cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Yondaftardan

Qalbingizni gullating - Insonlar sizda Islomni topsin. Yozuvchi qizning shaxsiy sahifasi Mualliflik huquqiga amal qiling ! Qizlar hududi: https://t.me/+HX59j_5ueM0xNTZi

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 324
المشتركون
+724 ساعات
+97 أيام
+4230 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Aqlga sig‘maydigan niyatlar bo‘lmaydi, ishonmaydigan qalblar bo'ladi. @yondaftardan
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#duo Robbim.... Men sendan ojizligim ila so'radim, Sen menga Komilliging ila ber ! Zero Sen chorasizlar Chorasi, imkonsizlar imkonisan... @yondaftardan
إظهار الكل...
Har bir ilmni o‘z mutaxasisidan o‘rganmas ekanmiz, internetdan eshitgan, o'rgangan faktlarga suyanib yurarkanmiz, hali beri bizda asosli va hidoyatli ta‘limotlar shakllanmaydi. Uzuq-yuluq hashaki maslahatlarga kunimiz qoladi holos )) @yondaftardan
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
11779. Муаззин каби бўл... Унинг овози ҳақни билдиради, эълон қилади. Ким намоз ўқиди ва ким тарк этди, булар уни азонни айтишдан чалғитмайди. Сенинг зиммангда ҳам ҳақни билдириш бор холос. Қалбларнинг ҳидояти эса Аллоҳ талога хосдир. @arabicuz iOS | Android Instagram | Facebook | Twitter | Tiktok | Youtube
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Quyoshning botishidek umrimiz... Charaqlab, yoshlik o'tadi-yu ketadi... @yondaftardan
إظهار الكل...
Ortingga boq, o‘tmishingga qara ... Qanchalik qiynalganingni esla ! Oʻshanda, oʻzingni eng chorasiz inson deb his qilganding, goʻyo bundan ogʻir holat yoʻqdek tuyulgandi senga. Qani o‘sha qiyinchiliklar? O‘tmadimi? Sen qiyinchilikdan osonlikka chiqmadingmi ? Chorasizlik ila Allohga yuzlanib, chora topmadingmi ? Yechimi yoʻq degan muammolaringga yechim topmadingmi ? Uddalolmayman deb o‘ylagan qancha ishlarni uddalamadingmi ? Endi esa fikr qil, bari seni xayring uchun bo'lganini angla ! Alloh taolo dard berdimi demak davosini ham beradi. Qiyinchilik berdimi, osonchiligini ham beradi. Huddi tun tushsa, tong ham tushganidek, qora kunlardan yorug‘ kunlar kelishiga ishon. Alloh taolo senga faqat yaxshilikni ravo ko'rishiga ishon, zero U o‘ta Hakiym va O‘ta Rohiym Zotdir. U Sami‘dir seni har qanday holatda eshitadi, U Basiyrdir seni har doim ko'rib turadi, U Valiy, Vaduddir Senga jon tomiringdan-da yaqin Zotdir! O‘rningdan tur-da, Unga hamd ayt. Qilgan gunohlaringga esa, tavba qil ! @yondaftardan
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#shaxsiy_hayotdan Rasmdagi daftarlar necha yillardan beri tutgan kundaliklarim... Ularni òqib "voy Subhanalloh shuncha narsani bilarmidim" deb qòyaman, chunki òqiganlarim esimdan chiqib ketishi tabiiy ammo yozsak qolar ekan. Har bir kitobdan olgan gòzal hislarim va òrnaklarim, niyatlarim-u, maktublarim daftarlarga bitildi... Sizlarga ham tavsiyam biror podkastni eshitsangiz yoki kitobni òqiysangiz shunchaki òqimang uni hayotingizga olib kiring. Eng qaymoqli nuqtalarini, niyat qilib yozib qòying.Ustozlar suhbatida, ilm majlislarida shunchaki tinglovchi bòlmang, kerakli ilmlar yozilishi kerak. Bu yozganlaringiz nafaqat sizga balki ahlingizga ham asqotadi va ularni hayotimizga tadbiq qilsak qanday ham yaxshi a?) Asarlar hayotdan olinadi, bizning hayotimiz ham eng gòzal "asar' bòlsin🌹 @yondaftardan
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Biror maqsad qo‘ydingizmi, uni qilib ko'rmaguningizcha u imkonsizdek tuyuladi. Unutmang, imkonsizlik - jur‘atsizlikdandir. Bir ishga imkoni borligini bilishingiz uchun u ishni qilishga jur‘at topishingiz kerak. @yondaftardan
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Yomg‘ir kabi bo‘ling, siz borgan joy manfaatga to‘lsin. Axloqingiz shu darajada go‘zal bo'lsinki, qalblarni sug‘orsin,insonlar sizga ulfat bo‘lsin. Tashrifingizdan hursand bo'lishsin. Siz bilan o‘tirishdan mamnuniyat tuyishsin.Sizni sog‘inishsin... @yondaftardan
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Hayotimiz kapalakning umridek qisqa-a? Kapalak qanotida hayot o'tgandek... Juda nozik,ba'zan qayg'uli,ba'zan quvonchli, lekin har bir daqiqa qadrli... Har bir on hisobli.. Kapalak qanotidek nozikdir hayot... Bitta qadam ila boshlanadi barchasi... Bitta qadam ila tugaydi hammasi.. Balki, shundandir qayg‘u ham o‘tdi huddi bo‘lmagandek, quvonch ham o‘tdi, huddi qolmagandek... Hammasi o‘tar ekan, biz esa hamon yashamoqdamizmi ? Demak ushbu umrimizni oqlaylik, bizga har tong o‘ldirmay, bir umr-bir imkon berayotgan Zotga munosib banda bo‘laylik. @yondaftardan
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.