cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

𝐴𝑌𝐷𝐼𝑁 𝐻𝐼𝐾𝑂𝑌𝐴𝐿𝐴𝑅𝐼

Assalomu alaykum. Sana: 23.12.2022.

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
734
المشتركون
-224 ساعات
+117 أيام
-730 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#Kelin... -- Ajoyib. Yolgʻon gapirishga usta ekansan. Yangi qirralaring kashf boʻlyabdi. -- Men yolgʻon gapirmadim... Oʻstimdan kulgani kamdek, gaplarimni yolgʻonga yuydi. Nega endi meni ham sevganim boʻlishi mumkin emas ekan? U meni yosh bola deb atagani uchunmi? Kechirib qoʻyadiyu, hatto mendan kichik qizlarni sevgani bor. Meni eshik qismaganku, yoqtirganim bor desam ishonmaydigan. Senimi Umar afandi, hali shoshmay tur, shoshmay tur. Koʻrsatib qoʻyaman, meni mazax qilishni. -- Bir joyda haykaldek turishni bas qilib, yegani biror nima olib kelsang, nonushta qilib olar edik. Volidamni sharofati bilan ikkimiz ham ochmiz axir. Goʻyoki hech nima boʻlmagandek, kiyimlarini saralay boshladi yana. Qanaqa inson oʻzi bu? Hozirgina rashk qilayabdi deb oʻylagan edim. Hursand ham boʻlayotgan edim. Bir pastda uni boshqa inson bilan almashtirib ketishdimi? Yoʻq, u menga ishonmadi. Shuning uchun bemalol ishini davom ettiryabdi. Qoʻyib bersa, nonushtasini yesayu, soʻng ketsa usha Amerikasiga. -- Yoʻq. Men och emasman. Sevganim haqida ogʻiz ochib uni eslatib yubordingiz... Uni armon boʻlib qoladi deb oʻylagan edim. Biroq bunday emasligi va ketayotganingizga qaraganda, yaqin kunlarda u bilan yana qayta uchrashishimizni bilib, ochligim ham esimdan chiqib ketdi. Bezbetlikni yoqib olib, kuzgu qarshisidagi oʻrindigʻimga borib oʻtirib oldim. Birdan yodimga erta tongda boʻlgan voqea tushib ketdi. Umar qizil lab boʻyogʻimni maqtaganida, tok oʻrgandek boʻlgan edi meni. Hozir ham lablarim beixtiyor jilmaydi. Umar... Men rostdan bu yigitga oshiq boʻla boshladimmi?... Lekin qachon va qanday? Qaysi vaqt bunga ulgura qoldim? Bu shunchalik pinhona boʻlganki, hatto oʻzim ham bilmaymanmi?... Qolaversa, uni yaqingacha turmush oʻrtogʻim sifatida koʻra olmasdim. Endichi, endi? Undan boshqasini tasavvur qila olar ekanmanmi?... U boʻlsa meni tashlab ketmoqchi. Yana bittasi bilan tinmay hiringlashadi. Aniq bilaman, uydan chiqib ketgan vaqtlari ham usha satangni yoniga borib oladi ablah. Bu boʻlmagʻur oʻy-hayollarimdan soʻng yuzimdagi kulgu ham oʻz-oʻzidan yoʻqoldi. Boshimga ogʻriq kirdi. Qovoqlarimni uygancha kuzgu orqali Umarga qaradim. Ajabo, mendagi yuz ifoda unda ham bor. Endi gapirmoqchi boʻlganida, gaplarimga qoʻshimcha ham kiritib qoʻydim. Agar ozgina boʻlsa ham menga eʼtiborli boʻladigan boʻlsa, bu soʻzimdan keyin uni ham men kabi boshi ogʻriydi. -- Begzod... Begzod edi uni ismi... Juda qiziqayotganingiz uchun aytayabman... Ha yana, u bizning yon qoʻshnimiz edi. Ajrashganimizdan soʻng unga bor haqiqatni aytaman. Yaʼni oilamiz istagi bilan turmush qurganimizni, sizni oʻz sevgan qizingiz borligini... Meni tushunsa kerak. Har holda, holi jonimga qoʻymay, ancha vaqt ortimdan soyadek ergashib yurardi...
إظهار الكل...
👍 83😁 39 10🥰 9🤣 9🔥 6 5🤓 3
00:57
Video unavailableShow in Telegram
7.90 MB
😢 7
Toʻgʻrisi hozir hikoyani davomi yozaman deb telegramga kirgan edim. Lekin menga dugonamdan kelgan vedio qoʻllarimni qaltiratib tashladi. Har bandani Allohni oʻzi asrasin ekan.😢
إظهار الكل...
😢 10 2
MisterFactorga bosib berila
إظهار الكل...
8
Bp+ RaqobatchilarAnonymous voting
  • MisterFactor
  • Prince
  • FrSniper
  • Brawl_top
  • Saidcheek
0 votes
5
#Kelin... Ohirgi gaplarim negadir Umarga yoqmadi. Buni yuzi oʻzgarib ketganidan sezish mumkin. Hatto nimadir demoqchi boʻldiyu, biroq bunga aynan shu damda jiringlab qolgan telifoni halaqit berdi. Yonimda boʻlgani uchun qoʻl telefonini ekranini aniq koʻrdim. Unga yozuvli ism emas, balki qizil yurakcha stekir qoʻngʻiroq qilyabdi. Gʻalati boʻlib ketdim. Bu uni sevgan qizi ekanligi kundek ravshan. Men kimga ʼʼketmangʼʼ deb aytayabman oʻzi? Menga biror marotaba vaʼda bermagan, hatto ilk kunimizdayoq yoqtirgani borligini, undan umid qilmasligimni aytgan insondanmi? Ahmoqsan Hilola, ahmoqsan. Umarga aslo bogʻlanib qolmasliging kerak. Ketsa ketaversin, shu toʻgʻri emasmi? Baribir bir kuni ketadiku... -- Keyin oʻzim qoʻngʻiroq qilaman. Oʻzimni Umarni yonida ortiqcha sezib, xonani tark etmoqchi edim. Ammo u tezda telifonga javob berib gushakni qoʻydida, soʻng meni yoʻlimni toʻsib oldi. -- Huuush, nima deyayotgan edik? Baxtingni sinab koʻrishing haqida gapirayotgan edingmi kichkina yolgʻonchi? Juda ajrashging kelyabdi, balki birortasiga vaʼda ham berib qoʻygandirsan? Tan olaman, Umarni bu harakati meni lol qoldirdi. Hattoki, ichimdagi bir odamchani quvontirib ham yoʻbordi. Men ismini ham bilmaydigan telifonidagi qizga birinchi martta qisqa javob qaytardi, kamiga bu meni deb. Men bilan suhbatini, aslida tortishuvini davom ettirish uchun. Bu esa menga juda yoqyabdi... Sen aniq aqldan ozding Hilola. Sen bunday emasding. Seni bu begʻam yigit qiziqtirmasdi ham. Qachon unga eʼtibor bera boshlading ekan hayronman. -- Boʻlsa bordir... Nega birdan qiziqib qoldingiz? Oʻzi kulib turgan boʻlsa ham, aslida jahli chiqayotganini sezib turibman. Ajabo, u ham meni rashq qilyabdimi, yoki bu shunchaki oʻyin?. Nima boʻlgan taqdirda ham, uni yana biroz asabiga tegib koʻrsam ziyon qilmasdi. Befarqligi bilan meni asabimga tegadiku...
إظهار الكل...
😁 89❤‍🔥 17👍 11 11😘 8 4💯 3🔥 2👏 1🤓 1
Bari qilmishingga kòzimni yumib Gaplashgim keladi senla kun ora 😒 Soģinch azobidan ming bora òlib 💔 Yana kòrgim keldi bugun bir bora ...😞 Reaksiya xachu😜
إظهار الكل...
❤‍🔥 31😢 12🔥 5 2👏 2🥰 1
#Kelin... -- Qiyin deb ham oʻylamayman. Bor aybni meni boʻynimga qoʻyishing mumkin. Eʼtirozim yoʻq. Meni tushunar deb shuncha gapirgan edim. Ammo... Boshqa nimani ham kutgan edim oʻzi? Aybni unga agʻdarishim mumkin umusha. Huddiki aybsizdek gapirishiga oʻlaymi buni. -- Unda oldin javobimni berib, soʻngra keting! Koʻzyoshlarimni kaftim bilan sidirib, asabiy ammo qatʼiy gapirdim. Meni hayotim oddiy oʻyinchoq emasku. -- Haqiqiy boʻlmasada, qogʻozda er va xotinmiz. Meni bu uyga kishanlab, oʻzingiz qochib keta olmaysiz. Erkinligimni oʻzimga qaytaringda, soʻng dunyoning narigi chekkasida bormaysizmi menga desa... -- Yoʻoʻoʻq, sen umuman yuvosh qizcha emassan. Onam qishloqdan jim yuradigan qoʻzichoq olib keldim deb oʻylab, haqiqiy togʻ echkisini olib kelgan chogʻi... -- Mazaxlashni bas qiling. Yosh bola deb yerga oʻrganingiz yetar. Endi togʻ echkisiga oʻtdingizmi? -- Hoʻp. Umar tezda ikki qoʻlini tepaga kutargancha jilmaydi. Taslim boʻldim ishorasini qilib, oʻstimdan kulyabdi yaramas. Endi jahlimga erk berib, alamimdan chiqmoqchi boʻlganimda shunaqanki bemaʼni qiliqlar qiladiki. Aslida men emas, u yosh bola. Goʻdakni oʻzginasi. -- Mendan qutulib olib nima qilmoqchisan? Yana baxtingni sinab koʻrasanmi? Surbet. Bergan savolidan koʻnglim ayniydi. Unga hech nimani farqi yoʻq. -- Har holda sizga aza tutib oʻtmayman.
إظهار الكل...
😁 90 16👍 14🥰 10❤‍🔥 8👏 3💯 3 2🔥 2😢 2
#Kelin... -- Lekin... Onangizchi? Ular shundoq ham juda asabiylashyabdi... Toblari boʻlmay qolsa... -- Nima seni oyim yoʻbordimi? Bekorchi gaplarni qoʻy. Fikrimdan qaytish niyatim yoʻq. Umar menga bir zum tikilib turdida, soʻng yonimga kelib men ochiq qoldirgan eshikni yopdi. -- Istasang sen ham ketishing mumkin... Oʻz uyingga. Shunda har tun ota-onangni rasmini quchib yigʻlashga majbur boʻlmaysan. -- Siz.. siz buni qayerdan bilasiz? Axir... Axir uxlab qolgan boʻlasizku? -- Men hamma narsani bilaman kichkina sotqin....immm yoki kichkina yolgʻonchimi? Yana kulyabdi. Begʻam kulishinichi, yoʻq kula olishinichi. Meni ichimdan nimadir uzilayotgandek boʻlyabdiyu, u hammasiga qoʻl siltab kulyabdi. Toʻgʻri, men oʻz oilamni juda sogʼindim. Hatto hech qachon bu qadar ularni qumsamaganman... -- Ketmang... Bu soʻzni qanday aytib yoʻbordim bilmayman. Koʻzlarimdan ham, Umar hech yoqtirmaydigan yoshlarim yumalab tushdi. Unga tik qaray olmaganim uchun yerga nigohimni olib oʻtdim. U esa soʻzsiz menga tikilib qoldi. Tabiiyki bunday deyishimni kutmagan. Nimalar deyabman oʻzi? Oʻzim uchun ham bu kutilmagan boʻldiku. Ammo, ammo rostdan ham Umarni ketishini istamayabman. Mayli, meni doim kesatib oʻstimdan kulsa ham shu yerda boʻlishini hoxlayabman... -- Toʻgʻri... Men dadamni, ayamni, singlimni va ukalarimni juda sogʻindim... Ularni judayam sogʻinib ketdim, judayam... Oldinlari bu qadar hissiyotni sezmasdim. Hatto... aytishim mumkinki, qadriga yetmasdim. Ulardan jahlim chiqqanida, uzoqlarga qochib ketgim kelardi... Qarang, ulardan uzoqdaman. Istaganimda sizga oʻxshab hammasiga qoʻl siltab keta olmayman ham... Borishni istayman... ammo bu bunchalik oson emas. Siz aytayotganchalik oson emas...
إظهار الكل...
👍 74❤‍🔥 28 11👏 10🔥 5 2😢 1💯 1🤝 1
01:18
Video unavailableShow in Telegram
Sovgʻa kelgan edi😍❤️. Aslida ancha oldin berilgan edi. Esim qursin meni, yodimdan chiqibdi🤦‍♀🙈.
إظهار الكل...
10.75 MB
😁 10 2💯 2😍 1🐳 1😇 1