cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

إظهار المزيد
Uzbekistan19 529لم يتم تحديد اللغةالقانون2 819
مشاركات الإعلانات
2 504
المشتركون
+124 ساعات
+87 أيام
-1130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

❗️O‘ZINI O‘ZI BAND QILGAN AHOLIGA BIZNES TASHABBUSLARINI MOLIYALASHTIRISH UCHUN KREDITLAR BERILADI 📄 02.04.2024 yil kungi PQ-149-son "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilingan ➖Qarorga ko‘ra, 2024 yil 1 apreldan 2024 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar o‘zini o‘zi band qilgan, biroq asosiy ish joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga quyidagicha ajratilishi belgilangan: ✅ 33 million so‘mgacha, bir yildan so‘ng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qo‘shimcha 50 mln so‘mgacha revolver asosida; ✅ ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yo‘nalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishi uchun; ✅ yer maydoni 10 sotixdan ortiq bo‘lgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga 50 mln so‘mgacha garovsiz; ✅ 10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln so‘mgacha garovsiz. ➖ Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi vakolatli banklar bilan birgalikda 2024 yil 1 iyuldan mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishi monitoringini va ularning samaradorligini baholash mexanizmini joriy etadi. ✏️ Revolver asosda degani — bir muddatga olingan kredit qaytarilganidan keyin avvalgi tuzilgan shartnomaga ko‘ra, qo‘shimcha muzokaralarsiz yana shuncha miqdorda kredit olish ma’nosi tushuniladi. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
إظهار الكل...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 2
❗️MEHNAT SHARTNOMASIGA QANDAY SHARTLAR KIRITILMASLIGI KERAK ? 📄 Mehnat kodeksining 105-moddasiga ko‘ra, mehnat shartnomasining mazmuniga: ▪️xodimning holatini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan yomonlashtiradigan; ▪️mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash to‘g‘risidagi talablarni buzadigan; ▪️majburiy mehnatni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan; ▪️xodimni qonunga xilof harakatlarni yoki ham xodimning, ham boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan, hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan, sha’niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlar kiritilmasligi kerak, agar ular kiritilgan bo‘lsa, haqiqiy bo‘lmaydi. ❗️Mehnat shartnomasi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi mehnat shartnomasining to‘lig‘icha haqiqiy emasligiga sabab bo‘lmaydi. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
إظهار الكل...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 3🔥 1
Subsidiya bo‘yicha kelayotgan ko‘plab savollarga javoblar.
Subsidiyani yashash joyidan qat’iy nazar barcha xududdan olish mumkinmi? Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga ajratilgan subsidiya ushbu hududdagi aholi tomonidan belgilangan taqsimot doirasida tuman yoki shahardan olishi mumkin. Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan fuqaro subsidiya dasturi doirasida Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishga haqli. Bunda ipoteka krediti Toshkent viloyati uchun belgilangan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori doirasida ajratiladi hamda boshlang‘ich badal bo‘yicha subsidiya to‘lovi uy-joy joylashgan tuman (shahar) moliya bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Subsidiya uchun ish hqani aniqlashda agar ish haqi belgilangan mezonga yetmasa farzandning daromadi qo‘shilishi mumkinmi? Agar ariza beruvchining va uning turmush o‘rtog‘ining o‘rtacha oylik daromadlari miqdori ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan me’yorlardan kam bo‘lsa, uning daromadlari hisob-kitobiga ularning turmush qurmagan farzandlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin. Talabgaor nechi bal to‘plaganda subsidiya olishga haqli hisoblanadi? Ijtimoiy mezonlar asosida baholangan ariza beruvchi 30 va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda, talabgor sifatida tan olinib, kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olishga haqli deb hisoblanadi. Qaysi holatlarda subsidiyaga ariza rad qilinadi? Quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish rad etiladi: 👉 taqdim etilgan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda; 👉 taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda; 👉 ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiya olgan (avval olingan uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) oila a’zolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda; 👉 joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda; 👉 ariza beruvchi va/yoki oilaning o‘rtacha oylik daromadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori; Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori bo‘lganda. Agar talabgorlar soni oshib ketsa, subsidiya kimga beriladi? Subsidiya ajratiladigan talabgorlar soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga ajratilgan subsidiya parametrlaridan oshib ketgan taqdirda, kalendar tartibga ko‘ra hujjatlarni birinchi bo‘lib topshirgan ariza beruvchi talabgor sifatida tan olinadi. Ya’ni xujjatni vaqtliroq topshirish ham muhim ro‘l o‘ynaydi Subsidiya miqdori qancha bo‘ladi? 2024 yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 12 foizdan oshgan qismiga to‘lanadi. Birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 2024 yilgi Dasturdan boshlab qat’iy belgilangan 30 million so‘m miqdorida to‘lanadi. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
إظهار الكل...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 1
❗️ER VA XOTINNING ALOHIDA MULKLARI 📄 Oila kodeksining 25-moddasiga asosan, ➖ Er va xotinning nikohga qadar o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki, shuningdek ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining o‘z mulki hisoblanadi. ✔️ Nikoh davomida er-xotinning umumiy mulki yoki ulardan har birining mol-mulki yoxud er va xotindan birining mehnati hisobiga mol-mulkning qiymati ancha oshishiga olib kelgan mablag‘lar (kapital ta’mirlash, qayta qurish, qayta jihozlash va boshqalar) qo‘shilgani aniqlansa, er yoki xotindan har birining mol-mulki ularning birgalikdagi mulki deb topilishi mumkin. ✏️ Masalan, uy-joy erga otasidan meros bo‘lib o‘tgan va yuqoridagi norma bo‘yicha uy erning shaxsiy mulki xisoblanadi. Ya’ni, uy-joy uning xotini bilan birgalikdagi mulki emas, alohida o‘ziga qarashli mulk sanaladi. Manashunday holatda agar o‘sha uy-joyga xotinning mablag‘i xisobiga qo‘shimcha qurilish qilingan bo‘lsa yoki qayta ta’mirlangan, xullaski xotinning xisobidan nimadir qilingan va shuni evaziga o‘sha mulkning qiymati aaancha oshgan bo‘lsa, endi u mulk erning shaxsiy mulki emas, er va xotinning birgalikdagi mulki deb topilishi mumkin. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
إظهار الكل...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 6
#Bilasizmi ❗️Oliy ta'lim muassasalarining pedagogika yo'nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo'limlarning 3-4-kurslarida o'qiyotgan shaxslar davlat maktabgacha ta'lim tizimida pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin. ☑️ Bunda ularga o'rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotga ega bo'lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi. Kanalga ulanish👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
إظهار الكل...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 4
#2024_yil_1_iyundan ✅ Qonunchilikka ko'ra, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so'mdan subsidiya to'lanadi. ❕Bundan byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar mustasno. 🔘Bunda: 🔹subsidiya 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan to'lanadi; 🔹mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida ro'yxatdan o'tkazilgan mehnat shartnomasi subsidiya to'lash uchun asos bo'lib hisoblanadi; 🔹mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar deb xorijda 3 va undan ortiq oy mobaynida mehnat faoliyati bilan shug'ullanib, yashash manziliga qaytib kelganligiga bir yildan ko'p vaqt bo'lmagan shaxslar tushuniladi. Kanalga ulanish👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
إظهار الكل...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 1
#savol ⁉️ Kimlarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi? ‼️ Vazirlar Mahkamasining "Yo’l harakati qoidalarini tasdiqlash to’g’risida"gi 172-sonli qaroriga ko'ra quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat berilgan: ✅️ avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar; ✅️ o‘quv-mashq transport vositasini o‘quvchi boshqarayotgan vaqtda instruktorga ✅️ homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlar (Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasalliklar ro‘yxatiga muvofiq va ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lganda); ✅️ xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari haydovchisi va yo‘lovchilari. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
إظهار الكل...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ Keyingi yildan chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga sertifikat olish majburiy bo‘ladi 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi. Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi. Kanalga ulanish 👇 @Fuqarolik_sud
إظهار الكل...
👍 3😁 2🔥 1🤔 1
❗️BOQUVCHISI BO‘LMAGAN XOTIN-QIZLARNING UY-JOYINI TA’MIRLASH UCHUN ULARGA 10 200 000 SO‘MGACHA MABLAGʻ AJRATILISHI MUMKIN 📃 Vazirlar Mahkamasining 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning bir nechta yo‘nalishlari ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra, ➖ boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida og‘ir turmush sharoitidagi (uy-joyi ta’mirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan) xotin-qizlarning uy-joyini ta’mirlash ishlari olib borilishi ko‘rsatilgan. ➖ Qarorda xar bir uy-joyni ta’mirlash ishlariga «Ayollar daftari» jamg‘armasi hisobidan bazaviy hisoblash miqdori (Hozirgi kunda 340 000 so‘m)ning 30 baravari (10 200 000 so‘m)gacha miqdorda mablag‘ ajratilishi belgilangan. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
إظهار الكل...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 3
⚡️Rasman: Qabul endi 5-iyundan boshlanadi. Atigi 10 kun qoldi! 🇺🇿 Prezidentning tegishli farmoniga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy va professional taʼlim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish boʻyicha imtihonlar “avval test, soʻng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda oʻtkazilishi belgilansin. Bunda: 👉 abituriyentlar oʻz tanloviga koʻra test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga, soʻng professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; 👉 davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: ➖ birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25 iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun roʻyxatdan oʻtadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, taʼlim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon boʻlsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy taʼlim muassasasini tanlaydi; oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida oʻtkaziladi; ➖ ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida oliy taʼlim muassasasi, bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va taʼlim shaklini tanlaydi. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
إظهار الكل...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 5