boʻlgan ishni boshqalarning qasddan aralashuvi tufayli qila olmasligingiz tushuniladi. Siz erkinlikdan odamlar sizga biror ishni qilishga toʻsqinlik qilganda mahrum boʻlasiz. Ammo oʻsha ishni shunchaki qobiliyatsiz boʻlganingiz uchun qila olmasangiz unda bu erkinlik yoʻqligini anglatmaydi. Agar inson kambagʻal ekanligi bois biror tovar yoki xizmatni sotib ololmasa, bu - uning imkoniyatlari erksizligi yoki boshqalardan kamroq erkli boʻlgani bois cheklanganini anglatmaydi. Aksincha, inson biror tovar yoki xizmatni sotib olishga qodir emasligi boshqalar tomonidan qabul qilingan qarorlar bilan bogʻliq boʻlib, unga yetarlicha pulga egalik qilishga toʻsqinlik qilinganda, unga nisbatan “majburlashyapti” deyish mumkin. Bozor erkinligi, ayniqsa siyosiy erkinlik darajasi yuqori mamlakatlarda boy va kambagʻal insonlar oʻrtasidagi daromad nomutanosibligi ham yuqori boʻladi. Buning sababi insonlardagi erkinlik darajasi bir xil boʻlsada qobiliyatlar darajasi har xil ekanligida deyishimiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda kambagʻallarning kambagʻalroq ekanligi boylarning boyroq ekanligi tufayli emas, balki hamma har xil qobiliyat bilan turlicha mehnat qilishi tufaylidir. Koʻpincha shu ikki tushuncha adashtirib yuborilgani bois “boylar kambagʻallar hisobiga boyroq boʻladi, chunki imkoniyatlar turlicha taqsimlangan” degan mif’ni eshitib qolamiz. Bu esa xato mantiq! @economist_martin
إظهار الكل...
👍 10 6
Repost from Ko’rinmas Qo’l
​​Bozor iqtisodiyoti va barqarorlik haqida Yaqinda bir qiziq grafikka ko’zim tushib qoldi. Unda keltirilgan ma’lumotga ko’ra, insoniyat 2016-2021 yillar orasida butun 20-asr davomida ishlatilgan materiallarning 75%dan ortig’ini iste’mol qilgan emish. Ya’ni, biz oldin 100 yilda iste’mol qilgan resurslarimizni hozirgi davrga kelib 10 yilga bormay ishlatib qo’yyapmiz. “The Circularity Gap Report 2024” mualliflarining fikriga ko’ra, bu juda achinarli trend. Ular keltirayotgan sabab: “Yer sayyorasida yangi resurslar chegaralangan, biz esa bunday ketishda davom etsak, oxir-oqibat resurs zaxiralarimizni tezda bo’shatib qo’yamiz.” Avvalambor, bu grafikni ko’rib men xavotirga tushishni o’rniga juda xursand bo’ldim. Oldin ham aytganimday, mamlakatlarning boylik darajasi ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan mahsulot va xizmatlarning hajmi bilan o’lchanadi. Insoniyat ancha ko’proq materiallar ishlatayotgani biz boyroq hayot kechirayotganimizni bildiradi. Mualliflarning xavotiriga keladigan bo’lsak esa, insoniyatning resurslari tugab qoladi deb o’ylash ham noo’rin. Hisobotni tuzgan ekspertlarning tavsiyasi- mamlakatlar ko’proq qayta ishlashga urg’u berishlari kerak. Ammo, bozor mexanizmlari to’g’ri ishlaydigan bo’lsa, qachon yangi materiallardan qayta ishlashga o’tish kerakligini narxlar belgilab beradi. Hozirgi kunda qayta ishlash darajasi pastmi? Demak, qayta ishlash bilan bog’liq xarajatlar yangi resurslarni ishlatishga ketadigan xarajatlardan balandroq. Agar yangi resurslar tanqis bo’lib qolsa, shunda ular qimmatlashishni boshlaydi, va biz qayta ishlashga o’tamiz. Buning uchun narxlar hukumatlar tomonidan emas, balki erkin bozor orqali belgilanishi kerak. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak: bozor mexanizmlari bizni nafaqat boyroq qiladi, balki barqarorroq hayot kechirishimizni ham ta’minlab beradi.
إظهار الكل...

4👍 1
Podcastni koʻrib antiutopik asarlar, jumladan, Oldos Hakslining “Brave New World” va Yevgeniy Zamyatinning “Biz” asarlari yodimga tushdi. Shuningdek aktyor Joaquin Phoenix ishtirokidagi “Her” filmi ham kelajakda oilalar yoki jamiyatlar qanday boʻladi degan savolga farazan javob beradi. Ha, yaqin kelajak haqidagi tasavvurlar allaqachon reallikka koʻchayotgandek goʻyo! Yuqoridagi ikkita asar uchun film va seriallar ham suratga olingan, tavsiya qilaman.
إظهار الكل...
👍 6 6
Start-uplar va venchur investitsiyalar, sun’iy intellekt hamda Oʻzbekistondagi iqtisodiy jarayonlar haqida qiziq suhbat boʻlgan, buni ham tavsiya qilaman. https://youtu.be/AzRleDIVlOE?si=CnfFEl9kOW27wh-6
إظهار الكل...
Davlat IT'ni rivojlanishiga to'siqmi? - Akmal Paiziev bilan podkast

Fikr yetakchilari podkastining navbatdagi mehmoni Newmax Technologies kompaniyalar guruhining (MyTaxi, Express24, Workly, Maxtrack) asoschisi va boshqaruvchisi Akmal Paiziev. 💻 PDP Academy - Dasturlashni professionallardan o'rganing! Murojaat uchun: 📞78-777-47-47 ⬆️ Akmal Paizievning 3 kunlik intensiviga ro'yxatdan o'ting :

https://bit.ly/3XejDIS

Instagram: http://instagram.com/akmalpaiziev/ Suhbat davomida ushbu mavzularda suhbat olib borildi: -Tashqi investitsiyaning kamayishi va uning biznesga ta'siri qanday? -O'zbekistonda startup muhitini rivojlantirishga nima yetishmayapti? -Bozordagi startuplar holati -Investorlarning kelmayotgani sababi nimada? -Sun'iy intellektning iqtisodiyotga ta'siri qanday? -Texnologiyalarning iqtisodiyotga ta'siri qanchalik foydali? -Kapital bozoriga yangi texnologiyalarning ta'siri -Shaxsiy ma'lumotlarimizni yopiqlash bizni o'sishimizga qarshi emasmi? -Ta'lim sohasi rivojlanishida tavsiyalar 00:00 Tizer 1:30 Bugungi mehmonimiz Akmal Payziyev 5:40 Tashqaridan kelayotgan sarmoya 11:02 Katta xavflar bilan ishlaydigan investorlar 13:53 Nimaga O’zbekistonda unicorn kampaniyalar yo’q? 18:22 O’zbekiston qonunchilligi 21:39 Success story 23:53 Qanaqa muvaffaqiyat to’g’risida gaplashishimiz mumkin? 29:28 Sotib oladigan narsa yo’q 36:23 Xulosa 37:01 Boshqa ecotizmga borish kerak 42:02 Tadbirkorlar kuni 45:45 O’zbekistonga kirayotgan katta sarmoyalar 46:56 Sun’iy intellekt 49:38 Sun’iy intellekt nima? 1:01:02 Ma’lumot yetarlimi? 1:05:32 Mehnat unimdorlligi o’zgarmadi 1:13:39 Internet 1:16:51 Sun’iy intellektning dunyoga ta’siri 1:26:24 Ijobiy 3 ta narsa 1:31:12 Oson ishni osonlashtirish, qiyin ishni qiyinlashtirish 1:37:35 Eng asosiysi qonun ishlashi 1:39:30 Open sourse qilishdan maqsad 1:47:00 Sun’iy intelllektga ma’lumotlar bazasini yopib qo’yish mumkin 1:50:20 General intellekt 1:53:30 Nega biznes ijtimoiy tarmoqlar ma’lumotlarni yopib qo’ymayapti? 1:56:42 Dinga nisbatan ishonchsizlik bo’lmaydimi? 2:03:15 O’zbekistonda tegilmagan bozr bu - servis market 2:11:08 Aftaritetlarning ketishi 2:14:25 Qadriyatlar ustiga muvaffaqiyat strategiyasini qurish 2:16:07 Ta’lim uchun 3 ta tavsiya 2:23:45 Team universiteti uchun qabul davom etmoqda ⬆️ Hikmat Abdurahmonov - HM Partners guruhi (10 dan ortiq muvaffaqiyatli bizneslar) asoschilaridan. ⬆️ Laziz Adhamov - IT(AyTi) tadbirkor. Germaniyaning SAP kompaniyasinimg O'zbekistondagi sobiq bosh direktori. Ushbu fikrlar ko'proq odamlarga tarqalishi uchun aktivligingizni izohlar va like bosish orqali bildiring! #Hikmat_Abdurahmonov #Laziz_Adhamov #Fikr_yetakchilari _________________________________________ Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Instagram - http://instagram.com/hikmat_abdurahmonov_uz Instagram -

https://www.instagram.com/dervish1976/

Telegram - http://t.me/Hikmat_kundaligi

👍 4 2
Nim uchun oilaning jamiyatdagi rolining oʻzgarib borayotganligi ijtimoiy yelimlar orqali yaxshi ochib berilibdi. Er va xotin, qolaversa kelin va qayniqarindoshlar munosabatlaridagi oʻzgarishlarning sabablari, an’anaviy va zamonaviy oiladagi farqlar haqida gapirilgan. Xullas qiziq suhbat boʻlibdi, tavsiya qilaman. https://youtu.be/P6nWVMmGvGE?si=LYsIeMEKtHyW-3sr
إظهار الكل...
“Endi oila jamiyatda yashab qolish uchun vosita emas”

Xo‘sh, dunyo, jamiyat va islomda oila qanday vujudga keladi, uning hozirgi muammolari nima va biz qaysi yo‘ldan boryapmiz? “Daryo” podkastida Hamid Sodiq bilan jamiyatning boshlanishi, oila haqida gaplashamiz Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram:

https://t.me/Daryo

Facebook:

https://www.facebook.com/daryouz.rasmiy

Instagram:

https://www.instagram.com/daryo.rasmiy/

Twitter:

https://twitter.com/daryo_uz

TikTok:

https://www.tiktok.com/daryorasmiy

Jahon va O‘zbekiston yangiliklari

https://daryo.uz?fyt

O'zbekiston va dunyoning so'nggi yangiliklari

https://daryo.uz/yangiliklar?fyt

Eng ko'p o'qilgan top xabar va maqolalar

https://daryo.uz/popular?fyt

Mahalliy xabarlar - O‘zbekiston yangiliklari

https://daryo.uz/category/uzbekistan?fyt

Markaziy Osiyo yangiliklari 2024 - bugungi

https://daryo.uz/category/markaziy-osiyo?fyt

Dunyo yangiliklari bugungi va eng so‘nggi hodisalar!

https://daryo.uz/category/dunyo?fyt

Layfstayl yangiliklari, foydali va qiziqarli layfxaklar

https://daryo.uz/category/layfstayl?fyt

Sport yangiliklari: futbol, transferlar, boks, UFC

https://daryo.uz/category/sport?fyt

Reklama narxlari — "Daryo"

https://daryo.uz/uz/p/reklama-zojlastiris?fyt

👍 8
Hayit ayyomingiz muborak boʻlsin!
إظهار الكل...
25👍 2
Repost from N/a
Demografik jarayonlar haqida qisqacha P.S. sabr bilan o'qiylar)
إظهار الكل...
Demografiya

Tabiatda ma'lum kuch, mexanizm borki, u populatsiyalar nisbatini saqlashda, turlar muvozanatida muhim o'rin tutadi. Tashqi ta'sirlar (aralashuvlar) bo'lmasa, u xuddi bozor va undagi elementlar (talab-taklif...) kabi jonli tabiatda equilibriumni to'g'rilab turadi. U fanda evolutsiya, ayrim muqaddas kitoblarda oliy kuch deb atalsa-da, u doim ishlagan va ishlaydi.

👍 12 9
أرشيف المشاركات
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.