cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

NKMK jamg'armasi

NKMK JAMG'ARMASINING RASMIY SAHIFASI Web-sayt: fondnkmk.uz Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100076181619278 Youtube: @nkmkjamgarmasi3221

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
3 070
المشتركون
+624 ساعات
+57 أيام
-16530 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
#ZAFAROBOD #Tibbiyot #Mening_shifokorim "NKMK jamg‘armasi" davlat muassasasi "Zafarobod" hududiy boshqarmasi tasarrufidagi Tibbiy-sanitariya qismi Zafarobod qo‘rg‘onidagi yurtdoshlarimizga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Siz endi ushbu kanalimiz aloqa boti orqali Jamg‘arma tibbiyot muassasalaridagi istalgan shifokorga o‘zingiz yoki oila a'zolaringiz salomatligiga bog‘liq savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin. Sizga tez va qisqa fursatda javob berishni ta'minlaymiz! ✍️"NKMK jamg‘armasi" DM Axborot xizmati. Bizni kuzatib boring.👩‍💻 Telegram | Facebook | Youtube | Aloqa_boti |Web-sayt
إظهار الكل...
👍 3🙏 2
#ZARAFSHON #Yoz_2024 #Pahlavon "NKMK jamg‘armasi"ning Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi "Pahlavon" bolalar sport sog‘lomlashtirish oromgohida "Yoz — 2024" mavsumining 2-davrasi yakunlandi. 300 nafar bolajon kuni kecha ota-onalarining bag‘riga sog‘-salomat yetib keldi. 14 kun davomida bolajonlarga eng yaxshilari ulashildi, eng yaxshilari taqdim etildi. Ularning har kuni kechagisidan boshqacha bo'ldi. Siz suratlarda milliy an'analarga yo‘g‘rilgan tadbirlardan lavhalarni ko'rishingiz mumkin. Bizni kuzatib boring.👩‍💻 Telegram | Facebook | Youtube | Aloqa_boti |Web-sayt
إظهار الكل...
👍 4🔥 1
#HAFTALIK_YANGILIKLAR_DAYJESTI (8 — 14-iyul) ✅ "Besh tashabbus" olimpiadasining respublika bosqichi sovrindorlari orasida jamg‘arma yoshlari 🔵 BATAFSIL👈 ✅ "NKMK jamg‘armasi" davlat muassasasi tasarrufidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida "Yoz_2024" mavsumining 2-bo‘limi davom etmoqda. "Zarafshon" 1, 2, "Sarmish" 1, 2, "So‘g‘diyona" 1, 2, "Bolajaon" 1, "Bulbulcha" 1, "Kelajak" 1, 2, "Pahlavon" , "Mash'al" 1, 2 "Nurobod" madaniyat uyining ijodiy jamoasi "NKMK" sanatoriy-profilaktoriysi dam oluvchilari uchun musiqali ko’ngilochar dasturlarini o’tkazdi. 🔵BATAFSIL👈 ✅ Rossiyaning "Полёт мелодии" tanlovida "Farhod" madaniyat saroyidagi "Nihol" orkestri ishtirokchisi Sevinch Usmanova online qatnashib, 1-o'rinni egalladi. 🔵 BATAFSIL👈 ✅ Kiberxafvsizlik – shaxs va ma’lumot xafvsizligi 🔵BATAFSIL👈 ✅ “Gornyak pansionati” sport-sog‘lomlashtirish oromgohida og'ir mehnat sharoitlarida ishlayotgan konchilarning oilaviy sog‘lomlashtirilishi ta'minlanmoqda. 🔵 BATAFSIL👈 ✅ Jamg‘arma mehnat jamoalarida ishchanlik kayfiyatini oshirish, shuningdek, jamoada sog‘lom ma'naviy muhitni shakllantirish maqsadida 🔵 BATAFSIL👈 “Talents Summer Fest Tashkent 2024” xalqaro tanlovida “Farhod” madaniyat saroyi qoshidagi “Baxtli bolalik” namunali xoreografik xalq raqs ansambli ishtirok etdi va g‘alaba qozondi. 🔵BATAFSIL👈 ✍️ "NKMK jamg‘armasi" DM axborot xizmati Bizni kuzatib boring.👩‍💻 Telegram | Facebook | Youtube | Aloqa_boti |Web-sayt
إظهار الكل...
NKMK jamg'armasi

#ZARAFSHON “BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”NING RESPUBLIKA BOSQICHI SOVRINDORLARI ORASIDA JAMG‘ARMA YOSHLARI "Besh tashabbus olimpiadasi"ning Respublika bosqichi qizg‘in pallaga kirib, g‘olib sportchilar aniqlanmoqda. Ushbu musobaqalarda Zarafshon shahar yoshlari ham munosib ishtirok etib, viloyat sha'nini himoya qilib, sovrindorlar qatoridan joy olmoqdalar. Jumladan, "NKMK jamg‘armasi"ning Zarafshon tibbiy sanitariya qimi Asab kasalliklari bo'limi hamshirasi A.Tetuyeva “Bahor” mahallasi yoshlari safida bahslarga kirishdi. Anastasiya Tetuyeva "Besh tashabbus olimpiadasi"ning 22-26 yosh toifasida sportning “Yengil atletika” turi bo‘yicha jamoaviy yo‘nalishda qiz bolalar o‘rtasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bizni kuzatib boring.👩‍💻 Telegram | Facebook | Youtube | Aloqa_boti |Web-sayt

👍 1💯 1
KUNINGIZ XAYRLI BO‘LSIN! Ulugʻlik sifatlari Aytishlaricha, izzat va ulugʻlikning sabablari beshtadir. Mazkur beshta sifat kimda boʻlsa, u odam ulugʻlik va izzat otiga minadi. Ular quyidagilar: - toʻgʻrisoʻzlik; - sirini yashira bilish; - vaʼdaga vafo qilish; - nasihatni qabul qilish; - omonatga xiyonat qilmaslik. Zahiriddin Muhammad BOBUR. __________________ #ZARAFSHON Qizilqumda, tog‘lar orasida so‘lim va bahavo dam olish maskani haqida hamma ham bilmaydi. Bu joyning nomi — Sovuq buloqlar deb nomlanadi. Ushbu maskan 10 gektar maydonda Tomdi tumani hududida joylashgan bo‘lib, asosan zarafshon va uchquduqlik aholi hamda mehanatkashlar dam olishadi. Ayni vaqtda 11 ta 2 kishilik uychalar, mehmonxonada esa 2 kishilik 4 ta xona mavjud. Ish vaqti soat 8:00 dan 17:00 gacha Dam olish maskaniga yo‘llanma asosida yoki o‘zingiz tashabbus bilan oilaviy borishingiz mumkin. Bizni kuzatib boring.👩‍💻 Telegram | Facebook | Youtube | Aloqa_boti |Web-sayt
إظهار الكل...
👍 4
#UCHQUDUQ #Yoz_2024 #Sarmish "NKMK jamg‘armasi"ning Navbahor tumanidagi Sarmishsoy darasida joylashgan "Sarmish" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida dam olgan bolalar uchun eng unutilmas voqeylik Sarmishsoydagi qoyatosh suratlarini ko'rishidir. Ushbu oromgoh ham "Yoz — 2024" mavsumining 2-davrasini yakunlamoqda. Bizni kuzatib boring.👩‍💻 Telegram | Facebook | Youtube | Aloqa_boti |Web-sayt
إظهار الكل...
👍 4🔥 2
#NUROBOD #Yoz_2024 #Soʻgʻdiyona "NKMK jamg‘armasi"ning Kattaqo‘rg‘on tumanidagi "So‘g‘diyona" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida "Yoz — 2024" mavsumining 2-davrasi o‘z nihoyasiga yetmoqda. Ikki hafta davomida bolalarning har kuni unutilmas voqealarga boy bo‘ldi. Turli tadbirlar, o'zaro do'stona muloqot, tanlovlar va ko'rgazmalar bolajonlarning xotirasidan hech qachon chiqmaydi. Bizni kuzatib boring.👩‍💻 Telegram | Facebook | Youtube | Aloqa_boti |Web-sayt
إظهار الكل...
3🏆 2
#NAVOIY Joriy yilning 6-9-iyul kunlari Toshkent shahrida musiqa va xoreografiya yo‘nalishi bo‘yicha “Talents Summer Fest Tashkent 2024” xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda "NKMK jamg‘armasi"ning “Farhod” madaniyat saroyi qoshidagi “Baxtli bolalik” namunali xoreografik xalq raqs ansambli ishtirok etdi. Talov natijalariga ko‘ra Yelena Mingaleyeva shogirdlari “Dunyo xalqlari raqslari” nominatsiyasida ikkita “Gran-pri”ni qo‘lga kiritdi. Eslatib o'tamiz, "Farhod" madaniyat saroyining badiiy jamoalariga qabul AVGUST oyidan boshlanadi. Bizni kuzatib boring.👩‍💻 Telegram | Facebook | Youtube | Aloqa_boti |Web-sayt
إظهار الكل...
🔥 5👍 3
#NUROBOD Jamg‘arma mehnat jamoalarida ishchanlik kayfiyatini oshirish, shuningdek, jamoada sog‘lom ma'naviy muhitni shakllantirib borish maqsadida "NKMK jamg‘armasi" davlat muassasasining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tili masalalari bo‘yicha xizmati tomonidan tadbirlar tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri "Nurobod" hududiy boshqarmasi tasarrufidagi Maxsus kiyim tikish sexida o‘tkazildi. Unda "Lider" yoshlar psixologik targ‘ibot markazi rahbari G. Quvvatova boshchiligidagi jamoa treninglar o‘tkazib, jamoada o‘zaro birdamlikni ta'minlashga qaratilgan psixologik mashg‘ulotlarda ishchi-xodimlarning ishtirokini ta'minlab, ularga xushkayfiyat ulashdi. Bu kabi tadbirlar Jamg‘armaning barcha mehnat jamoalarida o‘tkazilishi belgilangan. Bizni kuzatib boring.👩‍💻 Telegram | Facebook | Youtube | Aloqa_boti |Web-sayt
إظهار الكل...
👍 3🙏 2🔥 1
أرشيف المشاركات
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.