Kelajak aviatori/Юный авиатор
الذهاب إلى القناة على Telegram
Harbiy uchuvchi yoki muhandislik kasbini tanlab, hayotini armiya bilan bog'lamoqchi bo'lgan yoshlar uchun kanal. Saytimiz airforce.uz. https://www.instagram.com/aviation_institute_usbekistan. Ка для тех кто хочет стать военным лётчиком или инженером.
إظهار المزيد2 738
المشتركون
-724 ساعات
-347 أيام
-14930 أيام
أرشيف المشاركات
🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar harbiy xizmat nufuzini yuksaltirish yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda ularning kelajakdagi hayot yoʻlini belgilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Xususan “Bir askar – bir kasb” tamoyili asosida muddatli harbiy xizmatchilarni zamonaviy kasb-hunarlarga oʻqitish oliy taʼlim muassasalariga tayyorlash va ularning intellektual salohiyatini oshirish boʻyicha tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan.Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutida ham har bir harbiy xizmatchiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Ularning qiziqishlari intilishlari va salohiyati chuqur oʻrganilib kelajakda oʻz oʻrnini topishi uchun qiziqqan sohalari boʻyicha kasbiy yoʻnaltirish ishlari izchil tashkil etilmoqda.↘️ Yangiliklarni kuzatib boring: Telegram| Instagram| Airforce.uz
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
🔉Vatan posbonlari — milliy terma jamoa bilan bir safda!
⭐️Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari milliy terma jamoamizni faol qo‘llab-quvvatlamoqda. G‘alabaga ishonch, Vatanga sadoqat va birdamlik barchamizni birlashtirib turibdi.
🔗Bir maqsad, bir yurak, bir Vatan ostida hayqiramiz – OLG‘A O‘ZBEKISTON!
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
🔉 Harbiy xizmatchilarga ijara uchun kompensatsiya miqdori oshiriladi
⭐️“Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari va ayrim fuqaro xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–214-son, 08.06.2026-y.) qabul qilindi.
🗃 Qarorga koʻra, 2026-yil 10-iyundan Toshkent va Samarqand shaharlarida harbiy xizmatchilarga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun toʻlanadigan har oylik pul kompensatsiyasi miqdori 25 foizga oshiriladi.
🍔Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mudofaa ishlari boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) mudofaa ishlari boʻlimlari shtatidagi fuqaro xodimlarning (chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbarlari bundan mustasno) ish haqi miqdori 2026-yil 10-iyundan 20 foizga, 2027-yil 1-yanvardan esa 50 foizga oshiriladi.
🍔 Bunda fuqaro xodimlarning tarif stavkalarini hisoblash amaldagi mehnatga haq toʻlash razryadlari (mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi) boʻyicha tarif koeffitsiyentlarini tegishlicha 2026-yil 10-iyundan eʼtiboran 1,2 baravarga, 2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran 1,7 baravarga koʻpaytirish orqali amalga oshiriladi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⚡️⚡️⚡️Harbiy aviatsiya institutida davlat attestatsiya sinovlari qizgʻin davom etmoqda.Kursantlar egallagan nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazib, kelajakdagi ofitserlik faoliyati sari muhim bosqichni bosib oʻtmoqdalar.↘️ Yangiliklarni kuzatib boring: Telegram| Instagram | Airforce.uz
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
🔉YURAGIMIZDA VATAN, QALBIMIZDA MARDLIK VA FIDOYILIK!
⭐️Qanotlarimiz musaffo osmon uzra parvoz qilar ekan, yuraklarimiz milliy terma jamoamiz bilan birga uradi. Har bir parvozimizda sizlarga bo‘lgan ishonch, har bir nafasimizda g‘alabaga bo‘lgan tilak mujassam.
🔗Bir maqsad, bir yurak, bir Vatan ostida hayqiramiz – OLG‘A O‘ZBEKISTON!
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev mudofaa sohasidagi ayrim masalalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по отдельным вопросам в сфере обороны.
#Mirziyoyev #taqdimot #mudofaa #QurolliKuchlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
🔉YURAGIMIZDA VATAN, QALBIMIZDA MARDLIK VA FIDOYILIK!
⭐️Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Jahon chempionatiga yo‘l olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini katta faxr va yuksak ishonch bilan qo‘llab-quvvatlamoqda.
🔗Bir maqsad, bir yurak, bir Vatan ostida hayqiramiz – OLG‘A O‘ZBEKISTON!
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
+4
🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutida bitiruvchi kursantlarning davlat attestatsiya sinovlari tantanali ruhda boshlandi.Mazkur muhim jarayon munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligining masʼul ofitserlari ishtirok etib, kursantlarga samimiy tilak va tavsiyalarini bildirdilar.Soʻzga chiqqanlar davlat attestatsiyasi har bir kursantning egallagan bilim, koʻnikma va malakasini namoyon etuvchi masʼuliyatli bosqich ekanligini taʼkidlab, ularga sinovlarda yuqori natijalar, mustahkam iroda hamda kelgusi harbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.Davlat attestatsiya sinovlari davomida kursantlarning nazariy bilimlari, amaliy tayyorgarligi hamda kasbiy mahorati belgilangan mezonlar asosida baholanadi.↘️ Yangiliklarni kuzatib boring: Telegram| Instagram | Airforce.uz
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
Axborot 24 | “Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
+6
⭐️“Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasi gʻoliblari aniqlandi
Qarshi shahridagi Harbiy aviatsiya institutida yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasining respublika bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.
Batafsil — https://gov.uz/mudofaa
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Repost from Vatanparvar Uzedu
“Жасорат учқунлари” ҳарбий ватанпарварлик ва спорт мусобақаси республика босқичи ғолибларини тақдирлаш маросими Қашқадарё вилоятида бўлиб ўтди.
Repost from Qashqadaryo yoshlari |Yoshlar Ittifoqi
+5
🇺🇿Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish — ustuvor vazifa
🔗Mudofaa vazirligiga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish maqsadida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi boshqaruv apparatida tumanlarga biriktirilgan shtab a’zolari ishtirokida hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida yoshlar bilan amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy, harbiy-vatanparvarlik va tarbiyaviy ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
➡️Tadbirda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini o‘rganish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
➡️Shuningdek, mas’ullarga yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, harbiy qismlar va ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
➡️Yig‘ilish yakunida kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olinib, yoshlar bilan ishlashda tizimli va samarali faoliyatni davom ettirish ta’kidlandi.
➡️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
✈️Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook
Repost from Qashqadaryo yoshlari |Yoshlar Ittifoqi
⭐️Qashqadaryo mezbonligidagi “Jasorat uchqunlari” musobaqasi yuqori saviyada o‘tkazildi
🙋Qashqadaryo viloyati mezbonligida “Jasorat maktablari” o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasining respublika bosqichi qizg‘in va murosasiz bahslar ostida bo‘lib o‘tdi.
➡️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
✈️Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
+9
“Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasi gʻoliblari aniqlandi
➖ Qarshi shahrida yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasining respublika bosqichining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.
🔰 Taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari, Qashqadaryo viloyati hokimi, hamkor davlat idoralari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
♻️ Umumiy natijalarga koʻra, musobaqa gʻoliblari quyidagicha:
🥇 1-oʻrin — Xorazm viloyatining “Jaloliddin Manguberdi” jamoasiga;
🥈 2-oʻrin — Qashqadaryo viloyatining “Buyuk Temur avlodlari” jamoasiga;
🥉 3-oʻrin — Toshkent shahrining “Barloslar” jamoasiga nasib qildi.
❇️ Shuningdek, musobaqa davomida turli yoʻnalishlarda eng yaxshi natijalarni qayd etgan jamoalar maxsus nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandi:
➖ “Eng mahoratli jamoa” — Buxoro viloyati, “Lochinlar” jamoasi; ➖ “Eng kuchli jangovar ruhli jamoa” — Fargʻona viloyati, “Al-Fargʻoniy” jamoasi; ➖ “Eng bilimdon jamoa” — Toshkent viloyati, “Burgut” jamoasi; ➖ “Eng yaxshi tibbiy yordam koʻrsatgan jamoa” — Sirdaryo viloyati, “Temuriy avlodlari” jamoasi; ➖ “Eng topqir jamoa” — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, “Lochinlar” jamoasi; ➖ “Eng zukko jamoa” — Surxondaryo viloyati, “Janub yoʻlbarslari” jamoasi; ➖ “Eng ijodkor jamoa” — Jizzax viloyati, “Matonat” jamoasi; ➖ “Eng chaqqon jamoa” — Andijon viloyati, “Lochinlar” jamoasi; ➖ “Eng intizomli jamoa” — Namangan viloyati, “Temuriylar” jamoasi; ➖ “Eng ahil jamoa” — Samarqand viloyati, “Turon” jamoasi; ➖ “Eng yaxshi saf qoʻshigʻi ijrosi” — Navoiy viloyati, “Temuriylar” jamoasi.🎁 Musobaqa gʻoliblari va sovrindorlari, shuningdek, jamoalarni tayyorlagan fidoyi ustozlar maxsus diplom hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤️ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from Vatanparvar Uzedu
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
⚡️⚡️⚡️“Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqalari doirasida milliy sport turlari bo‘yicha bellashuvlar boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar o‘z kuchi, chaqqonligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etib, arqon tortish, hamda qizlarimiz uchun alohida argʻimchoqda sakrash milliy o‘yinlarida oʻz mahoratini namoyon etdilar.↘️ Yangiliklarni kuzatib boring: Telegram| Instagram | Airforce.uz
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
متاح الآن! بحث تيليغرام 2025 — أهم رؤى العام 
