ar
Feedback
ADPI yoshlari | Rasmiy kanali

ADPI yoshlari | Rasmiy kanali

الذهاب إلى القناة على Telegram

Andijon davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz! Sizning tashabbusingiz - sizning kelajagingiz uchun!!! Facebook - https://www.fb.com/adpiyoshlari Instagram - https://www.instagram.com/adpiyoshlari

إظهار المزيد
5 517
المشتركون
+5324 ساعات
-37 أيام
-9530 أيام

جاري تحميل البيانات...

سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
سبتمبر '26
سبتمبر '26
+87
في 3 قنوات
أغسطس '26
+113
في 5 قنوات
Get PRO
يوليو '26
+35
في 1 قنوات
Get PRO
يونيو '26
+24
في 5 قنوات
Get PRO
مايو '26
+22
في 2 قنوات
Get PRO
أبريل '26
+13
في 2 قنوات
Get PRO
مارس '26
+16
في 6 قنوات
Get PRO
فبراير '26
+19
في 12 قنوات
Get PRO
يناير '26
+10 233
في 30 قنوات
Get PRO
ديسمبر '25
+178
في 18 قنوات
Get PRO
نوفمبر '25
+1 141
في 11 قنوات
Get PRO
أكتوبر '25
+7 621
في 15 قنوات
Get PRO
سبتمبر '25
+377
في 11 قنوات
Get PRO
أغسطس '25
+73
في 7 قنوات
Get PRO
يوليو '25
+27
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '25
+14
في 4 قنوات
Get PRO
مايو '25
+36
في 8 قنوات
Get PRO
أبريل '25
+102
في 14 قنوات
Get PRO
مارس '25
+221
في 10 قنوات
Get PRO
فبراير '25
+327
في 8 قنوات
Get PRO
يناير '25
+19 707
في 17 قنوات
Get PRO
ديسمبر '24
+2 202
في 10 قنوات
Get PRO
نوفمبر '24
+102
في 8 قنوات
Get PRO
أكتوبر '24
+128
في 11 قنوات
Get PRO
سبتمبر '24
+228
في 9 قنوات
Get PRO
أغسطس '24
+183
في 2 قنوات
Get PRO
يوليو '24
+50
في 3 قنوات
Get PRO
يونيو '24
+23
في 9 قنوات
Get PRO
مايو '24
+46
في 6 قنوات
Get PRO
أبريل '24
+139
في 10 قنوات
Get PRO
مارس '24
+366
في 12 قنوات
Get PRO
فبراير '24
+86
في 15 قنوات
Get PRO
يناير '24
+88
في 12 قنوات
Get PRO
ديسمبر '23
+98
في 13 قنوات
Get PRO
نوفمبر '23
+1 186
في 16 قنوات
Get PRO
أكتوبر '23
+275
في 10 قنوات
Get PRO
سبتمبر '23
+705
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '23
+21
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '23
+13
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '23
+163
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '23
+40
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '23
+360
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '23
+119
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '230
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '230
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '220
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '22
+20
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '22
+286
في 0 قنوات
التاريخ
نمو المشتركين
الإشارات
القنوات
08 سبتمبر+5
07 سبتمبر+63
06 سبتمبر+2
05 سبتمبر+2
04 سبتمبر+5
03 سبتمبر+5
02 سبتمبر+4
01 سبتمبر+1
منشورات القناة
🎬 ADPI CINEMA: ABDULLA ORIPOV HAYOTI — EKRANDA! Aziz talabalar! 🌟 Sizlarni buyuk o‘zbek shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdul
🎬 ADPI CINEMA: ABDULLA ORIPOV HAYOTI — EKRANDA! Aziz talabalar! 🌟 Sizlarni buyuk o‘zbek shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan o‘zbek kinosi namoyishiga taklif qilamiz! 🎞 “Abdulla Oripov” filmi orqali milliy adabiyotimizning buyuk namoyandasi hayoti, ijodi va sermazmun faoliyatiga yana bir bor nazar tashlaymiz. 📅 Sana: 8-sentabr 🕖 Vaqt: 19:00 📍 Manzil: Yoshlar saroyi 🎥 ADPI CINEMA — milliy kino, adabiyot va san’atni birgalikda his qilamiz! ✨ Barchangizni kutib qolamiz! #ADCinema #AbdullaOripov #ADPI #MilliyKino #Talabalar #YoshlarSaroyi 🇺🇿 Bizning sahifalarimiz: 🟦 Telegram 🟦 Instagram 🟦 Facebook

2
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “MUSTAQILLIK DARSLARI” BOSHLANDI Andijon davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv+9
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “MUSTAQILLIK DARSLARI” BOSHLANDI Andijon davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun yangi o‘quv jarayoni “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi. Institutning barcha fakultetlarida tashkil etilgan mazkur mashg‘ulotlarda O‘zbekistonning mustaqillik yillarida bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li, mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilgan yutuqlar hamda istiqlolning xalqimiz hayotidagi tarixiy o‘rni va ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi. “Mustaqillik darslari”da Andijon davlat pedagogika instituti rektori Baxtiyor Rasulov ham ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan muloqot qildi. Rektor o‘z chiqishida mustaqillik yillarida mamlakatimiz ta’lim tizimi va ilm-fan sohasida amalga oshirilgan islohotlar, yoshlarning sifatli ta’lim olishi, bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, bugungi yoshlar zimmasida katta mas’uliyat borligini ta’kidlab, talabalarning zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni puxta egallashi, xorijiy tillarni o‘rganishi, ilmiy va ijodiy izlanishlarda faol bo‘lishi hamda kelgusida mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishi muhim ekanini qayd etdi. Mashg‘ulotlarda institutning tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan ham mavzuga oid ma’ruzalar qilindi. Ularda mustaqillikning yoshlar hayotidagi o‘rni, milliy qadriyat va an’analarni asrab-avaylash, tarixiy xotiraga hurmat, Vatanga sadoqat, fuqarolik mas’uliyati hamda kelajak avlod oldidagi burch kabi muhim masalalar keng yoritildi. Darslar davomida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, ular o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Bu esa mashg‘ulotlarning nafaqat ma’rifiy, balki tarbiyaviy ahamiyatini ham yanada oshirdi. Yangi o‘quv yilining ilk kunlarida tashkil etilgan “Mustaqillik darslari” talaba-yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni bugungi imkoniyatlarni qadrlash hamda kelajak oldidagi mas’uliyatini chuqur anglashga undashga xizmat qilmoqda. Mazkur darslar yangi o‘quv yilini yuksak maqsadlar, bunyodkorlik ruhiyati va bilim olishga bo‘lgan kuchli ishtiyoq bilan boshlash uchun muhim ma’naviy-ma’rifiy maydon bo‘ldi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
447
3
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA TALABALIKKA BAG'ISHLOV VA YANGI TALABALARNI KUTIB OLISH TADBIRI O‘TKAZILDI Bugun Andijo+9
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA TALABALIKKA BAG'ISHLOV VA YANGI TALABALARNI KUTIB OLISH TADBIRI O‘TKAZILDI Bugun Andijon davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Talabalikka bag'ishlov” hamda 1-bosqich talabalarini tantanali kutib olish tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Kechagina abituriyent sifatida oliy ta’lim sari intilgan yoshlar bugun institutning katta va ahil jamoasi safidan joy olib, talabalik hayotining ilk kunini unutilmas taassurotlar bilan boshladilar. Tadbir avvalida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Qo‘shoqboyevichning yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Unda talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarga samimiy tilaklar bildirilib, yangi o‘quv yilini katta maqsadlar, bilim olishga bo‘lgan ishtiyoq va yangi marralar sari intilish bilan boshlash muhimligi ta’kidlandi. Shundan so‘ng Andijon davlat pedagogika instituti rektori Baxtiyor Rasulov so‘zga chiqib, 1-bosqich talabalarini institut talabalari safiga qabul qilinganlari bilan samimiy muborakbod etdi. Rektor o‘z nutqida talabalik davri inson hayotidagi eng muhim va mas’uliyatli bosqichlardan biri ekanini qayd etib, yoshlarni yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallash, ilmiy izlanishlar olib borish, xorijiy tillarni o‘rganish hamda doimo o‘z ustida ishlashga chaqirdi. Bilimlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbir davomida ko‘p yillar davomida ta’lim va tegishli sohalarda samarali faoliyat olib borgan faxriylar hamda soha vakillari so‘zga chiqib, yangi talabalar bilan o‘z hayotiy va kasbiy tajribalarini o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, institut fakultetlarini avvalgi yillarda tamomlab, bugungi kunda jamiyatda o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lgan bitiruvchilar ham so‘zga chiqib, talabalik yillarining inson kelajagidagi o‘rni, bilim va izlanishning muvaffaqiyat sari eltuvchi muhim omil ekani xususida fikr bildirdilar. Tadbirda talabalarning ota-onalariga ham so‘z berildi. Ular farzandlarining oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lganidan mamnun ekanliklarini bildirib, yoshlarga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar uchun institut jamoasiga minnatdorlik izhor etdilar. O‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalari ham o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, talabalik maqomiga erishganliklari ular uchun katta sharaf va mas’uliyat ekanini ta’kidladilar. Shuningdek, o‘zining bilim, tashabbuskorlik va yutuqlari bilan institut faxriga aylangan talaba-yoshlarning chiqishlari ham tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Tantanali tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi vakili ham ishtirok etib, yoshlarni yangi o‘quv yili bilan qutladi hamda ularni jamoat ishlarida faol bo‘lish, tashabbus ko‘rsatish va mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chaqirdi. Tadbir doirasida faol va tashabbuskor talaba-yoshlarni rag‘batlantirishga ham alohida e’tibor qaratildi. O‘qish, jamoatchilik ishlari va turli yo‘nalishlardagi yutuqlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh talabalarga institut rektori sovg‘asi sifatida zamonaviy noutbuklar tantanali ravishda topshirildi. Bayram dasturining alohida qismi “Mustaqillik menga nima berdi?” nomli fleshmob bilan davom etdi. Unda 10 nafar talaba sahnaga chiqib, qo‘llarida “Erkinlik”, “Ilm”, “Til”, “Tarix”, “Imkoniyat”, “Tinchlik”, “Adolat”, “Orzu”, “Mas’uliyat” va “Kelajak” so‘zlari aks etgan plakatlarni namoyish etdilar. Tadbirning badiiy qismi milliy raqs kompozitsiyalari, o‘zbek mumtoz musiqasi hamda zamonaviy estrada qo‘shiqlari bilan davom etdi. Ijodiy chiqishlar bayramga o‘zgacha fayz va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Yangi o‘quv yilining ilk kunida o‘tkazilgan “Bilimlar kuni” tadbiri Andijon davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yiliga munosib start berdi. Endilikda yangi talabalarni bilim va izlanishlarga boy talabalik yillari, yangi imkoniyatlar, ulkan maqsadlar hamda katta marralar sari yo‘l kutmoqda. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
397
4
🟦🟦🟦 🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Qadrli talaba-yoshlar! 🇺🇿 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat pedagogika instituti boshl
🟦🟦🟦 🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Qadrli talaba-yoshlar! 🇺🇿 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat pedagogika instituti boshlang'ich tashkiloti lider yoshlarni safiga chorlaydi! 🏛 Andijon davlat pedagogika instituti Boshlang'ich tashkilot Yoshlar Kengashi koordinatori hamda fakultet koordinatorligiga quyidagi yo’nalishlar bo’yicha 30 yoshdan oshmagan shijoatli, tashabbuskor, yoshlar manfaatlarini himoya qila oladigan, tabiiy yetakchilik qobiliyatiga ega nomzodlarni suhbat asosida qabul boshlanganini e’lon qiladi: Yoshlar Kengashi koordinatorligi 1️⃣. Intelektual loyihalar koordinatori 2️⃣. Besh tashabbus loyihalar koordinatorl 3️⃣. Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori 4️⃣. Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori 5️⃣. Talaba qizlar koordinatori 6️⃣. “Yoshlar daftari” va metsenatlik dasturlari koordinatori 7️⃣. Fakultet koordinatori Munosib deb topilganlar koordinatorlikka tayinlanadi! ✅Ro'yxatdan o'tish havolasi: https://forms.gle/Ma5eChXeAB991FM16 🇺🇿Intiluvchan va tashabbuskor yoshlarni safimizga chorlaymiz! 🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring! 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
1 132
5
🟦🟦🟦 🟦🟦 2026/2027 O'QUV YILI UCHUN “QALQON” JAMOATCHILIK GURUHIGA QABUL BOSHLANDI! Talabalarni vatanparvarlik ruhida tarb
🟦🟦🟦 🟦🟦 2026/2027 O'QUV YILI UCHUN “QALQON” JAMOATCHILIK GURUHIGA QABUL BOSHLANDI! Talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish, huquqbuzarliklarning oldini olish va ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash maqsadida faoliyat yuritayotgan “Qalqon” jamoatchilik guruhiga a’zolik uchun hujjatlar qabul qilinmoqda. 📌 Ariza yuborish muddati: 20-avgustdan 10-sentyabrgacha davom etadi. 📌 Kimlar a'zolikka olinishi mumkin? Kunduzgi va kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoki shu sohaga qiziqqan faol talaba-yoshlar suhbat asosida tanlab olinadi. ✨ “Qalqon” jamoatchilik guruhining vazifalari: 🔹 Ta’lim muassasasi hududi osudaligini ta’minlash; 🔹 Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish; 🔹 Shubhali holatlar haqida tezkorlik bilan tegishli organlarga xabar berish; 🔹 Talabalar o‘rtasida profilaktika va targ‘ibot-tushuntirish tadbirlarini o‘tkazish; 🔹 Jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashish. 🔹 Talabalar o‘rtasidagi nizolarni bartaraf etishda, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni aniqlash va huquqiy tarbiyaviy suhbatlar o‘tkazishda qatnashish; 🔹 O‘z faoliyatini maxsus forma va guvohnoma bilan olib borish; 🔹 Darsdan bo‘sh vaqtlarda belgilangan hududlarda navbatchilikni amalga oshirish; 🎖 A’zolarning imtiyozlari: 💴Faol a’zolar uchun har oy bazaviy stipendiyaning 50% gacha qo‘shimcha rag‘bat olish imkoniyati mavjud. 🏅 Fidoyi a’zolar davlat mukofotlari, “O‘zbekiston belgisi” va boshqa yuksak nishonlarga tavsiya etiladi. 👮🏼‍♂️ Bitiruvchi a’zolar ichki ishlar organlari, mudofaa tizimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tavsiyanoma asosida ishga joylashish huquqiga ega bo‘ladilar. 👨🏼‍✈️ Jismoniy va ruhiy jihatdan talabga mos faol a’zolar muddatli harbiy xizmatga qabul qilinishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladilar. 👕 Barcha a’zolar maxsus forma va shaxsiy guvohnoma bilan ta’minlanadi. 👨🏻‍💻 Faol a’zolar xalqaro va respublika darajasidagi tanlovlar, musobaqalar va o‘quv-seminarlarga jalb qilinadi. 📲 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://forms.gle/GxLphzXRmDGCFj5K6 🛡 “Qalqon” – intizom, mas’uliyat va sharaf ramzi! 🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring! 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
998
6
🟦🟦🟦 🟦🟦 2026/2027-O‘QUV YILIDA O‘QUV JARAYONLARI VA TALABALAR TURAR JOYIGA JOYLASHISH MUDDATLARI Andijon davlat pedagogik
🟦🟦🟦 🟦🟦 2026/2027-O‘QUV YILIDA O‘QUV JARAYONLARI VA TALABALAR TURAR JOYIGA JOYLASHISH MUDDATLARI Andijon davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilida o‘quv jarayonlari bosqichlar kesimida quyidagi muddatlarda boshlanadi (Bakalavr va magistratura uchun): ✅ 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan; ✅ 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan. Shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt — super-kontrakt asosida tahsil olish istagida bo‘lgan talabgorlar ham Andijon davlat pedagogika instituti talabasi sifatida 7-sentyabrdan o‘quv jarayonlarida ishtirok etishlari mumkin. Super-kontrakt asosida o‘qishga kirish tartibi, to‘lov miqdori, zarur hujjatlar va boshqa muhim masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot olish uchun institutning Qabul markaziga murojaat qilishingiz mumkin. 📞 Murojaat uchun telefonlar: +998 77 110 01 75 +998 77 120 01 75 +998 74 224 44 09 +998 74 224 01 72 TALABALAR TURAR JOYIGA JOYLASHISH TARTIBI 1-bosqichga qabul qilingan talabalar my.gov.uz platformasi orqali ariza yuborib, talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha yo‘llanmasi shakllangan bo‘lsa, quyidagi muddatlarda joylashishlari mumkin: 🔹 1- va 2-sonli talabalar turar joylari hamda DXSHga — 5-sentyabrdan; 🔹 3-sonli talabalar turar joyiga — 6-sentyabrdan. ❗️Yuqori bosqich, ya’ni 2–4-bosqich talabalari esa my.gov.uz platformasi orqali ariza yuborib, TTJga joylashish bo‘yicha yo‘llanmasi shakllangan taqdirda 8-sentyabrdan boshlab talabalar turar joyiga joylashishlari mumkin. ⚠️Talabalardan TTJga kelishdan avval my.gov.uz platformasidagi ariza holatini va joylashish bo‘yicha yo‘llanmasi shakllanganini tekshirish so‘raladi. 🏠 Talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlari bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun maxsus elektron platforma: https://adpittj.netlify.app/ 🗺Manzil: Andijon shahar, do'stlik ko'chasi 4-uy (🚕20 yo'nalishdagi damaslar qatnaydi) 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube
639
7
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! Aziz vatandoshlar! Andijon davlat pedagogika instituti yoshlari nomidan barch
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! Aziz vatandoshlar! Andijon davlat pedagogika instituti yoshlari nomidan barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz! Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro‘yobi, milliy g‘ururimiz, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Bugun biz, yoshlar, tinch va ozod yurtda ta’lim olish, bilim va salohiyatimizni namoyon etish, ulkan maqsadlar sari dadil intilish imkoniyatiga egamiz. Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, avvalo, bilimli, vatanparvar, tashabbuskor va fidoyi yoshlarning kuch-g‘ayrati bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois biz ona Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va yurtimiz kelajagi yo‘lida sidqidildan xizmat qilishni o‘zimiz uchun yuksak sharaf va mas’uliyat deb bilamiz. Mustaqilligimizning 35 yilligi har bir xonadonga quvonch, fayz-u baraka, yurtimizga esa tinchlik, taraqqiyot va yangi zafarlar olib kelsin! Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va buyuk kelajakni birgalikda bunyod etaylik! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 35 yillik bayramimiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Andijon davlat pedagogika instituti yoshlari
5 243
8
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI REKTORINING BAYRAM TABRIGI Hurmatli ustozlar, aziz talabalar, qadrli hamkasblar! Siz aziz
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI REKTORINING BAYRAM TABRIGI Hurmatli ustozlar, aziz talabalar, qadrli hamkasblar! Siz azizlarni, sizlar orqali barcha yurtdoshlarimizni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va eng qadrli sana — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro‘yobga chiqqan, milliy davlatchiligimiz, o‘zligimiz, sha’n-u g‘ururimiz qayta tiklangan buyuk tarixiy ne’matdir. Aynan istiqlol tufayli xalqimiz o‘z taqdiri va kelajagini o‘zi belgilash, erkin va farovon hayot barpo etish, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini tiklash hamda uni kelajak avlodlarga munosib yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi. O‘tgan 35 yil davomida mamlakatimiz ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Yurtimiz qiyofasi tubdan yangilandi, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuri yuksaldi, ta’lim, ilm-fan, iqtisodiyot, madaniyat hamda ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Bugun Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida olib borilayotgan yangilanishlar, bunyodkorlik ishlari va ezgu tashabbuslar zamirida inson qadri, xalq farovonligi va kelajak avlodlar taqdiri mujassam. Ayniqsa, yoshlarning zamonaviy bilim olishi, o‘z iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yurtimizning ertangi kuniga bo‘lgan yuksak ishonchning yorqin ifodasidir. Aziz do‘stlar! Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik jarayonlarining faol ishtirokchisi sifatida ta’lim sifatini yuksaltirish, zamonaviy pedagog kadrlarni tayyorlash, ilmiy salohiyatni oshirish va yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelmoqda. Institutimizda yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, xalqaro hamkorlikning kengayib borayotgani, ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi yutuqlar, professor-o‘qituvchilarimizning fidoyiligi hamda talabalarimizning respublika va xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatlari barchamizga faxr va g‘urur bag‘ishlaydi. Aziz talabalar! Sizlar — Yangi O‘zbekistonning ertangi kuni, Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichlarga olib chiqadigan bilimli, tashabbuskor va vatanparvar avlodsiz. Sizlarning har bir yutug‘ingiz, har bir ezgu tashabbusingiz va bilim yo‘lidagi intilishingiz yurtimiz kelajagiga qo‘shilgan munosib hissadir. Shu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka, oilaviy baxt va farovonlik tilayman. Ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi barcha ezgu ishlaringizda yangi zafarlar hamroh bo‘lsin! Yurtimiz osmoni hamisha musaffo, xalqimiz tinch va farovon, mustaqilligimiz esa abadiy bo‘lsin! O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi barchamizga muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, RASULOV Baxtiyor Mahmudjonovich Andijon davlat pedagogika instituti rektori 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
1 050
9
Institutda boshlang‘ich tashkilot faoliyati o‘rganildi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi mas’ullari tomon+6
Institutda boshlang‘ich tashkilot faoliyati o‘rganildi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi mas’ullari tomonidan Andijon davlat pedagogika institutidagi boshlang‘ich tashkilot faoliyati o‘rganildi. Jarayon davomida boshlang‘ich tashkilotning yoshlar bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar va tashabbuslar, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, tashkilot faoliyatiga oid me’yoriy va ish yuritish hujjatlarining belgilangan tartibda yuritilish holati ko‘rib chiqildi. O‘rganish davomida boshlang‘ich tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy va vatanparvarlik yo‘nalishidagi ishlarni kuchaytirish yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Tashrif yakunida boshlang‘ich tashkilot faoliyatini yanada samarali yo‘lga qo‘yish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda yoshlar bilan ishlashda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. 🇺🇿 Bizning sahifalarimiz: 🟦 Telegram 🟦 Instagram 🟦 Facebook
2 742
10
🟦🟦🟦 “Kelajakni orzu qilma, uni yaratishga bugun kirish." ✍️Oʻgʻuz Atay
🟦🟦🟦 “Kelajakni orzu qilma, uni yaratishga bugun kirish." ✍️Oʻgʻuz Atay
2 262
11
🇺🇿 MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — BIRGALIKDA NISHONLAYMIZ! O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosa+5
🇺🇿 MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — BIRGALIKDA NISHONLAYMIZ! O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Andijon davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun bayramona Telegram avatar rasmlari tayyorlandi. Aziz ustozlar va talabalar! Taqdim etilgan avatarlar orasidan o‘zingizga ma’qulini tanlab, Telegram akkauntingizning asosiy profil suratiga joylashtiring hamda Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan chellenjda faol ishtirok eting! Bu tashabbus orqali Vatanimizning eng ulug‘ va eng aziz bayramiga bo‘lgan hurmatimiz, faxrimiz va birdamligimizni birgalikda namoyon etamiz. 🇺🇿 35 yil — istiqlol, taraqqiyot va bunyodkorlik yo‘li! #Mustaqillik35 #AndijonDavlatPedagogikaInstituti #ADPI #MustaqillikChellenji
2 329
12
🟦🟦🟦 🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Qadrli talaba-yoshlar! 🇺🇿 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat pedagogika instituti boshl
🟦🟦🟦 🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Qadrli talaba-yoshlar! 🇺🇿 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat pedagogika instituti boshlang'ich tashkiloti lider yoshlarni safiga chorlaydi! 🏛 Andijon davlat pedagogika instituti Boshlang'ich tashkilot Yoshlar Kengashi koordinatori hamda fakultet koordinatorligiga quyidagi yo’nalishlar bo’yicha 30 yoshdan oshmagan shijoatli, tashabbuskor, yoshlar manfaatlarini himoya qila oladigan, tabiiy yetakchilik qobiliyatiga ega nomzodlarni suhbat asosida qabul boshlanganini e’lon qiladi: Yoshlar Kengashi koordinatorligi 1️⃣. Intelektual loyihalar koordinatori 2️⃣. Besh tashabbus loyihalar koordinatorl 3️⃣. Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori 4️⃣. Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori 5️⃣. Talaba qizlar koordinatori 6️⃣. “Yoshlar daftari” va metsenatlik dasturlari koordinatori 7️⃣. Fakultet koordinatori Munosib deb topilganlar koordinatorlikka tayinlanadi! ✅Ro'yxatdan o'tish havolasi: https://forms.gle/Ma5eChXeAB991FM16 🇺🇿Intiluvchan va tashabbuskor yoshlarni safimizga chorlaymiz! 🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring! 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
12 813
13
🟦🟦🟦 🟦🟦 2026/2027 O'QUV YILI UCHUN “QALQON” JAMOATCHILIK GURUHIGA QABUL BOSHLANDI! Talabalarni vatanparvarlik ruhida tarb
🟦🟦🟦 🟦🟦 2026/2027 O'QUV YILI UCHUN “QALQON” JAMOATCHILIK GURUHIGA QABUL BOSHLANDI! Talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish, huquqbuzarliklarning oldini olish va ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash maqsadida faoliyat yuritayotgan “Qalqon” jamoatchilik guruhiga a’zolik uchun hujjatlar qabul qilinmoqda. 📌 Ariza yuborish muddati: 20-avgustdan 10-sentyabrgacha davom etadi. 📌 Kimlar a'zolikka olinishi mumkin? Kunduzgi va kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoki shu sohaga qiziqqan faol talaba-yoshlar suhbat asosida tanlab olinadi. ✨ “Qalqon” jamoatchilik guruhining vazifalari: 🔹 Ta’lim muassasasi hududi osudaligini ta’minlash; 🔹 Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish; 🔹 Shubhali holatlar haqida tezkorlik bilan tegishli organlarga xabar berish; 🔹 Talabalar o‘rtasida profilaktika va targ‘ibot-tushuntirish tadbirlarini o‘tkazish; 🔹 Jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashish. 🔹 Talabalar o‘rtasidagi nizolarni bartaraf etishda, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni aniqlash va huquqiy tarbiyaviy suhbatlar o‘tkazishda qatnashish; 🔹 O‘z faoliyatini maxsus forma va guvohnoma bilan olib borish; 🔹 Darsdan bo‘sh vaqtlarda belgilangan hududlarda navbatchilikni amalga oshirish; 🎖 A’zolarning imtiyozlari: 💴Faol a’zolar uchun har oy bazaviy stipendiyaning 50% gacha qo‘shimcha rag‘bat olish imkoniyati mavjud. 🏅 Fidoyi a’zolar davlat mukofotlari, “O‘zbekiston belgisi” va boshqa yuksak nishonlarga tavsiya etiladi. 👮🏼‍♂️ Bitiruvchi a’zolar ichki ishlar organlari, mudofaa tizimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tavsiyanoma asosida ishga joylashish huquqiga ega bo‘ladilar. 👨🏼‍✈️ Jismoniy va ruhiy jihatdan talabga mos faol a’zolar muddatli harbiy xizmatga qabul qilinishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladilar. 👕 Barcha a’zolar maxsus forma va shaxsiy guvohnoma bilan ta’minlanadi. 👨🏻‍💻 Faol a’zolar xalqaro va respublika darajasidagi tanlovlar, musobaqalar va o‘quv-seminarlarga jalb qilinadi. 📲 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://forms.gle/GxLphzXRmDGCFj5K6 🛡 “Qalqon” – intizom, mas’uliyat va sharaf ramzi! 🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring! 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
9 843
14
#rasmiy_xabar ⚡️Andijon davlat pedagogika institutida yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi 2026/2027-o‘quv yilida An
#rasmiy_xabar ⚡️Andijon davlat pedagogika institutida yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi 2026/2027-o‘quv yilida Andijon davlat pedagogika institutida o‘quv jarayonlari quyidagi grafikda boshlanadi: ✅1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan; ✅2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi. Super kontrakt asosida o'qish istagida bo'lgan talabgorlar Andijon davlat pedagogika instituti talabasi sifatida 7-sentyabrdan o‘qishni boshlashlari mumkin. Super-kontrakt asosida o‘qishga kirish tartibi, to‘lov miqdori, zarur hujjatlar hamda boshqa muhim masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot olish uchun institutning Qabul markaziga murojaat qilishingiz mumkin. 📞 Murojaat uchun telefonlar: +998 77 110 01 75 +998 77 120 01 75 +998 74 224 44 09 +998 74 224 01 72 Talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlari bo'yicha batafsil ma'lumot olish uchun maxsus elektron platforma: https://adpittj.netlify.app/ 🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring! 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
845
15
ADPIda o‘qish istagi bormi? Imkoniyat qo‘lingizda! Andijon davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun tabaqalas
ADPIda o‘qish istagi bormi? Imkoniyat qo‘lingizda! Andijon davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) asosida o‘qish imkoniyati mavjud. Kirish imtihonlarida Andijon davlat pedagogika institutini tanlagan, imtihon natijalariga ko‘ra 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur imkoniyatdan foydalangan abituriyentlar Andijon davlat pedagogika instituti talabasi sifatida 2-sentyabrdan o‘qishni boshlashlari mumkin. Super-kontrakt asosida o‘qishga kirish tartibi, to‘lov miqdori, zarur hujjatlar hamda boshqa muhim masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot olish uchun institutning Qabul markaziga murojaat qilishingiz mumkin. 📞 Murojaat uchun telefonlar: +998 77 110 01 75 +998 77 120 01 75 +998 74 224 44 09 +998 74 224 01 72 🎓 Andijon davlat pedagogika instituti — kelajagingiz sari ishonchli qadam! 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
1 186
16
🚀 MBSI JOB FAST Kelajagingizni biz bilan boshlang! MBSI School jamoasi o’z safini kengaytirmoqda va iqtidorli mutaxassislarn
🚀 MBSI JOB FAST Kelajagingizni biz bilan boshlang! MBSI School jamoasi o’z safini kengaytirmoqda va iqtidorli mutaxassislarni ishga taklif qiladi. 📌 Bo’sh ish o’rinlari: 🌍 Xalqaro ta’lim • IELTS Instructor • SAT Instructor 💻 Texnologiya • IT mutaxassisi • AI mutaxassisi 🧠 Qo’llab-quvvatlash • Psixolog 📚 Fan o’qituvchilari • Biologiya • Kimyo • Matematika • Tarix • Ona tili • Rus tili • Huquq Va barcha fanlar 📅 Sana: 3-avgust (Dushanba) 🕘 Vaqt: 09:00 📍 Manzil: Baliqchi tumani Sarnavul MFY 💻 Ariza uchun 🔗 LINK 📄 CV bilan tashrif buyuring! Kelajak ta’limi siz bilan boshlanadi. MBSI jamoasining bir qismiga aylaning! 💬Telegram | 📹Instagram
2 302
17
🥹 RONALDU SHOK QARORNI QABUL QILDI! 🚨 SHOSHILINCH! Krishtianu Ronaldu futbol olamini larzaga soladigan qarorini e'lon qildi
🥹 RONALDU SHOK QARORNI QABUL QILDI! 🚨 SHOSHILINCH! Krishtianu Ronaldu futbol olamini larzaga soladigan qarorini e'lon qildi! U Andijon davlat pedagogika institutida o'qimoqchi Video AI yordamida tayyorlandi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube
3 061
18
Andijon davlat pedagogika institutining faol bitiruvchisi Akmaljonov Akbarjonni bugungi qutlug‘ tavallud ayyomi hamda erishga
Andijon davlat pedagogika institutining faol bitiruvchisi Akmaljonov Akbarjonni bugungi qutlug‘ tavallud ayyomi hamda erishgan muvaffaqiyatlari bilan chin dildan muborakbod etamiz! 🎓🎉 ​Siz talabalik davringizda institutimiz nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shib, jamoat ishlarida haqiqiy o‘rnak bo‘ldingiz. Ushbu quvonchli kunda sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr va kelgusi mustaqil hayotingiz hamda kasbiy faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. ​Yangi yoshingiz yangi marralar va omadlar olib kelsin! Yo‘lingiz doimo ochiq bo‘lsin!
2 811
19
🇺🇿DXX kubogi final uchrashuvi yakuniga bag'ishlangan tantanali taqdirlash marosimi ⚽️Barcha futbol ixlosmandlarini g'olib v
🇺🇿DXX kubogi final uchrashuvi yakuniga bag'ishlangan tantanali taqdirlash marosimi ⚽️Barcha futbol ixlosmandlarini g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimiga hamda unutilmas gala konsert dasturiga taklif etamiz. 🧾Mehmon san'atkor Gulinur ishtirokida bayramona konsert dasturi taqdim etiladi. 📍Manzil: Andijon shahar, Bobur arena ⏰Sana: 17-iyul ⭐️Vaqt: 19:00 🩺Bayramona kayfiyat va unutilmas lahzalarni birgalikda baham ko'raylik! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
2 009
20
Andijon davlat pedagogika institutining eng faol, tashabbuskor va iqtidorli yoshlari — Odilov Komiljon hamda Nuriddinova Madi+1
Andijon davlat pedagogika institutining eng faol, tashabbuskor va iqtidorli yoshlari — Odilov Komiljon hamda Nuriddinova Madinani bugungi quvonchli kun bilan chin dildan muborakbod etamiz! ​Siz kabi shijoatli va intiluvchan yoshlar institutimiz hayotiga o‘zgacha jo‘shqinlik olib kirib, barchaga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Jamoat ishlaridagi faolligingiz va o‘qishlaringizdagi muvaffaqiyatlar hech qachon sizni tark etmasligini tilaymiz. ​Kelgusi barcha ezgu maqsadlaringiz va rejalaringizda omad hamda zafarlar doimo hamrohingiz bo‘lsin! Kelajakda yuksak marralarni zabt etishingizga ishonamiz.
2 237