😘DARDLARIM😘
الذهاب إلى القناة على Telegram
🕋بِسْـــــــــــــــمِ اللّٰهِ الرَّ حْمَنِ الرَّ حِيم🕋 Assalomu Alaykum Va Rahmatullohi Va Barokatuh ☪️ ✍She'rlar hikoyalar 🗒Aforizimlar 📽️Videolar 🎙Monologlar 🎛️New mp3lar 📸Rasmlar Rahbar:👇 @ABDULLOH666
إظهار المزيد2 446
المشتركون
-424 ساعات
-217 أيام
-1630 أيام
أرشيف المشاركات
2 446
Men jimman...
Lekin qachongacha?
Qachon bu kunlar bu ogʻriqlardan halos boʼlaman...
oʻzimni kurashishga holim qolmadi
Kim? Nima? meni bu qorongʻulikdan qutqaradi...
2 446
+1
Sevgi bu faqat uni sevish emas, balki har qanday vaziyatda ham uning yonida bo‘lishdir…🤩
2 446
Tasavvur qil...
Tasavvur qil men o'layapman,
Bosh uchimda turibdi ajal.
Quyosh bo'lsa yo'q doimgidek
Osmon yulduz, vaqt allamahal.
Tasavvur qil men o'layapman,
Chaqirtirib kelganman seni.
Azroilning yonida turib
"Ketma" deya chorlaysan meni.
Tasavvur qil men o'layapman,
Kalima va isming qaytarib.
Mening yuzim nim tabassumda
Sening ko'zing yoshlangan g'arib.
Tasavvur qil men o'layapman,
Ayt nimadur aytmoqchimisan.
Balki barin orqaga tashlab
Yonginamga qaytmoqchimisan?
Tasavvur qil men o'layapman,
Qo'laringda turibdi qo'lim.
Juda qiziq aksi yuz bersa
Birlashtirsa bizlarni o'lim.
Tasavvur qil men o'layapman,
Eshitmaysan mendan boshqa she'r.
Yomg'ir yog'ar, oppoq qor yog'ar
Men yo'qmanu aylanadi yer.
Tasavvur qil men o'layapman,
Yuragingda saqlamagin kek.
Avfing uchun o'lishim shartmi
Oqlanmoqchi edimda tirik?!
Tasavvur qil men o'layapman...
Yasemin
