cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Namangan davlat pedagogika instituti 🏛

Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari Sayt: www.namspi.uz Facebook: www.fb.com/namspi.uz Instagram: www.instagram.com/namspi.uz Youtube: www.bit.ly/3wIdW85 Twitter: www.twitter.com/namspi Murojaatlar uchun: @NamSPIbot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
3 594
المشتركون
-424 ساعات
-237 أيام
+13030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 Ayni vaqtda Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan Abdukarimova Shaxnoza Nabiyevna Koreya Respublikasining Bucheon shaharida joylashgan “Bucheon universiteti”da malaka oshirmoqda. Malaka oshirish davomida Koreya Respublikasida taʼlimga berilayotgan e'tibor, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, ilmf-fan yutuqlari haqida oʻrganilmoqda.
إظهار الكل...
🔥 4👍 2🥰 1🎉 1🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥🟥 Aziza TURG'UNBOYEVA, Psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Magistratura bo'limi boshlig'i. ILMLI YOSHLAR — YURT TAYANCHI Kuni kecha yurtboshizning yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqoti yurtimiz yoshlarida yuksak shijoat uyg'otdi. Bugun buyuk allomalarimiz ilmiy merosiga qayta-qayta murojaat qilar ekanmiz, qalblarda yuksak faxr va g'urur his etib yashamoqdamiz. Lekin faqat faxr va g‘urur bilan cheklanibgina qolmay, ajdodlarning boy merosini chuqur o‘rganish, keng targ‘ib qilish, eng muhimi, ularga har tomonlama munosib bo‘lish lozim. Munosib bo‘lish xissi esa yuksak ma’suliyat va burchlarni keltirib chiqaradi. Ya’ni ilmiy izlanishlar barobarida yangi ilmiy ixtirolar qilish, ilm-fanning mutlaqo yangi dovonlarini zabt etish ma’suliyatini yuklaydi. Yurtboshimizning yoshlarimizga murojaatlarida aynan mana shundayin ulug‘ maqsadlarni nazarda tutgan bo'lsalar bejiz emas. Ayniqsa, davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini taʼkidladilar . Shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi. Birgina taʼlim kreditidan 151 ming yoshlar foydalandi.
Hozirgi kunda magistraturada o‘qiyotgan yoshlarimiz orasida xotin-qizlarimiz ulushi yanada ko'paydi, ya’ni jami magistrantlarning qariyb 60 foizini tashkil qiladi. So'nggi yillarda davlat oliygohlarning magistratura bo'limida o'qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt pullari byudjetdan to'lanayotganligi ilm ahli bo'lgan ayollar-u qizlarimizni ilm cho'qqilari tomon yanada yuksakroq odimlashga chorlaydi.
إظهار الكل...
👍 8👏 3🤗 2❤‍🔥 1🔥 1🥰 1🕊 1🏆 1
01:54
Video unavailableShow in Telegram
🟦🟦 "O'zbekiston 24" telekanalida O'zbekiston yoshlar ittifoqining Namangan davlat pedagogika institutidagi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi, "Kelajak bunyodkori" medali sohibasi Masturaxon Nabixonova haqida lavha e'lon qilindi. ♻️ Kanalga ulanish👇 🌐 https://t.me/namspi
إظهار الكل...
22.83 MB
👍 17🔥 3🥰 3👏 2🎉 1🐳 1
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥🟥 Salimagul TO'LQINOVA, Pedagogika fakulteti 2-bosqich talabasi, institut boshlang’ich tashkiloti Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori "DAVLAT, MILLAT, MAMLAKAT, PREZIDENT HAMMA SHAROITNI YARATIB BERISHGA TAYYOR" Yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga o‘rgatish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha ham katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Buning uchun har yili 100 million dollar ajratiladi. Investisiya vazirligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi Yoshlar agentligiga o‘tkaziladi. Eng ko‘p ish o‘rni yaratgan, fidoyi yosh tadbirkorlar jamg‘arma kengashiga kiradi. Jamg‘arma rahbarini ham ushbu yoshlarni o‘zi saylaydi. Jamg‘arma, yoshlarning eng yaxshi 500 ta loyihasini tanlab oladi va ularga “biznes paket” qilib beradi, loyihani tayyor biznesga aylanib, daromad keltirishgacha barcha jarayonida ko‘maklashadi, bozorini topadi. Muhtaram prezidentimizning yuqoridagi fikrlari yosh tadbirkorlar uchun trampling vazifasini o'taydi. Endilikda talaba-yoshlar ham o'qib, ham biznes rejasi bilan o'z tadbirkorligini yurita oladi. Bunga davlat, yurt Prezidenti hamma sharoitni yaratib berishga tayyor.
إظهار الكل...
🔥 7👍 2🕊 2👏 1🤝 1
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥🟥 Madina HABIYALIYEVA, Ijtimoiy fanlar fakulteti O'zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabasi, institut "Besh tashabbus loyihalari" koordinatori YOSHLARGA KO'MAKLASHISH, TO'G'RI YO'L KO'RSATISH - ENG XAYRLI ISH ! Davlatimiz rahbari uchrashuv davomida yoshlar ko‘chma “She’riyat teatri”ni tashkil etib, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti asarlarining tarjimalarini xalqaro ommaga yetkazish tashabbuslarini ilgari surdilar. Top-100 talikka kirgan universitetlarga kirish tartiblari, grant yutish sirlari, bu oliygohlarda o‘qish uchun qanday strategiya tuzish bo‘yicha yoshlarimizni o‘rgatish maqsadida oromgohlar tashkil etish va onlayn-platforma yaratish borasida bildirilgan takliflarni maqulladilar. Yig‘ilish yakunida Prezidentimiz - Har biringiz hayotda munosib o‘rningizni topishingiz uchun, biz bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarni to‘liq ishga solamiz, - deya takidlaganlari biz o'sib kelayotgan yosh avlodning kuchiga kuch, shijoatiga shijoat qo'shdi desak aslo mubolag'a bo'lmaydi.
إظهار الكل...
👏 5👍 2❤‍🔥 1🔥 1🥰 1🎉 1🕊 1😍 1🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥🟥 Go'zalxon TAJIBOYEVA, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi XOTIN-QIZLAR UCHUN IMKONIYATLAR ESHIGI OCHILDI Davlatimiz rahbarining 30-iyun yoshlar kuni munosabati bilan Respublika yoshlari bilan uchrashuvida yoshlarimizga juda katta imkoniyatlar xususida to'xtalib o'tildi. Jumladan, aynan qizlarimizga yaratilayotgan cheksiz imkoniyatlar har bir o'zbek qizining yanada olg'a qadam tashlashiga umid uyg'otdi. Ayniqsa, bundan keyin ham qizlarning ta'lim olishi, daromad topishi, sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilishi ta'kidlandi. Xususan, og'ir sharoitga tushib qolgan, uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar qurilishi, ishga joylashib, oyoqqa turib olgunga qadar ushbu uylarda 3 yil davomida bepul yashashi mumkin bo'ladi.
Sog'ligi tufayli ishga qatnay olmaydigan qizlarning yashab turgan xonadonida masofaviy ish bilan ta'minlash choraladi ko'riladi.
Bundan tashqari, uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta'lim olish imkoniyati yaratilshi har bir o'zbek qizining orzusidagi imkoniyat desak, mubolag'a bo'lmaydi.
إظهار الكل...
👍 8 1👏 1😍 1
🟨🟨🟨🟨🟨 VI BRIKS oʻyinlarida 114 ta medal qo‘lga kiritgan hamyurtlarimiz tantanali ravishda kutib olindi Xabaringiz bor, Rossiyaning Qozon shahrida VI BRIKS oʻyinlari oʻz poyoniga yetdi. 13-24-iyun kunlari 90 ta jamoa ishtirokida kechgan murosasiz bellashuvlarda Oʻzbekiston delegatsiyasi 17 ta oltin, 39 ta kumush va 58 ta bronza, jami 114 ta medal jamgʻarib, umumjamoa hisobida Rossiya, Belarus va Xitoy jamoalaridan keyin toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
Eng quvonarlisi, ushbu sportchilar orasida Namangan davlat pedagogika instituti talabasi Jamoliddin Nematullayev ham faxrli 2-o'rinni egalladi.
Bugun mazkur musobaqada munosib ishtirok etgan sportchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Hamyurtlarimizni Sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov boshchiligidagi keng sport jamoatchiligi ko‘tarinki ruhda kutib olishdi. O‘z navbatida, Sport vaziri o‘rinbosari Sh.Mahmudov mazkur natijalar bilan sportchilarimizni tabriklab, bo‘lajak musobaqalarda omad tiladi.
إظهار الكل...
👏 6👍 1🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
Alisher ISOQBOYEV, Namangan davlat pedagogika institutining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori YOSHLARGA YUKSAK G'AMHO'RLIK VA IMKONIYATLAR — TARAQQIYOT ASOSI O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 28-iyun kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar sarhisobi, yangi vazifa va takliflar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi yurtimizdagi barcha yoshlarning hayotida muhim o‘rin tutishi shubhasiz. Mazkur yig‘ilishda hurmatli Prezidentimiz ta’lim tizimiga, shuningdek oliy ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratdilar. Bugungi kunda, Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarning oliy ta’lim tizimida tahsil olishlari uchun juda katta imkoniyatlar yaratilishi natijasida, qabul parametrlari miqdori keskin oshirildi, davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalarining soni qariyb uch barobarga ko‘paydi.
Jumladan, 2017-yilda mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalari soni 72 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib ularning soni 213 taga yetdi. Shu bilan birga, oliy ta’limga qamrov 2017-yilda 9 foizni tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023-yilda 42 foizga yetdi. Mamlakatimizda oliy ta’lim tizimida tahsil olish imkoniyatlari va davlatning g‘amho‘rligi yanada kengayganligini Prezidentimiz ma’ruzalarida qayd etilgan quyidagi ma’lumotdan ham ko‘rib mumkin. O‘tgan yilda birgina ta’lim kreditidan 151 ming yoshlar foydalangan hamda ehtiyojmand oila farzandi bo‘lgan 110 ming talabaning shartnoma to‘lovi davlat tomonidan to‘lab berilgan.
Shuningdek, mamlakatimiz fuqarolarining xorijiy mamlakatlarda oliy ta’lim olishlari uchun ham katta imkoniyatlar yaratib berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-sentyabrdagi PF-5545-son Farmoniga asosan “El-yurt umidi” jamg‘armasi tashkil etilib, ko‘plab yoshlarning xorijiy davlatlarda tahsil olishlari uchun imkoniyatlar yaratildi. Davlatimiz rahbari videoselektor yig‘ilishida mazkur masalaga e’tibor qaratib, “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali AQSH va Buyuk Britaniyaning eng nufuzli universitetlarini 50 nafar yigit-qizlar bitirganligi hamda bugungi kunda ularda o‘qiyotgan vatandoshlarimiz 200 dan oshganligi, umuman, 110 ming yoshlarimiz xorijda tahsil olayotganini alohida ta’kidlab o‘tdilar. O‘zbekiston yoshlarining xalqaro fan olimpiadalarda ishtiroki masalasi ham yig‘ilishda muhokama etilib, Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizning bu borada nazariy bilimlari har doim yuqori bo‘layotgani, laboratoriya mashqlarini bajarishda esa pastroq ball olayotganliklariga e’tibor qaratib, Prezident maktablari agentligi qoshida Olimpiadalarga tayyorlash markazi ochilishi, markaz maxsus laboratoriyalar bilan jihozlanishi, Xalqaro olimpiadada qatnashuvchi terma jamoa reja asosida ushbu markazda tayyorgarlik ko‘rishi, buning uchun har bir fan bo‘yicha malakali olim va xorijiy mutaxassislar jalb qilinishi bo‘yicha qat’iy topshiriq berdilar. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston yoshlarining xalqaro fan olimpiadalarida yuksak natijalarni ko‘rsatishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. Hurmatli Prezidentimiz oliy ta’lim va professional ta’limning integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha fikr-mulohazalari e’tiborlidir. Jumladan, endilikda oliy ta’limning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi. Texnikumni yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi. Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursdan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi. Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan kontrakt asosida oliy ta’limga qabul qilinadi. Bu birinchi navbatda professional ta’limga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirsa, ikkinchi tomondan oliy ta’limga qabul qilinayotgan talabalarning kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha samaradorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
إظهار الكل...
👍 17🔥 5🎉 3🥰 1👏 1🐳 1
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥🟥 Azizbek O'RMONJONOV, ART pedagogika kafedrasi Musiqa ta'limi va san'at mutaxassisligi 1-bosqich magistranti, institut huzuridagi "Talabalar akademiyasi" prezidenti YOSHLAR SIYOSATIDA "KATTA SAKRASH" DAVRI BOSHLANDI! Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganligini alohida ta'kidlab o'tdilar. Misol tariqasida, shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyozlarni berilishi biz yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlarning dalilidir desak adashmagan bo'lamiz. Aytish joizki, hozirgi vaqtda birgina ta’lim kreditidan 151 ming yosh unumli foydalanib kelmoqda. Ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratilishi biz yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning yorqin namunasidir.
Shuni alohida takidlab o'tish joizki, yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga o'rgatish, yuqori qo'shilgan qiymat yaratadigan loyihalarni ko'paytirish bo'yicha ham katta o'zgarishlar yuz berishi va buning uchun har yili 100 million dollar ajratilishi biz yoshlar uchun faqat va faqat o'qishimiz, ilmiy izlanishimiz hamda yurtimizda yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz eng oliy vazifamizdir.
إظهار الكل...
👍 6🔥 4👏 4❤‍🔥 2 2 2🕊 2😍 1🐳 1💯 1🤗 1
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥🟥 Azizbek O'RMONJONOV, ART pedagogika kafedrasi Musiqa ta'limi va san'at mutaxassisligi 1-bosqich magistranti, institut huzuridagi "Talabalar akademiyasi" prezidenti YOSHLAR SIYOSATIDA "KATTA SAKRASH" DAVRI BOSHLANDI! Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganligini alohida ta'kidlab o'tdilar. Misol tariqasida shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyozlarni berilishi biz yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlarning dalilidir desak adashmagan bo'lamiz. Aytish joizki hozirgi vaqtda birgina ta’lim kreditidan 151 ming yoshlar unumli foydalanib kelmoqdalar. Ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratilishi biz yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning yorqin namunasidir.
Shuni alohida takidlab o'tish joizki yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga o'rgatish, yuqori qo'shilgan qiymat yaratadigan loyihalarni ko'paytirish bo'yicha ham katta o'zgarishlar yuz berishi va buning uchun har yili 100 million dollar ajratilishi biz yoshlar uchun faqat va faqat o'qishimiz, ilmiy izlanishimiz hamda yurtimizda yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz eng oliy vazifamizdir.
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.