cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Kitobgoh

Kanal ochildi: 13.01.2022 Tananing rohati bilan ilmga erishib boʻlmaydi. https://t.me/Kitobgoh/4504 #eslatma: reklama olinmaydi.

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
225
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-47 أيام
+1530 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#yaxshilikka Hech qachon "yo'qotma" demayman. Yo'qotib-yo'qotib top. Asli mana shu yo'qotganlaring–topganlaringdir. Qadrlilar–qayta-qayta yo'qotilishlar evaziga topilganlardir. Asl Haqiqatimiz bir! Unutma. Ba'zi narsalarni qadrlash uchun ham yo'qotib turish kerak gohida. Shu post ohirgisi bo'lishini istadim @Kitobgoh
إظهار الكل...
#mutolaa Imom G'azzoliy o'limiga yaqin baʼzi ashoblari vasiyat qilishini so'rashganida: "Ixlosni lozim tut", dedi va joni uzilgunicha shu gapni takrorlayverdi. "Ey farzand" ©G'azzoliy (Odinaxon Muhammad Sodiq tarjimasi)
إظهار الكل...
👍 4🔥 3🥰 2
00:11
Video unavailableShow in Telegram
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari asarlari. Garri, shuncha kitobni oʻqib tashlashing kerak, oʻqib amalga kiritishing kerak. He, koʻzlar quvonsin🥲🫀qanday barakali umr.
إظهار الكل...
4.31 MB
🔥 4👍 2🥰 2
#news Xalq, sizlarga bir yangilik. Husaynxon Buxoriyning Sakandariy hikmatlari sharhi darslarini bugundan boshlab tartib bilan o'zlashtirib bormoqchimiz. Bu darslarning oʻzim qiziqqan bir-ikkitasini oʻtgan yili eshitgandim, miyani tozalab, dunyoga munosabatni o'zgartiradi. Eng kamida, odam oʻz qadrining nimalardan ustun turishini anglab yetadi. Xullas, shuni boshidan oʻrganish fikri kelib qoldi. Istovchilar bizga qo'shilishi mumkin: o'rtacha 1 haftada 2 ta dars o'zlashtirishga harakat qilamiz. #parcha Allohdan biror narsa so'ralsa, qalb unda sodiq turishi kerak. *odam bitta narsani so'raydida, berilish kechiktirilsa or qiyinchiliklar kelsa, qalb o'rtada boʻlib qoladi: ya'ni voz kechishga moyil. Qaysidir kitobda oʻqigandim, Alloh sinab ham koʻrarkan: shu qarorida qat'iymi, berilishiga arziydimi?! Bu darsda ixlosning men anglab yetmagan yangi ma'nolari ochildi: niyatning borligi bir masala, ixlosning borligi boshqa masala, ixlosda muntazam sodiq tura olish esa yana bir mashaqqatli jarayon. Odam shunday xususiyatga ega: "Agar unga yomonlik yetsa, chidamsizdir. Va agar yaxshilik yetsa, ko‘p man qiluvchi (baxil)dir"(Maorij surasi, 20–21-oyatlar). Yana oʻsha ma'no kelib chiqdi: qasd bilan niyat qilindimi, oxirigacha qat'iy turish kerak. Lekin bizda nafs ham borki, har soniya yengillikka intiluvchi. Odam oʻzini anglab yetishga harakat qilishi kerak, shunda muammolar oson hal boʻlar. #parcha_2 Bizni dunyoga bog'layotgan narsalar oʻzlari orqali bizni Allohga bogʻlashi kerak, shu toʻgʻri tanlov boʻladi. Dunyodagi sizga erkin berib qoʻyilgan narsalardan oʻzingizni cheklab ortiqcha bir martabaga erisholmaysiz, oʻsha narsalarga nafsingiz moyil qilib yaratilgan. Siz oʻsha narsalardan toʻgʻri foydalanish, haddlarini oʻrganib, amal qilishingiz kerak. Agar odam toʻgʻri yashasa, ishi faqat ibodat qilishdan iborat boʻlgan farishtalardan ustun boʻla oladi. #xulosa: bizni dunyoga bog'layotgan narsalar bilan holatimiz qandayligini muntazam tahlil qilib borishimiz, shunga qarab harakat/qaror qilishimiz kerak. Sarflangan vaqtiga arziydi ✅highly recommend. Kirish | Himmatlarni uyg'otish, 1-dars | Husayn Buxoriy https://youtube.com/watch?v=ZoVF5P_CFIw&si=eG4GQcThSewdCRR6
إظهار الكل...
Kirish | Himmatlarni uyg'otish, 1-dars | Husayn Buxoriy

Husayn Buxoriyning rasmiy YouTube sahifasi. «Himmatlarni uyg'otish» (Sakandariy hikmatlarining sharhi). 1-dars Mavzu: Kirish Mundarija: 00:00 — Kirish. Yangi kitobni dars qilib boshlash tarixi 01:00 — «Sakandariy hikmatlari sharhi» kitobi muallifi Ahmad ibn Muhammad ibn Ajiba rohmatullohi alayh 04:52 — Tasavvufning, tariqatning yoʻli amalni xolis Allohga qaratishdir 20:37 — Tariqat shayxlari har xil boʻladi 23:38 — Ibn Ajiba rohmatullohi alayhning ustozi unga qilgan nasihati: «Sodiq va muhabbatli boʻl» 28:45 — Ibn Ajiba rohmatullohi alayh oʻzlarida kuzatiladigan xos holatlari haqida aytganlari 31:20 — «Sakandariy hikmatlariga sharh» kitobi muqaddimasi 50:17 — «Tasavvuf ilmida yozilgan eng buyuk asarlardan biri «Xislatli hikmatlar sharhi» (Hikam) kitobidir» 51:09 — Kitobda koʻp keladigan jumlalardan: mulk, malakut, jabarut 54:03 — «Agar namozda Qurʼondan boshqa narsa oʻqilganda, albatta, Hikamni oʻqishgan boʻlardi» 55:22 — «Sakandariy hikmatlariga sharh» kitobining yozilish tarixi 57:11 — Kitobdagi birinchi muqaddima — tasavvufning haqiqati. Bir bayt sharhi 01:02:19 — Kitobdagi ikkinchi muqaddima — muallifning tarjimai holi va u kishining goʻzal sifatlari zikri 01:02:25 — Tasavvufning taʼriflari 01:13:22 — Soʻfilar haqida, soʻfining taʼrifi 01:29:41 — Nega tasavvufning taʼriflari har xil? 01:31:31 — Tasavvuf Alloh taologa sodiqlik va muhabbat bilan yuzlanish ekan, uning shartlari qanday? 01:39:03 — Xotima Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ▪️ Instagram:

https://instagram.com/husayn_buxoriy?igshid=YmMyMTA2M2Y=

▪️ Telegram: http://t.me/Husayn_Buxoriy ▪️ Facebook:

https://www.facebook.com/husaynbuxoriy

❗️ Eslatma: Videodan foydalanganda manba keltiring! Shiorimiz: 1. Ahli sunna val jamoa mazhabi asosida pok aqiyda va musaffo islomga intilish. 2. Qur'on va sunnatni o'rganib amal qilish. 3. Islomiy ma'rifat taratish. 4. Salafi solih-ulug' mujtahidlarga ergashish. 5.Kengbag'irlik va birodarlik ruhini tarqatish. #shayx #husaynxon #yahyo #abdulmajid #husaynbuxoriy #husayn_buxoriy #hasanxon #hasanqori #hasan #tibyan #maruza #suhbat #nashid

👍 3
2:00:33
Video unavailableShow in Telegram
#film Tarixiylik, vatanparvarlik g'oyalarini targʻib qilish maqsadida emas, shunchaki bu film koʻrib chiqishga arzishi uchun ulashyapman. 3-4 kunlik nonushta-abedda tugatdim🤓, sizlar ham qoʻllab koʻringlar: bekorchi xayol/gaplarning oʻrniga miya oziqlanib turadi. *Baribir buyurtmaga ishlangani bilinib turibdida baʼzi oʻrinlarda yaqqol*. P/s. Men togʻlarda odamlardan, har qanday shovqinlardan uzoqda, kenglikda yashaydiganlarga havas qilaman. Hozirgi kunimiz jamoatsiz o'tmas, ehtimol. Lekin odamning koʻngli xotirjamlik, tinchlik, kenglik, poklik istaydi, baribirga. 1 yilda 15 kun boʻlsa ham "ittopmas" joylarda maza qilib yashab kelish kerak. Shundan keyingi energiya, yangi fikrlar, hayotga munosabat qanday boʻlishi qiziq. Kelajakda ham faqat ijtimoiy odam boʻlib qolmaslikka harakat qiling. ✅Tavsiya: film va yoqimli ishtaha🔥
إظهار الكل...
Abdulla_Oripov_o’zbek_film_|_Абдулла_Орипов_ўзбек_фильм.mp4694.61 MB
👍 3🔥 2🥰 1
#suhbat *Qasd bilan niyat qilindimi, bu yoʻlda keladigan hammasiga sabr qilish, rozi boʻlish kerak. Ustoz aytdilar: hamma ishda bitta bosqich boʻladi, sindiradigan. Koʻpchilik shu joyda tashlab ketib, niyatiga yetolmasdan, keyin taqdirni ayblab yuradi, noliydi. Oʻsha sindiradigan joyidan sinib boʻlsa ham oshib oʻt. Qolgani g'alaba, qolgani niyating hosili. Hammadek sinib, tashlab ketib, taqdirni ayblab yurma. Qolgan barcha ishlarda ham shu. Amallarning natijasi niyatga bogʻliq. Avval niyating xolisligini aniqlab ol. Xolis boʻlmasa, xolis qil, qiyinmas. Hammasidan eng birinchi koʻngling bilan kelishib ol! #yakshanba_tavsiyasi: dindorligi qanday aniqlanishini bilmayman. Bu eshittirishdan keyin biz bilgan hamma bilimimizni ham amalda qoʻllay olmasligimizni anglab yetdim. Lekin amal qilishga harakat qilish kerak. Aqiydaning har bir masalasi nozik. Juft tanlashda tavakkul qilish haqida https://youtube.com/watch?v=sz3PFLFsh4s&si=9y9yeQkBekooRqOk
إظهار الكل...
Juft tanlashda tavakkul qilish haqida

«Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jome masjidi imom noibi, Qurʼoni Karim xodimi Hasanxon Yahyo Abdulmajid Suhbatni to'liq ko'rish uchun havola

https://www.youtube.com/watch?v=j6UzvwqxH3I

Rasmiy telegram kanalimiz

https://t.me/hasanxondomlauz

Rasmiy instagram kanalimiz

https://instagram.com/hasanxondomla

Savollar uchun telegram bot

https://t.me/hasanxondomla_savol_bot

#hasanxonyahyoabdulmajid #hasanxondomla

👍 2
#nazm Qonimni tomchilab so'r zuluk, Shabnamga to'ldiray ichimni. Darveshga dunyosi bir pulluk, O'ylayman ertangi bichimni. Qachondir iymonga pand berar, Hirs-Temurning kalta oyog'i. Qabrgacha ayon bor sirlar, Nima bo'lar undan nar yog'i?! La-la-layho-o lalalay! ©Jontemir
إظهار الكل...
👍 1
#tavsiya Odam har kuni 3 marta ovqatlanishga qanchalik muhtoj boʻlsa, fikrlarining tiniq turishi va keng boʻlishi uchun ham har kuni oz boʻlsa-da, nadir oʻqib turishi kerak. Zamonaviy adabiyotdan sizlarga bir hikoya. Yozuvchining ikki hikoyasini oʻqiganimda, shunisi yaxshiroq ekan, ulashdim. Oʻqishingiz mumkin. #parcha Kichkintoy ayiqchalar haqidagi qo‘shig‘ini noiloj kuylashga tutindi. Dasturxon yoniga o‘g‘li ham kelib o‘tirdi. Ona-bola huzur qilib qo‘shiq tinglasharkan, nogoh taraklab eshik ochildi. O’girilib qaradi, kelinining oqargan chehrasini ko‘rib nimadir yuz berganini fahmladi. — Otam, haligi otam... — o‘kirib yig‘lab yubordi. Azimjon hovliqib o‘rnidan turdi. — O’libdimi? — kampir sovuq tirjaydi. Undagi o‘zgarishni sezishmadi. #kecha: kun davomida atrofimdagi 4 ta o'lim haqida eshitdim, bu 5-. (Umuman olganda, men har joyda va hamma bilan ham avvalo, oʻzini sevish tarafdoriman. Oʻzini qadrlamagan odamdan zarracha qadr kutilmagani maʼqul). Hikoyadan keyin koʻp savollar tugʻiladi. Hech oʻylab koʻrganmisiz: nafrat sevgining cho'qqisi boʻlishi mumkin(mi?!) To'liq matn bu yerda: https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/dilbar-saidova-1951/dilbar-saidova-yig-i-hikoya
إظهار الكل...
👍 2
#oyat 26. U zot iymon keltirib, solih amallar qilganlarning (duosini) ijobat qilur va ularga Oʻz fazlidan hidoyat qilur. 27. Agar Alloh bandalariga rizqni keng qilib qoʻysa, albatta, ular yer yuzida haddan oshib keturlar, lekin U Oʻzi xohlaganiga oʻlchov bilan tushiradi. 46. Va ularga Allohdan oʻzga yordam beradigan hech qanday valiylar boʻlmaydi. Shuuro surasi.
إظهار الكل...
🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#nazm .... Faqat yolg‘iz qolsang, egilar boshing, Ko'zingdan oqadi so'ramay yoshing. Men sog'indingmi, kuydingmi, rahmat... Ko'z yoshing meniki, menini faqat. Usmon Azim @Kitobgoh
إظهار الكل...
👍 5
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.