cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Fikriyat.

Post olinganda manba koʻrsatilsin. https://t.me/Tafakkur_chizgilari https://t.me/+eBnTEMe4-ShiNjMy

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
396
المشتركون
-124 ساعات
+17 أيام
+630 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Paul Uilliyams kanalida juda bilimli, intellekual, aqli oʻtkir insonni suhbatga taklif qilibdi. Katta taassurot va tushunchalar oldim va maʼruzada keltirilgan baʼzi fikrlar qarashlarimni qaytadan soʻroq ostiga olishim kerakligini anglatdi. Suhbatga taklif etilgan dr. Nazir Xon Qur'onshunos, hofiz, islomshunos olim, oʻqituvchi, shuningdek sobiq imom, bundan tashqari diagnostik neyroradiologiya boʻyicha tadqiqotchi ekan. Yaqin instituti sahifasida juda koʻp ilmiy maqolalarini topish mumkin. Suhbatda koʻtarilgan masalalar asosan ateizm va radikal tanqidchilikning zararlari, xatoligi haqida soʻz yuritadi. Biror safar imkon va hafsala topsam shu mavzu haqida yozaman. Juda muhim mavzu. Men suhbatdan unga aloqador boʻlmagan boshqacharoq xulosa chiqardim. Odamlar nima uchun dinni, ma'no-mohiyat kabi abstraksiyalardan qochib ilm-fanni birlamchi mafkura sifatida qabul qiladi deyilsa, javob oddiy. Ular (dahriylar, inkorchilar, skeptiklar) oson narsaga intiladi. Javob yaqqol namoyon boʻlgan, koʻz bilan koʻrsa, quloq bilan eshitsa boʻladigan haqiqatlar ular uchun bejirim, nafis boʻlib koʻrinadi va shunga talpinishadi. Ular ilm-fanning (murakkab) mohiyati bilan qiziqmaydi, tushunmaydi ham. Ular shunchaki u olib kelgan natijalarga e'tibor qaratishadi. Va shu natijalarga tayanib axloq, din, maʼnaviyat masalalari haqida oʻzlaricha xulosalar chiqarishadi. Oddiy mantiq bunday xatti-harakatning absurd ekanini tasdiqlaydi. Ibn-Taymiyyaga koʻra, Oliy Sabab boʻlgan Xudo haqida U yaratgan narsalar bilan emas, balki Uning oʻziga tayanib oʻsha yaratiqlar haqida argument va xulosalar chiqarish kerak. Ya'ni Xudo mavjudligini yaratiqlar mavjudligi bilan isbotlagandan koʻra, Ilk Prinsipga (Xudoga) tayangan holda, boshqa mavjudliklar haqida ilm-va tushunchalar hosil qilmoq kerak. https://youtu.be/nYPtypKggjo?si=oIRYZWSba5WH3u6d
إظهار الكل...
Atheism and Radical Skepticism: Ibn Taymiyyah’s Epistemic Critique with Dr. Nazir Khan

Article: Atheism and Radical Skepticism: Ibn Taymiyyah’s Epistemic Critique by Dr. Nazir Khan:

https://yaqeeninstitute.org/read/paper/atheism-and-radical-skepticism-ibn-taymiyyahs-epistemic-critique

👍 6 2🕊 1
Ommaviy yechinish, kiyimsizlik bu primitivlikning eng oliy koʻrinishi. Bu borada ixtilof boʻlishi mumkin emas – Mustafo Sabriy Afandi shunday deb yozadi. Hijoblanish (ihtijab), oʻranish, ust-boshini libos bilan qoplash esa shuning ayni teskarisi, turli tabiiy-jinsiy tartibsizliklarning oldini oluvchi diniy-axloqiy instinkt turtki boʻlgan kamolot belgisidir. Kiyimdan, libosdan voz kechish bu xuddi bugungi rivojlangan texnologiyalardan mutlaqo voz kechishga oʻxshaydi. Ikkisi ortidagi mantiq bir xil. Ikkalasi ham qattiq mehnat, aqliy ijod, diniy-axloqiy turtki natijasidir. Insoniyat mehnat qila boshlashi ortidagi maqsad oʻzini turli vositalar ila, tabiatdan himoyalanish asnosida mukammallashtirish edi. Bir soʻz bilan aytganda bu sivilizatsiyalashuv demak. Bu avval insonning ochiq badanini mayda xavflarning oldini olish uchun turli matolar bilan yopish, undan keyin tabiat hodisalari, xavflaridan himoyalanish uchun ikkinchi qavat himoyasi boʻlgan uylar qurish, ana undan keyingisi kattaroq shkaladagi himoya turi boʻlgan ijtimoiy birlashuv, qabilachilik, keyingisi davlatchilik. Xullas sivilizatsiyaning qisqacha ta'rifi shu. Insonning ijodkor maxluq ekani, ijodga intilib yashashi ham ayni shu sababga tayanadi. Zotan bu dunyoda inson tomonidan qilinadigan har qanday xatti-harakat panoh, homiy izlash maqsadi bilan amalga oshiriladi. Kiyim ham, uy ham, davlat ham, oila ham – barcha-barchasidan murod himoyalanishdir. Nimadandir himoyalanishga ehtiyoj qolmasa, ana oʻsha yerda himoyalanish uchun yangi dushmanlar, qarama qarshi taraflar yaratila boshlanadi. Bugungi jamiyatlarda erkak va ayollar oʻrtasidagi soxta ziddiyatlar ham shunga misol. Bugun kiyim himoya vositasi boʻlmay qoldi. Chunki uning oʻrnini boshqa kuchliroq vositalar, davlat, huquq, ijtimoiy himoya vositalari egallagan. Shu bois ham bu normalar yaxshi ishlaydigan gʻarbda ayollar qatlami koʻchada kiyimsiz holda ham oʻzini himoyasiz his qilmaydi. Chunki kattaroq himoyachisi bor. Lekin ular foydalanadigan ayni mantiq xato epistema ustiga qurilgan. Agar hamma narsani ehtiyoj va zarurat nuqtayi nazaridan baholaydigan boʻlsak, bugungi kunda qoʻlimizda mavjud deyarli barcha ilmiy yutuqlar, foydali ixtirolar, boy yozma manbalar va hatto eng murakkab sistema – tildan ham shunchaki voz kechib, eski davrlardagidek imo-ishoralar orqali suhbatlashishimizga toʻgʻri keladi. Chunki tilda, qonuniyatlar asosida suhbatlashish insondan anchagina quvvat, bilim, tajriba talab qiladi. Yechinish targʻibotchilari yengillikni istaydi (asosan). Bu jismoniy, vujudga daxldor yengillik. Bundan tashqari, aqliy yengilliklar ham mavjud. Tvitterdan Instagramni yoki matnlardan videolarni afzal koʻruvchilarni aqliy yengillik tarafdorlari deyish mumkin. Ikki holatda ham yengillik istovchilar kamolotga erishmoqlikni, axloqiy mukammallikni istovchi oliy maqomga xos insonlardan ajralib turadi. Ular – ikkinchi darajaga mansub. Chunki ular asl yengillik, halovat, ofiyat, shu bilan birga himoyalanish kerak boʻlgan asl dushman nima ekanini bilishmaydi. Bularning barchasi moddiyat, shakldan ustun turadi. Inson esa moddiy emas, balki maʼnaviy olamga doxil mavjudlikdir.
إظهار الكل...
👍 8 3🕊 2🔥 1
Inson oʻzi anglamagan holda yomonlikning, qabihlikning, adolatsizlikning bir qismiga, bir parchasiga aylanib, unda ishtirok etib qolar ekan. Buni oʻzi bilmaydi, idrok etolmaydi. Bu borada tushunchaga ega boʻlgan taqdirda, chuqur anglashga harakat qilmaydi. Idrok etolsa, fahmlagan haqiqatni haqir sabab, undan osongina yuz oʻgiradi. Qurʼon ogoh etuvchi rivoyatlarida kelgan qavmlar holati ibrat bugungilar uchun. Qizigʻi, buning ibratligini anglaymiz-u, fitratimizning bir qismi boʻlgan unutuvchanlik xislatoga tobe holda yana adashuvga (astray) qutquga berilamiz, fitna ichiga oʻralashib yuramiz, tilimizdan qabohat tomsa, harakatlarimi yovuzlik va adolatga terslikni akslantirib turadi. Bu shunchaki loqaydlik boʻlib koʻrinsa-da, borib-borib, mohiyatan sodir boʻlayotgan barcha adolatsiz xatti-harakatlarning debochasi boʻlib xizmat qiladi. Mana, masalan Isroilning oddiy bir fuqarosi uning hukumati, kengroq maʼnoda millati qoʻshni ojiz xalqqa nisbatan qay chogʻlik adolatsizlik qilayotganini bilmaydi. Bilsa, anglamaydi. Anglasa, toʻgʻri yoʻlga qaytishni istamaydi. Ular tom maʼnoda adashganlardandir. Shunda quyidagi oyat xayolga keladi: Alloh adashtirgan kimsalarni hidoyat qilmoqchi boʻlasizlarmi? Alloh kimni adashtirgan boʻlsa, unga yoʻl topa olmassiz. (Niso, 88). Dinga nisbatan qilinayotgan tazyiqlarda jim kuzatish, oʻz-o‘zini oʻylash, gʻam qilmaslik ham insoning chuqur adashuvda ekanini koʻrsatadi. Bizlarni ham mana shunday adashuvdagi bandalardan boʻlib qolishdan Oʻzi saqlasin. Buning uchun mudomiy ravishda zikrni, Haqni eslashni inson kanda qilmasligi kerak. Bu esa faqat tildagina kechadigan amal emas. Tinimsiz kitob oʻqish, oʻz ustida ishlash, dunyoda kechayotgan voqeliklar, siyosiy ishlar haqida oʻqib borish, ongni, miyani bu boradagi oʻylar bilan band qilish ham mana shunday zikr shakllaridan biri hisoblanmish. Zotan unutuvchilik tabiatiga ega inson doimiy takror bilangina oʻzining moʻtadilligini saqlay oladi.
إظهار الكل...
👍 8 4🔥 1
Bu dunyoda hech narsa yolgʻiz, tanhomas. Hamma narsaning oʻz jufti, yoʻldoshi, hamrohi bor, Alloh Taolo tahno zot, xolos. Uning yaratiqlarining barchasi oʻz jufti, oʻxshashiga ega. Bundan juda koʻp xulosa chiqarish mumkin. Yer sayyorasi oʻz atrofida yagona emas, unga tunlarida yorugʻ nur taratib turuvchi Oy yoʻldosh. Boshqa sayyoralarning ham kattayu kichik oʻz yoʻldoshlari mavjud, hatto ba'zilarida yuzlab. Quyosh ham yagona emas. U goʻyoki bir oila egasi. U markazda, atrofida izdoshlari uning atrofidan aylanib, yoʻliga ergashadi uzoq galaktik sayohat boʻylab. Quyosh 225 mln yilda Somon Yoʻlini bir aylanib chiqadi. Aqlga sigʻmas muddat bu. Bu vaqt davomida sayyoralar o'rdak bolalaridek uning himoyasi ostida oʻz orbitalari boʻylab unga ergashgancha sayohat qilishadi. Boshqa yulduzlarda ham shu hol takrorlanadi. Kattaroq oʻlchamlarda esa bu ajib tartib galaktikalar harakati bilan takrorlanadi. Ularning oʻz himoyachisi Qora tuynuk ogʻasi bor. Ular ham borliq boʻylab sayohat qiladi, bu jarayonda ular Qora tuynuk atrofida aylanadi. Undan kattasi borliq - universe. Bu haqida ilm-fanda hali aytarli maʼlumot yoʻq. Lekin taxmin qilsa boʻladiki, borliqlar yagona emas, ehtimoliy hisobsiz. Qizig'i ular ham harakatda, toʻgʻrirogʻi kengayishda.. Qayoqqa qarab kengayish deyilsa - bunisi bizga qorongʻu. Biz insonlar mana shu gigantlar ichida ong ilgʻamas mayda zarralarmiz. Lekin koinotdan farqli oʻlaroq, bizning harakatlarimizda tartib va izchillik yoʻq. Biz mezonga ergashmay qoʻydik, o'zbilarmonlarcha. Yaratganga osiylik qilmoqdamiz. U bunyod etgan tartibga boʻysunishdan boʻyin tovladik. Biz tartib ichida betartiblik hosil qilishni xush koʻruvchi mayda zararkunanda mavjudotlardan oʻzgasi emasmiz.
إظهار الكل...
👍 9🔥 3 2🕊 2
Kuchli insonlardan kuchli farzandlar dunyoga keladi. Mana bu olim oʻshanday kuchli farzandga namuna. Muhammad Asad ismli oʻtgan asrning daho musulmoni haqida eshitgan boʻlsangiz kerak. Men hurmat qiladigan top 10 ta musulmon intellektuallardan biri boʻladi M. Asad. Professor, antropolog va mutafakkir Talal Asad esa uning oʻgʻli ekanligini hozir bildim toʻgʻrisi. Lekin bu inson bilan anchadan beri tanishman. Kitoblari zoʻr. Muhammad Asad umrini islomga bagʻishlagan juda kam sonli, tagʻin yevropoid irqiga oid musulmonlardan biri. Otasi 92 yoshida vafot etgan. Oʻgʻli hozir 92 yoshda ekan.
إظهار الكل...
👍 16 1
Ijtimoiy jarayonlar oʻzgarmoqda Jamoatga, koʻpchilikka bogʻlanib qolish yomon. Buning ta'siri ayni shu bogʻliqlik va aloqadan mahrum boʻlinganda seziladi. Xuddi shunday odamlarni ichiga qoʻshilib yurishdan, davralarda sururlik va zavq tuyib yurishdan huzurlanadiganlar kutilmaganda yakkalanib qolsa, oʻzida jiddiy psixologik va ruhiy kemtikni sezishi mumkin. Yoki boʻlmasa uzoq vaqt shaharda, odamlarning gavjumligi ichida yashab kelgan, bir on boʻlsa-da yolgʻizlik his etmagan kimsa qoʻqqisdan qishloq hududida, odamlar siyrak, kam joylashgan yerda yashay boshlasa, salbiy ta'sirni yaqqol sezadi. Darhol oʻzini yolgʻiz his eta boshlaydi. Oʻzini keraksiz, hayotini ma'nosiz, umrini mazmunsiz, biror maqsadi yoʻqdek tasavvur eta boshlaydi. Bu ham texnologiya ortidan kelib chiqqan jiddiy ijtimoiy kasalliklardan biridir. Hali men ijtimoiy tarmoqlardan chekinish keltirib chiqaradigan yolgʻizlikni gapirmadim. Shunchaki zamonaviy va nisbatan rivojlangan shahardan chekinish insonga qanchalik ogʻir zarbalar berishi mumkinligini eslatib oʻtyapman. Inson har doim ham pul dardida yashamaydi. Uni pul bilan birga, unga hamohang, yonma yon yuradigan yaqin hamrohlar davrasi, koʻpchilik bilan iliq munosabatlar rishtasi, huzur-halovat va qoniqish, mamnunlik manbayi boʻlgan shaharning gavjum markazlari ham birdek oʻziga jalb etadi, qiziqtiradi. Bunday holda puldan mahrum boʻlishni narigisi orqali qoplash mumkin. Ammo narigisidan (chuqur ijtimoiy bogʻliqlik) dan mahrumlikni pul bilan qoplab boʻlmaydi. Shu vajdan inson yolgʻiz yashashni bilishi, chuqur ijtimoiy munosabatlarga tobelanishdan saqlanishi maqsadga muvofiq. Umuman olinsa, texnologiya zamonida ijtimoiy tarmoqlar bir yon, zamonaviy shaharning realligi bir yon qilib ajratib boʻlmaydi. Soʻnggi vaqtlarda ikkalasi birlashib, qorishib ketganining guvohi boʻlyapmiz. Odamlar koʻp toʻplanadigan parklar, avenyular, tarmoqlar xiyobonlarda qisqa kontentlar olish urfga kirdi. Menimcha bu trend bundan buyogʻiga faqat ommalashadi, kuchayadi. Keyingi oʻn yillarda odamlarning oʻzi bu kabi ijtimoiy yengil yelpi jarayonlarning zararini oʻz koʻzi bilan koʻrib, unga qarshi chora izlay boshlaydi. Bugun qishloq zonalaridan shaharlar tomon ming-minglab yoshlar koʻplab balandparvoz maqsadlar ilinjida oqib bormoqda. Shahar hayoti bilan chuqur tanishish dastavval unda mahalliy madaniy shokni keltirib chiqarsa ham, xiyol oʻtib uni oʻziga ohanrabodek yopishtirib qoʻyadiki, asli maqsadi oʻqish, qishloqdoshlari uchun har qanday manfaat keltirish boʻlgan yosh shaharning serjilo to'rlari ichiga oʻralashib, oshib borayotgan trend ichiga kiradi: koʻproq pul topish, shahardan uy olish, tarmoqlarda u bu kontent, dasturlarni yoʻlga qoʻyish, odamlarfa tanilish, nimadir yangi biznes ochish vasvasasi uning ong-u shuurini asir etadi. Oʻzining pastroq potensiallari yoki boshqa moddiy va background tajribalari bunga izn bermagan koʻp sonli yoshlar esa oʻz oʻzidan chuqur ijtimoiy ruhiy iztirob va g'ussa girdobiga tushadi. Eng qizigʻi bu jarayon jamiyat sezimlaridan tashqarida sodir boʻladi. Va oʻzining ta'sirini uzoq yillar fonida namoyish etadi.
إظهار الكل...
👍 7💔 2
The Qur’ān tells us that on the day of judgment, father - son relationships will be of no use (31:33, yawman lā yajzī wālidun ʿan waladihi walā mawlūdun huwa jāzin ʿan wālidihi shayan). And yet we find throughout the Qur’ān that prophets and the holy ones pray for righteous children. In the case of the prophet Ibrahīm, he seeks guidance and a son (37:99 - 100, sayahdīn, rabbi hab lī mina l-ṣāliḥīn). We see that the prophet Zakarīya wishes for a righteous son too (19:5-6, fahab lī min ladunka waliyya, yarithunī wayarithu min āli yaʿqūba wa-ij'ʿalhu rabbi raḍiyya). In the case of the prophet Ibrahīm, we read that his father’s faith drove him to try to kill, or at least threaten, Ibrahīm (by stoning) - for insulting their ancestral ‘gods.’ (19:46, arāghibun anta ʿan ālihatī yāib'rāhīmu la-in lam tantahi la-arjumannaka). Prophet Ibrahīm too was about to kill his own son Isma’īl (or Ishaq as some believe) for upholding his faith (37:102, innī arā fī l-manāmi annī adhbaḥuka). The prophet Ibrahim, being one of the greatest human-beings and being from the ‘ul al-’azm min al-rusul, would have had no hesitation in following God’s command. But unlike the blind faith of his father, Ibrahim’s faith was based on justice. And in one of the most beautiful aspects of the story of Ibrahim’s sacrifice, the great prophet asks Isma’īl for his opinion (37:102, fa-unẓur mādhā tarā), to which Isma’il dutifully replies with his willingness to partake in whatever God has commanded (qāla yāabati if'ʿal mā tu'maru satajidunī in shāa l-lahu mina l-ṣābirīn). In other words, although the prophet Ibrahīm knew what had to be done, justice demanded that the sacrifice happen after his son agreed to it. In essence, although Ibrahīm saw the dream, the dream could only come into effect with the acquiescence of the son. Isma’īl’s consent could be then seen as the answer to the prophet Ibrahim’s original prayer when he asked God both for guidance and for a son. Indeed, our relationships in the dunya are precious, only if they are bonds strengthened by faith. In a quote attributed to Imām J’āfar al-Sādiq, the Imām explains ‘falammā aslamā’ (37:103) with the following - the prophet Ibrahīm left the love of his son and his son left the love of the dunya. (C) Aanand Krishnan Iyd ad-Adho muborak boʻlsin. Duolarimizni qabul aylasin. Eng avvalo butun musulmonlarga ofiyat bersin.
إظهار الكل...
👍 6 2
"Inson o'z botiniy urushining betaraf tomoshabini emas, aksincha, u o'zi tanlagan tanlovi ila urushda tomonlardan birining manfaati uchun harakat qiladigan qo'mondonga o'xshaydi. Inson nafaqat tanlash huquqiga ega, balki tanlashga majbur hamdir, ekzistensialistlar jargonida aytganda, u erkin bo‘lishga mahkumdir. Agar bir kun biz boshqa umuman tanlov qilmaslikka qaror qilsak ham, bu bilan biz aslida tanlash harakatini o'z zimmamizga olgan boʻlamiz. Ya'ni biz tanlamaslikni tanladik yoki boshqacharoq aytganda, tanlamaslik uchun qaror qildik. Biz hech qachon bir lahzaga boʻlsin tanlov qilishdan o'zimizni tiyganimizni tasavvur eta olmaymiz. Shubhasiz, bu tanlov doirasi bizning ongli va ixtiyoriy harakatlarimiz va xatti-harakatlarimizdir; ba'zilar oʻylaydigandsk, bizning genetik va ekologik atributlarimiz emas. Masalan, biz otamizni, onamizni, irqimizni yoki rangimizni oldindan tanlamaganmiz. Holbuki, ijtimoiy xulq-atvor va munosabatlarimizda biz mudom tanlash va ixtiyor etish holatidamiz. Aynan shu xilma-xil tanlovlar va ixtiyorlar orqali biz o'zimizni quramiz, buzamiz va qayta quramiz. Biz o'zimizni tadqiq qilamiz. Biz o'zimiz haqida yangi tavsif va hisobni qo'lga kiritamiz. Biz yana bu tavsifni rad etamiz va boshqasini qabul qilamiz. Shu tarzda, biz o'zimizni quramiz va "qayta yaratamiz"." (C) Sayyid Hasan Islomiy, “Imom Humayniy nuqtai nazaridan axloq va siyosat”
إظهار الكل...
👍 4 3
Tojikistonning eng baland nuqtasi: Ismoil Somoniy choʻqqisi, 7489 m. (Bular hamma narsaga Somoniyni nomini berganiga ajablanmaslik kerak). Yer yuzidagi eng katta abadiy muzliklardan birida joylashgan bu togʻ. Bu ularning eng katta boyligi. Juda katta miqdorda chuchuk suv zahiralari mavjud. Bu yer erisa Oʻrta Osiyo rostakamiga cho'llashi mumkin.
إظهار الكل...
👍 7 4🕊 1
Insoniyat 19-asrda inqilobiy oʻzgarishlarni boshdan kechirgani bizga maʼlum. Oʻsha oʻzgarishlar tartibli ish vaqtining joriy etilishi bilan xarakterlanadi. Odamlarning ishga koʻmib yuborish, fikrimcha, ularni marosimlar, qadimiy urf-odatlardan uzib qoʻygan eng katta omil boʻlsa kerak. Oʻylab qolaman, odamlar eski davrlarda jamoa boʻlib, umumiylikda (community), jamlikda yashashgan. Hozirgidek asllik, originallik, oʻzlik, individuallik tushunchalari u davrlarda yot edi. Toʻgʻri iyerarxiya boʻlgan. Lekin unda mazmun bor edi. Hamma oʻsha jamoadagi oʻz oʻrni va maqomidan rozi edi. Belgilangan ish soatlari, tartibli kun jadvallari, bugun ishga boraman, ertaga oʻrtogʻimnikiga oʻtaman, hafta oxirida togʻga chiqaman, u kunda buni qilaman kabi kunlik rejalarga u vaqtlarda hojat ham yoʻq edi. Illo belgilangan marosim va bayram kunlarida jamoat yigʻilib ibodat va marosimlarni ado etgan. Urf-odatlarga amal qiluvchi jamiyat depressiyaga tushmaydi, deydi faylasuf Byung Chul Han. Chunki urf-odat jamiyatida bu kunda bu ishni qilishim kerak, belgilangan muddatda belgilangan miqdordagi pulni topib qoʻyishim, rejani bajarishim kerak, kabi insonni chuqur, patologik depressiyaga mixlovchi intizomlar, majburiy tartiblar boʻlmagan. Hamma oʻzida erkin. Jamiyatdan, ommadan orqada qolib ketyapman, yetib olishim kerak, degan hadik-xavotirli his yoʻq. Shodlik, oʻzidan, oʻz holatidan qoniqib yashash, baxt ham shu asli. Endi, eski davrlarda odamlar vaqtni nima bilan oʻtkazgan, nimalarga sarf qilgan deyilsa, bunga javob oddiy. Istagan vaqti ishlagan. Istagan soʻzi soʻzning anglatadigan ma'nosida emas, balki odamlar oʻzlari chinakamiga rozi boʻlganligi, baxtni toʻlaqonli his etganligi maʼnosida. Masalan, oʻta boy, zodagon oilasi vakili bilan bizning koʻzimizdagi kambagʻal dehqonning oʻz hayotidan qoniqish darajasi deyarli bir xil boʻlgan. Shubhasiz istisnolar bor. Ish vaqtidan turli xil oʻyinlar oʻynash, laparlar aytish, she'rxonliklar, hayotiy qiziqarli voqealarni oʻzaro baham koʻrish, ishdan soʻng oʻzaro yaqinlar yigʻilib turli xil jismoniy mashgʻulotlardan iborat qiziqarli oʻyinlar oʻynash eski jamiyatlar turmush-tarzining ajralmas bir qismi boʻlgan. Texnologiyaning hayotimizga jadallik bilan kirib borishi asnosida odamzod endi doimiy, muttasil tezlanish holatiga kirdi. U trend ichida turishga, texnologiya boshqaradigan jamiyatda oʻzining asilligini, originalligini saqlab qolish yoʻlida tinimsiz ravishda oʻz-o'zini qaytadan ishlab chiqarishda mahkum. Inqiroz ham shu asli.
إظهار الكل...
👍 3🔥 3 2🕊 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.