Respublika musiqa va san'at texnikumi. Rasmiy telegram kanali.
الذهاب إلى القناة على Telegram
Respublika musiqa va san'at texnikumi faoliyatini yoritib boruvchi rasmiy kanal. 🎨🎬🎼🎹🪕🎻🎸🪗🎺🎷🎭 Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko'chasi 1-uy Murojaat uchun: 71 246-04-42 rmstexnikum@umail.uz https://t.me/rmstmurojaat
إظهار المزيد943
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-137 أيام
-18430 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from Edu.uz
#Avtomobilsiz_kun
25-iyul kuni navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi
Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Shaharlarda ekologik toza transportdan foydalanish havoning ifloslanishini kamaytirish, energiya resurslarini tejash va aholining salomatligini mustahkamlashga yordam beradi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan yanada qulay va yashil muhit yaratish mumkin.
“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
#BizningPrezident
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident!
YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Repost from Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
#Diqqat_tanlov
⚡️"Vatan haqida eng yaxshi esse" tanlovi o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Madaniyat vazirligi tomonidan markaziy apparat va tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida 25-iyuldan 5-avgustga qadar “Vatan haqida eng yaxshi esse” tanlovi o‘tkaziladi. Tanlovda Madaniyat vazirligi markaziy apparati va tizim tashkilotlarining barcha xodimlari ishtirok etishi mumkin. Esse quyidagi talablarga javob berishi lozim: • davlat tilida yozilgan bo‘lishi; • muallifning mustaqil ijod mahsuli bo‘lishi; • 100–150 so‘z hajmida qo‘lyozma shaklda tayyorlanishi; • plagiatga yo‘l qo‘yilmasligi. Esselar mavzuning yoritilishi, mazmuni, ijodiy yondashuv, bayonning mantiqiyligi hamda davlat tili me'yorlariga rioya etilgani asosida baholanadi. Esselarni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: @jamshidbek1_niyazbekov Tanlov yakunida g‘oliblar I, II va III o‘rinlar hamda maxsus nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi. Eng yaxshi esselar Madaniyat vazirligining rasmiy axborot sahifalarida e'lon qilinishi va alohida to‘plam shaklida nashr etilishi mumkin.Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
Repost from MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI
+4
⚡️ R.M. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi hamda Respublika musiqa va san'at oliy maktabiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili Xasan Salixov tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ta'lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar, pedagoglar faoliyati, moddiy-texnik baza hamda ta'lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yili uchun tashkil etilgan qabul jarayonlari ko‘zdan kechirilib, o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun yaratilgan qulayliklar, imtihonlarning shaffof tashkil etilishi hamda qabul komissiyalari faoliyati o‘rganildi. Mehmonlar o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan yotoqxona va turar joylarni ham ko‘zdan kechirib, ulardagi sharoitlar bilan tanishdilar. Tashrif davomida ta'lim muassasalarida mavjud muammolar ham o‘rganilib, ularni bartaraf etish hamda ta'lim sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.💠 Barcha yangiliklarni markazning rasmiy sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin: 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 📱 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📱 Youtube
