cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Navoiy shahar 5-IDUM(rasmiy kanali)

Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir. Admin:@gulbahor_abduroziqovna 91 438 47 47

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
632
المشتركون
-124 ساعات
-47 أيام
-2230 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
• Parmanov EDU | Tayyorlov kursi | Biologiya fani boʻyicha • Eng asosiysi bizda shogirdlarsiz taʼlim! • 60 dan ortiq milliy sertifikatga ega boʻlgan abiturientlar! • Kanalga qoʻshilish va eng sara yangiliklardan xabardor boʻlish uchun ushbu havola orqali kanalga aʼzo boʻling: • https://t.me/parmanov_edu • Kursga yozilish uchun ushbu telegram sahifalarga murojaat qiling: • @Parmanov_Edu_N1 yoki ushbu telefon raqamlarga: • +998914163030 • +998339391111 Telegram | Instagram
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi XII sonli «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida «O‘zbekiston» deb yozib qo‘yilgan.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#Hokim_tabrigi
SIZ YANGI O‘ZBEKISTONNING KELAJAGI VA BUNYODKORISIZ!
Qadrli yoshlar, aziz o‘g‘il-qizlarim! Avvalo, barchangizni mamlakatimizdagi muhim sana "30-iyun🗄 Yoshlar kuni" munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Bugungi bayram har bir yoshu katta uchun hayotimizning orzu-umidlarga, bilimga chanqoq beg‘ubor damlarini eslatishi bilan nihoyatda ahamiyatlidir. Jannatmakon yurtimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan siz aziz yoshlar, kelajagimiz egalari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, keng imkoniyat eshiklari ochib berilgan. Zero, sizlarning bandligingiz, bo‘sh vaqtingizni mazmunli o‘tkazishingiz, malakali ta’lim olishingiz va kasb o‘rganishga bo‘lgan talab va qiziqishlaringiz davlatimizning doimiy diqqat e’tiboridadir. E’tirof etish joizki, bugungi kunda muhtaram Yurtboshimiz rahnamoliklarida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, intiluvchan yoshlarni tarbiyalash har qachongidan-da muhim vazifalarga aylanib bormoqda. Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida qabul qilingan hujjatlar hamda yangi O‘zbekistonning yoshlar bilan birgalikda barpo etilishi - davlatimizning sizlarga bo‘lgan katta ishonchidan dalolatdir. Ishonamanki, Sizday shijoatli, g‘ayratli, vatanparvar yoshlarimiz bor ekan, ko‘zlagan yuksak marralarimizni dadillik bilan zabt etaveramiz! Shak-shubha yo‘qki, Yangi O‘zbekistonimizning yorqin istiqbolini, yosh va navqiron Navoiymizning ertanggi kelajagini biz Siz bilan quramiz! Aziz yoshlar! Men Sizlarning har biringizga el-yurtimiz faxrlanadigan, jonajon O‘zbekistonimizning munosib farzandi, haqiqiy inson bo‘lish baxti nasib etishini tilayman. Sizlarni Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga yangi yutuqlar, baxt va omad tilayman! ✍️✍️✍️✍️✍️
СИЗ ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОННИНГ КЕЛАЖАГИ ВА БУНЁДКОРИСИЗ!
Қадрли ёшлар, азиз ўғил-қизларим! Аввало, барчангизни мамлакатимиздаги муҳим сана "30-июн🗄 Ёшлар куни" муносабати билан самимий муборакбод этаман. Бугунги байрам ҳар бир ёшу катта учун ҳаётимизнинг орзу-умидларга, билимга чанқоқ беғубор дамларини эслатиши билан ниҳоятда аҳамиятлидир. Жаннатмакон юртимизда Президентимиз ташаббуслари билан сиз азиз ёшлар, келажагимиз эгалари учун барча шарт-шароитлар яратилган, кенг имконият эшиклари очиб берилган. Зеро, сизларнинг бандлигингиз, бўш вақтингизни мазмунли ўтказишингиз, малакали таълим олишингиз ва касб ўрганишга бўлган талаб ва қизиқишларингиз давлатимизнинг доимий диққат эътиборидадир. Эътироф этиш жоизки, бугунги кунда муҳтарам Юртбошимиз раҳнамоликларида замонавий билим ва кўникмаларга эга, интилувчан ёшларни тарбиялаш ҳар қачонгидан-да муҳим вазифаларга айланиб бормоқда. Ёшларга оид давлат сиёсати соҳасида қабул қилинган ҳужжатлар ҳамда янги Ўзбекистоннинг ёшлар билан биргаликда барпо этилиши - давлатимизнинг сизларга бўлган катта ишончидан далолатдир. Ишонаманки, Сиздай шижоатли, ғайратли, ватанпарвар ёшларимиз бор экан, кўзлаган юксак марраларимизни дадиллик билан забт этаверамиз! Шак-шубҳа йўқки, Янги Ўзбекистонимизнинг ёрқин истиқболини, ёш ва навқирон Навоиймизнинг эртангги келажагини биз Сиз билан қурамиз! Азиз ёшлар! Мен Сизларнинг ҳар бирингизга эл-юртимиз фахрланадиган, жонажон Ўзбекистонимизнинг муносиб фарзанди, ҳақиқий инсон бўлиш бахти насиб этишини тилайман. Сизларни Ёшлар куни билан яна бир бор самимий табриклаб, барчангизга янги ютуқлар, бахт ва омад тилайман! DILMUROD ERGASHEV Navoiy shahar hokimi
إظهار الكل...
👍 2
Repost from Hilola Umarova
Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari! Barchangizni bugungi katta bayram — “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklayman. Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda. Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi g‘oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning o‘rni katta. Aziz yoshlar! Bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga to‘la ishonamiz. Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
🌹🌹🌹 TABRIKLAYMIZ! 🌹🌹🌹 Hurmatli maktabning boshlang’ich sinf  o’qituvchisi Allayeva Gulizebo Baxtiyorovna! Sizni tavallud ayyomingiz-shukrona kuningiz bilan chin qalbdan tabriklaymiz!Sizga mustahkam sog'lik-salomatlik, barokatli umr tilaymiz! Maktabimizdagi yosh avlodni ma'naviy ruhda tarbiyalashda hissangiz beqiyosdir! Dilingizda neki yaxshi niyatlaringiz bo'lsa barchasi ijobat bo'lsin! Alloh hamisha yuzlaringizni yorug', aziz boshingizni baland qilsin! Go'zallik, latofat sizni hech qachon tark etmasin! Hamisha yaqinlaringiz, farzandlaringiz, shogirdlaringiz ardog'ida bo'ling! Hurmat va ehtirom bilan 5-IDUM jamoasi!
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
🌹🌹🌹 TABRIKLAYMIZ! 🌹🌹🌹 Hurmatli maktabning rus tili fani  o’qituvchisi Gulrux Izomiddinovna! Sizni tavallud ayyomingiz, shukrona kuningiz bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Sizga mustahkam sog'liq-salomatlik, barokatli umr tilaymiz! Maktabimizdagi yosh avlodni ma'naviy ruhda tarbiyalashda hissangiz beqiyosdir! Dilingizda neki yaxshi niyatlaringiz bo'lsa barchasi ijobat bo'lsin! Alloh hamisha yuzlaringizni yorug', aziz boshingizni baland qilsin! Go'zallik, latofat sizni hech qachon tark etmasin! Hamisha yaqinlaringiz, farzandlaringiz, shogirdlaringiz ardog'ida bo'ling! Hurmat va ehtirom bilan 5-IDUM jamoasi!
إظهار الكل...
👍 3👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
🌹🌹🌹 TABRIKLAYMIZ! 🌹🌹🌹 Hurmatli maktabning ona tili fani  o’qituvchisi Nargiza Sayidovna! Sizni tavallud ayyomingiz, shukrona kuningiz bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Sizga mustahkam sog'liq-salomatlik, barokatli umr tilaymiz! Maktabimizdagi yosh avlodni ma'naviy ruhda tarbiyalashda hissangiz beqiyosdir! Dilingizda neki yaxshi niyatlaringiz bo'lsa barchasi ijobat bo'lsin! Alloh hamisha yuzlaringizni yorug', aziz boshingizni baland qilsin! Go'zallik, latofat sizni hech qachon tark etmasin! Hamisha yaqinlaringiz, farzandlaringiz, shogirdlaringiz ardog'ida bo'ling! Hurmat va ehtirom bilan 5-IDUM jamoasi!
إظهار الكل...
🥰 7👏 2🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
🔊🔊Diqqat e'lon!!!! Hurmatli ota-onalar👨‍👩‍👧‍👦 Navoiy shahar 5-IDUMda 1-sinfga òzbek va rus sinflariga qabul jarayonlari boshlandi👨‍💻👩‍🏫 ☎️☎️Murojat uchun telefon:👇 Gulbahor Abduroziqovna: +998914384747
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Фарзандингизга доимо айтиб туришингиз керак бўлган 9 та гап: 1. Сен кучлисан, енгилма! 2. Мен доим сен биланман. 3. Ҳаммасини уддалайсан! 4. Мен сенга ишонаман. 5. Мен сен билан фахрланаман. 6. Менга ёрдам бераётганинг учун раҳмат. 7. Мен сени яхши кўраман. 8. Кунинг қандай ўтди? 9. Бундай вазиятда сен қандай йўл тутган бўлар эдинг? Меҳр ва эътиборингизни аяманг. Кўпроқ бағрингизга босиб, қучоқлаб туринг, эркаланг, у болалигини ҳис қилсин. Болани урманг! Болага нима яхши-ю, нима ёмонлигини тушунтиришдан эринманг.👇 Ота ва оналар тафаккур қилинг!
إظهار الكل...
👍 2
“ҲАҚИҚАТ БИЛАН ҒАЛАБА ҚИЛИНГ” 1. Қайси устоз энг яхши сабоқ беради? — Руҳий изтироб 2. Энг катта кулфат қайси? – Қора юрак,ёвуз фикрларга тўла бош. 3. Инсон руҳини нима таҳқирлайди? – Бировни айблаш. 4. Қайси устоз ёмон сабоқ беради? — Роҳат-фароғат. 5. Қайси ишга қодирлик энг яхшиси? — Кечиримли бўлишга қодирлик. 6. Қайси олов ўта кучли? – Ғазаб, у инсон қалбини бир сонияда куйдириб кул қилади. 7. Энг қийин қобилият нима? — Сукут сақлаш. 8. Қайси қобилият жуда муҳим? — Билмаганни сўраш қобилияти. 9. Энг зарур қобилият қайси? — Тинглаш қобилияти. 10. Энг ёқимсиз одат қайси? — Бузғунчилик, фитнабозлик. 11. Энг зарарли одат қайси? — Сергаплик, сир сақлай билмаслик. 12. Қандай инсон кучли? —Ҳақни англаб етган одам. 13. Қайси инсон энг кучсиз? — Ўзини энг кучли ва зўр одам деб ҳисобловчи. 14. Энг камбағал инсон ким? — Дунёда пулни ҳамма нарсадан яхши кўрувчи. 15. Худога энг яқин одам ким? – Раҳм-шафқатли инсон. 16. Кулфатга нима қарши қўйиш керак? — Сабрни. 17. Соғлом қалбнинг белгиси нима? — Эътиқод. 18. Касал қалбнинг белгиси нима? — Умидсизлик. 19. Нотўғри ҳаракатларнинг белгиси нима? — Жаҳл қилиш. 20. Эзгу ишларнинг белгиси нима? — Руҳий осойишталик. 21. Қайси инсон энг кучли? —Ўз устидан, нафсидан ғолиб келган одам. 22. Қайси эътибор энг яхши? – Ўз ақли-ҳушига эътиборли бўлиб юриш. 23. Ғолибларнинг энг яхшиси ким? – Ҳақиқат билан Ғалаба қилган одам. Симеон Афонский Рус тилидан Жалолиддин Сафоев таржимаси. Тафаккур қилинг!
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.