cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

TALABA_YOSHLAR_UCHUN

Talabaralar uchun eng so‘ngi yangiliklar va ma'lumotlarni berib boramiz! Talaba yoshlar uchun telegram va instagram kalanlari Bilan hamkorlik qilish uchun 👇👇 👇👇

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
795
المشتركون
-224 ساعات
-107 أيام
-8130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Repost from Magistrlar Official
⚡️Har bir tumandan mentor-oʻqituvchilar tanlab olinadi va ularga qoʻshimcha har oy 20 foiz ustama toʻlanadi Prezidentning 21.06.2024-yildagi qarori PQ-231-son qaroriga asosan 2025-yil 1-yanvardan boshlab pedagog va mutaxassis kadrlar kasbiy rivojlanishining uzluksizligini taʼminlash maqsadida barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida malaka oshirishning “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch maktablarda esa, shuningdek, “Kasbiy rivojlanish kuni” kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda: ➖“Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini tashkil etish uchun har bir tuman (shahar)da yuqori malakali oʻqituvchilar orasidan fanlar kesimida mentor-oʻqituvchilar tarkibi shakllantiriladi; ➖“Kasbiy rivojlanish soati” doirasida fan metodika birlashmalari va mentor-oʻqituvchilar tomonidan oʻqituvchilarning darslari tahlil qilinadi, ularga metodik yordam koʻrsatiladi, kasbiy rivojlanishi boʻyicha tavsiyalar beriladi; ➖“Kasbiy rivojlanish kuni” doirasida har bitta fan boʻyicha tayanch maktablar tanlanadi va ushbu muassasalarda oʻqituvchilar uchun kasbiy rivojlantirish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi; ➖Mentor-oʻqituvchilar uchun alohida tayyorlov kurslari tashkil etiladi; 💵 mentor-oʻqituvchilariga asosiy ish joyi boʻlgan maktab direktor jamgʻarmasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ikki oy muddatda “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini oʻtkazish tartibini tasdiqlaydi. @magistrlarofficial @magistrlarofficial_group
إظهار الكل...
PQ-231.pdf9.66 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#e’tirof Bir guruh yoshlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Prezident qaroriga binoan barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda alohida faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va qobiliyati, tashabbuskorligi hamda samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi va mard o‘g‘lonlarimiz munosib rag‘batlantirildi.
Ular orasida talabalar, bo‘lajak yosh olimlar va oʻqituvchilar ham borligi soha vakillarini quvontirdi. Aymuratov Musa Tatlimurat uli - Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi; Yo‘ldoshev Abbos Bahrom o‘g‘li - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali talabasi; Samandarov Nuriddin Mahammadjon o‘g‘li - Andijon davlat universiteti talabasi; Ro‘ziqulov Dilshod Shuhrat o‘g‘li - O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti dotsenti; Jo‘rayev Suhrobjon Salohiddin o‘g‘li - Shahrisabz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi; Urunov Asadbek Davlatali o‘g‘li - Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi; Arziqulov Fazliddin Faxriddin o‘g‘li - Toshkent davlat texnika universiteti magistranti; Valijonov Azizbek Farhod o‘g‘li -Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi; O‘lmasov Ahadjon Akramjon o‘g‘li - Farg‘ona politexnika instituti tayanch doktoranti; Sabirov Azizbek Davronbekovich - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi; Nazarov Azizbek Farrux o‘g‘li - Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi. Ma’lumot o‘rnida, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
#perevod 📌 O'qishni ko'chirish jarayonlari boshlanishiga ham oz qoldi. Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi: 👉 transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga; 👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga. Arizalar qachon beriladi? 1️⃣ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha beriladi. 2️⃣ Arizalar har yili 5-avgustdan 30-avgustga ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor: 👰‍♀️Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga; 🧑‍✈️Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin. O‘qishini ko‘chirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi: 1️⃣ ko‘chirishni istagan ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza; 2️⃣ reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxalari; 3️⃣ ichki perevod bo'lsa asoslantiruvchi hujjat; 4️⃣ pasport yoki ID nusxasi. Quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirish arizalari rad etilishi mumkin: 1️⃣ akkreditasiyaga ega bo‘lmagan xorijiy OTMda yoki ularning filiallarida o‘qiganlar; 2️⃣ mavjud ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shaklida o‘qiganlarga; OTMning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga; 3️⃣ 1-kurs 1-semestrni tugatmasdan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar; 4️⃣ OTMda mos ta’lim yo‘nalishi yoki shakli bo‘lmaganida, fanlar bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda; 5️⃣ kontrakt asosida o‘qiyotganlar to‘lovni o‘z muddatida to‘lamaganda; 6️⃣ talabaning shaxsiy yig‘ma jildi o‘z muddatida berilmaganida; grant bilan ko‘chirish uchun bo‘sh o‘rinlar bo‘lmaganida; 7️⃣ OTM moddiy-texnika bazasi imkoniyati cheklanganda; maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishiga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘rirmoqchi bo‘lganda; 8️⃣ kechki ta’limdan sirtqi ta’limga hamda kechki ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga; 9️⃣ sirtqi ta’limdan kunduzgi ta’limga hamda sirtqi ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga; 1️⃣0️⃣ bir ta’lim shaklidan maxsus sirtqi ta’lim shakliga hamda maxsus sirtqi ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakliga; 1️⃣1️⃣ talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa. ▶️ Grant asosida o‘qishni ko‘chirish uchun faqat grantda o‘qiyotgan talabalar ariza berishi mumkin hamda ariza berilgan OTMning joriy yildagi qabul qvotasida grant o‘rinlar mavjud bo‘lishi kerak. ▶️ Ko‘zi ojizlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan kvotada grant asosida o‘qiyotganlar o‘qishi granti asosida ko‘chiriladi. ▶️ Xorijiy OTMdan o‘qishni O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar maxsus sinov (test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi. 👉@OTM_XORAZM
إظهار الكل...
👍 1
Qabul jarayoni yakunlandi. Abituriyentlar soni oxirgi 6 yilda eng kam miqdorni tashkil etdi #abituriyent Kecha tunda abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlandi. UzBMB bergan ma’lumotga ko‘ra, 894 ming 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan: joriy yil bitiruvchilari — 410 ming 334 nafar; avvalgi yillar bitiruvchilari — 483 ming 945 nafar. Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti: 🤵‍♂️ erkaklar — 431 ming 806 nafar; 👩🏻‍🔧 ayollar — 462 ming 473 nafar. Agar oxirgi 6 yildagi abituriyentlar soniga qarasak, joriy yilda eng kam miqdorni tashkil etganini ko‘rish mumkin. O‘tgan davrda birinchi marta abituriyentlar soni 900 ming nafarga ham yetmadi. 2021-yilni hisobga olmaganda, qolgan yillarda abituriyentlar soni 1 mlndan oshayotgan edi. Yillar kesimida abturiyentlar soni (oxirgi 6 yil): 2019 yil — 1 mln 66 ming 925 nafar; 2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar; 2021-yil — 948 ming 211 nafar; 2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar; 2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar; 2024-yil — 894 ming 279 nafar. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
👍 1
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️E’lon. Ovozli chat Ertaga, 26-iyun soat 11:30 da Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassislari ishtirokida oliy ta’limdan keyingi ta’lim (doktorantura) ixtisosliklariga qabul jarayonida talab etiladigan xorijiy til sertifikatlari to‘g‘risida ovozli chat bo‘lib o‘tadi. Unda mas’ullar tomonidan xorijiy til sertifikati talablari bo‘yicha barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin. 🔊Ovozli chatda ishtirok etish havolasi: https://t.me/ilmiy_darajali_kadrlar?livestream=f33cd5c3b58fc14b19
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
📌 Xotin-qizlarga ajratilgan 4 foizlik kvota doirasidagi imtiyoz shaxsiy kabinetda ko'rina boshladi. Ma'lumot uchun Respublika bo‘yicha jami 18 481 nafar (50,1 %) xotin-qizlarga tavsiyanoma berilgan, 18 372 nafar (49,9%) talabgorga tavsiyanoma berish rad etilgan. 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 @magistrlarofficial @magistrlarofficial_group
إظهار الكل...
#Abituriyent   #Statistika 📌 20242025-o‘quv yilida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ma’lumot 🖥 2024-yil 24-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 742 479 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. 📚 Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti: 🇺🇿 o‘zbek tili --649 735 nafar 🇷🇺 rus tili -- 72 253 nafar 🔘  qoraqalpoq tili -- 18 269 nafar 🔘  boshqa tillar -- 2 222 nafar Do'stlaringizga ulashing @YQQUZB_KANAL
إظهار الكل...
Bugun 23-iyun haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏 Xalqaro Olimpiya kuni. 🌏 Xalqaro muhandis xotin-qizlar kuni. 🌏 Butunjahon ayol inspektorlar kuni. 🌎 Pushti flamingo kuni. 🌏 Yozuv mashinkasi tug’ilgan kun. #voqealar 🔸Robert Fulton Sena daryosida birinchi bug’ kemasini ommaga namoyish qildi (1803). 🔸Adolf Saks saksofonni patentladi (1846). 🔸Kristofer Letem Shoulz yozuv mashinkasiga patent oldi (1868). 🔸Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tashkil topdi (1894). 🔸Jamol Abdul Nosir Misr prezidenti etib saylandi (1956). 🔸Lozannada Olimpiya muzeyiga asos solindi (1993). 🔸Dunyoda birinchi marta inson miyasi hujayralari ko‘chirib o‘tkazildi (1998). 🔸Avstraliya hayvonot bog’ida 175 yoshli Garietta  toshbaqasi oʻlib qoldi (2006). #tavalludlar 🔹1668-yil: Jambattista Viko (1744) – italyan faylasufi, tarix falsafasi va etnik psixologiya asoschisi. 🔹1889-yil: Anna Axmatova (Gorenko) (1966) – rus sovet shoirasi, tarjimon va adabiyotshunos. 🔹1972-yil: Zinedin Zidan – fransiyalik futbolchi, jahon chempioni (1998), Yevropa chempioni (2000), jahonning eng yaxshi futbolchisi (1998, 2000, 2003), murabbiy. 🔹1976-yil: Patrik Viyeyra – fransiyalik futbolchi. 🔹1992-yil: Luiza Galiulina – oʻzbek gimnastikachisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, sport gimnastikasi boʻyicha Osiyo oʻyinlari va jahon kubogi bosqichlari sovrindori. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
إظهار الكل...
👍 2
05:52
Video unavailableShow in Telegram
📌 Oliy ta’lim vaziri OTMlardagi forma masalasiga munosabat bildirdi Qo‘ng‘irotboy Sharipovning aytishicha, kiyim ta’lim sifatiga ta’sir qilmaydi, lekin agar forma bo‘yicha talablar bo‘lmasa, “jamiyatda har xil kiyimdagi odamlar paydo bo‘ladi”, bu esa “har xil to‘qnashuvlar va ziddiyatlar”ga olib keladi. Shuningdek, vazir o‘zbek oliygohlari 2030 yilgacha top 500 talikka kira olishiga ishonch bildirdi. 👉 Batafsil Kanalga obuna bo’ling⤵️ https://t.me/OTM_Minbari
إظهار الكل...
t.mp426.94 MB
📌 Ikkinchi va undan keyingi(ikkinchi mutaxassislik) ta'limga hujjat topshirish har yili 10-iyuldan boshlanadi. Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ko'ra: oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi. Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) my.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi. Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi. Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Qabul kvotalari va imtihonlar haqida o'qishga topshirmoqchi bo'lgan oliy ta'lim muassasangiz orqali bilib olishingiz mumkin. Kanalga obuna bo’ling⤵️ https://t.me/OTM_Minbari
إظهار الكل...
👍 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.