cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

JAMALOV G'OFIR ORIBJANOVICH | Namangan shahar hokimi

Namangan shahar hokimi JAMALOV G'OFIR ORIBJANOVICHning rasmiy kanali Официальный канал хокима города Наманган ДЖАМАЛОВА ГОФУРА ОРИБЖАНОВИЧА Murojaatlar uchun MATBUOT KOTIBI ПРЕСС СЕКРЕТАРЬ по работе с обращениями https://telegram.me/baxtiyornosirov

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدلم يتم تحديد اللغةالفئة غير محددة
مشاركات الإعلانات
294
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
Ижтимоий тармоқлар, Telegram мессенджеридаги канал ва гуруҳларда гўёки Қурбон ҳайити муносабати билан қиз фарзанди борларга 1 млн сўмдан тарқатилишига оид хабарлар тарқалмоқда. Мазкур хабарлар ёлғон ва ҳақиқатга мос келмайди. Эслатиб ўтамиз, аҳоли ўртасида ёлғон ахборот тарқатганлик учун жавобгарлик мавжуд Пенсия жамғармаси Наманган вилояти бошқармаси матбуот хизмати 69-228-57-84 http://pfru.uz Kanalga ulaning: @namangan_pensiya
إظهار الكل...
Davlat gerbi 30 yoshda! Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan. 2 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun. Namangan shahridagi «Uch favvora» xiyobonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda viloyat faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari Botir Nuriddinov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining nafaqat davlat ramzi, balki millat iftixori sifatidagi yuksak ahamiyatini alohida e’tirof etdi. Darhaqiqat, gerb – har bir davlatning ramzi, xalqning timsoli! Undagi har bir tasvir, rang, chiziq va belgi ulug‘lik, fidoyilik va oliyjanoblik nishonasi bo‘lib, o‘zida tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat va yurtning farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi. Tadbirda so‘z olganlar, mustaqilligimiz belgisi bo‘lgan gerbimizni mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha shaxslar hurmat qilishlari zaruratini ta’kidladi. Chunki, gerb orqali xalqimiz o‘zi istagan va tanlagan yo‘l – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo‘lida muqaddas timsolga ega bo‘lish bilan birga mamlakatimiz mustaqilligi ta’minlandi. Namangan shahar hokimi MATBUOT KOTIBI
إظهار الكل...
RASMIY MUNOSABAT Namangan shahar hokimining 2017 yil 7 avgustdagi Namangan viloyatini yo‘l-infratuzilmasini yanada takomillashtirish, shuningdek, magistral ko‘chalar bo‘yida zamonaviy obyektlar qurish, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish asosida shaharning markaziy qiyofasini arxitektura talablari asosida tubdan yangilash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 3 apreldagi 359-son Farmoyishi va shu haqidagi Namangan viloyat hokimining 2017 yil 7 apreldagi 124-F son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan shahar A.Navoiy ko‘chasining A. Navoiy va To‘raqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasi va Temiryo‘l vokzali aylanasi oralig‘i qismini shahar bosh rejasiga asosan obodonlashtirish va qayta qurish ishlarini amalga oshirish haqidagi 1015-son qaroriga asosan hududda keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va qayta qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Namangan shahar, “Shodlik” mahalla fuqarolar yig'ini 8-o‘tish To‘raqo‘rg‘on ko‘chasi, 30-uyda joylashgan xovli-joy bino-inshootlari shahar bosh rejasiga asosan buzilishi munosabati bilan kompensasiya tariqasida Namangan shahar hokimligi tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish uchun Namangan shahar, “194/3” hamda “Axsikent-3” qurilish kvartallari hududidan yer maydoni taklif etilgan xonadon egalari tomonidan ushbu taklif etilgan yer maydoni rad qilingan. Shuningdek, hududda Quruvchi tadbirkor “Muxammadsaid qurilish savdo” hususiy korxonasi tomonidan Namangan shahar hokimining 18.01.2018 yildagi 53-son qaroriga asosan “Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalarini o‘z ichiga olgan ko‘p qavatli turar-joy” bino-inshootlari qurish ishlarini amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, Namangan tumanlararo Iqtisodiy sudining 2021 yil 24 maydagi 4- 1601- 2103/ 1280-sonli da’vogar Namangan shahar hokimligining javobgar “Muxammadsaid qurilish savdo” xususiy korxonasiga nisbatan Namangan shahar, Navoiy ko‘chasi hududida amalga oshirilayotgan “Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalarini o‘z ichiga olgan ko‘p qavatli turar-joy binosi” qurilishini to‘xtatish majburiyatini yuklash hamda sud xarajatlarini undirish haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha shahar hokimligining da’vo talabalari qisman qanoatlantirilsin, “Muxammadsaid qurilish savdo” xususiy korxonasiga Namangan shahar, Navoiy ko‘chasi hududida amalga oshirilayotgan “Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalarini o‘z ichiga olgan ko‘p qavatli turar-joy binosi” atrofidagi xonadonlarga xavf soluvchi qurilish ishlari, shu jumladan ko‘tarma krandan foydalanishni va uni ushbu joyda harakatlanishini xonadonlar ko‘chirulgunga qadar bo‘lgan muddatda to‘xtatish majburiyatini yuklash to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilingan.
إظهار الكل...
HAR BIR TALABA UCHUN SIFATLI TA'LIM BERISHIMIZ ZARUR Bugun erta tongdan shahar hokimi Korea Respublikasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan YOJU Universiteti fillialida bo'ldi YOJU Universiteti fillialida hozirgi mavjud o'quv binolari ko'zdan kechirildi. Butun Respublika hattoki qo'shni davlatlardan ham ushbu oliy bilim yurtida o'qish istagida bo'lgan talaba yigit-qizlarning istak va xoxishlarini ko'pligini inobatga olgan holda yangi o'quv binolarini tashkil etish zarur Shu boisdan shahar hokimi YOJU Universiteti filliali hududidagi joriy hamda kapital ta'mirlanayotgan bino inshootlarining qurilish, ta'mirlash jarayonlari bilan tanishdi. Namangan shahar hokimi MATBUOT KOTIBI
إظهار الكل...
Navbatdagi "Siyosiy ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi Unda vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, barcha tuman va shahar hokimliklari xodimlari videokonferensiya shaklida ishtirok etdilar. Jumladan, Namangan shahar hokimligi ijroiya apparati xodimlari ham ma’ruzalarni tingladilar. Dastlab respublikamiz va xorijiy davlatlar hayotida ro‘y bergan eng muhim yangiliklar haqida axborot berildi. Jumladan, Prezidentimizning 27 iyun-Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bo‘lib tadbirlar, Yoshlar kunidagi uchrashuv, Turkiya davlati prezidenti Rajab Erdo‘g‘onning tashrifi tafsilotlari bilan tanishildi. Davlat fuqarolik xizmatidagi gender tenglikni ta’minlashning huquqiy asoslari to‘g‘risidagi ma’ruza ham katta qiziqish bilan tinglandi. Shu bilan birga hafta davomida qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlarning sharh bilan ham tanishildi.
إظهار الكل...
Avval xabar berganimizdek Namangan shahar hokimi hamda sektor rahbarlari Amir Temur va Hamroh ko'chalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish ishlari bilan birma bir tanishmoqdalar Har bir ko'p qavatli uylarni mustahkam shu bilan bir qatorda jahon standartlariga mos tarzda qurish kabi masalalar muhokama qilinmoqda Namangan shahar hokimi MATBUOT KOTIBI
إظهار الكل...
01:50
Video unavailableShow in Telegram
Namanganning 70 foiz yo'llarini qurgan, xizmat ko'rsatgan, 24 yillik tajribaga ega yo'lsoz, Soliyev Tohirjon aka bilan sohaning mashaqqatlari haqida suhbatlashdik
إظهار الكل...
tayyor (3).mp416.93 MB
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.