cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Foydali com

Hush kelibsiz☺️ Bizda: -Arab tili darslari - Diniy multfilmlar - Dunyoviy bilimlar -Diniy savol-javoblar -Kitoblar -......ko'p qiziqarli va foydali manbalar mavjud😊

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
198
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#Xulosa Keksa ayol kafega kirdi. Ofitsant qiz unga taomnoma keltirdi va nima buyurtma qilishini soʻradi. Onaxon soʻradi: - Bir boʻlak tort qancha turadi? - Uch yevro,- deya javob berdi ofitsiant. Keksa ayol choʻntagidan bir hovuch mayda-chuyda pul chiqardi va ozista sanay boshladi. Soʻng yana soʻradi: - Bir boʻlak oddiy keks qancha? Ofitsiant qiz ayolga gʻazab bilan tikildi. Koʻp stolga qarashi kerak  edi, shuning uchun biroz shoshayotgandi. Besabrlik bilan javob berdi: - Ikki yevro..!! - Yaxshi. Unda bir boʻlak oddiy keks olaman!- dedi onaxon. Ofitsiant qiz jahl bilan keksni olib keldi va hisob varaqasini stol ustiga tashladi. Ketayotib “Qurumsoqlar” deya oʻzicha gʻudranib qoʻydi. Keksa ayol shirinlikni yeb boʻlib ohista qoʻzgʻaldi. Pulni qoʻyib, kafedan chiqdi. Ofitsiant qiz stolni tozalash uchun kelib, keksa ayolning bir yevro choychaqa tashlab ketganini koʻrdi. Koʻzlari yoshlandi. Ayol ofitsiant qizga choychaqa berish uchun oddiy keks yegandi. Lekin u onaxondan uzr soʻrashga kechikkandi.. Har doim xulosa qilishga shoshilmang, yaxshilikni gumon qiling. @foydali_maslahatl_ar_1🍃
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Tulki daryoning narigi qirgʻogʻida turgan tuyadan soʻradi: — Suv sathi chuqur emasmi? Tuya javob berdi: — Yoʻq, yelka barobar. Tulki oʻzini suvga otgan edi, daryo chuqurligidan uni domiga torta boshladi. U goh suv ichiga gʻarq boʻlib, goh tipirchilab zoʻrgʻa boshini suvdan chiqarib, arang bir toshga tirmashib jonini saqlab qoldi. Keyin xansiragancha tuyaga baqirdi: — Sen daryoni yelka barobar, demaganmiding?! Tuya yana xotirjam javob berdi: — Ha shunday, lekin u mening yelkam barobarda! Qissadan hissa shuki, kimdandir maslahat soʻrasangiz, u faqat oʻz holatidan kelib chiqib mkslahat berrshini unutmang! @foydali_maslahatl_ar_1🍃
إظهار الكل...
00:19
Video unavailableShow in Telegram
Bulut ekan shamolga oshiq Jonu dildan uni sevarkan Bulut borsa shamol yoniga Shamol uni quvib solarkan Yuraklari tulib armonga Oshiq bulut ortga qaytarkan Mayus bulut yig'lasa yum yum Shu sababdan yomg'ir yog'arkan🤍 Bizda yomĝir💦🌤 @foydali_maslahatl_ar_1🍃
إظهار الكل...
1.44 MB
12:07
Video unavailableShow in Telegram
📹 Qanday qilib hayotda katta natijaga erishish mumkin? | Atom odatlar — Jeyms Klir #Qamar_LIVE @foydali_maslahatl_ar_1🍃
إظهار الكل...
Qanday_qilib_hayotda_katta_natijaga_erishish_mumkin_|_Atom_odatlar.mp415.70 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Assalamu aleykum va Rohmatullohi va barokotuh hayrli kun. Juma tonggi muborak bo'lsin. Kuningiz fayzli va barokatli òtsin 😊 @foydali_maslahatl_ar_1🍃
إظهار الكل...
Repost from Foydali com
Photo unavailableShow in Telegram
Assalamu aleykum va Rohmatullohi va barokotuh hayrli kun. Juma tonggi muborak bo'lsin. Kuningiz fayzli va barokatli òtsin 😊 @foydali_maslahatl_ar_1🍃
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Nima uchun chumoli yer ostiga toʼplab qoʼygan donlar unib chiqmaydi? Olimlar oʼrganib koʼrishsa, chumoli yer ostiga toʼplagan don va urugʼlarni ikkiga boʼlib qoʼyar ekan. Urugʼlik don ikkiga boʼlib qoʼyilsa, yer har qancha unumdor boʼlmasin, unib chiqmas ekan. Lekin maʼlum boʼlishicha, chumoli kashnich donini ikki emas, toʼrt boʼlakka boʼlib qoʼyar ekan. Taajjubga tushgan olimlar kashnich urugʼi ustida tajriba oʼtkazib koʼrishsa, ajoyib kashfiyot qilishdi. Kashnich doni ikkiga boʼlinsa ham oʼsib chiqaverar ekan, toʼrt boʼlakka boʼlinsagina oʼsib chiqmas ekan. Chumoliga buni oʼrgatgan Аlloh har qanday aybu nuqsonlardan pokdir. 🌿 «Parvardigorimiz barcha narsaga oʼz xilqatini – shaklini ato etib, soʼngra uni toʼgʼri yoʼlga solib qoʼygan Zotdir» (Toha surasi, 50 oyat). @foydali_maslahatl_ar_1🍃
إظهار الكل...
Bolaga soʻz orqali tarbiya bering 😉 Bola bilan muloqot qila olish tarbiyaning muhim jihatlaridan biridir. Bunga erishishning bir necha yoʻllari bor: 🔹 Oldin muomala oʻrnating, 🔹 keyin yoʻl-yoʻriq koʻrsating. 🔹 Kichik yoshdagi bolangizga biror muhim gapni tushuntirmoqchi boʻlsangiz, oldin tiz cho‘kib oʻtiring. 🔹 Koʻzingiz uning koʻzi bilan tenglashsin. Chunki koʻz orqali axborot almashish katta ahamiyatga ega. 🔹 Bolangizga ismi bilan murojaat qiling, ayniqsa, suhbat boshida. Qisqa, loʻnda gapiring. 🤗 Asosiy maqsadingizni soʻzingiz boshidayoq ayting. Ayniqsa, aytmoqchi boʻlgan gapingiz bitta boʻlsa yoki bolangizning yoshi kichik boʻlsa. 🔸 Oddiy tilda gapiring. 🔸 Bolangizdan aytganlaringizni qaytarishini soʻrang. 🔰 Farzandingizga rad etishi mumkin boʻlgan ishni buyuring. Masalan, “Kiyinib olsang, aylangani chiqamiz”, deb koʻring. 🔰 Tasdiq gaplarni ishlating. “Pichoqqa tegma!” deyish oʻrniga “Pichoq oʻtkir, qoʻlingni kesishi mumkin. Ehtiyot boʻl”, deb ogohlantiring. 🔰 Qoʻshni xonada turib “Ovqatga chiq!” deb baqirgandan koʻra, farzandingiz oʻtirgan xonaga kirib taklif qiling. 🔰 Taklifli murojaatlardan foydalaning. Masalan, “Bugun qaysi kiyimimizni kiyamiz: qizilinimi, yashilinimi?” 💯 Bolaning yoshiga mos gapiring. Ikki-uch yoshli bolaga “Nimaga bunday qilding?” yoki “Nimaga gapimga quloq solmayapsan?” qabilidagi savollarni bermang. U hali bu kabi savollarga javob berish yoshiga yetmagan. ✅ Muloyim boʻling, bolaning koʻngliga yoqadigan erkalatish soʻzlaridan foydalaning... @foydali_maslahatl_ar_1🍃
إظهار الكل...
04:02
Video unavailableShow in Telegram
📹 «KINDIK RISHTASI» nomli qisqa metrajli multiplikatsion film. Separatsiya haqida. Farzandini oʻzidan hecham uzoqlashishini istamaydigan ota-onalar uchun maxsus. Albatta koʻring! @foydali_maslahatl_ar_1🍃
إظهار الكل...
32.78 MB
Farzandlaringizga narsalarning narxini emas, qiymatini oʻrgating. 💊 Garchi butun dunyodagi dorilarni sotib olishga puling boʻlsada, salomatlik qimmatroqdir. 🛏 Garchi eng qimmat mebel va divanlarni sotib olishga qodir boʻlsangda, uyqu ulardan qimmatroqdir. 🖤 Dunyoning vijdonini sotib olishga puling boʻlsada, vijdon qimmatroqdir. ☝️🏻 Dunyoning yolgʻonlarini sotib olishga davlating boʻlsada, rostgoʻylik qimmatroqdir. 💰 Mol bilan yoʻldosh sotib olish mumkin, ammo doʻst sotib olib boʻlmaydi. 🇺🇿 Mol bilan yer sotib olish mumkin, ammo vatan sotib olib boʻlmaydi. ❤️ Mol bilan oltin sotib olish mumkin, ammo suyukli yor sotib olib boʻlmaydi. 🏠 Mol bilan uy sotib olish mumkin, ammo oila sotib olib boʻlmaydi. ❗️ Ularga qiymatni qidirishni oʻrgating, narxni emas. Ularni inson qiling, mol jamlaydigan asbob emas. Mol hayot gʻildiragi hisoblansada, hayot emas. 🔹 Dunyoda qiymatga ega, ammo narxi yoʻq narsalar bor: Ona duosining narxi qancha? Otaning shafqati narxi qancha? Solih farzand va taqvodor qizning narxi qancha? Seni oʻz olamiga aylantiradigan xotinning narxi qancha? Seni oʻz olamiga aylantiradigan erning narxi qancha? Kechaning yarmida turib oʻqiladigan ikki rakaat namozning narxi qancha? Yashirin sadaqaning narxi qancha? Suyukli insonning nasihati qancha? Sadoqatli doʻstning narxi qancha? Bu narsalarni sotib olib boʻlmaydi! © Abdulqodir Polvonov sahifasidan olindi. @foydali_maslahatl_ar_1🍃
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.