cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

ILM SARI QADAMLAR

Kanalimiz maqsadi. Internet tarmog'idan yaxshi maqsadlarda foydalanib,kitoblar,kinolar,multfilimlar va islomga zid bo'lmagan muboh nashidlar,va har xil hayotimizga kerak bo'ladigan bir muncha foydali malumotlarni siz azizlar bilan baham ko'rish.

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
188
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#MENI_ESLA #N_7 --Bizmi???Bizga sen keraksan!!!- dedi kulgancha barzangi --Tushunmadim?? --Nimasini tushunmaysan!? Qizaloq??? --Yo'lingdan qolma!!! Otam bilsa tirik qolmaysizlar! --Ouu qo'rqib ketdik.. --qo'rgan bo'lsang juda yaxshi endi yo'lingdan qolma qani!? --Xo'p mayli ketamiz! Otanga bizdan salom ayt! Dedida mashinasiga chiqib ketdi.. Bu xam Muhsinani bir qo'rqitish edi... Bobur Olimov xam piyoda uyiga ketar ekan...Muhsinani ko'rib qoldi..va oldiga bordi... --Muhsina? --Ustoz? --Yaxshimisiz? Rangingiz oqarib ketibdimi... --Yaxshiman ustoz! Siz xech xavotir olmang! --Xop dedida yo'lida davom etdi.. --Xoxlasangiz uyingizga kuzatib qo'yaman....dedi Muhsinaga qarab Bobur Olimov --Ustoz o'zim keta olaman yo'lingizdan qolmang!!! deya Muhsina tez tez qadam tashlaguncha yurar edi.... Uyiga xam kelib oldi...bu masalani dadasiga aytsinmi yoki yo'q??? Xonasiga kirib o'zini yotoqga tashladi... Xayolida barzangi aytgan gaplar edi.. Xamma Mafialar bir xonadi 5 6 ta mafialar suxbat qilib o'tirishar ekan... --Mafialar olamizga yana bir a'zo keldi......dedi Mafialardan biri.... --Kim ekan??? Dedi Rustam Saidov... Eshik ochilib qop qora kastyum shimda "KIMSA" kirib keldi.... --Xayrli kun! dedi jiddiy ohangda --Mana o'zi... --Sizga xam Xayrli kun dedi Rustam Saidov! Rustam Saidov eng katta Mafia edi...ya'ni Mafialarning kattasi! Stullardan biriga joylashar ekan! Rustam Saidovdan ko'zini uzmadi! --O'zingizni tanishtirsangiz! --Men Temur Yo'ldoshev bo'laman dedi qadini tik ko'targuncha! --Bizalarni tanisangiz kerak-a? -dedi mafialardan biri --Albatta taninay bo'ladimi? Ayniqsa Rustam Saidovni yaxshigina taniyman! Zoirovlarni yo'q qilgansiz? Menimcha shundaymi??? Dedi miyig'ida kulib! --Yanglishmadingiz shunday!
إظهار الكل...
#MENI_ESLA #N_10 --Ana xamma chiqib ketdi nima gapingiz bor!? --Joylashib olasizmi? --Gapiravering nima farqi bor???ustoz --Muhsina tog'i qabul qilasizmi?Yoki yo'q bilmadim.....dediyu jim bo'lib qoldi Bobur Olimov --Tushunmadim?! --Bir so'z bilan ayta olamanki Men sizni yaxshi ko'rib qoldim....Niyatim jiddiy ertaga sovchi jo'nataman agar yo'q desangiz....mayli..o'ylab ko'ring!tushundingiz degan umiddaman! dedida xonadan chiqib ketdi... Muhsina bir zum qotib qoldiyu bo'lgan ishlarni tahlil qila boshladi.... Qanaqasiga?? Ustozimku!! Yo'q! Yo'q bo'lishi mumkin emas dedida xonadan otilib chiqib ketdi..... Yo'lda ketar ekan faqat ustozi bo'lmish Bobur Olimovni gaplarini eslar edi... Mafiyalar to'dasi Rustam Saidov xonasida o'tirar ekan eshik taqqilab xonaga yordamchisi Azim hansiragancha kiribkeldi Buni ko'rgan Rustam Saidov --Tinchlikmi, -dedi --Xo'jayin faqat iltimos jahlingiz chiqmasin --Cho'zilmay gapir Azim --Ombordagi barcha qirollar yo'q --Qanaqasiga ?, -dedi jahl bilan Rustam Saidov --Bilmayman hozir yuk kelib u qurollarni olib ketishi kerak edi, -dedi qo'rqibgina --Nega qaramadilaring, -deya stolga bir musht qo'ydi Amir Yo'ldoshev koshonasida vino ichib o'tirar ekan uning ham yordamchisi kirib kelib xushhabarni yetkazdi --Amir Yo'ldoshev biz barcha qirollarni oldik va hammasini sotib yubordik Amir Yo'ldoshev bu habarni eshitib miyiģida kulib qo'ydi va keyingi rejani amalga oshirish haqida o'ylashni boshladi Ertasi kuni Muhsina hayol bilan sinf xonasiga kirar ekan hech oyog'i tortmas edi, sinf xonasiga kirdi hamki  DAXSHAT... Davomi bor... #muallif_mefitun Hikoya o'qiyotganlar reaksiya bildirila...
إظهار الكل...
#MENI_ESLA #N_9 Tuni bo'yi shu narsani o'ylab chiqdi..... Qanaqasiga?? Kim bo'lishi mumkin??? Shuni o'ylab xar kungi ko'radigan odamlarini xayolidan birma bir o'tqizib chiqdi....xech qaysidan gumon qilmadi... Rustam Saidov bugun xammani yig'ilishga chaqirdi... --Eshitishim bo'yicha meni yo'q qilmoqchi bo'lganlar bor ekanmi? - dedi    Tursunov Qodirdan ko'z uzmasdan Rustam Saidov! --Yog'e deya xammasi bir birga qarab qo'ydi... --Shunday qilar ekansiz oxiri nima bilan tugashini bilasizlarmi?, -dedi Rustam Saidov jiddiy ohangda... --Xa xa bilamiz deya qo'rqib turishar edi... Rustam Saidov asta Orqasidagi to'ponchani oldida to'gri Tursunov Qodirni peshonasidan darcha ochib qo'ydi... Bu manzarani ko'rgan 5 6 ta mafia a'zolari Tursunov Qodirga qo'shilganidan qo'rqa boshlar ichida esa o'zini so'kar edi... --Sizlar xam shunday bo'lib qolmanglar dedida o'rnidan turib chiqib ketdi... Muhsina xar doimgidek o'qishda...yana o'sha yoqtirmagan fani Huquq Nazariyasi! Bobur Olimovning darsi xam tugadi... --Muhsina siz qolasizmi??,-dedi eshikdan chiqib ketayotgan Muhsinaga qarab.. --Tinchlikmi ustoz? Dedi orqasiga o'grilib --Xa..tinchlik! Xamma chiqib ketdi...Gulibonu bir dugonasiga qaradida chiqib ketdi..xonada Muhsina va Bobur Olimovda boshqa xech kim yo'q edi.. --ana xamma chiqib ketdi nima gapingiz bor!? #muallif_mefitun
إظهار الكل...
#MENI_ESLA #N_3 Buni eshitgan Muhsina...Nega meni uyga qamashar ekan??? Deya oshxonaga bordi...Qarasa Laylo opa taom pishirmoqda..... --Oxxx xidlaridan nima pishirayabsizaa???dedi Laylo opaga qarab Muhsina.. --Qizim..sen yoqtirgan taomdan pishirayabmanda....dedi kulib Laylo opa Laylo opa Muhsinani yoshligidan beri shu xonadonda..xizmat qiladi......Muhsina xam onasidan ayrilgandan so'ng...Laylo opani oyi deya chaqira boshlagan........ Birin ketin mexmonxonadan xam oila a'zolari chiqishdi....xar doimgidek opasi....uni xonasiga yetakladi... --Xaa opa..men baribir sizlarning bu razil ishlaringizga qo'shilmayman!... --Agar qo'shilmasang 1 yilga yoki 2 yilga shu uyda o'tirasan!!!! Xech qayerga chiqmay! --Uy qamog'i deng dedi miyig'ida kulib Muhsina --Xa shunday dedida eshikni...yopib chiqib ketdi.... Muhsina esa asabiylashgancha qoldi....telefonini yoqib qarasa....Dugonasi Gulibonu telefon qilgan ekan...Muhsina xam qaytib chiqdi.... --Allo....xm olardingiz telefoningizni Muhsinaxonim! Dedi Gulibonu --Xa uzr ko'rmay qolibman.... --O'zi faqat ko'rmay qolasiz....dedi Gulibonu.... --Xo'sh ertaga o'qishga kelasanmi?? Tuzalgandursan? 2 kundan beri xamma seni so'rayabdi dedi Gulibonu sog'ingandek... --Xa...Boraman!....dedida hayollari o'zini domiga tortib ketdi....Qanday boradi axir.....naqd 2 yila???Uy qamog'i..... Yo'q u baribir o'z bilganidan qolmaydi...... --Xa....Rustam Saidovning....kichik qizi bor...dedi rejasini hayol qilguncha...Damir Zoirovning o'ng qo'li Tolib! --Xo'sh biz qizdan emas?! Rustamdan allamimizni olamiz...buni qarabsanki...bu 3 bolasi ojiz qoladi dedi kulgancha  Damir Zoirov --Qanday o'ldirmoqchisiz Xo'jayin???Menda zo'r fikr bor..... Dedida barchasini Damir Zoirovga aytib berdi Tolib! Tolibning bu fikrini ya'ni rejasini eshitgan Damir Zoirov... --Zo'rsandaaa...tan berganman senga!!! Agar shu ish xal bo'lsa....Xammaga og'ziga siqqanucha pulini beraman! Dedi Damir Zoirov Muhsina esa qora rangdagi  sport kiyimini va voshiga qora kepkasini kiydida...ko'chaga chiqib ketdi...Xech kimdan so'ramasdan....Barzangilardan biri chiqishga qo'ymadi...lekin Muhsina esa o'z bilganidan qolmadi.....Piyoda yurar ekan....Toza xavo....Naqadar ajoyib......Muhsina negadur mashinada yurishni yoqtirmaydi....Dadasi mashina olib bergankuya..lekin Muhsinaga toza xavo yoqadi... Katta ko'chaga xam chiqib oldi...yo'lda yurar ekan orqasidan kimdur kuzatayotganini sezdi...va qadamini tezlashtirdi...qancha qadamini tezlashtirmasin...u mashina xam asta asta yurar edi......orqasiga bir qarab qo'ydi...Mashina ichida 2 kishi edi....Buni bildiki...U Zoirovlardan! Biri mashinadan tushib kelar ekan.....Muhsina qo'rqib yugura boshladi....... Davomi bor.... #muallif_mefitun .....
إظهار الكل...
#MENI_ESLA #muallif_mefitun #N_1 Kuz....Qanday ajoyib fasl to'g'rimi.......? Daraxtlarning yarmi sarg'ish rangda.. Toshkent ko'chalari qanday ajoyib.....Piyodalar yo'lakchasida odamlar o'tib qaytar ekan...biri ishga kech qolayabdi...biri esa..bolasini orqasidan quvlagancha yugurayabdi...yana biri esa...hayotdan xafa....nega? Buni o'zidan boshqa xech kim bilmaydi....u yo'lda yurib borar ekan...faqatgina  hayoli  oila a'zolarida edi.....Nahotki yostig'ini quritishsa.... jingarbandlarini ??? Lekin Muhsina necha matotaba aytdi axir...Bu mafiadan qaytishini.... Tez tez qadam tashlab qasrdek uyiga yo'l oldi...atrofga alangilab qarar ekan.....bu olamni xam mafialar qamrab olishgan.....Mana uyiga xam yetib keldi..Uyining oldida 4 ta barzangi ya'ni qo'riqchi turar edi...bir yon atrofga qaradida tez tez qadam tashlagancha  ichkariga kirib ketdi.... --Muhsina qizim keldingmi? Dedi Laylo opa....Muhsinaga qarab..... --Xa oyijon keldim keldim....dedida ustidagi yengilgina plashini illdida xonasiga yugurib kirib ketdi..... Xonasiga kirsa....opasi turar edi...qadini tik ko'targuncha.... --Xa opa tinchlikmi? Dedi opasi Sabixa ga qarab... --Kel o'tir dedi bo'sh stulni burun uchida ko'rsatib.... Muhsina xam tushunmaygina joyiga o'tirdi..Odatda opasi bilan uncha gaplashmas edi......Faqatgina opasi Muhim gapi bo'lsagini Muhsinaning oldiga ya'ni xonasiga kirib gapirar edi... --Singlim...mana 20 yoshdasan.....Ancha ulg'ayding....biz bu mafialar bilan uncha yaxshi emasmiz...bizning kuchimiz yetmay qolshi mumkin! Tog'ri Dadamni o'ldira olmaydi...Buni xech qaysi mafia a'zosini qurbi yetmaydi...lekin bizni o'ldirib yuborish katta ehtimol....Yaqinda katta To'fon bo'ladi....Katta ursh! Biz Zoirovlarning ayolini o'ldiramiz dedi kulib --Opa...Zoirovlarning Ayolini nima aybi bor axir.....? Dedi achinguncha Muhsina... --Bizning oyimizni aybi nima edi??? dedi ma'yuz Muhsinaga qarab Sabixa.. --Opa...Oyimni o'ldirganlardan qasos olingizlar.....Lekin Zoirovlarning Soliha ayolida ayb yo'qku.... --Sen xech nimani tushunmaysan!!! --Tushunishni xam xoxlamayman! Dedi Muhsina..... #muallif_mefitun Davomi bor.... Fikringizni kutaman!
إظهار الكل...
#MENI_ESLA #muallif_mefitun #N_2 --Biz ularni urug'-aymog'igacha yo'q qilamiz!! Va oyimning qasosini olamiz! Dedida xonadan chiqib ketdi Sabixa Bu 3 bolaning oyisi Ya'ni Rustam Saidov ning Rafiqasi Intizor Saidova afsuski olamdan o'tgan..... 8 yil oldin...... Saidovlar va Zoirovlar azaldayin dushman.....edilar....Zoirovlarning katta og'lini Saidovlar o'ldirishni Buni eshitgan Damir Zoirov...katta ursh chiqardi....lekin Saidovlar yana g'olib  bolishdi....Zoirovlar qasos olish  uchun...esa Saidovlar xonadonining Volidasi bo'lmish Intizor Saidovani o'ldirishdi....Mana 8 yildir  xamki....Saidovlar qasos o'tida........ Xozirgi kun.... Muhsina endi Opasini aytganini qilsinmi???Yo'q aslo....U Mafialarga qo'shilmaydi.......Oilasiga necha marotaba aytdi....Bu mafialar olamidan chiqishini.....Afsuski...Muhsinani gapini pisand nazarga ilishmadi......Muhsina...oila a'zolariga qaraganda umuman boshqa inson! Muhsina xonasidan chiqib zinadan ohista tushar ekan....Mexmonxonadan Dadasining Opasiga va ukasiga gapirayotgan gapi eshitildi....Rustam Saidov Shunchalar baqirib tushuntirar ediki...tassavur qilish qiyin....Rustam Saidov rafiqasi olamdan o'tgandan keyin.....shunday bo'lib qolgan edi... Asta mexmonxonani eshigidan mo'ralar ekan...Xar doimgidek...dadasi va ikki jingarbandi... --Yaqinda...katta ursh boshlanadi buni o'zingiz xam yaxshi bilasizlar! --Xa Zoirovlar ning Ayolini astoyidil yigitlar kuzatishayabdi....Dedi Javohir Saidov --Dada....Muhsinani nima qilamiz? Dedi savol nazar ila qarab Sabiha --Muhsina iloji boricha Tashqariga chiqmasin!!!! Yoki Mafialar orasiga qo'shilsin! Lekin uni majburlab bo'lmaydi......dedi Rustam Saidov --Xop,U oyimning o'zi....biron nima bo'lmasin opamga dedi Javohir --Shunday...dedi Rustam Saidov... Zoirovlar oilasi xam nimaning oayida uni xech kim bilmaydi...balkim Saidovlar oilasini yo'q qilib yuborar... Xozirda ular boshqa mafialardan yordam so'rayabdi....afsuski xech kim yordam bermayabdi.....Chunki xech kim  Rustam Saidovga qarshi chiqa olmaydi....... Davomi bor
إظهار الكل...
#MENI_ESLA #N_4 Tezda yugurar ekan U odam xam uning orqasidan quvalar edi daxshat!!! tezda taxi to'xtatib uyining manzilini aytdi.....va t mashinaga o'tirdida..uyiga yo'l oldi....anchagina yo'l bosgan ekan.....mashinaning orqa oynasidan qarar ekan...xa taqib qilmayabdi...Allohga shukr qilib...uyiga xam kelib oldi......ichkariga kirar ekan.... Oshxonaga borib garfin ichidagi suvni stakanga quydida... ichib oldi.....ichib oldiyu....o'q ovozi....xa..shunchalar ko'p o'tilayotgan ediki.....Muhsinani hayoliga faqatgina...Zoirovlar kelar edi....Uyimizga xam kelishdimi?? Deya qo'rqa boshladi...... --Dada....deya tepadan pastga qavatga qaraguncha baqirdi Javohir.. Eshikdan kulgancha Sabiha kirib keldi... --Otaaa....- dedi kulib Sabiha... Mexmonxonadan Rustam Saidov nima bo'layabdi deya chiqdi... --Ota...Biz Zoirovlarni yo'q qildik!!! --Qanaqasiga ???? Deya xayrat ila qizi Sabihaning yoniga bordi...Rustam Saidov 1 soat avval.... Zoirova Soliha(Damir Zoirovning rafiqasi) Zoirovlar xonadonida yaqinda katta bazm bo'layotganligi uchun...Soliha Zoirova o'ziga qimmatbaho bo'lgan taqinchoqdan olmoqchi edi...afsuski uni Turmush o'rtog'i olib bo'lgan ekan... Damir Zoirov Soliha Zoirovaga qo'ng'iroq qilib ishxonasiga kelishini aytdi.... Soliha Zoirova xam Turmush o'rtog'ining ishxonasiga bordi...... --Keldingmi...endi yur senga sovg'am bor deya mashinasiga o'tirishdi... Afsuski...u mashinada bomba bor edi...bu albatta Saidovlar qilgan....lekin Damir Zoirov rejasida yo'q edi...lekin juda xam yaxshi bo'ldi.... Davomi bor #muallif_mefitun
إظهار الكل...
#MENI_ESLA #N_6 Ertasi kuni Muhsina o'qishga tayyorlandi.... Zinadan ohista tushar ekan..dadasi uni chaqirdi... --Labbay Dadajon! --Endi piyoda ketmaysan! Xaydovchi seni tashqarida kutayabdi!l --Lekin Dada...-dedi ma'yuz bo'lib.. --Boshqa chora yo'q qizim! Tashqariga chiqsa yangi xaydovchi ekan...mashinaga o'tirdi...... Yo'lda ketat ekan.. 2 ta matasikl ularni qamrab oldi.... Muhsina birinchi e'tibor bermadi.. .keyin qarasa....u matasiklar mashinani ikki yonidan qisar edi... --Nimalar bo'layabdi??-dedi atrofga alangillab qarar ekan Muhsina --Xonim xozir bir yo'lini topaman dedi... Xaydovchi xam ularga o'yin qilib ularning qo'rshovidan chiqib oldi... Muhsina xech nimaga tushunmas edi....Zoirovlar o'lgan bo'lsa kim bo'lishi mumkin???? Xayollar bilan qanday qilib o'qishga kelib qolganini xam sezmay qoldi... Ichkariga kirar ekan xamma Muhsinani ko'rib xursand bo'ldi.... Dars xam boshlandi..xonaga dekan kirib keldi...va oldida kastyum shimda bir yigit...edi... --Xammaga salom talabalar!! Bugun sizlarga yangi o'qituvchi keldi!! Huquq Nazariyasidan dars beradi! Tanishib olishingiz mumkin! Dedida chiqib ketdi Dekan! --Salom Talabalar Mening ismim Bobur Olimov! Yoshim 26 da! Men Germaniya va Amerikada o'qib kelganman! Sizlarga Xuquq Nazariyasidan dars beraman! Xo'sh endi sizlar bilan tanishsam!-Dedi --Xamma bilan tanishib chiqdik bir qizim qoldi! Xo'sh ismingiz o'zingizni tanishtirsangiz-deya oxirgi partadagi Muhsinaga qarab gapirdi Bobor Olimov! --Muhsina Saidovaman! 3 kurs talabasi!! Bo'sh vaqtimda ko'chada sayr qilishni yoqtiraman! Bo'ldi dedi gapni qisqa qilib Muhsina! --Xa siz Mashxur Biznesmen bo'lmish Rustam Saidovning qizisiz tog'rimi- qizdan ko'zini uzmasdan gapirdi Bobur Olimov! Rustam Saidov o'zini biznesmen deb tanishtirgan! Lekin bu biznesmenlikning orqasidan mafiallik qiladi! --Shunday! --Yaxshi Bobur mavzuni yaxshilab tushuntirdi.....lekin ikki ko'zi Muhsinada edi... --Darsimiz xam tugadi keyingi darsimiz chorshanba kuni bo'lar ekan-a? Mayli talabalar ko'rshguncha! --Ustoz chiroyli bola ekana!??? Qara Amerikalarda o'qib kelgan ekan...dedi xayol surib Gulibonu... --Nimasi chiroyli turqini qara!!!-deya boshini partaga qo'yib ko'zini yumib oldi...Muhsina --Eyy sen tushunmaysanda.... --7 chi osmonda yurayver!!..... --Qizni kuzatayabsizlarmi???-dedi "Kimsa" telefon qilib yordamchisiga --Kuzatayabmiz...qo'rqitib xam qo'ydik.... --Yaxshi.... Muhsina darsdan chiqib xaydovchiga javobini berib yubordi...piyoda yurar ekan...chanqab ketganida...do'konga kirib o'ziga suv oldi... Piyodalar yo'lakchasida yurar ekan....birdan qop qora mashinalar uni bosib oldi.....Muhsina esa shokda edi.... Daxshat!!!! Qayerga yurishni xam bilmaydi-ya.... Mashina eshigini ochib....ichidan bir barzangi tushdi... --Kimsizlar sizlarga nima kerak!???? --Bizmi??? Bizga sen keraksan!!! -dedi kulgancha Barzangi... Davomi bor... #muallif_mefitun
إظهار الكل...
#MENI_ESLA #N_5 Sabiha shuni aytar ekan....Rustam Saidov kuldida... --Qoyil......-dedi Oshoxonada Muhsina bu xabarni eshitib xursand bo'ldi endi uni xech kim ta'qib qilmaydi.... --Bugun kechga ziyofat tayyorlaning -dedi kulgancha Rustam Saidov.... --Janob bugun Saidovlar xonadonida ziyofat bo'layotgan ekan.... --Juda yaxshi.......albatta boramiz!!!!!! Kresloga boshini qo'yguncha gapirdi "KIMSA" Saidovlar xonadonida katta bazm.....Xamma xizmatkorlar u yoqdan buyoqga yugurishar edi.... Muhsina esa...garderobiga qaraguncha nima kiyishni o'ylar edi....va uzun qora ko'ylagini kiyishga qaror qildi... Oynaga qarar ekan....o'zidan mamnun bo'lib pastga tushdi....Opasi xar doimgidek klassik uslubda kiyingan...edi Birin ketin xamma mexmonlar kela boshladi.......atrofni mafia a'zolari bosgan edi....... Zoiriovlar xonadonida ertaga taziya bo'ladi.....taziya o'tgandan so'ng esa...uning yana 1 qizi va 2 nevarasini sotib yuborishadi..... Muhsina...sharbatini ichib o'tirar ekan...yoniga bir yigit keldi... --Salom go'zal qiz..... --Salom! Dedi ensasini qotirib... --Men Komilman! Deya qo'lini uzatdi qizga qarab --Men esa Muhsina! Tanishganimdan bahoyatda xursandman endi esa men boray! Deya opasini yoniga bordi... Opasi esa..xursand bugungi kundan!Muhsina bu Mafialarni yoqtirmaganligi uchun tezda xonasiga borib egnidagi bu ko'ylagini yechib o'tib yubordi... Ertasi kuni..... Davomi bor.... #muallif_mefitun
إظهار الكل...
#Ҳадис_162 ДУО ҚАБУЛ БЎЛИШИНИНГ АЛОМАТИ عَنْ عَلِيٍّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمْ ، قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : إِذَا أَرَادَ اللَّهُ أَنْ يُصَافِي عَبْدًا مِنْ عَبِيدِهِ ، صَبَّ عَلَيْهِ الْبَلَاءَ صَبًّا ، وَثَجَّ عَلَيْهِ الْبَلَاءَ ثَجًّا ، فَإِذَا دَعَى ، قَالَتِ الْمَلَائِكَةُ : صَوْتٌ مَعْرُوفٌ ، وَقَالَ جِبْرِيلُ : يَا رَبُّ هَذَا عَبْدُكَ فُلَانٌ ، يَدْعُوكَ فَاسْتَجِبْ لَهُ ، فَيَقُولُ اللَّهُ تَبَارَكَ وَتَعَالَى : " إِنِّي أُحِبُّ أَنْ أَسْمَعَ صَوْتَهُ " ، فَإِذَا قَالَ : يَا رَبُّ ، قَالَ : " لَبَّيْكَ عَبْدِي لَا تَدْعُونِي بِشَيْءٍ إِلَّا اسْتَجَبْتُ لَكَ عَلَى إِحْدَى ثَلَاثِ خِصَالٍ : إِمَّا أَنْ أُعَجِّلَ لَكَ مَا تَسْأَلْنِي ، وَإِمَّا أَنْ أَدَّخِرَ لَكَ فِي الْآخِرَةِ مَا هُوَ أَفْضَلُ مِنْهُ ، وَإِمَّا أَنْ أَدْفَعُ عَنْكَ مِنَ الْبَلَاءِ مِثْلَ ذَلِكَ " ، ثُمَّ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : يُؤْتَى بِالْمُجَاهِدِينَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فَيَجْلِسُونَ لِلْحِسَابِ وَيُؤْتَى بِالْمُصَلِّي فَيَجْلِسُ لِلْحِسَابِ ، وَيُؤْتَى بِالْمُتَصَدِّقِ ، فَيَجْلِسُ لِلْحِسَابِ وَيُؤْتَى بِأَهْلِ الْبَلَاءِ ، فَلَا يُنْصَبُ لَهُمْ مِيزَانٌ ، وَلَا يُنْشَرُ لَهُمْ دِيوَانٌ ، ثُمَّ يُسَاقُونَ إِلَى الْجَنَّةِ بِغَيْرِ حِسَابٍ حَتَّى يَتَمَنَّى أَهْلُ الْعَافِيَةِ أَنَّ أَجْسَادَهُمْ قُرِضَتْ بِالْمَقَارِيضِ فِي الدُّنْيَا Али розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: 📗 Расулуллоҳ ﷺ : “Қачон Аллоҳ бандаларидан бирини Ўзига муқарраб қилишни ирода қилса, устидан балоларни ёғдириб қўяди. Банда дуо қилганида фаришталар: “Таниш овозку” дейишади ва Жаброил: “Эй Роббим, бу фалон банданг, сенга дуо қилмоқда, дуосини ижобат қилсанг” дейди. Шунда Аллоҳ таборак ва таоло: “Мен унинг овозини эшитишни ҳуш кўраман” дейди. Банда қачон: “Эй Роббим” деса, Аллоҳ: “Лаббай бандам, нима деб дуо қилсанг сенга уч нарсадан бирини албатта бераман. Сўраганингни тездан бераман, ёки охиратга сўраганингдан афзалини таёрлаб қўяман ёки сўраганингни мислича сендан балоларни даф қиламан” дейди” дедилар. Сўнгра Расулуллоҳ ﷺ: “Қиёмат куни сафарбарликка чиққанларни келтирилиб, ҳисоб қилинишлари учун ўтирадилар. Намозҳонни келтирилиб, ҳисоб қилинишга ўтиради. Садақа берганни келтирилиб, ҳисоб қилинишга ўтиради. Аҳли балони келтирилади. Улар учун тарози тикилмас ҳамда девони очилмас ва ҳисобсиз жаннатга олиб бориладилар. Шунда офият аҳли жасадлари дунёда омбирлар билан қимчиб ташлангада эди деб орзу қилишади” дедилар. 🏷 Изоҳ: Баъзи вақтларда бало ва мусибатларга йўлиққанлар ибодатда бардавом бўлиб, Аллоҳ таолонинг Ўзига ёлвориб дуо қилсалар ҳам дуо ижобат бўлмагандек бўлади. Шунда киши “бу мусибат, азоб ва қаҳрнинг аломати эмасмикан” деб қолади. Бунга жавоб шуки, Аллоҳ таоло бандасига тақдирга рози бўлиш, ибодатга қайтиш ва дуода бардавом бўлишни насиб қилиши дуо ижобат бўлганинг аломати ҳисобланади. Акс ҳолда дуога ҳам тавфиқ бўлмасди. Бундай вақтда мусибатга алоҳида инъом, дуо қилишга алоҳида инъом берилади. Бу мусибат даражанинг юқори бўлишига восита бўлади. Жалолуддин Румий роҳматуллоҳи алайҳ “Маснавий”ларида Аллоҳ таоло тарафидан ҳикоя қилиб: “Гуфт он Аллоҳ, ту лаббайка мост” яъни “унинг Аллоҳ дейиши бизнинг лаббай дейишимиздир” деганлар. Бу, банда қачон Аллоҳ деса, Аллоҳ лаббай бандам деганидир. Мусибатни қачонгача давом этиши ёки тездан ариши эса, Аллоҳнинг ҳикматига боғлиқдир. Бу худди табиб беморга қачонгача даволанишни чўзиш ёки тездан тўхтатишига ўхшайди. ☝️ Демак Аллоҳнинг имтиҳонлари имтиҳон қилинганларнинг қиёматдаги даражалари баланд бўлиши, чеккан азобларига эвазига мисли кўрилмаган нематлар берилиши учун экан. Инъом берилганда чеккан азиятлар арзимас нарса эканлиги маълум бўлади. 📚 KУНЛИК ҲАДИС | Манба: islom.uz ••┄┄┄┄┄❅┄┄┄┄┄••• Hadislar to'plami: @nurli_yol_hadis 📚
إظهار الكل...