ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك 👈

Basic English

Basic English

الذهاب إلى القناة على Telegram

Ingliz tilini noldan oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun - Har kuni reja asosida oʻrganib borasiz - Hozirda lugʻat boyligi uchun Essantial kitobini test ishlamoqdamiz! https://bio.link/basiceng

إظهار المزيد
4 096
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام
أرشيف المشاركات
!!! Quyidagi sinonimlarni órganib chiqing °Calm-yuvosh °Careful-ehtiyotkor °Cheap- arzon °Clean- toza °Clear- aqlli °Cold-sov
!!! Quyidagi sinonimlarni órganib chiqing °Calm-yuvosh °Careful-ehtiyotkor °Cheap- arzon °Clean- toza °Clear- aqlli °Cold-sovuq °Colorful- rangbarang °Competitive-raqobatlashadigan °Complet-tushunuvchan 😊Post yoqqan bo‘lsa kanalimizga do‘stlaringizni taklif qiling ! @grammar_ingliz

Salom doʻstlar 😍 Bugun sizlar bilan "Used to" iborasi va uning boshqa variantlari bilan birma-bir tanishib chiqamiz! ⠀ 📌"Used to" iborasi o'tmishda odatiy bo'lgan holatlar va qaytalangan harakatlarni ifodalashda ishlatiladi. ⠀ Masalan: I used to play football with my dad. (Men avvallari dadam bilan futbol o'ynar edim). I used to wear glasses. (Men avval ko'zoynak taqar edim) ⠀ 📌"To be used to" iborasi biron harakat yoki holatga o'rgangan bo'lganda ishlatiladi. ⠀ Masalan: I'm used to hard work. (Men qattiq ishlashga o'rganganman) ⠀ 📌"To get used to" iborasi esa ma'lum bir ish-harakat odatiy holatga aylanib borayotganda ishlatiladi. ⠀ Masalan: I'm getting used to cold weather. (Men sovuq havoga o'rganib boryapman). ⠀ 🔖Iboralarni yaxshilab o'rganib chiqing va izohlarda gap tuzib qoldiring👇👇👇 #grammar @grammar_ingliz

Best English Lessons P.s. Ushbu videoni ko'rishni qattiq tavsiya qilaman 😊 @grammar_ingliz

Sending and receiving accent - aksent announcement - e'lon broadcast - radio eshittirish channel - kanal clear - toza , tushunarli click - bosmoq contact - aloqa qilmoq file - fayl formal - rasmiy image - surat informal - norasmiy internet - internet interrupt - halal bermoq link - silka media - media online - onlayn pause - to'xtatmoq persuade - ko'ndirmoq, ishontirmoq pronounce - talaffuz qilmoq publish - bosib chiqarmoq report - sharhlamoq request - so'rov ring - jiringlamoq signal - signal swear - qasam ichmoq, so'kinmoq type - yozmoq (klaviaturada) viewer - tomoshabin website - vebsayt whisper - pichirlamoq #vocabulary @grammar_ingliz

✅Lesson_4 🗣 Audio izohi #present_perfect Share with your friends 🤠 @grammar_ingliz

#present_perfect. #kanalimiz_kuzatuvchisi sòrovlariga binoan #savol yoki tushunmagan mavzungiz bormi 👇👇 @masterSultonbekbot
#present_perfect. #kanalimiz_kuzatuvchisi sòrovlariga binoan #savol yoki tushunmagan mavzungiz bormi 👇👇 @masterSultonbekbot ga yuboring biz tahlil qilib kanalga joylemiz Hurmat bilan👇👇 @grammar_ingliz pedagogik jamoasi👨‍🎓 Join and share with your friends 🤠 🗣Audio izohi pastda👇👇

Kanalimiz 1K bulsa IELTS darslari tekin beriladi doʻstlarimizni taklif qilamizmi kanalga?
Anonymous voting

Present perfect continuous tense qo'llanish holatlari 1️⃣ Mazkur zamon oʻtgan zamonda boshlanib, hozirgacha davom etib turgan va gapda ushbu ish-harakat qancha muddat (qachondan beri) davom etib turganligi koʻrsatilgan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi. ✳️ Ish-harakat qancha muddat davom etib turganligi since - dan beri, for - dan buyon, so'roq gaplarda esa how long - qachondan beri soʻzlari yordamida koʻrsatiladi. 🔸It has been raining since 3 oʻclock. (Soat uchdan beri yomg'ir yog'yapti) 🔸It has been raining for two hours. (Ikki soatdan buyon yomg'ir yog'yapti) 🔸How long has it been raining? (Qachondan beri yomg'ir yog'yapti?) 2️⃣ Mazkur zamon oʻtgan zamonda davom etib turgan, lekin hozirga kelib tugallangan va natijasi ayon boʻlgan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi. Bu yerda ish-harakat qancha davom etganligi koʻrsatilishi shart emas. 🔸I am tired. I have been working in the garden. (Men charchaganman. Men bog'da ishlayotgan edim) ✅ Yuqoridagi misolda birinchi gap hozirgi zamondagi natijani (charchaganlikni) va ikkinchi gap esa charchashga olib kelgan va biroz oldin davom etib turgan ish-harakatni koʻrsatmoqda. 🔸 Tom's hands are dirty. He has been repairing his car. (Tomning qoʻllari kir. U mashinasini tuzatayotgan edi) ⚠️ Yuqoridagi misollarda ish-harakat qancha davom etganligini ham koʻrsatish mumkin, lekin bu narsa unchalik muhim emas. Bu qoida davomiy ish-harakat natijasida kelib chiqqan natijani ko'rsatish uchun qoʻllaniladi. 🔸 I am tired😓. I have been working in the garden (all day). 3️⃣ Present Perfect Continuous zamoni hozirgi zamonda davom etayotgan biror ishga nisbatan norozilik, jahl, jig'ibiyronlik kayfiyatini ifodalashda ham qo'llaniladi. 🔸Somebody has been giving away our plans. (Kimdir bizning rejalarimizni oshkor qilib yuribdi ... so'zlovchi jahl bilan, norozilik kayfiyatida gapiryapti) ⚠️ Davomiy zamonlarda qoʻllana olmaydigan holat fe'llari (like, want, know) Present perfect continuous zamonida emas, Present perfect simple (hozirgi tugallangan oddiy zamoni) da qoʻllaniladi. 🔸 I have known Jack for five years. (have been knowing emas.) ⚠️ Holat fe’llaridan want (xohlamoq) va mean (niyatda bo’lmoq) fe’llari Present perfect continuous zamonida ishlatilishi mumkin. 🔸I’ve been meaning to phone Anna, but I keep forgetting #grammar @grammar_ingliz

Present perfect continuous tense ✳️ Present Perfect Continuous tense - hozirgi davomiy tugallangan zamon, oʻzbek tilida uchramaydigan zamon shakli boʻlib, bu zamondagi ish-harakatlarda ham davomiylik, ham tugallanganlik xususiyatlari mavjud. 🔸Sam has been talking on the phone for half an hour. (Sem telefonda yarim soatdan beri gaplashyapti ... davomiylik ma'nosi bor, o'tgan zamonda ish-harakat boshlangan va hozirgacha davom etmoqda) 🔸Her feet hurt. She has been walking since morning. (Uning oyoqlari og'riyapti. U ertalabdan beri piyoda yurgan edi ... ish-harakat tugallangan, lekin biroz oldin davom etib turgan va natijasi hozirga ayon) ✳️ Ushbu zamonning qolipi have/has been yordamchi fe'llari + ing qoʻshimchasi qoʻshilgan asosiy fe'l bilan qoʻllaniladi. ▪️Positive form: 🔸I have been working 🔸He/she/it has been working 🔸We/you/they have been working ▪️ Negative form: 🔸I have not been working 🔸He/she/it has not been working 🔸We/you/they have not been working ▪️ Question form: 🔸Have I been working? 🔸Has he/she/it been working? 🔸Have we/you/they been working? Misollar: 🔸 I have been working in the garden for six hours. It looks different now. (Men bog'da olti soat ishladim. Hozir uning ko'rinishi boshqacha) 🔸 Tom, have you been looking for me? (Tom, meni izlayotganmiding?) ▶️ Present perfect continuous tense – hozirgi tugallangan davomiy zamon qo'llaniladigan holatlar keyingi darsda atroflicha yoritib beriladi. #grammar @grammar_ingliz

How To Know Yourself Again || POSITIVE MORNING 🔰#MOTIVATION @grammar_ingliz

Huddiki hafta davomida butun dunyo yumishlarini bajarib tashlagandek yakshanba kuni "ertalab meni uyg‘otmanglar, rosa charchaganman" deb dag‘dag‘acha qilib qo‘yadigan talabalar, xayrli tong!😁 Bugun barcha qolib ketgan darslarimni tugatib qoyaman deb ertalabdan kechgacha dam olish kuni ishledigan Abituriyentlar good morning😁 Bugun yakshanba, bozorga borib bahonada shashlik yeb kelaman deb, ro‘zg‘or xarajatlaridan pul orttira olmay perashka yeb qaytib keladigan kun! @grammar_ingliz

#dance_music 🕺 #music_time #good_night🥱 @grammar_ingliz

👨‍🎓 WELCOME to our channel If you have any questions👇 ❗️@masterSultonbekBot 🗣 Individual tayyorlanish uchun Pullik kursimiz 🔰 Assalomu alaykum kanalimiz haqida qisqacha malumot ✅To be 1 ✅To be 2 ✅ Present Continuous 1 ✅ Present Continuous 2 ✅Present Simple ✅ Present Simple 2 ✅ Present Simple 3 ✅Simple and continuous ✅Past Simple ✅Past Simple 2 ✅was were ✅Past Continuous ✅Past Continuous and simple ✅Have and has got ✅ Present Perfect 1 ✅ Present Perfect 2 ✅ Present Perfect 3 ✅For since ago ✅ Present Perfect and simple ✅ Passive Voice ✅ Present for future ✅To be going to ✅ Will Shall 1 ✅Will Shall 2 ✅Can and Could ✅may might ✅must ✅Should ✅have to ✅would you like ✅there is / are ✅There was were ✅It ✅Go going work working ✅Be have do ✅Regular Irregular verbs ✅I'm I don't ✅Have you are you don't you ✅too either ✅Negatives ✅ Question 1 ✅ Question 2 ✅ Question 3 ✅What which how ✅How long does it take ✅Can you tell me ✅ Infinitive Gerund ✅I want to you.... ✅He said that.. ✅I went to shop to buy.... ✅Get ✅Go ✅ Personal and objective pronaun ✅ Possessive adj pronaun ✅Possessive Pronaun ✅ Pronauns ✅Reflective pronaun ✅ Apostrophe 'S ✅A and An ✅Singular and Plurals. ✅Countable and uncountable. ✅Countable and uncount 2. ✅A ,An and The. ✅The ✅Go+Verb ✅Article ✅The (name of place) ✅Demonstrative pronaun ✅One/Ones ✅Some and Any ✅Not any no one ✅Not anybody anyone ✅Some any no ✅Every everybody everything ✅All most some ✅Both either neither ✅A lot much many ✅A little a few ✅ Adjectives ✅Adverbs ✅Comperative ✅Older.....than ✅Not...as as ✅The oldest ✅Enough ✅Too ✅Word order 1 ✅Word order 2 ✅Still Yet ✅Imperative sentence ✅At On In ✅From....to Until Till ✅ Before After During While ✅In At ✅To In At (places) DARSLARIMIZ DAVOMI Different kind of English books 🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓 All English video lessons

Diqqat ❗️ ✅ #Grammar 👈 hashtegi orqali grammakit ma'lumotlarni👇 ✅ #Music 👈 hashtegi orqali turli xil musiqalarni 👇 ✅ #Vocabulary 👈 hashtegi orqali soʻzlarni 👇 ✅ #Motivation 👈 hashtegi orqali turlicha matevatsion videolarni👇 ✅ Kanal xaritasi. 👈 orqali barcha darslarni 👇 Topishingiz mumkin🥳 ❗️Join and share with your friends 🤠 🗣Channel @grammar_ingliz

✅ Useful 📚 🗣 Getting - be +getting (adj) odatda o'zgarayotgan holatlarni ifodalaydi: 🔸 It's getting late ! - Kech tushyapti 🔸 It's getting dark ! - Qorong'u bo'lyapti 🔸 It's getting cold ! - Sovuq bo'lyapti 🔸 It's getting old - eskiryapti 🔸 It's getting better- yaxshilanayapti 🔸 Its getting worse - yomonlashyapti 🔸 Its getting worse and worse. Kundan kunga yomonlashyapti 🔸 Its getting crowded in here - odam ko'payapti 🔸 It's Getting Harder - og'irlashyapti 🔸 It's getting serious - jiddiylashmoqda 🔸 I am getting confused - ikkilanib qoldim 🔸 I am getting better - yaxshilanayapman 🔸 I am getting bald - Sochim to'kilyapti 🔸 I am getting bored - zerkayapman 🔸 I am getting married - uylanyapman 🔸 I am getting ready -tayyorlanayapman 🔸 I am getting stronger- kuchimga kuch qo'shilyapti 🔸 She is getting divorced -u ajrashyapti 🇬🇧 @grammar_ingliz

Ingliz tili grammatikasini tinglaymiz va õrganamiz. Kõringlar. Bu juda ham qiziq @grammar_ingliz

✳️FOR so’zining turli holatlarda ishlatilishi✳️ ⚠️Biz “for” so’zini “uchun” degan tarjimadan tashqari, ‘because’ – “chunki” tarjimasini keltirib chiqarish uchun ham ishlatishimiz mumkin. For so’zi bu tarjima bilan faqat rasmiy ingliz tilida ishlatiladi. 🔹The divers have to be careful for a sudden change in conditions could be dangerous – Haydovchilar ehtiyot bo’lishlari kerak, chunki holatdagi keskin o’zgarish xavfli bo’lishi mumkin. 🔹Read the instructions carefully for you will only get one chance to enter the information – Yo’riqnomani diqqat bilan o’qing, chunki ma’lumotni kiritish uchun faqat bitta imkoniyatga ega bo’lasiz. ⚠️Bundan tashqari for so’zini maqsad yoki sababga nisbatan ishlatishimiz ham mumkin. 🔹What did you that for? – Nima uchun buni qilding? 🔹What is that for? – Bu nima uchun? 🔹Thank you for your letter. – Maktubingiz uchun raxmat. 🔹I don’t have enough money for the ticket. – Menda chipta uchun yetarli pul yo’q. 🔹I need treatment for my bad back. – Mening og’riyotgan belim uchun davo kerak. ⚠️For so’zlovchining qaysidir narsaga hayrixohligini, tarafdorligini ham bildirishi mumkin. 🔹He is for the idea of cutting taxes. – U soliqlarni kamaytirish tarafdori. 🔹I am for this change in the way we do things. – Men qilayotgan ishlarimizdagi 🔹shunday o’zgarish tarafdoriman. 🔹You need to stand up for what is right. – Haqiqat uchun kurashishingiz kerak. ⚠️Biz for so’zini vaqt va masofani bildiruvchi iboralar bilan ishlatishimiz mumkin. 🔹I walked for miles. – Men milyalab yurdim. 🔹I waited for a long time. – Men uzoq vaqt kutdim. 🔹We will be away for the next week. – Biz kelasi hafta davomida ketgan bo’lamiz. ⚠️Ba’zan yuqoridagiga o’xshash ma’nolarda for so’zini butunlay tushirib qoldirishimiz ham mumkin. Bunda, gap ma’nosida hech qanday o’zgarish bo’lmaydi: 🔹I walked miles. – Men milyalab yurdim. 🔹I waited a long time. – Men uzoq vaqt kutdim. ⚠️Hozirgi tugallangan zamonda (Present Perfect) for ish-harakat davomiyligi oralig’ini bildirsa, since ish-harakatning boshlanish vaqtini anglatadi. 🔹I have studied English for seven years. – Men 7 yildan beri ingliz tilini o’rganaman. 🔹I have studied English since I was 12. – Men 12 yoshimdan beri ingliz tilini o’rganaman. ⚠️For so’zi ishtirok etgan ba’zi eng ko’p tarqalgan, bilishingiz foydali bo’lgan iboralar: 🔹I enclose a cheque/check for 100 euros – Men 100 yevroga chekni ilova qildim. 🔹What’s another word for stupid? – Ahmoq so’zini bildirgan boshqa so’z nima? 🔹I’ve known him for ages. – Men uni uzoq vaqtdan beri bilaman. 🔹I am all for making this change. – Men bu o’zgarishni qilishga qattiq kirishganman. 🔹Get ready. -What for? -Anne is coming. – Tayyorlaning. -Nima uchun? -Anna kelayapti. #grammar @grammar_ingliz

✅Lesson_3 🗣 AUDIO izohi. @grammar_ingliz