cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Reyting.mc.uz sayti buyicha, ISO 9001.14001.45001 Sertifikatlari olish va mehnat.uz jammi korsatkichlar buyicha

Ахил жамоа бор жойда муаммоларга ўрин йўқ . reyting.mc.uz бўйича барча саволларга жавоб +998-91-197-16-61 @Sevara_mc_uzreyting_qurilish

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
2 230
المشتركون
-424 ساعات
+227 أيام
+19230 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
#TABRIK   Aziz yurtdoshlar! 🌙 Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida shakllangan yaxshi anʼanaga muvofiq Qurbon hayiti munosabati bilan bu yil ham bir necha kundan iborat dam olish kunlari belgilandi. Bu esa hayotimizga chinakam bayram kayfiyatini olib kirishga xizmat qilmoqda. Boisi ulug‘ ayyom kunlari muqaddas maskanlar, buyuk ajdodlarimiz qadamjolarini ziyorat qilish, aziz ota-onalarimiz, qarindosh-urugʻlarimiz, yor-u do‘stlarimizni yoʻqlash, yordamga muhtoj, bemor insonlar holidan xabar olish, yurtimiz boʻylab sayohatlarni amalga oshirish uchun qulay imkoniyat bo‘lmoqda. Shunday ekan el-yurtimizning bu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ro‘yobga chiqishiga tilakdoshman. 💐 Aziz Vatanimizda tinchlik va barqarorlik hamisha bardavom boʻlsin! Har bir sohadagi ezgu ishlarimiz, intilishlarimizni Yaratganning o‘zi qo‘llasin! 💫 Ushbu ayyom har birimizga sihat-salomatlik, totuvlik va baxt-omad olib kelsin. Kanalga ulanish 👇👇👇 🌐 https://t.me/reyting_mc_uz
إظهار الكل...
4👍 2
#очиқ_мулоқот 🛡Йирик тадбиркорлик субъектлари билан учрашувлар ўтказилмоқда Бизнес-омбудсман девони ходимлари томонидан Қорақалпоғистон Республикаси ва Андижон вилоятида тадбиркорлар учун ўқув семинарлари ташкил этилди. Президентнинг тадбиркорлар билан очиқ мулоқотига тайёргарлик юзасидан ташкил этилган тадбирда ишбилармонларнинг соҳага оид таклифлари тингланиб, тизимли муаммоларни аниқлаш ва уларни бартараф этиш бўйича таклифлар ишлаб чиқилди. Каналга уланиш 👇👇👇 🌐 https://t.me/reyting_mc_uz
إظهار الكل...
👍 1 1🥰 1👏 1🏆 1
00:05
Video unavailableShow in Telegram
Бу жуда муҳим ☝️☝️☝️☝️ 📊Қурилиш соҳасидаги тадбиркорлар учун хушхабар Вазирлар Маҳкамасининг 2024 йил 11 июндаги 326-сон қарори 📝 билан шаҳарсозлик фаолиятида рухсат бериш тартиб-таомилларига ўзгартириш киритилди. 📝Қарорга кўра, объектларнинг лойиҳалари белгиланган тартибда келишилмасдан ва ҳудудий инспекциялар рўйхатидан ўтказилмасдан қурилиш-монтаж ишлари бажарилган (қисман ёки тўлиқ) бино ва иншоотлар бўйича инструментал техник текширув хулосасини олган ҳолда, тегишли ҳужжатларни расмийлаштириш ва ҳудудий инспекциялар рўйхатидан ўтказишга 2024 йил 31 декабрга қадар рухсат берилди. Бизнес-омбудсман девони таҳлилларига кўра, қурилиш соҳасида фаолият юритувчи тадбиркорларнинг мурожаатлари ўрганилганда жорий йилнинг апрель ойига қадар республика бўйича 600 дан ортиқ қурилиш объекти ҳудудий инспекцияларда рўйхатдан ўтказилмагани ва уларни фойдаланишга топшириш муддати аввалги қонунчилик талабларига кўра 1 апрелдан тугаётгани аниқланган эди. Мазкур ҳолат тадбиркорлар томонидан сарфланган маблағларнинг йўқотилишига ҳамда маҳаллий бюджетга мол-мулк солиғи тушумининг камайишига олиб келаётган эди. Вазирлар Маҳкамасининг қарорига ўз вақтида ўзгартириш киритилиши тадбиркорларга йил якунига қадар бино ва иншоотлари учун инструментал техник текширув хулосасини олишлари ва тегишли ҳужжатларни расмийлаштиришлари учун имкон беради. Каналга уланиш 👇👇👇 🌐 https://t.me/reyting_mc_uz
إظهار الكل...
Янги конун.mp49.32 KB
👍 2👏 1💋 1🤝 1
02:18
Video unavailableShow in Telegram
#Бизнес_атамалар ✅Лицензия ёки рухсатнома Бизнесни эндигина бошлаганда тўсатдан текширувлар, кутилмаган жарималар каби муаммоларга дуч келишни хоҳламаяпсизми? ❗️Унда сизга лицензия, рухсатнома олиш ва хабардор қилиш тартиби билан тўлиқ танишиб чиқишни тавсия қиламиз! Ўзингиз шуғулланмоқчи бўлган фаолият тури учун айнан қандай ҳужжат кераклигини “Лицензиялаш, рухсат бериш ва хабардор қилиш тартиб-таомиллари тўғрисида”ги Қонун орқали билиб олишингиз мумкин. Каналга уланиш 👇👇👇 🌐 https://t.me/reyting_mc_uz
إظهار الكل...
Ролик Лицензия.mp429.49 MB
🔥 1🥰 1👏 1🏆 1
00:41
Video unavailableShow in Telegram
Ассалому алайкум Хурматли Қурувчилар Арафа куни муборак🌙🌙🌙 Каналга уланиш 👇👇👇 🌐 https://t.me/reyting_mc_uz
إظهار الكل...
1.50 MB
🙏 2👍 1 1🔥 1👏 1🏆 1💋 1
Photo unavailableShow in Telegram
😇🥰😇😇🥰🥰😇 Ogoh bo’ling. Barchasi nazorat ostida! Koʼp kvartirali uylarga xizmat koʼrsatish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va berilayotgan imkoniyatlarga qaramay, baʼzi boshqaruv tashkilotlari tomonidan qonunbuzilish holatlari kuzatilmoqda. Gap shundaki, hanuzgacha mulkdorlar haqqiga xiyonat qilishga urinayotganlar uchrab turibdi. Ammo har bir qing'ir ishning javobi bor. 🏠 Xususan, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyati o’rganilganda ularning ba’zilari belgilangan qoidalarni buzib, o'z vazifalariga bepisandlik bilan qarayotganliklari ko'zga tashlanmoqda. Mazkur holatlar yuzasidan MJtKning 159-moddasi 2-qismiga asosan 45 ta boshqaruv organi mansabdor shaxslariga nisbatan jami 224,4 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo’llanildi. Jumladan: - aholining majburiy badal to‘lovlarini “Mening uyim” billing tizimiga kiritmagan holda qabul qilgan 33 ta boshqaruv organiga jami 168,3 mln so‘m; - avariya dispetcherlik xizmatini tashkil etmagan 11 ta boshqaruv organlariga esa 56,1 mln so‘m miqdorda jarima jazosi qo'llanildi. 🔴 Shu o’rinda boshqaruv organlariga muhim eslatma! Sohada shaffoflikni oshirish, raqamlashtirish yo’lidagi muhim islohotlarimiz davom etar ekan, qoidabuzarlik qilishga uringanlar jazosiz qolmaydi. Unutmang, majburiy badal to’lovlarini billing tizimiga kirim qilmagan holda qabul qilish javobgarlikka sabab bo’ladi! Kanalga aʼzo boʻling 👇👇👇 🌐 https://t.me/reyting_mc_uz
إظهار الكل...
👍 4 1🥰 1👏 1💋 1
04:52
Video unavailableShow in Telegram
#Brifing ✅ Joriy yilning 14-iyun holatiga koʻra 20 ta shaharsozlik normalari va qoidalariga Adliya vazirligining ekspertiza xulosalari olindi Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi tadqiqot instituti direktori Sherzod Sodiqov maʼlum qildi. Shuningdek: ✅ 4 ta shaharsozlik normalari va qoidalari Adliya vazirligida koʻrib chiqilmoqda; ✅ 21 ta shaharsozlik normalari va qoidalari idoraviy kelishuvdan oʻtkazilmoqda; ✅ 2 ta shaharsozlik normalari va qoidalari idoraviy kelishuvdan oʻtkazildi, vazirlik buyrugʻi rasmiylashtirilmoqda; ✅ 2 ta shaharsozlik normalari va qoidalari qayta koʻrib chiqilmoqda. Standartlashtirish boʻyicha joriy yilning ish rejasiga kiritilgan 18 ta standartlar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Standartlashtirish boʻyicha milliy organning rasmiy veb saytida oltmish kalendar kun davomida jamoatchilik muhokamasiga joylandi hamda uning natijasiga koʻra STQ 21 “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi” Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning ijobiy xulosasi olinib, bugungi kunda Standartlashtirish boʻyicha milliy organga texnik ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritildi. 📌 Batafsil Kanalga aʼzo boʻling 👇👇👇 🌐 https://t.me/reyting_mc_uz
إظهار الكل...
tg.mp46.58 MB
1👍 1 1🏆 1🤝 1
Photo unavailableShow in Telegram
📈 Шаҳарсозлик норма ва қоидаларига киритилаётган ўзгартиришлар АОКАда Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги ҳузуридаги тадқиқот институти директори Шерзод Содиқов иштирокида шу мавзуда брифинг бошланди. Қуйидаги ҳавола орқали тўғридан-тўғри томоша қилишингиз мумкин: ➡️ Жонли эфир 〰️〰️〰️〰️〰️〰️ Каналга уланиш 👇👇👇 🌐 https://t.me/reyting_mc_uz
إظهار الكل...
👍 3👌 1🏆 1🤝 1🤗 1
3.91 MB
👍 18🥱 3💋 3 2🥴 2❤‍🔥 1😢 1🍓 1👨‍💻 1🤝 1