cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

"PREZIDENT MAKTABI TESTLARI"

🔰Ustoz: BURHONIDDIN NORMAHAMMADOV Bog'lanish uchun: @n_burhoniddin 🏢 PREZIDENT MAKTABI 🏛 AL-XORAZMIY MAKTABIGA TAYYORLOV: ♻️ MATEMATIKA ♻️ MANTIQIY VA MUAMMOLI MASALALAR ♻️ TANQIDIY FIKRLASH ♻️ INGLIZ TILI

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 294
المشتركون
+124 ساعات
+2467 أيام
+26930 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

01:39
Video unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #ixtisoslashtirilgan_maktablar ⚡️Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 4-iyul kuni bo‘lib o‘tgan kirish imtihonlari jarayonlaridan videolavha. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
IMG_3806.MP48.46 MB
🔥 3👍 1👏 1
#imtihon_2024 #ixtisoslashtirilgan_maktablar ⚡️Ayni vaqtda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun kirish imtihonlari Respublikamizning barcha hududlarida davom etmoqda 📊 Ma'lumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga jami 134 019 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, hududlar kesimida: 📍Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 9 235 ta; 📍Andijon viloyatiga 12 907 ta; 📍Buxoro viloyatiga 6 060 ta; 📍Farg‘ona viloyatiga 17 808 ta; 📍Jizzax viloyatiga 9 982 ta; 📍Namangan viloyatiga 12 652 ta; 📍Navoiy viloyatiga 2 989 ta; 📍Qashqadaryo viloyatiga 11 828 ta; 📍Samarqand viloyatiga 13 125 ta; 📍Sirdaryo viloyatiga 5 644 ta; 📍Surxondaryo viloyatiga 12 011 ta; 📍Toshkent shahriga 3 598 ta; 📍Toshkent viloyatiga 7 502 ta; 📍Xorazm viloyatiga 8 678 ta ariza to‘g‘ri kelmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 7🔥 2
00:09
Video unavailableShow in Telegram
Namangan viloyati “ Yuksalish” da o’tkazilayotgan test jarayonlari oldidan🔥
إظهار الكل...
IMG_6758.MOV7.12 MB
👍 2🔥 2
Namangan viloyati “ Yuksalish” da o’tkazilayotgan test jarayonlari oldidan🔥
إظهار الكل...
👍 8🔥 5
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar 🔔 Hurmatli ota-onalar! ⚡️ Kirish imtihonlarida sizdan bir nechta tartib-qoidalarga amal qilish so‘raladi. 🗣 Jumladan: ✅ Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz; ✅ Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz; ✅ Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e'tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi). ✅ Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi. ❌ Eslatib o‘tamiz, imtihon jarayonida yordam berishni va’da qilayotganlarning hech biriga ishonmang, aldanib qolmang. 📚 Farzandingizning bilimigina uning natijasiga asos bo‘ladi!
Maʼlumot oʻrnida, talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 soat oldin tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 6 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_manzillari #imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ❗️MUHIM ESLATMA 📆 Ertaga, 4-iyul kunidan Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari boshlanadi! 🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi. 📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin: 📍MANZILLAR ROʻYXATI Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 3
✅ Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar va aziz o'quvchilar! Hammaga xayrli kun😊 ✅ Ertangi IMTIHON oldidan quyidagi ko'rsatmalarga amal qilishingizni so'rab qolaman👇👇👇 🔰 Imtihondan 1 kun oldin ya'ni bugun miyani zo'riqtiradigan ish qilmasdan yaxshilab dam oling! Haa, dam olish ekan deb ertadan kechgacha ko'chada yugurib o'ynab, ertaga imtihonda holsizlanib o'tirmang! 🔰 Imtihon oldi va o'zi umuman muzdek suv, muzqaymoq va shunga o'xshash narsalardan saqlaning! Bu albatta sizning sog'lig'ingiz uchun zarur! 🔰 Bir kun oldin IMTIHON da kerak bo'ladigan METRIKA(tug'ilganlik haqidagi guvohnoma), RUXSATNOMA(Imtihonga kirish uchun talab qilinadigan hujjat. Buni shaxsiy kabinetdan yuklab bir varoq listga chiqarib olasiz) va boshqa narsalaringizni tayyor ekanligini tekshiring! 🔰 IMTIHON kuni ertalab yoki boshqa mahal ISSIQDA behuzur qiladigan ovqatlardan saqlaning! Juda to'yib ovqatlanishni ham tavsiya qilmayman! 🔰 IMTIHON bo'lib o'tadigan joyga 1 soat oldin borib, jarayonlarga moslashib oling! To'satdan shoshib borib qolib farzandingizni SHOK holatga tushirib qo'ymang. Shundoq ham ular kuchli hayajonda bo'lishadi! 🔰 IMTIHON ga 1 soat avval bordi degani IMTIHON ga 1 soat oldin kirsin degani emas! Farzandingiz IMTIHON vaqtidan oldin kirib oladigan bo'lsa, ichkarida zerikib qolishi mumkin! Bilamizki kutish ancha toliqtiradi va buning natijasida o'quvchida "Tezroq ketsam" degan fikr paydo bo'ladi. Bu esa IMTIHON jarayoniga salbiy ta'sir qilishi mumkin! 🔰 Farzandingizga IMTIHON vaqtida hayolini chalg'itadigan narsalarni aytmang! Masalan, "IMTIHON dan chiqsang, bog'ga boramiz, muzqaymoq olib beraman va shu kabi gaplarni aytishingiz farzandingizning IMTIHON vaqtida fikrini jamlashiga halal berishi mumkin! 🔰 IMTIHON vaqtida shoshilmasdan, vaqtni to'g'ri taqsimlang. Savollarni 2 martadan o'qib ko'ring. Oldin ko'rgan va bilgan savollaringizni ham! Shaxsan o'zim oldin ko'rgan savollarimni qayta-qayta o'qib ko'raman. Sababi oldingi savol bilan aynan bir xil bo'lmasligi mumkin. Bitta raqam yoki belgi ham savol mazmunini o'zgartirib yuborishi mumkin! ✅ IMTIHON da barchaga omad!😊 ✅ Alloh barchamizning ilmimizni ziyoda qilsin!🤲 ✅ USTOZ: BURHONIDDIN NORMAHAMMADOV 👉 PREZIDENT MAKTABI TESTLARI
إظهار الكل...
👍 20🔥 2👏 2🥰 1🤯 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 8-9-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI 📆 Joriy yilning 8-9-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi. ✅ Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi. Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi. ❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus shahri, Andijon va Samarqand viloyatlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi. ⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📨 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 4👏 2
17:56
Video unavailableShow in Telegram
🔰 02.07.2024 ONLINE TEST TAHLILI 🔰 USTOZ: Burhoniddin Normahammadov 👉 @pm_online_testlar
إظهار الكل...
record.mp448.53 MB
👍 2👏 2🔥 1🥰 1
💡 Test yakunlandi! 🔰 Test kodi: 118 👨 Test qatnashchilari: 111 ta 📝 Kalitlar: 1 - B 2 - A 3 - A 4 - D 5 - A 6 - B 7 - B 8 - D 9 - C 10 - A 11 - B 12 - A 13 - C 14 - A 15 - C 🎉 Sertifikatlaringizni @pm_online_testlarbot dan olishingiz mumkin!✈️ 👉 @pm_online_testlar
إظهار الكل...
fc66842b45b1e33.pdf0.24 KB
👍 2👏 2🎉 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.