cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Doʻppili Kopirayter – Bahodir Mexriddin oʻgʻli

Matn yozib, tirikchilik qilayotgan bolaning tajribalari, qarashlari va hayoti haqida @qamaruz loyihasi rahbari Konsultatsiya va kopirayting xizmati boʻyicha: @Bahodir_Mexriddin

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
986
المشتركون
+124 ساعات
-37 أيام
-2230 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
Qanday qilib kuniga 2 ta kitob tugatish mumkin? Yoshlar ishlar agentligi tomonidan «Mutolaa» loyihasi ish boshlagan edi. Xabaringiz boʻlsa kerak. Koʻpchilik kitobxon va kitobxoʻrlarning ogʻrigʻiga yechim boʻldi. Tasavvur qiling: qoʻlingizda 2000 dan oshiq kitobning EPUB (elektron kitob) va audio koʻrinishi bor. Kitob oʻqimaslik uchun yana qanday bahona qilsam ekan-a) Bitta maqsad qoʻydim, sizning ham jichcha yordamingiz kerak. Mutolaa loyihasini va kitob oʻqishni trendga chiqarish va PR qilishimiz kerak. Bookblogerlar, kitobxonlar, kitobxoʻrlar – hamma birgalikda harakat qilsa, bir yoqadan bosh chiqarsa, katta ishlarni qilib qoʻysa boʻladi. Bu boʻyicha taklifingiz boʻlsa, amalga oshiramiz. Har bitta fikringizni hurmat qilaman. Kanal linki bu yerda: @mutolaaxona P. S. 4X tezlikda kuniga 2 ta kitobni tugatib qoʻyamanov)
إظهار الكل...
👍 4 1
Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqadi Musofir boʻlmaguncha, musulmon boʻlmaysan deganlaridek 6 yildan buyon safardaman. Ilm olish uchun, halol rizq talabida musofirlikni boʻynimizga oldik. Toʻgʻrisini aytsam, aynan shu musofirlik meni oʻzimga, keyinchalik Oʻziga yaqinlashtirdi. Esimda Navoiydagi litseyga oʻqishga topshirganimda tavakkul qilib topshirgandim. Kirsam oʻqiyman, kirmasam maktabni davom ettiraman deb. Nasibamiz bor ekan, biz uchun hali kashf etilmagan Navoiyday katta shaharga keldik. Esimda birinchi borgan kunimda koʻchada adashib qolmas ekanmi deb qoʻrqqandim. Litseyga kirganimda mendan kuchlilar davrasiga tushib qolgandim. Oʻsha payt qiziqishim ustunlik qilib, baribir zoʻr boʻlaman deb kechasi bilan oʻqib chiqardim. Oʻqituvchimiz ham juda qattiqqoʻl edi. Oʻqimasangiz, darsga tayyorlanib kelmasangiz bormi, hayot-mamot boʻlardi. Boshqacha paytlar edi. Keyin litseyni tugatib, oʻqishga topshirish vaqti ham keldi. Peshonamizga karantin degan kunlar keldi. Uning ham koʻp hikmati bor ekan. Keyin biz uchun orzu boʻlgan oʻqishga ham kirdik. Yana musofirlik, keyingi safar Jizzaxga boʻldi. Oʻqishning birinchi yili esimdan chiqmaydi, salatlar tayyorlash boʻyicha GURU boʻlgandim) Hovli egasi bizning qishloqqa qoʻshni qishloqdan edilar. Koʻp yordam berdilar, koʻp narsani oʻrgatdilar. Oʻsha paytdan boshlab Oʻzini ham endi tanishni boshlagandim. 6 yillik safardan olgan kichik xulosalarim: Qalb oʻzgaruvchan, sizning qaysi holatda qanday holatda boʻlishingiz har doim sizga bogʻliq emas. Doʻst tanlayotganda Oʻzini eslatadiganni tanlasang eng yaxshisi oʻsha boʻlarkan. Nafsingni qancha erta tanisang, isloh qilishing shuncha oson boʻlarkan. P. S. Bu postni vaqti kelib oʻgʻlim yoki qizim oʻqisa, dadam buyuk faylasuf boʻlgan ekanlar demasa boʻldi)
إظهار الكل...
🔥 19👍 13😁 13 2
Photo unavailableShow in Telegram
Iste’dodli qizlar uchun ta’lim granti She’r yoki hikoya yozadigan talaba qizlarning ijodiy ishlari va moddiy imkoniyatlarini oʻrganib chiqib, (boshlanishiga) 2 nafar ijodkor qizning yillik shartnoma to’lovini to’lab bermoqchiman. Grant olishni istagan ijodkorlar qizlar 1-iyuldan 1-avgustgacha @Mehrnozbot manziliga beshtadan ijodiy ish va oʻzi haqidagi maʼlumotlarni yuborishlari mumkin. Shuningdek, grant gʻoliblaridan tashqari boshqa isteʼdodli nomzodlar bilan ham ijodiy hamkorlik qilish, sohada rivojlanishlari uchun ko’mak berishniyam xolis niyat qilyapmiz. Postni imkon qadar ijodiy kanallarda ulashib, iste’dodli qizlarni topishimiz uchun koʻmak bering. @mehrnoz_abbos
إظهار الكل...
🔥 15👍 6
Zanjirni uzaman yoki katta toʻy qilmasam odamlar nima deydi?! Choʻntagida bir soʻm boʻlmasa ham orzu-havas bilan toʻy qiladigan, oʻzi metro, avtobusda yurib, 10 ta inomarkada kortej qildiradigan, ovqati goʻshtsiz boʻlsa ham toʻyiga kazo-kazolarni chaqiradigan. Kredit olib toʻy qilib, kredit yopilmasidan ajrashib ketadigan, sogʻligidan 100 ming soʻm ayab, toʻy uchun millionlar sarf qiladigan oʻzbegim – bu postdan keyin meni oqimga qarshi suzadigan inson sifatida eslab qolishingiz ehtimoli yuqori. Yaxshilab oʻrnashib oling, unda bir boshidan boshlaymiz. Yoshim 22 da. Hali uylanmadim. Uylanishga tayyorgarlik koʻryapman-u, ammo shu toʻy masalasi har doim meni oʻylantirardi. Yoshim katta boʻlgani sari masʼuliyatni oʻzingiz olishingizni, hech kim sizga yordam berishga majbur emasligini va bu jarayon hammada har xil paytda boʻlishini bilib boryapman. Hozirgi yozayotgan postim orqali jamiyatni, odamlarni yomonlash yoki hammani qora, oʻzimnikini oq koʻrsatish niyatim yoʻq. Borini yozaman, qarshi fikrlar boʻlsa ham buni toʻgʻri qabul qilaman. Oʻzbek sifatida shu jamiyatda yashar ekanman, toʻyni orzu-havaslilar kattaroq qiladi degan qarashni yoqtirmayman. Nima uchun bizning orzu-havasimiz katta va hammaning ogʻzidan duv-duv boʻladigan gumbura qars toʻy boʻlishi kerak? Nimaga oliy maqsadimiz odamlarni roziligi boʻlib qolgan? Nimaga karantinda oʻtkazilgan 30-40 kishilik toʻylar oʻsha payt normal boʻlgan, hozir normal emas? Undan ham qizigʻi biz boshqalarning fikrini, gaplarini oʻzimizning shaxsiy prinsiplarimizdan ustun qoʻyib olganimiz. Baʼzan prinsiplaringni ham oʻzgartirish kerak boʻladi, oʻzingcha gapirasan-da deb aytishingiz mumkin. Bizga kelayotgan muammolarning ham yechimi balki shundadir. Prinsiplarsiz insonni qoʻgʻirchoqqa oʻxshataman, hamma uni yaxshi koʻradi, xohlasa oʻynaydi, xohlasa tashlab yuboradi. Uzr, qoʻpol oʻxshatish qilgan boʻlsam. Ammo buni tan olmas ekanmiz va har doim boshqalarning biz haqimizda nima deyishi-yu, qanday oʻylashi bilan yashar ekanmiz, bu umrni shunchaki boshqalar uchun sarf qilyapmiz xolos. Ha endi Bahodirjon, siz yoshsiz. Sizdan kattalar boshqalarning toʻyiga borgan, qoʻni-qoʻshni, oshna-ogʻayni deganday. Yegan ogʻiz uyaladi-da baribir. Erta koʻcha-koʻyda koʻz koʻzga tushishi bor degan fikr oʻtgan boʻlsa ajab emas. Agar siz toʻyingizga aytmasangiz sizga munosabati oʻzgarib qoladigan, sizga boʻlgan hurmati yoki oqibatini bitta toʻyga chaqirilish bilan oʻlchaydigan boʻlishsa, menimcha bunaqa mehr-oqibat uzoqqa bormaydi deb oʻylayman. Tasavvur qiling: 20 kishilik toʻy, erkaklar va ayollar uchun alohida davra, ortiqcha dabdaba yoʻq. Hozirgi toʻy ham bir kunda oʻtadi, 600-700 kishilik toʻy ham bir kunda oʻtadi. Nimagadir menga odamlar hayotni osonlashtirish oʻrniga qiyinlashtirayotganday tuyiladi. Qanaqadir odamlar oʻylab topgan, avloddan avlodga oʻtib kelayotgan urf-odatlar va undan ham qizigʻi nima uchun qilyapsan desa savolga javob yoʻq. Mehnatkash ota-ona har doim ishlaydi, bolam zoʻr boʻlsin, yaxshi oʻqisin, hech kimdan kam boʻlmasin, men koʻrgan qiyinchilikni koʻrmasin, odamlarni oldida yuzimni yorugʻ qilsin deydi. Qanday yechim taklif qilaman? Katta toʻyga sarflanadigan pul kuyov bilan kelinning ota-onasiga sarflansin, yosh kelin-kuyovning oʻziga sarflansin. Toʻylar toʻqlarni semirtirish uchun emas, ochlarni toʻydirish uchun qilinsin. Qoʻshimcha maqola: 1-qism, 2-qism Fikringiz oʻzgartiradigan video linklar: 1-video, 2-video P. S. Chiroyli sabr bilan shu yergacha oʻqib kelgan vaqtingizga rozi boʻling.
إظهار الكل...
🔥 25👍 13 11👏 4🐳 4🕊 2❤‍🔥 1
Hozir mana bu qonun loyihasi xalq muhokamasiga qoʻyilgan: https://t.me/MubashshirAhmad/20398 Agar 10000 yaqin izoh bildirilsa, qonun loyihasi qabul qilinmaydi.
إظهار الكل...
Bizdan keyingilar, farzandlarimiz uchun qiladigan yaxshiligimiz shu boʻlsin. Faol boʻlishni, befarq boʻlmaslikni va koʻproq insonlarga ulashishingizni xohlar edim.
إظهار الكل...
Repost from nasiحat
01:21
Video unavailableShow in Telegram
#куч_бирликда✊ Фикр билдиринглар, бўшашманглар, агар мўмин бўлсангиз – Ҳасанхон Яхё устоз Ўша қонун лойиҳаси умумхалқ муҳокамасига қўйилибди, алҳамдулиллаҳ. Фаол бўлайлик, фарзандларимиз келажагига жавобгармиз! –––––––––––––––––––– ИЗОҲ ҚОЛДИРИШ ТАРТИБИ 1. Сизга керак бўлади: паспорт ва телефон рақам 2. Ушбу видеони кўргандан сўнг хавола орқали рўйхатдан ўтинг Ҳавола: https://my.gov.uz/oz 3. Рўйхатдан ўтгандан сўнг каналга қайтиб изох қолдириш учун намунани кўриб чиқинг Намуна: https://lavender-bow-61a.notion.site/Namunalar-0b77efe1c33941619926b281fc4af744?pvs=4 4. Изох қолдириш учун ҳавола орқали ўтасиз ва изоҳ ёзиб қолдирасиз Изоҳ қолдириш ҳаволаси: https://parliament.gov.uz/regulation/29?fbclid=IwZXh0bgNhZW0CMTEAAR2394r9OZE02Q3s2cGA1ue_OI0a-RZRhkiXa4MfxXKqDRtWAuj3PJ7pQ-U_aem_GP_TnKKet9HHgghKJgmwHg ➡️ Барча гурух ва яқинларингизга тарқатинг! Тарқатмаганлардан хафа бўлмаймиз, балки уларга Аллоҳ таоло бу ишни насиб қилмагандир)) 🔔 бизни кузатишда давом этинг: @nasihatda
إظهار الكل...
ONE ID тизимида рўйхатдан ўтиш.mp44.63 MB
👍 2🔥 2👏 2
Sof oʻzbek mafkurasi asosida tarbiyalangan Sezar Sezar yaxshi bilan yomonning farqiga bormasligi mumkin, ammo unga ovqat beradigan odam aniq yaxshiligini biladi. Sezarga koʻchaga chiqish mumkinmas, chunki koʻchada yomon mushuklar boʻlishi va unga zarar yetkazishi mumkin degan ideologiya uqtirilgan. Qachonki, u hamma aytilganni qilib, hamma gapga quloq solib, yaxshi mushuk boʻlsa, unga vaqtida ovqat beriladi. Xuddi bizda yaxshi oʻqisang, yaxshi joyda ishlaysan degan ideologiya) Oxirgi paytlarda soʻroqsiz koʻchaga chiqib ketish odatini chiqardi. Uydan oʻzi kutgan mehrni olmadi va mustaqil hayotimni qachondir baribir qurishim kerak deb oʻyladi, ammo domning podyezdidan uzoqqa borolmadi. Axir biz ham uni yaxshi boʻlsin deymiz-ku. Hali bu mushuk yosh boʻlsa, mushukning yaxshi-yomonining qanday farqiga boradi. Bu Sezar bersang yeydi, bermasang faqat uxlaydi. Oʻsha uchun ham semirib, katta boʻlib ketyapti. Sogʻlom hayot tarziga umuman rioya qilmaydi. Bunaqa hayot tarzi bilan uzoqqa bora olmaydi. Erta oila qursa nima qiladi? Xotinining qoʻliga qarab yashaydimi? Sezarga yarashaveradi. Axir u hozirdan shunaqa tarbiya olyapti-ku) P. S. Post Sezar ismli mushugimiz haqida emas:) #doppili_kopirayter #fikrla #foydali
إظهار الكل...
😁 28🔥 7👍 6 4🥰 1😢 1
Telegramdagi bitta username orqali boyib ketish mumkinmi? Tasavvur qiling, kengroq tasavvur qiling, qachondir shunchaki username bandlab qoʻygansiz. Vaqti kelib, oʻsha sizga ancha daromad olib kelishi mumkin. Bitta maqolacha tayyorlasa boʻlarkan-a) Qiziqmi – ❤️
إظهار الكل...
109👍 9🔥 6🤔 3
Vaqtida... Vaqtida hozirgi soham haqida hech narsa bilmas edim. Vaqtida hatto kursni oxirigacha tugatmaganman. Vaqtida hech kim tanimas edi. Vaqtida sekin ishlarim yurishni boshladi. Vaqtida yangi insonlar, ustozlar bilan tanishib kurslarida qatnashib, sohaga kirdim. Vaqtida hamma meni bekorchi deb oʻylashardi, balki hozir ham oʻylashar. Vaqtida ishlarim koʻpayib, ulgurmay qoldim. Ammo oʻsha payt shukr qila olmadim. Vaqtida umuman ishsiz va natijasiz yurdim. Yetarlicha sabab qilmagandirman. Vaqtida nimaga hammada oʻxshayapti, menda nimaga oʻxshamayapti deb oʻzimcha aqllilik qildim. Vaqtida hamma orzu qilgan oʻqishga grand bilan kirdim, vaqti kelib oʻsha oʻqishni toʻliq tugatmasdan ketdim. Vaqtida ishimni koʻrmasdan va hech narsa demasdan rad qilishdi. Vaqtida tajribangiz koʻp ekan deya rad qilishdi. Vaqtida sizning xizmatingiz qimmat ekan deya rad qilishdi. Vaqtida mijozlar oʻzlari izlab, oʻzlari yozishni boshlashdi. Vaqtida men rad qildim. Vaqtida shogirdlar chiqarishni, foydali ilmiga, halol rizqiga sababchi boʻlishni boshladim. Hozir esa hamma berilgan neʼmatlar uchun roziman. Hikmatli Zotning hikmatini anglash vaqti shu kunlarga toʻgʻri kelgan ekan. P. S. Xulosani esa Doʻppili Kopirayter oʻzingizga qoldiradi) Bahodir Mexriddin oʻgʻli Toshkent, Chilonzor tumani 11.06.2024
إظهار الكل...
24👏 10🔥 9👍 4🥰 3👎 1👌 1🕊 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.