Diyor Insayt
الذهاب إلى القناة على Telegram
Fintech, Crypto va Texnologiyalar haqida shaxsiy tahlillar, kuzatuvlar va fikrlar. Bu yerda yozilganlar barchasi shaxsiy fikrlar va ish joyimning munosabati yoki pozitsiyasi hisoblanmaydi. Contact: t.me/Diyor_insight?direct
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
405
المشتركون
-124 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
-1130 أيام
أرشيف المشاركات
405
Markaziy Bank tomonidan Yagona QR tizimining yo‘lga qo‘yilishi — juda yaxshi va kerakli qadam. Biroq, bu tizimning odamlar uchun foydali bo‘lgan tomonlari hozircha oxirigacha o‘ylab ko‘rilmagandek.
Hozirda bu QR hamma joyda o‘rnatilmoqda, lekin to‘lov shartlari xaridorga ma’qul kelmayapti: do‘kondan 0.65% va eng qizig‘i, xaridorning o‘zidan ham qo‘shimcha 1% komissiya olinmoqda.
Global tajriba nima deydi?
Dunyoda odamlar naqd puldan voz kechishi uchun Pix (Braziliya) yoki UPI (Hindiston) kabi davlat tizimlari xaridor uchun mutlaqo bepul qilingan. AQSH yoki Yevropada esa Visa va Mastercard kabi tizimlar do‘konlardan 2-3% gacha komissiya oladi, lekin xaridor doim 0% to‘laydi.
Bu yerda bir savol tug‘iladi: Nega bizda davlat do‘kon egalaridan komissiya olishdan bu qadar hayiqadi?
"Tadbirkorlarga qiyin bo‘ladi" degan vaj bu yerda unchalik ishlamaydi. Chunki butun dunyoda biznes baribir bu komissiya xarajatlarini mahsulotning yakuniy sotuv narxiga oldindan qo‘shib qo‘yadi. Xaridordan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1% yechib olish esa uni shunchaki bu tizimdan uzoqlashtiradi. Odamlar baribir o‘ziga keshbek beradigan Click, Payme yoki TezQR kabi xizmatlarni afzal ko‘raverishadi. Yaqin orada esa Apple Pay va Google Pay ham kirib keladi.
Ushbu loyiha muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun xaridordan olinadigan 1% lik komissiyani olib tashlash va shartlarni mijozlar uchun jozibadorroq qilish kerak deb hisoblayman.
Shaxsiy fikr)
405
SpaceX aksiyalari @wallet da allaqachon savdoga chiqdi 🚀
Bir necha qiziqarli faktlar: 📊
1. Bu tarixdagi eng yirik IPO: SpaceX ushbu IPO doirasida 75 milliard dollar sarmoya jalb qilmoqda va kompaniyaning umumiy qiymati o'ta ulkan - 1.77 trillion dollarga baholanmoqda. 💰
2. Dunyodagi ilk trillioner: Ushbu IPO muvaffaqiyati ortidan Maskning shaxsiy boyligi salkam 970 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Bu ko'rsatkich uning dunyodagi birinchi trillionerga aylanishiga bir qadam qolganini anglatadi. 🐶
Shunaqa gaplar... )
405
+3
PLUS-Forum: Digital Uzbekistan sahnasida nutq so'zladim.
Bir necha yil davomida bu forumga mehmon sifatida qatnashib, bu safar spiker bo'lish ajoyib hissiyot. 🔥
Asosiy mavzu — RWA va tokenizatsiya. Wallet in Telegram orqali O'zbekistonda investitsiyalarni qanday ommabop qilayotganimiz haqida bo'lishdim.
Ilgari oddiy odamlar uchun yopiq bo'lgan aktivlarni endi har kuni ishlatadigan Telegram ichida oson xarid qilish mumkin. Buni sahnadan turib tushuntirish va buni reallikka aylantirayotganimizni ko'rish juda ilhomlantiradi. 📈
Oldinda hali ko'p yangiliklar bor! 🚀
405
16-May Toshkent shaxrida bo'lib o'tadigan Manager's Conference 2026 da spiker sifatida qatnashmoqdaman.
Uyerda real hayotdagi aktivlarni tokenlashtirish texnologiyasi haqida so'zlayman.
Agar qiziq bo'lsa sizham ro'yxatdan o'tib qatnashishingiz mumkin, qatnashish bepul. https://pmconf.uz/
P.S. 👛Telegramdagi Hamyon tadbirning rasmiy hamkori hisoblanadi, va shu sababli uyerda turli qimmatbaho sovg'alar va $$$ o'ynaladi. 🌉
405
Manager's Conference 2026 bu yil spiker sifatida qatnashmoqdaman. 16 May kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.
Uyerda real hayotdagi aktivlarni tokenlashtirish texnologiyasi haqida so'zlayman.
Agar qiziq bo'lsa sizham ro'yxatdan o'tib qatnashishingiz mumkin, qatnashish bepul. https://pmconf.uz/
P.S. 👛Telegramdagi Hamyon tadbirning rasmiy hamkori hisoblanadi, va shu sababli uyerda turli qimmatbaho sovg'alar va $$$ o'ynaladi. 🌉
405
Ha yana bir narsa, sog'liqga hech qanday ta'sir qilganj yo'q. Oyoqdagi sochlar to'kilib ketmadi, va qandaydir kasalliklarham bo'lmadi. Bu o'ylashimcha zapravkachilar tomonidan tarqatilgan mish mishlar 😁
405
Elektr avtomobil: 2 yil va 0 muammo. Haqiqiy tajriba bilan bo‘lishmoqchiman!
Ko‘pchilik mendan so‘raydi: “Elektr mashina olishga arziydimi? O‘zi bizning sharoitga to‘g‘ri keladimi?”. Mana, BYD Song Plus Champion’ni 2 yil haydab, nihoyat barcha savollarga xolis javob beradigan vaqtim keldi.
1. Benzonasos va “svecha” mashmashalari bilan xayrlashdim ⛽️❌
Ilgari benzinli mashina haydaganimda eng katta og‘rig‘im — yonilg‘i sifati edi. O‘zbekiston zapravkalarida hatto 95-benzin quysangiz ham, uning ichidan suv chiqishi yoki aslida 80-benzin bo‘lib chiqishi hech gap emas. Natijada esa doimiy ravishda benzonasos yoki svechalarni almashtirib yurishga majbur edim.
Elektrda esa bu muammo ildizi bilan yo‘qoldi. Tokning sifatidan xavotir olmaysiz — bizda yoki svet bor, yoki yo‘q, “o‘rtacha sifatli svet” degan tushuncha yo‘q! 🤣
2. Servisga qachon borganim esimda ham yo‘q
Benzinli mashinada har 5-7 ming kilometrda moy almashtirish, filtrlarni yangilash va yana qandaydir mayda-chuyda tuzatishlar uchun servisga chopardim. 2 yillik elektr tajribamda esa servisga bor-yo‘g‘i bir marta bordim, u ham bo‘lsa salon filtrini almashtirish uchun. Bo‘ldi. Buziladigan narsaning o‘zi yo‘q, chunki murakkab dvigatel tizimi yo‘q.
3. "Zaryadlash uzoq vaqt oladi" deganlarga javobim 🔋
Haqiqatdan ham, uydagi zaryadchikda 20% dan 100% gacha to‘lishi taxminan 13 soat vaqt oladi. Lekin bu men uchun hech qachon muammo bo‘lmagan. Nega? Chunki men mashinani haftada bir marta yoki undan ham kamroq zaryadlayman. Hammasi oddiy: kechqurun uxlagani yotishdan oldin zaryadga qo‘yaman, ertalab esa u "to‘liq quvvat" bilan meni kutib oladi.
Aslida bu zapravkaga borib navbatda turishdan ko‘ra ancha qulay va oson. Mashina men uxlayotganimda o‘zi "ovqatlanadi".
4. Shahardan tashqariga chiqsa bo‘ladimi?
Meni eng ko‘p qo‘rqitishgan narsa: “Bu mashina faqat shahar ichi uchun, uzoqqa yura olmaysan” deyishgan edi. Amalda esa hammasi boshqacha bo‘lib chiqdi:
Qo‘qon: 240 km borish va 240 km qaytish (jami 480 km). Hech qanday tejamkorliksiz, konditsioner yoniq holda qaytib kelganimda hali 10% zaryadim bor edi.
Samarqand: 320 km yo‘l bosib borgach, shaharga kirganimda 40% zaryad qolgan edi.
Eng qizig‘i, viloyatlarga chiqqanda elektr mashinada o‘zimni xavfsizroq his qilaman. Chunki poytaxtdan uzoqlashgan sari sifatli benzin topish qiyinlashadi, 30.minutda zaryadlash stansiyalari esa hamma joyda bor.
Real masofa (Zapas xoda):
Qog'ozda 605 km deb yozilgan, lekin hayotda:
❄️ Qishda: ~350 km
☀️ Yozda: ~450 km
🌱 Bahor/Kuz: 500-550 km gacha bemalol yuryapman.
5. Aqlli mashina — xavfsiz haydovchi 🤖
Xitoy mashinalari haqiqatdan ham o‘ta aqlli. Intelligent Cruise Control, 360° yuqori sifatli kameralar, avtomatik to‘xtash tizimlari — bularning hammasi haydashni zavqqa aylantiradi. 2 yil davomida birorta tirnalish yoki kichik avariya bo‘lmadi, chunki mashinaning o‘zi ko‘p vaziyatlarda menga yordam beradi va xatolardan asraydi.
Xulosa o‘rnida: 2 yil oldin elektr mashinaga o‘tish men uchun tavakkaldek tuyulgan edi, bugun esa bundan buyog'iga faqat to'liq elektr mashina olishga qaror qildim.
Agar siz ham ikkilanib turgan bo‘lsangiz — Srazu olavering, bu eng zo'r qaror bo'ladi.
405
رسالة فيديو00:36
405
Repost from The Tech
🇺🇿Как узбекистанцы могут получить доступ к инвестициям в Telegram
📌Wallet in Telegram отвечает глобальному тренду embedded finance — когда финансовые сервисы встроены прямо в повседневные приложения.
То есть, заходя в Telegram, чтобы написать сообщение или почитать новости, пользователь в пару кликов получает доступ к финансовым инструментам. В том числе — к криптоактивам и токенам, обеспеченным акциями и фондами США.
Полное интервью с региональным директором Wallet in Telegram читайте по ссылке: https://the-tech.kz/kak-uzbekistanczy-mogut-poluchit-dostup-k-investicziyam-v-telegram-intervyu-s-regionalnym-menedzherom-wallet-in-telegram/
Больше на @thetechkz
405
Daryo ga intervyu berdim, O'zbekiston kripto bozori va uni dunyodagi o'rni haqida.
Matn: https://daryo.uz/en/g-oJY1pDR
Youtube: https://youtu.be/MfrL9V2HjmM?si=voaIaOxgd-oJqWJA
405
"Birinchi aksiyadorlar yig‘ilishi" yakunlari 🇺🇿
Kecha biz uchun juda muhim kun bo'ldi. Biz "Birinchi aksiyadorlar yig‘ilishi" ni o‘tkazdik va unda 70 dan ortiq biznes rahbarlari, blogerlar, yirik investorlar hamda tokenlashtirilgan aktivlarimizning ilk faol foydalanuvchilarini bir davraga jamladik.
Telegramdagi @Wallet ning O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori sifatida men nutqimni sevimli muallifimlarimdan biri Simon Sinekning bir tamoyili bilan boshladim: "Nega savolidan boshlang" (Start with Why).
Nega O‘zbekiston? Chunki bu — bizning ekspansiyamiz uchun ustuvor va birinchi bozor. Aholimi, yosh va Telegram’da "yashaydigan" mamlakatda moliyaviy inqilob qilish imkoniyati dunyoda yagonadir.
Nega Wallet? Chunki aholimizning 88 foizi allaqachon Telegram’da. Biz murakkab ilova qurishni emas, balki global bozorlarni odamlar har kuni ishlatadigan va ishonadigan platformaga olib kirishni maqsad qildik.
Nega aksiyalar? AQSHda oilalarning 58% foizi aksiyalarga ega. Men ishonamanki aksiyalar nafaqat shaxsiy hayotlarni o'zgartirib biladi, balki butun hamjamiyatda moliyaviy rivojlanish va investorlik madaniyatini rivojlantirib biladi. O‘zbekistonda esa bu vositalarga oson kirish imkoniyati yo‘q edi. Bizning maqsadimiz — Wall Street’ni birgina telegram sms yozish kabi yaqin va oson qilishdir.
Sahnada men bilan birga quyidagi ekspertlar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar:
Aleksandr Tobol, The Open Platform (TOP) guruhi CTOsi — bizning global infratuzilmamiz ortidagi texnik qarashlar bilan bo‘lishdi.
@coffeewithBTC , TON CIS Hub sobiq rahbari — shaxsiy moliyaviy rivojlanish va aktivlari haqida so'zlab berdi.
Barcha ishtirokchilarga, hamkorlarimizga va ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildiraman. Biz shunchaki mahsulot emas, balki moliya chegarasiz va oson bo‘lishi kerakligiga ishonadigan zamonaviy investorlar hamjamiyatini quryapmiz.
O‘zbekistonda moliya kelajagi yaqinlashayotgani yo‘q — u allaqachon shu yerda. 🚀
405
P.S. Yaqinda bir statistikani o'qib qoldim, AQSHda 62% oilalarda aksiyalar bor, lekin atiga 21% foizi to'g'ridan to'g'ri egalik qilar ekan aksiyalarga. Qolganlar boshqa yo'llar bilan investitsiya qilgan (Har hil fond, token va boshqalar)
405
"Diyor, bular haqiqiy aksiya emas, tokenkuuu..."
Telegramdagi @Wallet da Aksiyalar bilan taminlangan tokenlar loyihasini yo‘lga qo‘yganimizdan beri bu savolni juda ko‘p eshityapman. Odamlar "token" so‘zini ko‘rib, biroz ikkilanishadi. Keling, nima uchun men shaxsan an’anaviy brokerlik hisoblaridan ko‘ra tokenlarni afzal ko‘rishimni tushuntirib beraman — ayniqsa, O‘zbekiston sharoitida.
Aslida, nega aksiya sotib olasiz?
Ochiqchasiga, investorga ikki narsa kerak:
Narx o‘sishi: Arzon sotib olib, qimmat sotish.
Dividendlar: Kompaniya foydasidan ulush olish.
Agar siz har uch oyda bir marta Apple Park’dagi aksiyadorlar yig‘ilishida qatnashish uchun Kaliforniyaga uchib borishni rejalashtirmayotgan bo‘lsangiz, sizga qog‘ozdagi "egalik huquqi" emas, balki iqtisodiy foyda kerak.
Bizning Aksiyalar bilan taminlangan tokenlarimiz aynan shuni ta’minlaydi. Ular tartibga solinadigan kastodianlarda saqlanadigan real aksiyalar bilan 1:1 nisbatda ta’minlangan (Har bir token orqasida real aksiya bor). Agar NASDAQ’da Apple aksiyasi ko‘tarilsa — sizning tokeningiz ham ko‘tariladi. Agar Apple dividend to‘lasa — siz ham tegishli qiymatni portfelingizda olasiz.
Nima uchun tokenlar afzalroq?
Byurokratiyasiz: AQSH brokerlari bilan ishlash uchun bir dunyo hujjat va haftalab kutish kerak. Wallet’dagi yordamida siz bir necha soniyada investorga aylanasiz. Alohida ilovalar va to‘siqlar yo‘q. Va asosiysi bu qonuniy, misol noqonuniy aksiyalarga $180mln chiqib ketgan 2025 yilni o'zida.
Mahalliy kartalar: Xorijiy brokerni HUMO orqali to‘ldirish — bu haqiqiy bosh og‘riq. Wallet’da esa hamyoningizdagi karta va global bozorlar o‘rtasida hech qanday to‘siq qolmaydi.
Soliq imtiyozlari: Bu eng asosiysi. O‘zbekistonda kripto-aktivlar va ulardan olingan daromadlar soliqdan ozod qilingan. Tokenlashtirilgan aktivlarga (RWA) investitsiya qilish nafaqat osonroq, balki cho'ntakka ham foydaliroqdir.
Xulosa:
Biz Wall Street iqtisodiy qudratini oldik va undan 20-asrga xos bo‘lgan qiyinchiliklarni olib tashladik. Men haftalab davom etadigan hujjatbozlik va soliqlarga bog‘langan "haqiqiy" aksiyadan ko‘ra, 10 soniyada boshqara oladigan Aksiyalar bilan taminlangan tokenni afzal ko‘raman.
Moliya kelajagi — bu bank binosi emas, balki Telegramdagi kichik bir belgi (icon) 😉
405
Fintech Retail uchun intervyu bergan edim. Faqat bunisi rus tilida ekan. Qiziqarli suhbat bo'ldi deb o'ylayman 🤝
Batafsil
405
19-20 May kunlari PLUS Forum - Digital Uzbekistan da speech beraman, boradiganlar bo'lsa kutib qolaman 🤝
405
Shunday unikal sovg'alarni endi O'zbekistondaham bersa bo'ladi, va oddiy telegram sms yozgandak oson 🤝 Va bu o'ylashimcha innovatsiya 🚀
405
Repost from KARYERIST_UZ
8-mart bayrami kutilmagan sovg'alarga boy bo'ldi... 🌷✨
Turmush o'rtog'imdan gullar kutganim tabiiy edi, lekin bu galgi sovg'a meni shunchaki lol qoldirdi 😂
Telegramimga Walletdan bildirishnoma keldi — ochsam, menga Apple aksiyalari sovg'a qilingan ekan! 🍏📈
Rostini aytsam, bayramga "dunyodagi eng yirik kompaniyaning bir bo'lagi" bo'lishni kutmagandim. Bu shunchaki sovg'a emas, haqiqiy g'amxo'rlik va kelajakka sarmoya deb bildim. 🥹
Hozirda Telegram Wallet orqali nafaqat kripto, balki top kompaniyalar aksiyalarini sotib olish, sotish va mana shunday chiroyli qilib sovg'a qilish ham mumkin ekan.
Eng muhimi — Wallet O'zbekistonda rasmiy litsenziyaga ega va hammasi qonuniy. 🇺🇿
Eng zamonaviy 8-mart sovg'asi bo'ldi deb o'ylayman! Sizlarga nima sovg'a qilishdi? 😍
405
Hullas O'zbekistonda birinchi marta bunday oson, va asosiysi qonuniy yo'l bilan Amerika Aksiyalarini sotib olishingiz mumkin bo'ladi.
Apple, Nvidia, Meta va Amazon aksioneri bo'lishni o'ylab ko'ring 😉
405
Repost from Telegramdagi Hamyon yangiliklari
⚡️ AQShning eng yirik kompaniyalari aksiyalari endi Kripto Hamyonda mavjud
Biz cheklangan miqdordagi foydalanuvchilar uchun xStocks yopiq pilot loyihasini ishga tushiryapmiz.
Pilot doirasida siz Hamyon ichida AQShning tokenlashtirilgan aksiyalari va fondlarini xarid qilishingiz mumkin.
"Kripto aksiyalar" bo‘limida sizga 60+ kompaniya taqdim etiladi: Apple, Tesla, Nvidia, Microsoft, Amazon, McDonald’s, Coca-Cola, S&P 500 va boshqalar.• Boshlash — atigi 1 USDT dan • Savdo 24/7, dam olishlarsiz • Dividend to‘laydigan aksiyalar bo‘yicha dividendlar mavjud
🔒 Kirish imkoniyati kutish ro‘yxati orqali bosqichma-bosqich ochiladi.Kirish uchun: • kutish ro‘yxatiga qo‘shiling • navbatdagi shaxsiy raqamingizni oling • shaxsiy havolangiz orqali do‘stlarni taklif qilib, ro‘yxatda yuqoriga ko‘tariling 👑 Birinchi 1000 ishtirokchi xarid amalga oshirgandan so‘ng 10 USDT miqdorida tokenlashtirilgan aksiyalar bonusiga ega bo‘ladi. 🗂 24/7 qo‘llab-quvvatlash — @wallet_supportbot (rus va o‘zbek tillarida) FAQ Kripto Hamyon O‘zbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlar muomalasi sohasida rasmiy litsenziya asosida faoliyat yuritadi. Hamjamiyat | X | Qo’llab-quvvatlash
