IT sohasi hammaga ham emas.
Buni aytishni xohlamayman, ammo, hozir dasturlash bo'yicha mutaxassis va mentor bilan suhbatimdan keyin, buni ham aytmasam bo'lmaydi. Boshqa yo'nalishdagilar uchun ham muhim.
- Agar IT'dan tashqarida biror narsani o'rganishni qoyillatib qo'ymagan bo'lsangiz, IT'ga kirib ovora bo'lmang. Masalan, ingliz tili yoki rus tili. Yoki matematika kabi fanlarni o'rganib ko'rgan va eplagan bo'lsangiz, IT'ni eplashingiz ham birozgina oson bo'ladi. Mantiqiy fikrlash ham shu o'rinda.
Agar hech vaqoni o'rganmagan, o'rganishga layoqatingiz bo'lmasa, IT'da qiynalib ketasiz. Chunki bu soha "O'rganish"dan iborat. O'z ustingizda ishlashni shakllantira olmasangiz, sizga pul berib eng zo'r kursga yuborsak ham foydasi yo'q. Eng qimmat kurslarni tekin qilib bersak ham foydasi yo'q. Agar shundaylar qatorida bo'lsangiz, yaxshisi boshqa sohalarda o'zingizni sinab ko'ring. Masalan savdogarlik va hkz.
Bu gaplarimni qandaydir nafratdan yoki jahldan yozayotganim yo'q. Bloger sifatida, Musulmon sifatida, haqiqatlarni aytishim kerak.
Siz eshitayotgan falon ming dollar'lik oyliklar yo'q. Ularga yetishish uchun juda katta sinovlar bor. O'z ustingizda davomiy ishlamasangiz, unga yetib bora olmaysiz. Oylik tugur, ish topishni o'ziga 2-3 yil ketib qoladi bu yo'nalishda ba'zilar uchun.
"Hayp" ortidan quvmasdan, o'z qobiliyatingiz nimaga yetsa, nima ish sizga yoqsa, halol bo'lsa, shunda o'sing.
Qo'lingizda pichoq bo'lsa, daraxt kesa olmaysiz, arra bo'lsa non kesa olmaysiz. Nimangiz borligiga qarang.
IT'ni boshlayotganlarga yuboring.
#maslahat
@JoshDeveloper