cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

🌐 Xalqaro aloqalar bo'limi | O’zMU | NUU

O'zbekiston Milliy Universiteti Xalqaro aloqalar bo'limining rasmiy Telegram kanali✅ Официальный Telegram канал отдела международных связей НУУз✅ Department of International Relations of NUU✅ 🌐http://nuu.uz

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
867
المشتركون
-224 ساعات
-117 أيام
-2230 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

🤔 Bugun mazkur tashkilotning vitse-prezidenti Alen Payen va tashkilot a’zosi Emmanuel Dyufurlar O’zMUga navbatdagi tashriflarini amalga oshirdilar. 🤔Tashrif davomida strategic rivojlantirish va xalqaro reyting bo’limi xodimlari O’zMUda BRM yo’nalishlarida amalga oshirilgan ishlar bo’yicha taqdimot qildilar. Bajarilgan ishlar fransuz mutaxassislari tomonidan yuqori baholandi va tayyorlangan manbalar to’g’ri yo’nalishda ekanligi alohida e’tirof etildi. 🤔 Shuningdek, A.S.I.E. tashkiloti vakillari BRM yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini bildirib, mazkur faoliyat yuzasidan keng ko’lamli hamkorlik qilish taklifi bildirildi.
إظهار الكل...
🇺🇿🇦🇹O'zMU talabalari Avstriyaning Zalsburg universitetida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti Gedeziya va geoinformatika magistratura mutaxassisligi 1-bosqich talabasi Panayev Sotimboy va Geodeziya, kartografiya va kadastr yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Ramanova Tumaris Erasmus KA171+ dasturi doirasida  2023/2024 o‘quv yilining yozgi semestrini Avstriyaning Zalsburg universitetida (Paris Lodron university of Salzburg)  ECTS tizimida tahsil olishmoqda.                                                                                            Talabalar ushbu davr davomida Zalsburg universitetining GIS markazi va bir qancha xalqaro universitetlar bilan hamkorligida tashkillashtirilgan "DEvision" dasturi tadbirida va universitetning xalqaro bo‘limi tomonidan tashkillashtirilgan "International cafe" tadbirida O‘zbekiston nomidan muvaffaqiyatli ishtirok etib etib kelishmoqda. @xalqaro_reyting_nuuz
إظهار الكل...
👍 2
Repost from N/a
🌿📚Dòstlik shahar ixtisoslashtirilgan maktabida o'quv-amaliy seminari 🌍Ekologik ong tobora muhim ahamiyat kasb etayotgan dunyoda Alisher Xudoyberdiev kabi shaxslar oldinga yo'lni yoritmoqda. Green Action ko'ngillilar guruhining ishtiyoqli a'zosi Alisher yaqinda Do'stlik shahar ixtisoslashtirilgan maktabida Climate Action borasida o'quv-amaliy seminari o'tkazdi. 🌱Bundan maqsad, Iqlim ta'sirining ahamiyati va qimmatbaho ekotizimlarimizni saqlash to'g'risida yosh ongni tarbiyalash va kuchaytirishdir. @eco_action
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🤔 Aziz talabalar! 🏪 2024 yilning 3-4 may kunlari Koreya Respubllikasining Toshkentdagi Elchixonasi qoshidagi Ta'lim markazi binosida "Koreyada ta'lim-2024" o'quv ko'rgazmasi bo'lib o'tadi.
Ushbu ko'rgazma doirasida sizlar Koreya Respublikasida joylashgan nufuzli oliy ta'lim muassasalari haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin bo'ladi.
🤔Aziz talabalar Koreyada o'qish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
🤔Talabalar qiqqatiga ! 📱Joriy yilning 17 aprelidan 8 may sanasiga qadar Toshkentdagi ADJU universitetining "C" binosidan Germaniya Federativ Respublikasi tomonidan o'tkazilayotgan "Energy in Transition-Powering Tomorrow" ko'rgazmani bo'lib o'tmoqda. 🧠 Ushbu korgazmaga borishni istaganlar o'zlarining bo'sh vaqtida tashrif buyurishlari mumkin. 🌀 Ko'rgazma haftanign Dushanbadan-Juma kunlari soat 8:30 dan 17:30 ga qadar. 🌀Shanba kuni 10:00 dan 16:00 ga qadar bo'lib o'tadi Manzil
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
🤔TATUning Urganch filialida Erasmus+ INMACOM loyihasi doirasida muvofiqlashtiruvchi yig'ilish va seminar-trening 🤔 Batafsil
إظهار الكل...
#Xalqaro_konferensiya Barqaror rivojlanish maqsadlari: xorijiy tajriba va O‘zbekiston amaliyoti Bugun, 26-aprel kuni O‘zbekiston Milliy universitetida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlash maqsadida hamda “22-aprel – Xalqaro Yer kuni” munosabati bilan “Barqaror rivojlanish maqsadlari: xorijiy tajriba va O‘zbekiston amaliyoti” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda bir qator mamlakatlar, jumladan, Turkiya, Fransiya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Tojikiston va xalqaro tashkilotlar vakillari hamda xorijda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik olimalar ishtirok etishdi. Anjuman maqsadi Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan belgilangan barqaror rivojlanish maqsadlari asosidagi fan va ta’lim taraqqiyotini ta’minlovchi g‘oyalarni aniqlash, zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish va integratsiyalashuviga keng imkon yaratishdan iborat bo‘ldi. Batafsil 👉 nuu.uz 👉 На русском 👉 In English Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali
إظهار الكل...
01:00
Video unavailableShow in Telegram
“Barqaror rivojlanish maqsadlari: xorijiy tajriba va O’zbekiston amaliyoti” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Bugun O‘zbekiston Milliy universitetida “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirish va uning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish to‘g‘risidagi qonuni hamda “22-aprel – Xalqaro Yer kuni” munosabati bilan “Barqaror rivojlanish maqsadlari: xorijiy tajriba va O‘zbekiston amaliyoti” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Turkiya, Fransiya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Tojikiston va xalqaro tashkilotlar hamda xorijda faoliyat yuritayotgan O‘zbekistonlik olimalar ishtirok etishdi. Dastlab O‘zbekiston Milliy universiteti fan va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Yoqub Ergashov tadbirni ochib bergan bo‘lsa, tabrik so'zi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Boriy Alixanov yurtimizda va mintaqada hozirgi kunda mavjud ekologik muammolarga to'xtalib o'tdi:
O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi oldida turgan dolzarb ekologik muammolarni hal qilish nihoyatda zarur. Eng dolzarb muammolardan biri iqlim o'zgarishi, qishloq xo'jaligining beqaror amaliyotlari va suvni noto'g'ri boshqarish bilan bog'liq bo'lgan suv tanqisligidir. Bir paytlar dunyodagi eng yirik ichki suv havzalaridan biri hisoblangan Orol dengizining qurishi suv resurslarini noto‘g‘ri boshqarish va ulardan ortiqcha foydalanish oqibatlarini yaqqol eslatib turadi.
Konferensiya davomida xorijlik olimlar va universitetning bir guruh fidoyi o‘qituvchilari tomonidan tabrik qatnashchilarga o‘qib eshittirildi. Garchand turli millat va jins vakillari bo‘lsak ham o‘zaro umumiy qadriyatlarni hurmat qilishimiz, ilmiy tadqiqot ishlarini birga amalga oshirib insoniyat rivojiga hissa qo‘shishimiz kerakligi ta’kidlandi. Tadbir davomida mahalliy va xorijlik olimlarning chiqishlari tinglandi va yosh olimlarning “Eng yaxshi ilmiy ishi” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. @xalqaro_reyting_nuuz
إظهار الكل...
1
00:42
Video unavailableShow in Telegram
“Barqaror rivojlanish maqsadlari: xorijiy tajriba va O’zbekiston amaliyoti” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Bugun, 26-aprel 10:00 da, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoniga muvofiq 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 46-maqsadida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Milliy universiteti xalqaro aloqalar bo’limi tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadlari: xorijiy tajriba va O’zbekiston amaliyoti” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkaziladi. Anjuman maqsadi – Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan belgilangan barqaror rivojlanish maqsadlari asosidagi fan va ta’lim taraqqiyotini ta’minlovchi g‘oyalarni aniqlash, zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish va integratsiyalashuviga keng imkon yaratishdan iborat. Anjuman vazifalarini quyidagilar tashkil etadi: - sifatli ta’lim va unga erishishning barqaror strategiyasi; - barqaror rivojlanish maqsadlarining taraqqiyot strategiyasidagi roli; - qashshoqlik va ochlikka barham berishda sifatli ta’limning ahamiyati; - atrof-muhit, ekologiya, toza suv hamda muqobil energiya masalalarini o’rganish; - barqaror mehnat muhofazasi va jamiyatda gender tenglik; - innovatsion loyihalarni ishlab chiqishda zamonaviy tamoyillar. @xalqaro_reyting_nuuz
إظهار الكل...
1 1
00:26
Video unavailableShow in Telegram
#Live “Barqaror rivojlanish maqsadlari: xorijiy tajriba va O’zbekiston amaliyoti” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’z ishini boshlash arafasida. @xalqaro_reyting_nuuz
إظهار الكل...
🔥 4👍 2 1