ar
Feedback
TDTU | Talabalari

TDTU | Talabalari

الذهاب إلى القناة على Telegram

Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti talabalar kanali! Reklama: @tta_ads Aloqa: @Qabul24Bot

إظهار المزيد
7 789
المشتركون
-1424 ساعات
-527 أيام
-10830 أيام
أرشيف المشاركات
🔺 “TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasiga start berildi 🔺Bugun poytaxtda talaba-yoshlar va bitiruvchilar uchun yirik kasb va
+9
🔺 “TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasiga start berildi
🔺Bugun poytaxtda talaba-yoshlar va bitiruvchilar uchun yirik kasb va imkoniyatlar ko‘rgazmasi — “TalabaExpo – 2026” o‘z ishini boshladi. Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Radjabov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva, Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Shaxlo Ibragimova hamda “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Xoshimov ishtirok etdi.
➡️“TalabaExpo – 2026” yoshlarning kasbiy rivojlanishi, munosib ish topishi va mehnat bozorida o‘z o‘rnini egallashiga xizmat qiluvchi muhim platforma sifatida tashkil etilmoqda.
Bizni kuzating!
🏛TDTU TALABALAR - Toshkent davlat tibbiyot Universiteti talabalar kanali

Repost from Edu.uz
💰✍️ 🤩🤩🤩🤩 ❗SAT sertifikati bilan qoʻshimcha davlat grantiga qabul qilish shartlari belgilandi ☑️2026/2027-oʻquv yilida ab
💰✍️ 🤩🤩🤩🤩
SAT sertifikati bilan qoʻshimcha davlat grantiga qabul qilish shartlari belgilandi
☑️2026/2027-oʻquv yilida abituriyentlarni oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilishda “College Board” tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatini qoʻllash quyidagicha amalga oshiriladi. ➡️“Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga (1200 va undan yuqori ball) ega boʻlgan abituriyentlar uchun qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari oliy taʼlim tashkilotining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha fanlar majmuasi (taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan) “matematika” va “chet tili” fanlari boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari qabul parametrining 50 foizi miqdorida belgilanadi. 📝 Bunda: 🟢 qabul parametrining 50 foizi butun son boʻlmagan holatda ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida qoʻshimcha qabul koʻrsatkichi yuqori songa yaxlitlangan holda belgilanadi; 🟢 roʻyxatdan oʻtishda fanlar majmuasi sifatida “matematika” va “chet tili” fanlarini tanlagan hamda SAT sertifikati 2026-yil 25-iyun kuniga qadar (shu kuni ham) DI kod orqali Bilim va malakalarni baholash agentligiga kelib tushgan abituriyentlarga belgilangan imtiyoz tatbiq etiladi; 🟢 abituriyentlarning SAT sertifikati boʻyicha ballari ularni qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qabul qilishda asosiy mezon hisoblanadi; 🟢 abituriyentlar tanlagan beshtagacha oliy taʼlim tashkiloti, bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga SAT sertifikati boʻyicha ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi; 🟢 ajratilgan qoʻshimcha qabul koʻrsatkichining quyi chegarasidagi abituriyentning SAT sertifikati boʻyicha baliga undan keyingi abituriyent(lar)ning bal(lar)i teng boʻlib qolgan taqdirda, ushbu abituriyent(lar) ham ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga talabalikka tavsiya etiladi; 🟢 SAT sertifikatiga ega abituriyentlarga ushbu imtiyozdan foydalanish yoki imtiyozdan foydalanmasdan test sinovi natijasiga koʻra umumiy tartibda tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi; 🟢 SAT sertifikatiga ega, biroq roʻyxatdan oʻtishda tanlagan beshtagacha yoʻnalishga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, vakant (boʻsh) qolgan qoʻshimcha grant joylariga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilingan sanadan bir haftadan soʻng bir hafta muddat davomida qayta roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi; 🟢 Bilim va malakalarni baholash agentligining qaydnomalari ushbu abituriyentlarni talabalikka qabul qilish boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

+9
IMG_9357.PNG5.71 KB

Prezident jurnalistlarga Milliy jamoamizning bugungi o‘yini haqida gapirdi:
🎤 Birinchi g‘alabamiz – bayrog‘imiz hilpiragani – bu Vatanimizni jahon hamjamiyati bilan tepa-tengligidan dalolat!
❗️Eslatib o‘tamiz, Portugaliyaga qarshi o‘yin bugun soat 22:00 da boshlanadi.
Bizni kuzating!
🏛TDTU TALABALAR - Toshkent davlat tibbiyot Universiteti talabalar kanali

+3
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Yaponiyaning nufuzli tibbiyot tashkilotlari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqdi. Uchrashuv avvalida mehmonlar universitet faoliyati, ta’lim jarayoni, klinik bazalar, ilmiy salohiyat hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng tomonlar o‘rtasida rasmiy muloqot boshlandi.
Uchrashuv davomida tibbiyot sohasida ilg‘or yapon tajribasini o‘rganish, zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish, mutaxassislar almashinuvini kengaytirish va qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashilmoqda.
Bizni kuzating!
🏛TDTU TALABALAR - Toshkent davlat tibbiyot Universiteti talabalar kanali

Milliy terma jamoamiz a'zolari Portugaliyaga qarshi bahsga tayyor! Siz-chi, ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyormisiz? Yuragimi
Milliy terma jamoamiz a'zolari Portugaliyaga qarshi bahsga tayyor! Siz-chi, ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyormisiz? Yuragimiz birga uradi — Olg‘a, O‘zbekiston!
Sizningcha qaysi jamoa g’alaba qozonadi. ⏰o'yin boshlanish vaqti 22:00da 📝Hisobni taxmin qilamiz
Bizni kuzating!
🏛TDTU TALABALAR - Toshkent davlat tibbiyot Universiteti talabalar kanali

Toshkent davlat tibbiyot universitetida navbatdagi kafedralarning 6 oylik faoliyati yakunlari hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar muhokama qilinmoqda.
Yig‘ilish davomida kafedralar tomonidan amalga oshirilgan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi ishlar tahlil qilinib, erishilgan natijalar va mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda zamonaviy yondashuvlarni o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olinmoqda. Ochiq va tanqidiy ruhda o‘tayotgan mazkur muhokamalar universitet faoliyatini yanada takomillashtirish va yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bizni kuzating!
🏛TDTU TALABALAR - Toshkent davlat tibbiyot Universiteti talabalar kanali

Institut tinglovchilari qonun ijodkorligi faoliyati bilan tanishdi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Oliy ta’lim tizimi kadr
+4
Institut tinglovchilari qonun ijodkorligi faoliyati bilan tanishdi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining “Xotin-qizlar maslahat kengashi raislarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish” yo‘nalishi tinglovchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Bizni kuzating!
🏛TDTU TALABALAR - Toshkent davlat tibbiyot Universiteti talabalar kanali

⚽️ DIQQAT, FUTBOL MUXLISLARI! Ertaga Milliy stadionda Portugaliya va Oʻzbekiston terma jamoalari oʻrtasidagi muhim uchrashuv
⚽️ DIQQAT, FUTBOL MUXLISLARI! Ertaga Milliy stadionda Portugaliya va Oʻzbekiston terma jamoalari oʻrtasidagi muhim uchrashuv oldidan muxlislarni ajoyib bayram muhiti kutmoqda! 🎶 Stadion va fan-zonalarda musiqiy chiqishlar, turli ko‘ngilochar dasturlar hamda yorqin shoular tashkil etilishi rejalashtirilgan. 🇺🇿 Barcha muxlislarni terma jamoamizni qoʻllab-quvvatlashga chorlaymiz! Keling, stadionni birgalikda Oʻzbekiston bayroqlari va joʻshqin qarsaklar bilan toʻldiraylik! ⏰Boshlanish vaqti 19:30 da
🔥 Biz jamoamizga ishonamiz! 💙 Oʻzbekiston, olgʻa!
Bizni kuzating!
🏛TDTU TALABALAR - Toshkent davlat tibbiyot Universiteti talabalar kanali

Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Texnikum #OliyTaʼlim ❗ Texnikum muvaffaqiyatli bitiruvchilari uchun muhim yangilik! 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun
#Qabul2026 #Texnikum #OliyTaʼlim ❗ Texnikum muvaffaqiyatli bitiruvchilari uchun muhim yangilik! 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikum bitiruvchilarining oliy ta’limni 2-bosqichdan davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z mutaxassisligiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. ‼️ Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oliy taʼlimga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishlari mumkin. ➡️ Bunda oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 👆 Ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. 👉На руcском 👉In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Toshkent shahrida “Bolalar salomatligini muhofaza qilishning fanlararo jihatlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tmoqda.
Bizni kuzating!
🏛TDTU TALABALAR - Toshkent davlat tibbiyot Universiteti talabalar kanali

Repost from Edu.uz
⚡️ Prezidentimiz terma jamoamizning ruhini ko‘tardi:
"Futbolchilarimiz juda katta tajribali jamoaga qarshi kuchli xarakterini ko‘rsatdi. Biz uchun birinchi jahon chempionatida birinchi golimiz - bu ham g‘alaba".
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining professional kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus kursda ma'ruza qilmoqda
Bizni kuzating!
🏛TDTU TALABALAR - Toshkent davlat tibbiyot Universiteti talabalar kanali

Bugun Toshkent shahar Yoshlar markazi Faollar zalida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tasarrufidagi akademik litseylar bitiruvchilariga bag‘ishlangan “Bitiruvchi–2026” tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating!
🏛TDTU TALABALAR - Toshkent davlat tibbiyot Universiteti talabalar kanali

1:3

1:1

0:1

Futbol boshlandi…. Xisobni taxmin qiling…. Omad yor bo’lsin

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida AQShning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Pitsburg Universitetining Hamshiralik va Tibbiyot fakultetlari dekanlari boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Bizni kuzating!
🏛TDTU TALABALAR - Toshkent davlat tibbiyot Universiteti talabalar kanali