ar
Feedback
Investor Azam Azizov 👨‍🏫 Uznetix investitsiya

Investor Azam Azizov 👨‍🏫 Uznetix investitsiya

الذهاب إلى القناة على Telegram

🏆 Investitsiya orqali pul ishlashni o'rganing. 👨‍🔬 Men haqimda: https://t.me/uznetix/3271 🔑 Bepul darslarim: https://www.youtube.com/@Uznetix/ 🗣Menejer: @uznetix2 💎 Natijalar @uznetixotzov ✅ Risk haqida ogohlantirish: https://clck.ru/3SxTsz

إظهار المزيد

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام Investor Azam Azizov 👨‍🏫 Uznetix investitsiya

تُعد قناة Investor Azam Azizov 👨‍🏫 Uznetix investitsiya (@uznetix) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 13 656 مشتركاً، محتلاً المرتبة 8 987 في فئة الاقتصاد والمالية والمرتبة 6 019 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 13 656 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 20 يونيو, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -44، وفي آخر 24 ساعة بمقدار 5، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: غير موثّقة
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 27.43‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 7.86‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 3 745 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 1 073 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 24.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
🏆 Investitsiya orqali pul ishlashni o'rganing. 👨‍🔬 Men haqimda: https://t.me/uznetix/3271 🔑 Bepul darslarim: https://www.youtube.com/@Uznetix/ 🗣Menejer: @uznetix2 💎 Natijalar @uznetixotzov ✅ Risk haqida ogohlantirish: https://clck.ru/3SxTsz

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 21 يونيو, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة الاقتصاد والمالية.

13 656
المشتركون
+524 ساعات
-897 أيام
-4430 أيام
أرشيف المشاركات
Aksiya bilan kripto orasidagi farqni grafikdan qidirib yurma. Farq ekranda emas, bosh ichida. 📉 Aksiya olayotgan odam sekin boyishni qabul qiladi. Kripto olayotgan esa tez qutulishni xohlaydi. Pul topishdan ham ko‘ra, o‘z hayotidan sakrab chiqmoqchi bo‘ladi. Mana shu joy achitadi. Aksiya seni zeriktiradi. Kripto seni qitiqlaydi. Bittasi sabrni so‘raydi, bittasi esa ichingdagi ochko‘z bolani uyg‘otadi. Sen “imkoniyat” deb kirasan, aslida yuragingni ruletkaga qo‘yasan. 😏 Eng kulgilisi - odamlar kriptoni erkinlik deb ko‘radi. Yo‘q. Kripto ko‘pincha erkinlik emas, ekranga qaramlik. Narx tushsa telefonni har 7 daqiqada tekshirib, “endi qaytadi” deb o‘zini aldaydigan holat. Aksiyada sen kompaniyaga sherik bo‘lasan. Kriptoda esa ko‘pincha kayfiyatga sherik bo‘lasan. Shunaqa payt bo‘lgan: tunda uxlamay chart ko‘rgansan, ertalab esa “uzoq muddatga olgandim” deb gapni buragansan. Bu investitsiya emas. Bu chiroyli nom qo‘yilgan vahima. Aksiya pulni o‘stiradi. Kripto esa odamning ichini ochib beradi. Kim sabrsiz, kim ochko‘z, kim faqat tezroq qochmoqchi - hammasi chiqadi. Va eng yomoni: bozordan emas, o‘zingdan yutqazasan. 🔥

Ko‘pchilik bozorni kuzatadi, aqlli investorlar esa kompaniyani o‘rganadi
Warren Buffett Dividend va qayta investitsiya orqali uzoq muddatli boylik yaratgan Tushuntirishim: Aksariyat investorlar grafiklar, shov-shuv va kunlik narx ortidan yuguradi. Men esa bitta oddiy haqiqatni qayta-qayta ko‘raman: pul bozor ekranida emas, biznesning ichida yotadi. Narx bugun ko‘tarilishi ham, tushishi ham mumkin. Lekin kuchli kompaniya nima sotadi, qanday foyda qiladi, raqobatchidan nimasi bilan ustun - mana shu savollar boy investorni ajratib turadi. Bozor sizni chalg‘itadi, kompaniya esa haqiqatni ochadi. Eng katta xato - aksiyani ticker sifatida ko‘rish. To‘g‘ri yondashuv esa uni real biznesning bir bo‘lagi deb ko‘rish. Men uchun haqiqiy insight shu: narxni emas, qiymatni tushungan odam vahimaga emas, imkoniyatga ishlaydi.

Uznetix jamoasi bilan yangi hujjatli film tayyorladik. Unda nima uchun bugun O‘zbekistonda o‘z uyini sotib olish tobora qiyinlashib borayotgani haqida gaplashdik. Nega uy-joy narxlari maoshlardan ancha tez o‘smoqda? Nega ko‘pchilik yoshlar o‘z uyiga ega bo‘la olmayapti? Va eng muhimi - bugungi sharoitda baribir uy yoki kvartira sotib olish uchun nima qilish kerak? https://youtu.be/-8P6-E6bR7g?si=w3sEQcPPGx58WofO Bularning barchasi haqida filmimizda batafsil gaplashdik.

Davlat kompaniyalariga investitsiya qilish mavzusida MY5 telekanaliga intervyu berdim

🎉 YANGI O'YIN! Investitsiyadan pul ishlash bo‘yicha kursimni mutlaqo bepul yutib olish imkoniyati (Start tarifi). Shartlar juda oddiy Sizning vazifangiz - bepul Uznetix Demo Hisob ilovamizda imkon qadar ko‘proq virtual pul ishlab topish. Uznetix Demo Hisob - bu o‘quv ilovasi bo‘lib, unda o‘z mablag‘laringizni xavf ostiga qo‘ymasdan, virtual pullar yordamida kompaniyalar aksiyalarini sotib olish va sotish mumkin. 📅 Tanlov muddati: 15-iyundan 20-iyungacha. Nima qilish kerak? 1️⃣ Uznetix Demo Hisob ilovasini ishga tushiring. 2️⃣ Hozirgi balansingizning skrinshotini oling. 3️⃣ Ushbu post ostidagi izohlarda skrinshotni yuboring. 4️⃣ 20-iyungacha savdo qilib, virtual kapitalingizni oshirishga harakat qiling. 5️⃣ 20-iyun kuni yakuniy natijangiz bilan ikkinchi skrinshotni yuboring. 🏆 Tanlov g‘olibi tanlov davomida kapitalini eng ko‘p oshirgan ishtirokchi bo‘ladi. 🎁 G‘olib investitsiyadan pul ishlash bo‘yicha kursimizni bepul qo‘lga kiritadi (Start tarifi). 💰Ishtirok etish mutlaqo bepul. Hech qanday mablag‘ kiritish talab qilinmaydi. Siz faqat virtual pullar bilan savdo qilasiz va shu bilan birga aksiyalar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba orttirasiz. Barchaga omad tilayman! Qani ko‘ramizchi, jamoamizdagi eng yaxshi investor kim ekan.

Nima uchun investitsiya qilish trading qilishdan ko‘ra ko‘proq afzal sanaladi?
Anonymous voting

Boylar ro‘yxatiga qarang. U yerda investorlar juda ko‘p. Bu tasodif emas. Eng qizig‘i - pulni sevganlar emas, pulni ushlab o‘tirmaganlar boy bo‘lgan 💸 Bizda esa boshqa spektakl. Telefonni 3 oy tanlaydi, 300 mingni qayerga qo‘yishni "yana bir o‘ylab ko‘raman" deb sudraydi. Narx oshsa yuguradi, tushsa g‘oyib bo‘ladi. Foyda emas, shovqin sotib oladi. Keyin "investitsiya xavfli" deydi. Yo‘q. Xavfli narsa - cho‘ntagingdagi pulni jim o‘ldiradigan odating. Eng kambag‘al fikr nima bilasizmi? "Avval ko‘proq topay, keyin invest qilaman". Yo‘q. Aynan invest qilmagani uchun ko‘proq topolmaydi. Shu gap achchiq, lekin shu yerda ko‘p odam sinadi. Bir tanish manzara bor: karta tushdi, ozroq pul keldi, bir zumda uchib ketdi. Bittasi kiyimga, bittasi "kayfiyatga", qolgani bekorga sizib chiqdi. Pul kiradi, lekin uy topolmaydi. Chunki egasi uni ushlab ko‘paytirishni emas, tezroq yo‘qotishni biladi 😏 Dunyoning eng boylari ro‘yxatida investorlar ko‘pligi bekorga emas. Pul pulni taniydi. Qo‘rqoq qo‘lni esa tanimaydi. Ertaga ham chetda turib qarab tursang, bozor seni aldamaydi. Sen o‘zingni aldayverasan.

Agar siz kompaniyaning boshqaruvi va strategiyasiga ishonsangiz, bozor tebranishlari qo‘rqitmaydi
Philip Fisher Boshqaruvi yomon kompaniyalardan qochib, katta zararlarning oldini olgan Tushuntirishim: Bozordagi qizil shamlarni ko‘rib vahimaga tushadiganlar ko‘p. Men esa bitta narsani o‘rgandim: narxning qichqirig‘idan ko‘ra, biznesning sifati balandroq gapiradi. Agar kompaniya boshqaruvi kuchli bo‘lsa, strategiyasi aniq bo‘lsa, vaqtinchalik pasayish menga signal emas, imkoniyat bo‘lib ko‘rinadi. Eng katta xato - aksiya narxini kompaniyaning o‘zi bilan adashtirish. Bozor bugun qo‘rqadi, ertaga oshiq bo‘ladi. Ammo yaxshi rahbariyat va to‘g‘ri yo‘l xaritasi bo‘lsa, haqiqiy qiymat oxiri baribir yuzaga chiqadi. Men uchun katta insight shu: investorning asabini bozor emas, ishonchsizlik buzadi. Tahlil chuqur bo‘lsa, qo‘rquv kamayadi. Ana shunda siz narx ortidan yugurmaysiz, qiymatni sotib olasiz.

Биржани ютқазиш керак деб ўйлайсанми? Йўқ. Унда пул ишлаш учун “кўр” бўлиш шарт эмас. Лекин кўра билиш керак. Дэвид Эйнхорнни олайлик. Бу йигит 1996 йилда Greenlight Capital деган хедж-фонд очиб, унга 900 минг доллар киритган. Бугунги кунда у 20 йилдан бери ўртача йилига 20%дан кўп даромад келтиряпти. Унинг шахсий бойлиги – 1.4 миллиард доллар. У “Уолл Стритнинг кўзи” деб аталади. Чунки у корхоналарнинг ҳисоботларини шунчаки ўқимайди – у ерда ёлғонни топади. 2008 йилда у битта гигант банкнинг (Lehman Brothers) қандай қулаганини олдиндан айтиб берди. Шунинг учун кўплар “бу ҳамма нарсани олдиндан кўрадиган одам” деб ҳисоблашади. Лекин энг қизиғи бошқада. Эйнхорннинг принципи: “Агар бирор нарсани тушунмасанг, унга пул солма”. У тинчгина бир компанияни олиб, унинг ҳар бир сантини текширади. Кўпчилик гуглдаги битта мақолани ўқиб сотиб оладиган пайтда, Эйнхорн балансни 50 саҳифа ўқийди. Бу ерда сир йўқ. Бу – меҳнат ва таҳлил. Молия бозорида “бахт” ёки “оммавийлик” ишламайди. Ишлайдиган нарса – нарсаларнинг ичига кириб қарай олиш. Одамлар кўрмаган нарсани кўриш. Энди сен нима қиласан? - Компанияни ўрганасанми? - Бирор активни бир кунда сотиб оласанми? Агар “ўрганаман” десанг – сен Эйнхорннинг йўлини танлайсан. Агар “сотиб оламан” десанг – сен фонд бозорида лотерея ўйнаяпсан 🎲 Танлов сеники.

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 O‘zbekistonda investorlar uchun muhim yangilik paydo bo‘ldi. 40,5 mlrd so‘mlik birinchi ipoteka obligatsiyalari chiqarilishi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Butun pilot loyiha esa 200 mlrd so‘mga mo‘ljallangan. Bu oddiy tilda nimani anglatadi? Oldin ko‘pchilik ko‘chmas mulkdan pul ishlashni faqat bitta yo‘l deb o‘ylardi: kvartira sotib olish, keyin uni ijaraga berish. Lekin buning uchun katta pul kerak. Endi esa boshqa yo‘l paydo bo‘lyapti 👇 Odamlar ipoteka olsa, har oy bankka pul to‘laydi: qarzning bir qismi + foiz. Mana shu to‘lovlarni qimmatli qog‘ozga aylantirish mumkin. Bu — ipoteka obligatsiyalari. Investor shunday obligatsiyani sotib oladi va daromadni ijarachidan ham, remontdan ham, kvartirani qimmatroqqa sotishdan ham emas, balki ipoteka to‘lovlaridan keladigan pul oqimidan oladi. Ya’ni kimdir uy-joyni kreditga oladi, har oy to‘lov qiladi, investor esa shu tizim orqali kupon daromadi olishi mumkin.

🎉 Uznetix jamoasiga xodimlarni ishga taklif qilamiz Hozir biz savdo menejerlarini qidirmoqdamiz. Bizda ishlashning afzalliklari:
1. Onlayn ish. Uydan turib yoki sayohat paytida ishlashingiz mumkin. 2. Biz bilan ishlash orqali investitsiyadan pul ishlash mavzusini yanada yaxshi tushunib borasiz. 3. Jamoamizda g‘iybat va intrigalar yo‘q. Hamma o‘z ishini xotirjam bajaradi. 4. Oylik maosh o‘z vaqtida, kechiktirilmasdan to‘lanadi. 5. Bilim va tajribangiz bo‘lmasa ham, sizni noldan o‘zimiz o‘qitamiz.
Talablar:
1. Noutbuk yoki kompyuter bo‘lishi 2. Tezkor uy interneti (Wi-Fi) bo‘lishi 3. Excel dasturida ishlay olish 4. Kuniga 5-8 soat ishlash (ish jadvalini o‘zingiz tanlaysiz) 5. Savdo va mijozlar bilan muloqot qilishni yoqtirish
Agar ushbu vakansiya sizni qiziqtirgan bo‘lsa, Telegram orqali @uznetix4 manziliga quyidagi savollarga aynan shu tartibda javob yuboring:
1. F.I.Sh. 2. Tug‘ilgan yilingiz 3. Qaysi grafikda ishlashni xohlaysiz? 4. Investitsiya sohasida bilimingiz bormi? 5. Noutbuk yoki kompyuteringiz bormi? 6. Tezkor uy internetingiz bormi? 7. Oldin qayerlarda ishlagansiz? Nega avvalgi ish joylaringizdan ketgansiz? 8. Hozir ishlayapsizmi? Qayerda? 9. Nega aynan bizda ishlashni xohlaysiz? 10. Nega ishga aynan sizni olishimiz kerak? 11. Taxminan qancha maosh olishni xohlaysiz?

Обуначилар билан офлайн учрашувларни янада кўпайтиришни режалаштиряпман 📅🤝

Investor treyderdan aqlliroq bo‘lgani uchun yutmaydi. Aksincha - dangasa bo‘lgani uchun yutadi. Treyder har kuni grafik kavlaydi, shamlarni ta’qib qiladi, telefoniga mixlanadi. Bozor qimir etsa yuragi ham qimirlaydi. O‘zini ish qilyapman deb ovutadi. Aslida esa harakatga qaram bo‘lib qolgan. Pul topmaydi - adrenalinni chaynaydi 😏 Investor esa zerikarli. Shovqinga sakramaydi. Har 15 daqiqada narx tekshirib, o‘zini muhim his qilmaydi. U ekranga emas, vaqtga suyanadi. Shu uchun sekin yurib, ko‘proq olib ketadi. Eng alam qiladigani qaysi joyi bilasanmi? Treyder tez boyishni emas, tez-tez o‘zini tekshirishni yaxshi ko‘radi. Bugun necha foiz bo‘ldi, qayerdan kirdim, qayerdan chiqdim. Go‘yoki pul emas, o‘z asabini tirnayapti. Investor esa bir marta bosadi, keyin hayotini yashaydi. Ko‘pchilikka shu gap yoqmaydi: bozorga kirib, har kuni nimadir qilayotgan odam kuchli ko‘rinadi. Yo‘q. Eng kuchlisi - biror narsa qilmay turishni eplaydigan odam. Qolganlar esa “men ishlayapman” degan niqobda depozitini asta kemirib yuradi. 📉 Treyder bozor bilan urishadi. Investor bozorga joy tashlab qo‘yadi. Oxirida urishgan odam charchaydi. Joy tashlagan odam esa semiradi.

BROKER HISOB HAQIDA MENING BEPUL DARSLARIM Brokerlik hisobi - bu maxsus investitsiya hisobi bo‘lib, u orqali siz qimmatli qog
BROKER HISOB HAQIDA MENING BEPUL DARSLARIM
Brokerlik hisobi - bu maxsus investitsiya hisobi bo‘lib, u orqali siz qimmatli qog‘ozlarni (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar) sotib olasiz.
🌎 Dunyodagi eng mashhur broker 💳 Brokerlik investitsiya hisobi nima? Nima uchun kerak? 🎯 Investitsiya uchun brokerni qanday tanlash mumkin? 🆚 Just2Trade yoki Amana broker? 🛡 Ishonchli Brokerni qanday aniqlash, firibgarlarga aldanmaslik 👩‍🎓 O‘quvchilarimizning brokerlik hisoblari 🏆 Top 5 eng yaxshi brokerlar dunyoda 🛒 Qanday qilib to'g'ri brokerni tanlash va investitsiya hisobini ochish kerak? 📱 Interactive Brokers: Qimmatli Qog'ozlar Bozorida Investitsiya Qilishni Yangi Usuli 🛍 Brokerlarni komissiyasi 🇺🇿 O'zbekiston brokerlari ⭐️ Brokerlik kompaniyalari bilan ishlashni qanday boshlash kerak? 💳 Demo hisob (virtual bepul hisob)Uznetix Hisob - bepul demo hisob 🗣 Freedom Finance brokerda intervyu oldim —— Aziz do‘stlar, keling kelishib olaylik: siz reaksiyalar qoldirib, izohlar yozasiz - men esa bundan keyin ham foydali bepul darslarni joylab boraman? 🤝

Bozor xavfli emas, noto‘g‘ri qarorlar xavfli
Howard Marks Eng xavfli bozor davrlarida ham kapitalni yo‘qotmagan Tushuntirishim: Ko‘pchilik bozorni go‘yo yirtqichdek ko‘radi: bugun ko‘tariladi, ertaga qulaydi. Lekin men bir haqiqatni qayta-qayta ko‘rganman: odamni bozordan ko‘ra ko‘proq o‘zining shoshqaloqligi, ochko‘zligi va vahimasi yiqitadi. Narx tushsa - qo‘rqib sotadi. Narx oshsa - kechikdim deb yugurib oladi. Ana shu yerda zarar boshlanadi. Investorning eng katta vazifasi bozorni "yengish" emas, o‘zini boshqarish. Rejasiz kirgan pul hissiyotlarga xizmat qiladi, strategiya bilan kirgan pul esa natija olib keladi. Men uchun kuchli insight shuki: xavfni aktivda emas, qaror qabul qilish usulimda qidiraman. To‘g‘ri savol shu - men hozir fakt bilan harakat qilyapmanmi yoki hissiyot bilan?

Offline jonli uchrashuv
Offline jonli uchrashuv

2007 yil. Dunyo iqtisodiyoti sovuq ter bilan uyg’ondi. Ipoteka bozori qulab, banklar birin-ketin yiqildi. Aynan shu vahima ichida bir odam jim turib, "Men hozir boyib olaman" dedi. Va boyidi. Jon Polson. Paulson & Co. asoschisi. Birgina 2007 yilda u 15 milliard dollar ishlab topdi. O’sha yili u banklar, xususiy uy-joy fondlari va pensiya jamg’armalarini bankrot qilgan qimmatli qog’ozlarga pul tikdi. Hammasi kulgan paytda u xarid qildi. Hammasi qochganda u kirdi. Natija? Shaxsiy kapitali bir yilda 4.8 milliard dollarga yetdi. Bu tarixdagi eng yirik shaxsiy daromadlardan biri. Ammo eng muhimi — bu fakt emas. Muhimi — uning fikrlash tarzi. Polson hech qachon "omadga" ishonmagan. U 20 yil davomida bozorni, raqamlarni, inson psixologiyasini o’rgangan. U "hamma xato qiladi" degan oddiy qoidani tushungan. Va aynan hamma xato qilgan paytda — u harakat qilgan. Bugun siz millionerga aylanishingiz shart emas. Lekin bitta narsani o’zgartiring: qo’rquvni emas, imkoniyatni ko’ring. Bozor yiqilganda, odamlar yig’laydi. Aqllilar esa — sotib oladi.