cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

👼👶Baby LOGO Nevromassaj🧘‍♂️🧘‍♀️

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
773
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-67 أيام
-3530 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Onalarga eslatma! 🌿 1. Bolaga o'zingiz o'rnak bo'ling. Bola uchun ideal inson bo'ling.Bola bilan ochiq munosabatda bo'ling. Nima savol bersa erinmasdan javob berishga harakat qiling. Bolani savollariga javob bera olish uchun ayol kishi hamma sohani bilishi kerak, yani bu xoh diniy xoh dunyoviy bo'lsin. Bolani savollariga, qiziqishlariga toʼgʼri eʼtibor qaratishingiz, erinmasdan javob berishingiz bola bilan munosabatingizni yaxshilaydi. 🌿 2. Bolaga ilm berish deganda bolani faqat o'tkizib olib ilm berish nazarda tutilmaydi. Odob o'rgatish, muomila madaniyatini o'rgatishdan ilm berish boshlanadi. Ma'lum bir yoshda ilm berishni boshlash degan tushuncha bu notoʼgʼri chunki, hamma bolalarni tili har xil yoshda chiqadi, qobiliyati har xil bòladi. 🌿 3. Bilim bu maʼlumot xolos, unga amal qilish bilan haqiqiy ilmga aylanadi. Bolani faqat bilim bilan to'ldirmang. Odobdan boshlang. Ma'naviyatini to'ldiring. 🌿 4. Bir narsaga erishish harakat, intizom talab qiladi. Izlaning. 🌿 5. Zehnni kuchaytirish uchun: gunohni tark et. Vaqti keladi, zehn o'zi ochilib ketadi. Asal, xurmo, sut-- zehnni kuchaytiradi. 🌿 6. Dinda ta'qiqlangan amallarni bola qilmasligi uchun bolaga avvalo o'zingiz o'rnak bo'ling. Shu amallarni o'zingiz qilmang va qilmasligini sababini bola anglagunicha tushuntiring. Eng avvalo, amal bilan ko'rsating.O'ziz talab qilayotgan narsani avval o'zingiz qilib qo'ying, shunda bolani sizga hurmati oshadi. 🌿 7. Mashaqqat chekyapsizmi demak to'g'ri yo'ldasiz. Qiyinchiliksiz erishilgan narsani qadri bo'lmaydi. 🌿 8. Tavfiq Allohdan. Tinmay farzandingiz haqqida duo qiling. 🌿 9. Onani onaligi bolani qobiliyatini to'g'ri aniqlab, uni to'g'ri yo'lga yo'naltira olishidir va shu bilan jamiyatga foyda keltirishidir. Onalik deganda faqat Qur'on yodlatish kabilar nazarda tutilmaydi, Ona bolaga Alloh taolo bergan qobilyatini aniqlab, to'ĝri yònaltira olishi kerak. 🌿 10. Bolaga sof islomiy tarbiya berish uchun Onaning o'zi avval shuni bilishi darkor. Uning uchun turmush qurishdan oldin shularni o'rganish harakati boshlanishi kerak. 🌿 11. Bolaga namuna bo'la oling. Hech nimani majburlab qildirmang, uning fikrini so'rang. Nima uchun xoxlamayatganini so'rang. Majburlab bir nima qildirish oson, lekin vaqt o'tib bola o'zini asliyatini ko'rsatishni boshlaydi. U bilan samimiy bo'ling, do'st bo'ling. 🌿 12. Inson xatodan holi emas. Muhimi shu xatoni takrorlamaslikdir. Shuning uchun bolaga o'zingizni ideal qilib ko'rsatmang, xato qilsangiz, bolani ko'z o'ngida xatoni tan olishni biling. 🌿 13. Ona boshqa narsalar bilan band bo'lishi bilan bolani yo'qotib qo'yishi mumkin. Ya'ni bolani birinchi o'ringa qo'ying. Farzandli bo'lgandan keyin prioritetingiz albatta o'zgaradi ya'ni farzand tarbiyasi avvalgi o'rinlarda bo'lishi lozim. 🌿 14. Bola 3 yoshgacha onadan umuman ajralmasligi kerak. 🌿 15. Ma'lumot ko'paytirishga emas, bilganlaringizga amalni birinchi o'ringa qo'ying. O'zingizni tahlil qilishni o'rganing. Har sohadan ma'lum miqdorda malumot olganingizdan keyin maʼlum bir sohani tanlab, shu sohani chuqur o'rganing. Kanalga ulanish uchun 👇👇
إظهار الكل...
🙏 1
01:00
Video unavailableShow in Telegram
IMG_2943.MP45.24 MB
Photo unavailableShow in Telegram
1-iyun XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI Koʻzmunchogʻim, koʻzim nuri Sen rohatim, jon huzurim. Senga makon qalbim qoʻri, Umring uzoq boʻlsin, bolam! Sen Rabbimning marhamati, Senla goʻzal dunyo asli. Yuragimning bir parchasi, Umring uzoq boʻlsin, bolam! Boshingga hech gʻam kelmasin, Qaroqlaring nam boʻlmasin. Jism-u joning dard koʻrmasin, Umring uzoq boʻlsin, bolam! Yomonlardan boʻlgin nari, Yurgin mudom shodlik sari. Uyimizning dur, gavhari, Umring uzoq boʻlsin, bolam! Kelajaging porloq boʻlsin, Yurar yoʻling nurga toʻlsin. Doim baxting kulib tursin, Umring uzoq boʻlsin, bolam!
إظهار الكل...
hammamiz bilishimiz kerak hulgan savol javoblar🤲🤲
إظهار الكل...
🔥 1
Ҳаммамизга билишимиз керак бўлган саволларга жавоблар!!! Қуръоннинг маъноси нима? - «Қироат» «Ўқиш» Дастлабки тушган жойи? - Макка, Хиро ғори Дастлабки тушган куни? - Қодир куни. У кимнинг сўзи? - Аллоҳнинг Қуръонни келтирган фариштанинг номи нима? - Жаброил (а.с) Уни биринчи бўлиб ўқиган одам ким? - Пайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в) Қуръонни ҳар бир ҳарфини то қиёматга қадар қўриқловчи ким? - Аллоҳ Уни қандай ушлаш керак? - Таҳоратли ҳолда. Қуръонда Қуъронни қандай номлар билан зикр этилган? - Ал-Фуркаан, Ал-Китоб, Ал-Зикр, Ал-Нур, Ал-Худо. Маккада нечта сура тушган? - 86 та Мадинада нечта сура тушган? - 28 та Қанча порадан иборат? - 30 та Қанча сура бор? - 114 та Қанча оят бор? - 6236 та Қуръонда Аллоҳнинг номи нечта марта берилган? - 2698 марта. Намоз ҳақида неча марта айтилган? - 700 марта. Муҳаммад (с.а.в) қандай ном билан номланган? - Соф сурасининг 6- оятида Аҳмад деган ном билан номланган Пайғамбаримизнинг исми неча марта номланган? - Муҳаммад (с.а.в)- 4 марта, Аҳмад Аҳмад (с.а.в)-1 марта Энг кўп қайси пайғамбарнинг номи айтилган? - Пайғамбар Мусо (а.с) нинг Қурьон оятларини дастлаб ким санаб чиққан? - Ҳалима онамиз Энг дастлабки ва тарихий масжид қайси? - Каъба! Қайси пайғамбарни онасининг исми билан қўшиб чақирилган? - Пайғамбар Исо (а.с) Мариям ўғли Қуръонда алоҳида эслатилган кун номи. - Қиёмат куни. Энг узун сура қайси? - Бақара сураси. Энг қисқа сура қайси? - Кавсар сураси. Пайғамбаримиз  Муҳаммад (с.а.в) га Жаброил фаришта Қуръонни илк бор келтирган вақтда у зотнинг ёшлари нечада эди? - 40 ёшда. Пайғамбаримиз Маккада неча йил пайғамбар бўлганлар? - 13 йил У зот Мадинада нечи йил пайғамбар бўлиб турдилар? - 10 йил Қуръони Каримнининг нозил бўлиши? - 22 йилу, 5 ой, 14 кун. Қайси сура намознинг ҳар бир ракатида ўқилади? - Фотиха Аллоҳ Таоло дуо ўрнида ўқишга лозим кўрган суранинг номи қайси? - Фотиха Энг биринчи сура? - Фотиха Қуръонда номи айтилган ёлғиз аёл? - Мариям (а.с) Қайси сурада Бисмиллоҳ сўзи 2 марта айтилган? - Намл сурасида. Қуръонда пайғамбарларнинг номи билан номланган қанча сура бор? - 6 та Улар: Юнус, Худ, Юсуф, Иброҳим, Нуҳ, Муҳаммад сураси. Қуръонда Аллоҳнинг қанча номи айтилган? - 99 та. Қуръонда бойлик ҳақида нима айтилган? - Одам имононининг синови. Қуръонда номланган масжидлар нечта? - 5 та. Улар: Масжид ул- Харам, Масжид ул- Зирар, Масжид ул- Набави, Масжид ул-Акса, Масжид ул- Куба. Қуръонда номи айтилган ва 3- авлод пайғамбарининг номи? - Иброҳим (а.с) Номи айтилган фаришталар? - Жаброил, Микайл, Харут, Марут. Жаннатларни сизга илинаман, азиз диндошим. Эслатгин! Албатта еслатиш мўминларга манфаат берур". Аз-Зарият сураси, 55-оят. Яхшилик учун яқинларингиз билан баҳам кўринг!! 👶
إظهار الكل...
🙏 1
00:14
Video unavailableShow in Telegram
#kulgu_time 🤪 Kayfiyatni ko‘taramiz. Bolajonlarimiz so‘g‘ bo‘lishsin, mushuklar esa o‘z jonini qutqarish uchun nimalarga qodirligini
إظهار الكل...
IMG_2891.MP41.19 MB
Бола эмлангандан кейин ёш оналар қандай тавсияларга амал қилиши зарур? Эмлатишдан кейин иситма чиқиши хавфли эмасми??? Ҳар бир бола ёшлигида оғир касалликларга чалинмаслиги учун қатор эмлашларни бошидан ўтказади. Эмлаш баъзи ҳолатларда реакция бериши ҳам мумкин. Аммо, у шифокорлар томонидан тўғри амалга оширилса, деярли салбий таъсирлари бўлмайди. Бунинг учун шифокорлар қатори ота-она ҳам боласини эмлашда қуйидаги қоидаларни билиши лозим: болада шамоллаш аломати кечаётган бўлса, эмлаш мумкин эмас. Бола бутунлай тузалгандан сўнг, эмлашни амалга оширса бўлади; эмлашлар орасидаги муддат камида 1 ой бўлиши керак; эмлашдан олдин ва ундан бир неча кун кейин бола билан одамлар кўп тўпланга жойларга бормаслик тавсия этилади; бир ёшгача бўлган болалар рационига эмлашдан бир неча кун олдин ва кейин янги маҳсулотларни киритиш мумкин эмас; эмлаш даврида эмизишни давом этиш жуда муҳим; болани эмлаётганингизда бола ва унинг оила аъзолари соғлом бўлиши керак; эмлашдан сўнг болани камида бир кун давомида чўмилтирмаслик лозим. Яқинларизга ҳам улашинг!!!
إظهار الكل...
#TEST. 👨‍👩‍👧‍👦Siz qanday ota- onasiz? 👇Quyidagi savollarga "Ha" yoki "Yo'q", deb javob berasiz. ✔️Har bir "Ha" javob uchun 1 ball, ✔️"Yo'q" javobi uchun 2 ball qo'shasiz. 1️⃣ Bolaga erkalaydigan so'zlar bilan muomila qilasiz. 2️⃣ Bolani ko'p quchoqlaysiz. 3️⃣Bola bilan birga bo'lganingizda mazza qilasiz. 4️⃣ Bola yangi qiliq yoki harakat o'rganishi uchun unga yordam berasiz. 5️⃣ Bola tushunadigan tilda u bilan ko'p muloqot qilasiz. 6️⃣ Bolaga hech jahl qilmaysiz. 7️⃣ Kayfiyatingizga bog'liq ravishda bolaga muomila qilmaysiz. 8️⃣ Bolaga kitob o'qib, ma'nosini tushuntirasiz. 9️⃣ Bolaning talabini bajarasiz. 🔟 Bolani kuchli nazorat qilasiz. 1️⃣1️⃣. Bolaga o'zi qila oladigan ishni mustaqil bajarishi uchun imkoniyat berasiz. 1️⃣2️⃣ Bolaga qiziq bo'lgan narsaga siz ham qiziqasiz. 1️⃣3️⃣ Bolaga qaraganda doim! tabassum qilish, sizning odatingiz. 1️⃣4️⃣ Bolani silash, erkalash, o'pish, sizning odatingiz. 1️⃣5️⃣ Bolaga tanbeh berganda, ehtiyot bo'lasiz. 1️⃣6️⃣ Bola bilan birga biron narsa o'ynaganda, siz o'yinni boshqarmaysiz. 1️⃣7️⃣ Bola bilan muomila qilganda, uning ko'ziga qaraysiz. 1️⃣8️⃣ Bolaga asabiz buzilganini ko'rsatmaysiz. 💁🏻‍♀️Qancha ko'p ball to'plagan bo'lsangiz, shunchalik muomilangizni o'zgartirish talab etiladi. Ya'ni jami ballar 38 ga yaqin bo'lgani, sizning bolaga munosabatingiz yaxshi emasligini ko'rsatadi. ONALAR UCHUN ENG SARA FOYDALI MASLAHATLAR FAQAT BIZNING KANALDA...
إظهار الكل...
Nima uchun bola dunyoga kelishi bilan shifokorlar uni onaning bagʻriga yotqizishadi? Nima uchun shifokorlar bola tugʻulganda ilk 1 soat ichida onalarga chaqalogʻiga koʻkrak tutishni tavsiya qilishadi? Bularning barchasi bolani sogʻlom boʻlib oʻsishi uchun. Bola sogʻlom boʻlishi uchun esa koʻkrak suti bilan oziqlanishi zarur. Bola hayotining ilk soatlarida bolaga koʻkrak tutish juda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Tugʻruqdan keyin onaga koʻkraklari boʻsh boʻlib tuyulsada koʻkraklarda chaqaloq uchun eng foydali va shifobaxsh xususiyatlarga ega "oʻgʻiz suti" boʻladi va bu 2-3 kun davomida to ona koʻkraklari sutga toʻlguncha saqlanib qoladi. "Oʻgʻiz suti" sargʻimtir rangga ega boʻlib, keyingi kunlarda hosil bo’ladigan ko’krak sutiga nisbatan A vitamini, karotin moddasi, askorbin kislotasi va B guruhidagi vitaminlarga boy boʻladi. O‘g‘iz suti turli kasalliklarni paydo qiluvchi virus va mikroblarga qarshi kurashuvchi moddalarga boy. U chaqaloqda immunitet sistemasining shakllanishida qatnashib, go’dak tanasida har xil xastaliklarga qarshi bir umrga yetgulik immunitet hosil qiladi. Natijada go’dak kasallikka kam chalinadi Oʻgiz suti oqsil, yog’ va uglevodlardan tashqari, mineral unsurlar, fermentlar, gormonlar hamda antitanachalarga boy hisoblanib chaqaloqni uning uchun yangi boʻlgan dunyoga moslashib, yashab ketishi uchun juda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi Mana shular sabab shifokorlar bolani tugʻulgani zahoti emizishni tavsiya etadi. Ona tabiat ham chaqaloqlarga emish refleksi bilan tugʻulishdek katta hadiyani inom etgan. Bu ham bejizga emas albatta.
إظهار الكل...
🙏 3
#tarbiya #sizga_va_ozimga Bolalar tarbiyasida biz nimalarni yoʻq qildik? 1. Xohlagan har narsasini olib, sevinchlarini yoʻq qildik. 2. Xafa boʻlishlariga imkon bermay, boshqalar dardini tushuna olish tuygʻusini yoʻq qildik. 3. Zerikishlariga fursat qoldirmay, hayol qilish qobiliyatini yoʻqotdik. 4. Muammoga yoʻliqqanda, qalqon boʻlib, ulardagi muammoni hal qilish qobiliyatini yoʻqotdik. 5. Hamma narsani ular uchun oʻzimiz qilib berib, oʻzlariga ishonchni yoʻqotdik. 6. Maktabda aʼlochi boʻlishni hayotning maqsadi bilib, axloqli inson tarbiyalash tushunchasini yoʻq qildik. 7. Bolaning yonida tinmay maktab va oʻqituvchilarni tanqid qilib, ustozga nisbatan hurmatni yoʻq qildik. 8. Hali maktabga bormay turib qoʻliga telefon yo planshet berib, tengqurlari bilan oʻynash imkonini qoʻlidan oldik. 9. Bolalarni maktabdan keyin toʻgarakma toʻgarak yetaklab yurib, oila hayotini yoʻq qildik. 10. Bolamizning har daqiqasini ijtimoiy tarmoqlarda koʻz-koʻz qilib, mahramiyat tuygʻusini yoʻq qildik.
إظهار الكل...