ar
Feedback
Kings Of Python

Kings Of Python

الذهاب إلى القناة على Telegram

🐍 Pythonda songi va tarqalmagan kodlar kanali: @KingsOfPy ⚙️ JavaScriptda so'ngi va tarqalmagan kodlar kanali: @Kings_of_Js 🗄️DevOps uchun eng kerakli va foydali kanal @kingsofdevops Admin : @Mistrdev

إظهار المزيد
1 037
المشتركون
-124 ساعات
-47 أيام
-330 أيام
أرشيف المشاركات
Toshkentdagi hamkasblar chorshanba kuni ishdan keyin 18:00 ga voleybol bor boradiganlar bormi? Clubimiz bor voleybol club (o'zim ham hozir 4 minut oldin qo'shildim). Ecoparkda bo'ladi IT sferada bolla kelishadi ekan boradiganlar bormi?

Hackingni o'rganish uchun steamda yangi ilova chiqdi. Yani unda siz malumotlar bazalarini buzib kirasiz, serverlarni buzib kirasiz va hokazo. Eng qiziqarli real tool'lar ishlatilgan Nmap, nslookup va boshqalar. HackHub O'zim o'ynab ko'rmadim pullik ekan. Internetda juda kop oldimdan chiqqani uchun tavsiya qildim. Lekin juda qiziq ilovadek ko'rinyapti.

Reverse Engineering ni zo'r biladiganlar bormi oramizda yordam kerak akalar

Akalar kim o'ziga yangi qanaqa kasb tanladi kim nima biznes qilmoqchi. yana 2 yil vaqtimiz qolibdi. Meni qo'limdan sartaroshlik keladi, qishloqda mol qo'y qilyapman, bugun borib rasmchilik qilib keldim fotoapparatim bor edi

Ai ming marta zo'r kuchaygani bilan baribir o'zingiz kod yozib Hello World chiqarganni kayfini bermaydi. O'zingiz izlanib o'rganib kod yozib mehnat qilib dastur yaratib uni insonlar foydalanayotganini ko'rishdagi kayfni ai bilan ololmesz ekan )

Repost from Umed Rahimov 🦄
🔥 В сети появилось сообщение о взломе Korzinka, Ipoteka Bank, Chopar, Oqtepa Lavash и ряда университетов и клиник. Хакер зая
+1
🔥 В сети появилось сообщение о взломе Korzinka, Ipoteka Bank, Chopar, Oqtepa Lavash и ряда университетов и клиник. Хакер заявляет о 1.2 ТБ данных и уже выставил их на продажу. Официальных комментариев от компаний пока нет. @umedschannel

Claude ni serverga ornatvolib code ni serverda yozdirib /remote-control ni yoqib telefondan ruxsat berib ishimni kochada yuri
+1
Claude ni serverga ornatvolib code ni serverda yozdirib /remote-control ni yoqib telefondan ruxsat berib ishimni kochada yurib bajarayapman. Mana AI davri) Manga yoqyapti

Evil-Twin.zip4.40 KB

Ewil Twin attack kodini tashlayinmi? Wifi buzish yani userning tarmoqdan uzib shu nom bilan qayta wifi yaratib parolni bilish qiziqmi

Maqtanib qoye) Claude prosini sotib oldim bugun yaxshi ekan ancha ishlarni qilib berdi
Maqtanib qoye) Claude prosini sotib oldim bugun yaxshi ekan ancha ishlarni qilib berdi

Gptniyam tekinga olamiz ekan bolla sinab korila VPN la bilan

Repost from Xushnudbek.uz
Malta dunyoda birinchi boʻlib fuqarolarga ChatGPT Plusʼdan bepul foydalanish imkonini beradi Malta hukumati OpenAI bilan shar
Malta dunyoda birinchi boʻlib fuqarolarga ChatGPT Plusʼdan bepul foydalanish imkonini beradi Malta hukumati OpenAI bilan shartnoma imzoladi — mamlakatning barcha aholisi sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha taʼlim kursini tugatgach, bir yil davomida ChatGPT Plus xizmatidan bepul foydalanadi. Avval xizmat oyiga 20 yevro turardi. «Hamma uchun sunʼiy intellekt» dasturi may oyida boshlanadi va Malta raqamli innovatsiyalar boshqarmasi bepul obunalarni nazorat qiladi. Iqtisodiyot vaziri Silvio Shembrining aytishicha, Malta fuqarolarini global oʻzgarishlarning oldingi safiga qoʻyishni maqsad qilgan. Dastur chet elda yashovchi Malta fuqarolariga ham tatbiq etiladi. OpenAI kelishuvning moliyaviy tafsilotlarini oshkor qilmadi. 👉 @xushnudbek 👈

Rahmat tolov tizimi bilan integratsiya qilib korganlar bormi?

Claude dan developer sifatida maksimal foydalanish bo'yicha Claude tomonidan tuzib chiqilgan qo'llanma foydasi tegadigan umiddaman

Yangi loyihani ishga tushirish qiyin, Yangi mahsulotlarni chiqara oladigan jamoani qurish esa undan ham qiyinroq. — Stiv Jobs

shu gap rostmi?
shu gap rostmi?

Repost from Shaha Dolimov
Texnologiya giganti Oracle yaqinda 30 ming kishini elektron xabar orqali bo’shatib yubordi. Tasavvur qiling, ertalab tursangiz ishingizni dab-durustdan olib qo’yishgan va buni sizga elektron pochta orqali aytishgan. Ajoyib-a? Eng qizig’i, shu hodisalar paytida, Oracle yangi Moliya direktoriga $29.7 millionlik yillik maosh berdi. $29,7 MILLION!!! Bundan haqiqat yoki mantiq izlashga harakat qilmang, foydasi yo’q. Oddiygina, korxona sizni oilangiz emasligini yodda tuting tamom. Ja sodiqlik qilgingiz kelsa, ayolingizga, farzandingizga, yoki yaqin do’stingizga qiling, korxonaga emas. Ishingizni vaqtida bajarib oylikni halol oling lekin ortiqcha qilishingiz shart emas. Eplay olsangiz, qo’shimcha daromad manbai qilib qo’ying. “Yo’q bizni rahbar yoki korxona unaqa emas” deb o’ylashingiz mumkin. Unda shunday ertakda yashashda davom eting. @shahadolimov

Akalar Saud aka 1 tonna kitob berarkanlar. Kichkina kanalimiz uchun ham kopmas 20 30 ta kitobni bersalar ajabmas a) Sharti: https://www.youtube.com/watch?v=JF6jWkL4UFA shu podcastni ko'rish kerak juda kerakli va foydali bo'lgan.

FOMO - Fear Of Missing Out (Yoqotishdan, ulgurmay qolishdan qo'rquv) Oxirgi paytlarda, har bir teshikdan, AI AI AI degan narsani eshitayapmiz. Hamma startup qurayapti, hamma mahsulot chiqarish harakatida, hamma AI ishlatib nimadirlar qilayapti, hamma yangi modellarni solishtirib, yangi funksiyalari haqida gapirayapti. Shunday paytlarda, shunchaki Claude ni kunlik ishlarimni osonlashtirishga ishlatayotgan menda FOMO boshlandi. Ya'ni nimadirdan quriq qolib ketayotgandekman, hammaga anavi yerda oltin bor deb ko'rsatishgan, hamma belkuragini ko'tarib ko'proq oltin kavlab olishga harakat qilayaptiyu, men bog'imda hardoimgidak bir xil ish qilayapman. Sohani universitetda 4 yil o'qidik, minglab soatlarni muammolarni yechishni o'rganishga sarfladik, pullik kurslarga bordik, tadbirlardan qolmadik, uni aka, buni uka deb nimadirlarni o'rganishga harakat qildik. Keyin esa qish kunida boshimizga daraxtdan tushgan qordek, AI gursillab tushdi. Boshida ha endi bu goolge ni o'rniga ishlatar ekanmiz dedik, matnlarni yozib/tahrirlab berar ekan dedik, lekin kundalik hayotimizga qanday qilib singib kirib kelayotganini sezmay qoldik. Xursand bo'lishni o'rniga, bizni vahima bosa boshladi, ERTAGA NIMA BO'LADI?! 😰 "Nima bo'lsa bo'lar ertaga" deb men shu paytda qo'limdan kelgancha AI ni o'rganishga, foydalanishga harakat qilayapman, lekin baribir hammadan qolib ketayotgandekman. Qolib ketmasam ham, "True Developer" hissi yoqolib bormoqda, kod yozdiraman, uni o'qiy olaman, lekin o'zim yozmayapganimdan, o'zim qurmayapganimdan ba'zida yana siqilib qolaman. "Men shuncha vaqt sarflab o'rgangan bilimlarim nahotki endi kerak bo'lmay qolsa?" degan qo'rquv bo'ladi. Sizlarda ham shunday hissiyot bo'layaptimi? Yo bu narsa faqat mendami? Shu payt, o'zi ertangi kun biz uchun kafolatlanganmi degan savolni o'zimga o'zim bersam, ko'nglimga ozgina bo'lsa ham hotirjamlik kiradi. O'ng oyog'imizni bosganimizdan so'ng, chap oyog'imizni bosishimizga tan-u jonimizda kuch, jismimizda ruhimiz bo'ladimi yo'qmi? Ko'chaga nasibamizni terib chiqib ketgandan keyin uyga qaytishimiz kafolatlanmaganku, 5-10-15 yilni o'ylab nimaga siqilish kerak deb o'ylab o'zimga taskin beraman. Hamma o'zini rizqiga yarashasini oladi, hoh urush bo'lsin, hoh tinchlik. Shuning uchun menga o'xshab, ba'zida ulgurmay qolayotganidan siqilayotganlar bo'lsa, vahima qilmang, buni hech foydasi yo'q, tunda ko'zingizni yumib, ochishingiz aniqmasku, siz qayerdagi muammolarni o'ylab ich etingizni yeysiz. Undan ko'ra, yarim qadamni bo'lsa ham tog'ri yo'nalishda har kuni tashlang, bir joyda turganlardan ko'ra ancha ishingiz yaxshi bo'ladi, yugurayotganlarga e'tibor bermang, manzil bir, yo'llar boshqa, barchaga atalgani bor. Axborot shovqinini kamaytiring, ortiqcha yangiliklarga, vahimalarga quloq solmang, ularni chetga suring, bir yo'lni tanlab, e'tiboringizni o'shanga qarating, shunda ichki hotirjamlikka erishasiz, bu esa alg'ov dalg'ov zamonlarda o'zligingizni saqlab, sog'lig'ingizni asrash uchun yagona yechim.

Dasturchilarga yoqmaydigan, o'sishni xohlovchilarga maqul keladigan yana bir post. Claudedan foydalanishda shu 2 ishni prompt berayotganda ishlatsangiz muammoga kirmaysiz va tezroq, aniqroq javob olasiz. 1. Promptni miyangizdan chiqarib unga berib bo'lib so'rang "Nimadir savollaring bo'lsa aniq qilib ber javob beraman va davom etamiz" deb. Shu usulda har bir savolga javob berib tagiga shu narsani yozib qo'yavering va sizga hamma savoln berib promptni o'zi uchun full qilib oladi 2. Nimadir qidirayotgan yoki o'rganayotgan bo'lsangiz doimo manbaa bilan olib kel deng. Misol uchun: Facebook bilan muammo bormi undan yechim so'rash davomida muammoni Fb dokumentatsiyasidan olib kelishni so'rang. Google for startups uchun arzia topshirmoqchimisiz aniq qanday qilinishini Google ning o'zini bloglaridan qidirishini ayting. Bir loyihamizda yaqinda Facebook oauth muammo bo'ldi va 3 ta ai bizga bir xil xatoni qilishni aytdi. Qildik o'xshamadi. O'xshamadiku desam endi adashgan ekanman bunaqa ekan deb boshqa javob beryapti. Ai lar bo'yicha fikrlar bo'lsa izohlarda kutaman From Linkedin