cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Mirabell | Hayolot olami |

"Eshik yoʻqku kiraman qanday?" Demang aslo, nolib tun-u kun. Kutilmagan tarafdan atay, Ochiladi eshik siz uchun... "Yoʻl qolmadi"- demang betoqat, Demang: "Yetar, umidim oʻldi.." Ochiladi chin yoʻl, lek faqat. Banda qo'lin koʻtarsa boʻldi. 🤲

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
432
المشتركون
+3724 ساعات
+277 أيام
+1930 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Qo'shilgan kishilar chiqib ketsa , hayron qolasan kishi ? Nega unda qo'shilgandi ? deb 🌝 #Mirabell
إظهار الكل...
Qiziq emasmi?
إظهار الكل...
* Ishga ketishga tayyorlanayotgan Aleksusni oldiga keldi Tayler. — Nima deb o'ylaysan, inson o'lishdan avval rost so'zlaydimi? — Qizni ko'zlariga tikilib ichidagi tofonni sondirishga uringan holda devorga suyanib savol berdi Tayler. — Rost gapiradi! Alday olmaydi! — erini savoliga beparvolik bilan javob qildi qiz kiyimlarining tugmalarini taqish barobarida. — Nega unday deb oylayapsan? — Tasavvur qilib ko'ring, o'lim yoqasidagi inson iloji boricha faqat va faqat rost gapiradi. Alday olmaydi. Aldaydigan darajada bolmasligi aniq! — Demak rost aytgan ekan.... — Kim? Qiziqib savol berdi xotini. — Kim ekani muhim emas, qayega ketmoqchisan? — Ishga, bugun ish kuni bo'lsa Ishga borishim kerak. — Nega seni ishlashing kerak?  Biron nimadan kam bo'lsak ham tushunardim, "ikkimiz ishlab rozg'or tebratyapmiz" deb. Menimcha ishlashni toxtatish vaqti keldi. Bugun ishdan boshab uyga qayt. — qat'iyatli ohangda gapirdi Tayler. — Tayleeeer— erkalanib chozib ismini aytib gapida davom etdi Alekesus — Juda sevaman ishimni, ahir ishlashimga qarshilik qilmasdiz ku? Nega birdan bunday gaplarni aytyapsiz? Nima faqat muhtojlikdan odam ishlaydimi? Ozim istagan ishda ishlashimni nimasi yomon? — Senga aytgan gapimni qaytaraymi? Ishdan boshashingni iltimos qilmayapman buyruq beryapman! Qiz u dedi, bu dedi, hech nima foyda bermadi. Konmadi Tayler. Ahir qandayin boshasin ishdan? O'zi zorg'a topshiriqni bajarishga jasorat toplaganida birdan Taylerni ishdan boshashini so'rashi unga g‘alati tuyuldi. Birdan hayoliga g'aroyib reja keldi. Faqat yana Taylerni aldashi kerak. Taylerga ishdan boshashlik arizasini yozib o'zini rasmiy ishdan boshagandek ko'rsatib yashirincha ishlaydi. Topshiriqni ertagachan yakunlashi kerak bo'lsa qanday ishdan boshaydi. Taylerga ariza yozib ko'rsatadi so'ng mahkamaga borib ikkisi polkovnik oldiga kirdilar. — Janob uzr bezovta qildim. — deya ichkariga kirdi Aleksus. Tayler uni ortidan kirdi xonaga. Polkovnik Taylerni ko'rib ajablangan bo'lsa ham buni sezdirmadi. — Keling Aleksus, otiringlar — Bosh kursilarga otirishlarini aytgach gapda davom etdi — Nima bo'yicha keldingiz? — Ishdan boshashlik arizasini imzolab berishingiz uchun keldik — deb javob qildi Tayler qog'ozni stolga qo'yib polkovnikga uzatdi.
إظهار الكل...
Bunday kechmishni na bir film korsata olgan, na biror senariynavis yoza olgan va na biror yozuvchi qog'ozga tushura olgan. Bu shunday bir alamu azob, otashu ko'zyosh bilan to'lgan va ta'sirli korinishidan hech farq qilmas hayotki , yashabgina uni anglash mumkin. Boshqa yo'l bilan aslo tushuntirib bo'lmaydi. Oshirib yuborayotganim yoki kopirtirayotganim yo'q, o'zimdan qo'shmiyapman va tush ham kormayayotgandim. Faqat boshimdan kechirganlarnim haqida gapiryapman xalos. Bilasiz, ba'zan inson qalbidan shunday tuyg'ular kechadiki, so'z bilan ifodalab bo'lmaydi. Ularni tushuntirishga men ham ojizman. Sizga so'zlayotgan qisqa hikoya bilan, balki, uning yuzdan birini ifodalarman. Ammo ruhimni bir umr chog' kabi kuydirgan qaqshatqich og'riqni qanday ifodalash qayerdan boshlash kerakligini bilmayman. Yoziladigan, aytiladigan shunchalar ko'p kechmish borki, alam va iztirobga to'la bu hayotni epaqaga solish konglimni aynityapdi, yuragimni siqiyapdi. Xullas bog'ilib ketyapman. Davom bor.... Muallif:  #Mirabell
إظهار الكل...
To'rt soatdan so'ng. Ikki yosh juftlik baxtli kunini nishonlash uchun ikki tarafdan ko'pgina mehmonlar yig'ilishdi. Kelin juda baxtli edi. Yigit ham oʻzini baxtlidek tutar, rejasi haqida sezdirmayotgan edi. Ruhoniy qo'liga kitobni olib oila haqida biroz maruza qildi so'ng — Kyov bolmish Mateo o'g'li Frankl siz Mirabell qizi Donni nikohingizga olishga rozimisiz? Mateo qizga tikildi undagi ko'zlaridagi quvonchni ko'rdi so'ng otasiga qaradi. Otasi unga boshla degandek ishora qildi. Otasidan buyruq olgan yigit beliga yashirgan to'pponchani tezda olib Donni nishonga olib o'q o'tdi. Bu hodisa sekundlar ichida roy berganligi sabab Mirabell hech narsaga tushunmay qoldi. Yuzidagi tabassum ketib otasiga qaradi. Otasi yuragini ushlagancha yerga quladi. Bir zumda ikki taraflama otishma boshlanib ketdi. Mirabell Mateoga qaradi va — Nega?...nega bunday qilding? Axir senga ishongan edim...— Qiz yig'lamotir bo'lib yigitni yoqasidan ushlab o'ziga yaqin tortdi. Ko'zlarida g'azab va alam aks etgancha unga tikilib turardi. — Nima kutganding mendan, moviy ko'zligim? Seni sevib qolishimni va baxtli yashashimizni orzu qilgan bo'lsang bu hammasi hom-hayol! Eshityapsanmi? Men seni aslo sevmaganman! Ey qanday qilib Dushmanningni o'g'liga ishonib sevib qolding? Shunchalik ahmoq bolasanmi Mirabell? — Yigit qizni yoqasini ushlab turgan qo'lini siltab tashladi so'ng uzoqlashdi qizdan. Qiz yerga o'tirib qoldi. Barcha narsalar tush bo'lib chiqishini hohlab yig'lab yubordi. Atrofda otishma ovozi, ayollar qichqirig'i va otasini quchib yig'layotgan onasini ko'rgan Mirabell o'zida kuch topib o'rnidan turdi va shirinliklar orasidagi oshxona pichog'ini olib Mateoga moljallab uloqtirdi. Qochishga urungan kuyov bolani boshiga sanchilib qoldi pichoq. Axir Mirabell merganlik bo'yicha mashhur edi. Qiz otasi uchunmi yoki sevgilisi unga xiyonat qilganigami yig'lashni bilmay qolgandi. Ertalabki quvonchni o'rnini nafrat va baxtsizlik egallab oldi. ●●● O'yimning faryodi yurakni ezardi. O'zini hali u, hali bu devorga urar, badanida shikastlanmagan , yaralanmagan joy qolmayotgandi. Qalbini yoqayotgan olov butun dunyosini qamrab olgan, uni to'xtatish, tinchlantirish sira iloji yo'q edi. Yig'isi alam va iztirob bilan shunchalar qorishib ketar ediki, tinchlantirmoqchi bolganlarning o'zlari ko'zyoshlarida bog'ilar, hasrati qarshisida tinkalari qurardi. Hovchidagi yulingan sochlari, tirnab tashlangan yuzidan oqayotgan qonni kor'ganlar bu ayovsiz manzaradan qotib qo'lishgandi. Haqiqiy yonish, chin olov , asl otash va rosmana chog' mana shu bo'lsa kerak deb o'ylayman. Bu yonish, bu qovurilish odamni cheksiz g'ussaga solardi. O'sha paytda men yigirma ikki yoshda edim. Men o'ylagan baxtli kun aslida hayotimni barbod qilgan kunim ekan. Yoshim katta bo'lishiga qaramay sodir bo'layotganlarga unchalik ham aqlim yetmas, his qilgan yagona narsa oyimning yuraklarni larzaga solgan faryodi oldida olov bo'lib yonish edi. Umrim bo'yi olov va otash sonmagan qalbimga o'shanda ilk chog' tushgan edi. Bir necha soat oldin shifoxonadagi doktor otamni asrab qolish iloji yo'q etganidan hammasi shundan keyin boshlandi. Bu shunchalar yomon habar ediki qalbimgacha titrab ketdim eshitib. Shifoxonada qiyomat mana shundan keyin boshlandi. Onamning tinchlantirib, to'xtatib bo'lmas faryodi. Bu habardan habar topganlar va  voqeadan habardor bolganlarni barchasi shifoxonaga toplanishdi. Onamning yig'lashi, hasrat chekishi, harakatlari qalbimni dog'lardi. ◆ Bizning hayot shunday boshlandi. Barchasi mana shu hodisadan so'ng boshlandi. Hayotimni mazmuni deb ishongan insonim mening otamni qotili bo'ldi. Buni hali honuz qabul qilolmay qoldim. Onamni shifoxonani larzaga solgan faryodi hali hamon quloqlarim tagida jaranglayapdi. Opalarimni jangavor jamoasi tomonidan ko'pgina odamlar o'sha kuni vafot etdi. Nafaqat bizni uyda aza bo'lyapti balki ko'pgina oilalarda aza libosi kiyilgan.
إظهار الكل...
#Biz_begona_bo'la olamizmi?                     [ 1- bo'lim ] Bugun men kutgan baxtli kun. Ha aynan barcha qizlar orzu qilib kutgan baxtli kun. Ya'ni aytmoqchimanki bugun meni nikoh to'yim. Ertalabdan dugonalarim kelishgan. Men kiyishni istagan libosim ham soch turmagimni qiladigan ayol ham keldi. Hamma narsa shay turibdi. Bu kunni uzoq kutgan edim. Soat o'n birda oq kelin ko'ylak libosimni kiyishimga yordam berishdi. Sochimni turmaklab, yuzimga pardoz qilishdi. Hozir esa ko'zgu qarshisida aksimga mahliyo bo'lib turibman. Shu kunga yetishish uchun ilojsiz ishlarni amalga oshirgan edim. "Qanday ilojsiz ishni aytyapdi" deb qiziqayotgan bo'lsangiz gapni chozmay aytaqolay. Birinchisi, ikki opamdan avval men turmushga chiqishim. Aslida uncha ilojsizdek ko'rinmas ammo juda qiyin bo'lgan avval turmushga chiqish istagini ota-onamga aytish. Bu qiz bola uchun biroz mushkul ish. Hullas bu uncha katta muammo bo'lmadi lekin ikkinchisi haqiqiy ilojsiz ish edi. Men turmushga chiqayotgan yigitni otasi bilan meni otam dushmanlar edi. Huddi kinodagidek ikki Mafia dushman oilani farzandlari bir-biriga ko'ngil qoyishganidek. Ha, Men otamni dushmanini o'g'lini sevib qoldim. Ilojsiz bo'lgan yo'lni bosib otib bugun mana baxtga qadam qayadigan kunim. — Kiyov bilan foto suratga tushush kerak Kiyovbola keldi , fotoparatchi ham. Yuraqol seni kutishyapdi. — Dugonam meni xonadan sudragudek qilib olib chiqib ketdi. ... — Bir biringizga yaqinroq turinglar — suratchi ikki yosh juflikga buyruq bergancha fotaparatga qaradi. — Bugun juda ham jozibalisan — yigit qizni belidan quchib o'ziga yaqinlashtirib ko'zlariga qaradi. Qiz kulib unga qarab turar edi. — Endi kameraga qaranglar , ha mana shunday. — deya bir qancha suratga ola boshladi fotosuratchi. Shu vaqt yigitga qo'ng'iroq bo'lib qoldi. — Telefon bo'lyapti olmaysanmi? — qiz tabassum qilib gapirdi bo'lajak kuyovga. Yigit sekin qo'ng'iroq qilayotgan odam kim ekanini ko'rib ensa qotirdi so'ng qizga ko'rsatib — Leyla qo'ng'iroq qilyapdi shartnoma bo'yicha — deb aytdi. — U hali ham shartnoma imzolamadimi? Unga hal qilishda yordam ber. — qiz muloyimlik bilan gapirdi so'ng suratchiga qarab — Biroz tanafus qilaylik. Yuringlar sizlarni qahva bilan mehmon qilaman. – dedi qiz muloyimlik bilan hammaga yo'l boshlagancha. — Buncha meni yagonam aqilli a? — degancha yigit suratga olish maydonidan uzoqroqga ketdi va go'shakni oldi. — Ha eshitaman, Yagonam. Hozir ishlar bilan band edim. — Nega go'shakni olmayapsan? — mayin ovoz sohibasi arazlagan ovozda gapirdi. — Bilasan-ku meni ishim ko'p. Hozir kamandirovkaga otamni ishi bo'yicha ketganimni aytgandim. Bugun bir ishni yakunlagach yoningga uchub boraman, Yagonam. — Kamandirovka? Aldashni nima keragi bor? — Nega seni aldayman. Men rostan ham kamandirofkadaman. Nega menga ishonmayapsan — ishonarli tarzda kuyunib gapirdi yigit. — Ishonishimni istasang tezda qayt! Seni sog'indim. — Men hozir ishimni yakunlamay ketolmayman Go'zalim — Ortinga uguril ! — qizni gapini eshitagch yigit ortiga qaradi. Ne ko'z bilan qarasin Leyla unga qarab turgan edi g'azab bilan. — Leyla hoziroq ket! Keyin senga tushuntirib beraman, eshityapsanmi keyin! — vahimaga tushib qolib qizni yelkalaridan ushlab gapirdi yigit. — Menga tushuntirib ber! Seni to'ying bolyatganini yangiliklardan bildim. Meni aldab ish yuzasidan deyishga uyalmaysanmi? — qiz baqirib baqirib yig'i ovozida gapirdi. — Tushun. Meni qiladigan ishim bor! — qizni tinchlantirishga urunib qo'lidan ushlamoqchi edi. Qiz undan uzoqlashdida so'ng — Ikki yildan buyon meni aldab kelyotganmiding? Nega menga umid berasan Agar boshqasiga uylanadigan bo'lsang. Ko'nglim oyinchoqmi? — deb aytdi alamzada bo'lgan qiz. — Bu toy haqiqiy emas. Barchasi o'yin. Otamni dushmani meni ham dushmanim. Qanday qilib uni qiziga uylanaman. Seni sevaman Leyla yagonam. Eshityapsanmi? — Demak, o'yin bu. Lekin nega bu darajagacha olib kelding? Axir qizni qalbi sinishini haqida oylamadingmi? — qiz ko'z yoshlarini artib yigitga qaradi. — Unda qalb bo'lsa sinadi-da. Yig'lama yagonam. — degancha qizni quchib sochlaridan siladi yigit.
إظهار الكل...
Photo unavailable
"O'GAY ONA" Hayotimning o'n sakkizidan o'tib o'n to'qqizinchi bahorini qarshi olganimda qalbim koshonasiga muhabbat deb atalmish ajib tuyg'u kirib keldi. To o'zing muhabbat asirasi bo'lmaguningcha bu tuyg'u neligini tasavur ham qila olmas ekansan(kitoblardagini bilasan xolos) Biroq...sevgi to'la bog'imni qahraton qish o'z iskanchasiga olib izhor bo'lishga ulgurmagan muhabbatimni muzlatdi. Opam ikki qizi bilan beva qolgach, uni turmush o'rtog'ining ukasiga nikohlashdi(bir xonadonga ikki bor kelin bo'ldi... Mana bugun opamdan uch qiz yodgor....xudoyimning irodasimi yo zulmkorlarning zulmi sababmi opam hozir yonimizda yo'qlar... Sevgimni qalbimga ko'mishimga majbur qilishdi. Istamasamda uch jiyanimga ona qilishdi. Jigar o'gay bo'lmaydi deyishgandi biroq adashishibdi O'gay onaman....o'gaylardanda o'gayroq. #SOHIBJAMOL_VA_MAHLUQ hikoyasi(ertaksimon bo'lib) fantaziya janrini sevuvchilar uchun #O'JAR O'ZIM #O'G'IRLANGAN KELIN #FOTIMA va ZUHRA katta kichik 100dan ortiq hayotiy hikoyalar #muallif_GULSHODA_GUL
إظهار الكل...
100dan ortiq hikoyalarni o'qish
Photo unavailable
"O'GAY ONA" Hayotimning o'n sakkizidan o'tib o'n to'qqizinchi bahorini qarshi olganimda qalbim koshonasiga muhabbat deb atalmish ajib tuyg'u kirib keldi. To o'zing muhabbat asirasi bo'lmaguningcha bu tuyg'u neligini tasavur ham qila olmas ekansan(kitoblardagini bilasan xolos) Biroq...sevgi to'la bog'imni qahraton qish o'z iskanchasiga olib izhor bo'lishga ulgurmagan muhabbatimni muzlatdi. Opam ikki qizi bilan beva qolgach, uni turmush o'rtog'ining ukasiga nikohlashdi(bir xonadonga ikki bor kelin bo'ldi... Mana bugun opamdan uch qiz yodgor....xudoyimning irodasimi yo zulmkorlarning zulmi sababmi opam hozir yonimizda yo'qlar... Sevgimni qalbimga ko'mishimga majbur qilishdi. Istamasamda uch jiyanimga ona qilishdi. Jigar o'gay bo'lmaydi deyishgandi biroq adashishibdi O'gay onaman....o'gaylardanda o'gayroq. #SOHIBJAMOL_VA_MAHLUQ hikoyasi(ertaksimon bo'lib) fantaziya janrini sevuvchilar uchun #O'JAR O'ZIM #O'G'IRLANGAN KELIN #FOTIMA va ZUHRA katta kichik 100dan ortiq hayotiy hikoyalar #muallif_GULSHODA_GUL
إظهار الكل...
100dan ortiq hikoyalarni o'qish
Yangilik bilan tanishingiz😆, men anchadan buyon yozishni hohlagan asarim. Ertaga premyerani ilk qismi joylanadi va shuningdek sevimli qahramonlarimiz bilan hayrlashamiz ya'ni "Qopqon" asarim erta indin yakunlanadi. Juda katta asar bo'ladi bu ham. #Mirabell
إظهار الكل...
Photo unavailable
Mirabelldan yangi asar: Biz begona bo'la olamizmi? Bu asar "Men u emasman" asarining mantiqiy davomi bo'lib, "Men u emasman" asaridagi mavhum qahramonni hayoti haqidagi asar. Bu asarning boshqa asarlardan farqi nimada? Men ijod qilishni boshlaganimdan beri bosh qahramonni qattiyatli, sovuqqon va g'ururli qilib tasvirlayman. Sababi meni xarakterim ham shunday. Bu hikoyada oldinga intinishni emas balki hayotda bazida chekinish ham kerak ekanligini eslatib otmoqchiman. Ijodimga yangilik kiritmoqchiman. Hozircha shular. Bu asar ham boshqa asarlarim kabi qalbingizdan joy oladi degan umiddaman. Ha yana bir eslatma! "Biz begona bo'la olamizmi?" asarimni mazmunini tushunish uchun "Men u emasman" asarini o'qigan bo'lish shart emas! #parcha: Kimnidir yaxshi " Xotira " larida borsan ! Kimnidir " Yuragi " da... Kimnidir ezgu " Niyat" larida borsan... Kimnidir eslaganingda jilmayasan... Kimdir yuragingda jilmayadi... Kimdir ismingni qalbida ochmas iz qoldiradi..🌷💜 Muallif: #Mirabell Kanal: @Mirabell_hayolot_dunyosi
إظهار الكل...
Kanalga kirish
Asar davomini o'qish
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.