YTT qanday tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi?
Hozirda tadbirkorlik faoliyati yuritishning eng qulay va oson yoʻli bu
YTTdir. YTT – yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va olib borish usulidir.
Yuridik shaxsga qaraganda
YTT tashkil etish nisbatan oson. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Nizomga asosan YTTni 2 usulda roʻyxatdan oʻtkazish mumkin.
1-usul. Davlat xizmatlari markaziga bevosita borgan holda ariza berishdir. Bu usulda DXM masʼul xodimi ariza beruvchidan tegishli maʼlumotlarni olgan holda soʻrovnomani toʻldiradi.
Bunda yakka tartibdagi tadbirkor roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada jismoniy shaxsning fotosurati aks ettirilgan boʻlishi kerak.
Davlat boji toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq DXM orqali roʻyxatdan oʻtkazish uchun
BHMning 1 baravari miqdorida davlat boji toʻlanadi.
2-usul. Elektron shakldagi interaktiv xizmatlar yordamida roʻyxatdan oʻtish. Bu usulda
my.gov.uz yoki
fo.birdarcha.uz platformasi orqali online ariza berish mumkin boʻladi.
Elektron shaklda roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun esa yuqoridagi qonunga binoan davlat boji
BHMning 90 foizi miqdorida undiriladi.
❗️Har ikki usulda ham
YTT roʻyxatdan oʻtkazilganda bank hisobravari ochish talab etiladi.
Yuqoridagi nizom 19-bandiga koʻra davlat roʻyxatidan oʻtganidan soʻng tadbirkorlik subyekti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bank hisob raqamlarini ochish uchun banklarga murojaat qiladi.
Bunda yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida ularga milliy va chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishi mumkin.
💁♂ Soddaroq aytganda,
YATTni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida avtomatik ravishda elektron usulda bank hisobvaragʻi ochilishi mumkin.
👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling