SMART EDUCATION
الذهاب إلى القناة على Telegram
📍Namangan viloyati. 📍Chust tumani. 📍Varzik qishlogʻi. 🔰 "SMART STUDY" oʻquv markazining telegramdagi rasmiy sahifasi. ☝Bizda barcha fanlarga mavjud! ⏩ Manzil: Varzik markazi. | Mo'ljal: Chinor kafe ro'pasi. Murojaat uchun: ☎️ Tel: +998772861086
إظهار المزيد697
المشتركون
-224 ساعات
-107 أيام
-4030 أيام
أرشيف المشاركات
⚡️Huquq fanidan milliy sertifikat olishni maqsad qilgan har bir nomzod huquqiy hujjatlar bilan muntazam ishlashi zarur. Konstitutsiya, kodekslar, qonunlar, Prezident farmon va qarorlari, Hukumat qarorlari hamda sertifikat dasturida nazarda tutilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni puxta o'rganish yuqori natijaga erishishning asosiy omillaridan biridir.
Huquq fanida muvaffaqiyatga erishish keng qamrovli bilim, izchil tayyorgarlik va huquqiy hujjatlarni chuqur o'zlashtirishni talab qiladi.
📢 Abituriyentlar diqqatiga!
Siz imtihon topshirdingiz. Endi esa 8-avgustgacha yana 3 ta muhim ishni qilishingiz kerak.
1️⃣ Qaysi yo‘nalishda o‘qishni xohlaysiz?
O‘zingizga yoqqan 5 tagacha yo‘nalishni tanlaysiz.
2️⃣ Qanday o‘qishni xohlaysiz?
Har bir yo‘nalish uchun:
- 🏫 Kunduzgi,
- 🌙 Kechki,
- 💻 Masofaviy (uydan turib)
ta'lim shaklidan birini tanlaysiz.
3️⃣ Siz uchun nima muhimroq?
Ikki xil tanlov bor:
🎓 Grant muhim – "Qaysi yo‘nalish bo‘lsa ham mayli, faqat grantga kiray."
📚 Yo‘nalish muhim – "Men aynan shu yo‘nalishda o‘qimoqchiman. Kerak bo‘lsa kontrakt bo‘lsa ham roziman."
❗ Eng muhimi: Agar 8-avgustgacha yo‘nalish tanlamasangiz, o‘qishga qabul qilinmaysiz.
@SMART_STUDY_LC
❗️Namangan Ichki Ishlar akademik litsey ballari @SMART_STUDT_LC rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.
Litseyga oʻqishga topshirgan doʻstlaringizni shu kanalga taklif eting!
@SMART_STUDY_LC
🔹 Eslatma, imtihonlarning yakuniy natijalari kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng besh kun ichida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz, shuningdek, akademik litseyning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.
Demak, Akademik litsey (SHOʻRO)chilar natijalaringiz 1-avgustgacha chiqishi kerak!
@SMART_STUDY_LC
📢 Hurmatli nomzodlar!
Imtihon ortda qoldi. Endi esa eng hayajonli lahzalar – natijalarni kutish boshlandi.
Shu vaqtgacha qilgan mehnatingizga ishoning. Imtihonda qanday his qilganingiz emas, bergan javoblaringiz natijani belgilaydi. Shuning uchun ortiqcha xavotirga berilmang.
Bugun kimdir o'zini juda yaxshi his qilayotgandir, yana kimdir ayrim savollar sabab biroz tushkunlikka tushgandir. Ammo haqiqiy bahoni faqat natijalar ko'rsatadi.
Sabr qiling va yaxshi xabar kuting. Ilohim, har biringizning mehnatingiz besamar ketmasin, ota-onangizning duolari, ustozlaringizning mehnati va o'z intilishingiz sizni ko'zlagan maqsadingizga yetkazsin.
🤲 Barchangizga omad va yuqori natijalar tilaymiz!
📚 Hurmatli nomzodlar!
Kechani kecha, kunduzni kunduz demay mehnat qilgan barcha nomzodlarga bugungi imtihonda ulkan omad tilaymiz!
Alloh qilgan barcha mehnatlaringizni zoye qilmasin. O'rgangan bilimlaringiz, chekkan mashaqqatlaringiz va qilgan har bir harakatingiz o'zining munosib samarasini bersin.
Ilohim, bugungi sinovda barchangiz xotirjam va ishonch bilan test topshiring. Yuzlaringiz yorug' bo'lib, yuqori natijalar bilan Ichki ishlar vazirligi akademik litseyiga o'qishga qabul qilinishingizni tilaymiz.
Barchangizga omad, muvaffaqiyat va zafar yor bo'lsin! 🤲
Biz sizlarga ishonamiz!
Imtihon boʻladigan joy (hudu) LOKATSIYASI
Hurmatli abituriyentlar!
O‘tish ballarini hozirning o‘zida hatto BMBA direktori Majid Karimov ham aniq ayta olmaydi.
Shuning uchun "O‘tish balli necha bo‘ladi?", "Ball tushadimi yoki ko‘tariladimi?" kabi savollarni bermasligingizni so‘raymiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda turli shaxsiy taxmin va fikrlar tarqalishi mumkin. Biroq bu ularning albatta to‘g‘ri ekanini anglatmaydi.
Natijalar e'lon qilingandan so‘nggina o‘tish ballari aniq bo‘ladi. Ungacha esa ball pasayishi yoki ko‘tarilishi haqida hech kim ishonchli ma'lumot bera olmaydi.
@SMART_STUDY_LC
RASMIY MUNOSABAT
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqda 2026-yil aprel oyida o‘tkazilgan tarix fanidan milliy sertifikat imtihonlari yuzasidan avval tarqalgan ma’lumotlar yana muhokama qilinmoqda. Shu munosabat bilan Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qiladiki, o‘sha vaqtda imtihon savollari oldindan tarqalgani haqidagi da’volar o‘z tasdig‘ini topmagan.
Tahlil doirasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan savollar aprel oyidagi milliy sertifikat imtihonlarining barcha smenalarida qo'llanilgan test topshiriqlari bilan birma-bir solishtirildi. Aynan bir xil savol aniqlanmadi. Ayrim savollarning bir mavzuga tegishli bo'lishi tabiiy, chunki barcha topshiriqlar yagona o'quv dasturi doirasida tuziladi.
2026-yil 14-may kuni Agentlik vakillari va mavzuni yoritgan ommaviy axborot vositalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tib, unda tahlil natijalari taqdim etildi. “Xalq ta’limi Info” tahririyatiga ham imtihon jarayonlari va test natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar berildi — shu asosda 20 may kuni qo‘shimcha tahliliy maqola e’lon qilindi: https://xalqtaliminfo.uz/post/1604
Test topshiriqlarining maxfiyligini ta’minlash Agentlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biridir. Test bazasi joylashgan serverlar internet tarmog‘idan to‘liq ajratilgan yopiq infratuzilmada saqlanadi va ularga tashqi tarmoqlar orqali ulanish imkoniyati mavjud emas. Materiallardan foydalanish huquqi faqat maxsus vakolatga ega, cheklangan doiradagi xodimlarga beriladi. Topshiriqlarni yaratish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llashning barcha bosqichlarida ko‘p bosqichli xavfsizlik va nazorat mexanizmlari amal qiladi.
Shuningdek, har bir test sinovidan so‘ng ilmiy tahlillar muntazam o‘tkazib boriladi: topshiriqlarning murakkablik darajasi, ishtirokchilar natijalari xalqaro ilmiy yondashuvlar asosida baholanadi. Natijalar ochiqlik tamoyili asosida Agentlikning rasmiy veb-saytida muntazam e’lon qilib boriladi: https://uzbmb.uz/page/tahlil
Jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik, rasmiy manbalarga tayanish hamda jamoatchilikni chalg‘ituvchi xabarlardan tiyilishni so‘raymiz. Ayrim davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, imtihonlar atrofida tasdiqlanmagan gap-so‘zlarning tarqalishi ko‘pincha eng avvalo yoshlarning o‘ziga — ularning ruhiyatiga, mehnatiga bo‘lgan ishonchiga ta’sir qiladi. Shu bois har bir xabarni tarqatishdan oldin uning haqqoniyligiga ishonch hosil qilish barchamizning yoshlar oldidagi umumiy mas’uliyatimizdir.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📢 DIQQAT, NOMZODLAR VA OTA-ONALAR!
Ichki ishlar vazirligi Namangan akademik litseyiga 2026/2027-o‘quv yili uchun yakuniy test sinovlari quyidagi tartibda o'tkaziladi:
📅 Sana: 24-iyul 2026-yil
🕢 Vaqt: 07:30
📍 Manzil: Namangan viloyati, Davlatobod tumani, Yuksalish mavzesi, "Tadbirkor" MFY, 92-uy. Bilim va malakalarni baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosi.
📄 O‘zingiz bilan olib kelishingiz shart:
✅ Abituriyent ruxsatnomasi; ✅ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ID karta, pasport yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi).
❗ Eslatma: Belgilangan vaqtda kelmagan yoki kerakli hujjatlarsiz kelgan nomzodlar test sinovlariga kiritilmaydi.
🚫 Test hududiga mobil telefon, aqlli soat, quloqchin, kalkulyator hamda boshqa taqiqlangan buyumlarni olib kirish qat'iyan man etiladi.
🍀 Barcha nomzodlarga yakuniy test sinovlarida ulkan muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz!
Oʻquvchilar Ahmedov Sunnatillo ustozning oʻquvchilar SEETIFIKAT va IIV SHOʻRO guruhdagilar ertaga (chorshanba) soat 14:00 da hamma oʻquv markazga kelsin!!!
⚡️Akademik litseylarga kirish testlari uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Abituriyentlar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini olishi mumkin:
1️⃣ my.edu.uz hamda my.gov.uz platformalarida shaxsiy kabinetga login va parol bilan kirgan holda yuklab olishi;
2️⃣ Bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.
Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kamida 1,5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma yoki pasport) va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelish so‘raladi.
📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi.
