@uzdsf
الذهاب إلى القناة على Telegram
O‘zbekiston karlar sport federatsiyasining rasmiy kanali Official channel of the Deaf Sports Federation of Uzbekistan Официальный канал Спортивной федерации глухих Узбекистана
إظهار المزيد1 543
المشتركون
+124 ساعات
-77 أيام
-5830 أيام
أرشيف المشاركات
1 543
+2
🍁 Hashar – obodlik va hamjihatlik ramzi!
✅ Bugun O‘zbekiston karlar sport federatsiyasiga qarashli sport majmuasi hududida xayrli an’ana bo‘lgan hashar tashkil etildi. Unda sportchilarimiz sport majmuasi atrofini kuzgi xazonrezgi barglar, turli chiqindilardan tozalash, yo‘laklarni tartibga keltirish ishlarida faol ishtirok etdilar.
Ayniqrog‘i, futbol 👉 ⚽️ jamoamiz a’zolari hashar jarayonida faollik va tashabbus ko‘rsatishdi.
O‘zbekiston karlar sport federatsiyasi ushbu xayrli ishda faol qatnashgan barcha sportchilarga, shuningdek, ularni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onalari va ustozlariga samimiy minnatdorchilik bildiradi 🙌.
Zero, obodlik va tozalik har birimizning hissamizdan boshlanadi!
***
🍁 Хашар – символ благоустройства и единства!
✅ Сегодня на территории спортивного комплекса, принадлежащего Спортивной федерации глухих Узбекистана, состоялся традиционный хашар. Спортсмены активно приняли участие в уборке прилегающей территории спортивного комплекса от опавшей осенней листвы и различного мусора, а также в приведении в порядок пешеходных дорожек.
Особую активность и инициативу в ходе хашара проявили участники нашей футбольной 👉 ⚽️ команды.
Спортивная федерация глухих Узбекистана выражает искреннюю благодарность всем спортсменам, принявшим активное участие в этом благом деле, а также их родителям и тренерам, воспитавшим их 🙌.
Ведь благоустройство и чистота начинаются с вклада каждого из нас!
#uzdeafsports #hashar
📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram
1 543
💬 Председатель Федерации спорта глухих Узбекистана Даврон Хидиров о впечатлениях от форума «Россия - спортивная держава».
Красноярск очень гостеприимно встретил нас, большое спасибо организаторам форума и нашим российским коллегам! Приятно было видеть на этом форуме очень много знакомых лиц. Мы узнали много нового, интересного и полезного в ходе дискуссий. Общероссийская спортивная федерация спорта глухих поделилась важной информацией, мы обязательно донесем ее до спортсменов Узбекистана. Желаю, чтобы с российских спортсменов скорее сняли все ограничения, и они полноправно выступали на международной арене. Мы надеемся, что скоро это произойдет. Здорово, что российские спортсмены выступят на зимней Сурдлимпиаде в 2027 году. Желаю им удачи на соревнованиях! Также в турнире примут участие и спортсмены из Узбекистана, они выступят в шахматах.🇷🇺 Подписывайтесь на наш канал в МАХ
1 543
Repost from O‘zbekiston futzali
+6
🏆 “O‘FF PREZIDENTI KUBOGI — 2026/2027: SARALASH BAHSLARI BOSHLANDI!
⚽️ Havaskor jamoalar o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “O‘FF Prezidenti kubogi” musobaqasining 2026/2027-yilgi mavsumiga start berildi.
Bugun erta tongdan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida saralash bosqichining 1-bosqich uchrashuvlari boshlandi.
🔥 36 ta jamoa ikki kun davomida keyingi bosqich yo‘llanmalari uchun kurash olib boradi. Uchrashuvlar yakuniga ko‘ra saralashning keyingi bosqichiga yo‘l oladigan jamoalar aniqlanadi. Ikkinchi bosqich bahslari esa 31-oktabr kuniga belgilangan.
📋 1-BOSQICH UCHRASHUVLARI TAQVIMI
🗓 24-oktabr, shanba
08:00 — “Istiqlol” – “O‘zKSF”
09:00 — “Ekspress” – “Madaniyat”
10:00 — “Korzinka” – “UNKI”
11:00 — “Agrosanoat” – “TIFT”
12:00 — “Singapur” – “Tibbiyot”
14:00 — “Mudofaa” – “Olimpik”
15:00 — “Tayan” – “Do‘stlik”
16:00 — “Great Future” – “Agrotex”
17:00 — “Inbox” – “Irrigator”
🗓 25-oktabr, yakshanba
08:00 — “Novza” – “Hayot Bank”
09:00 — “BMU” – “Markaz”
10:00 — “O‘zGEO” – “Sharqshunos”
11:00 — “Parma-2” – “Quruvchi”
12:00 — “IMV” – “Eksklyuziv”
14:00 — “SQB” – “O‘zbekko‘mir”
15:00 — “Din qo‘mitasi” – “MKM Metal”
16:00 — “TATU” – “Energetik”
17:00 — “Voris FK” – “Moliyachi”
📸 Saralash bahslari jarayoni, uchrashuvlar natijalari va musobaqaga oid yangiliklarni kanalimizda kuzatib boring!
🔥 Barcha jamoalarga omad va murosasiz kurash tilaymiz!
📲 Bizni kuzatib boring va musobaqa yangiliklaridan xabardor bo‘ling!
🇺🇿 BMB | 🥸 Orient Ceramic | 7️⃣Saber
👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram
1 543
Высокие гости, приятные хлопоты
Вице-премьер РФ Дмитрий Чернышенко и министр спорта России Михаил Дегтярев посетили стенд спорта глухих на выставке форума «Россия - спортивная держава».
🇷🇺 Подписывайтесь на наш канал в МАХ
1 543
Кто ходит в гости на форумах, тот поступает мудро!
Стенд спорта глухих посетил директор Центра спортивной подготовки сборных команд России Роман Гришин.
🇷🇺 Подписывайтесь на наш канал в МАХ
1 543
🎬 Вспомним лучшие моменты вчерашнего дня на форуме в Красноярске.
Атмосфера, эмоции, но главное - работа и результат! 🏆
🇷🇺 Подписывайтесь на наш канал в МАХ
1 543
Председатель Федерации спорта глухих Узбекистана Даврон Хидиров на панельной сессии «Спорт глухих: национальные модели развития и практические решения»:
В 2024 году президентом Узбекистана был выпущен указ о том, что федерация спорта глухих переходит под покровительство национального паралимпийского комитета, что существенно помогло нашему развитию. До этого решения глухие спортсмены нашей страны не могли получать стипендии, должную финансовую поддержку. Сейчас во многих городах нашей страны открываются спортивные клубы для людей с нарушением слуха. При этом мы испытываем недостаток в соревнованиях по спорту глухих. Надеемся в этом плане на сотрудничество с ОСФСГ, чтобы мы проводили совместные соревнования. За последние годы у нас появилось 11 новых видов спорта, а долгое время было только четыре. Хотим к 2029 году увеличить количество спортсменов Узбекистана, которые примут участие в Сурдлимпийских играх.🇷🇺 Подписывайтесь на наш канал в МАХ
1 543
🏆 “O‘FF PREZIDENTI KUBOGI” SARALASH BAHSI
⚽️ Havaskor jamoalar o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “O‘FF Prezidenti kubogi” musobaqasining 2026/2027-yilgi mavsumi saralash bosqichi
“O‘zKSF” vs “Istiqlol”
📌 Musobaqa joyi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida bo‘lib o‘tadi.
🗓 24-oktabr, shanba
⏰ Soat 08:00
O‘yinda g‘olib chiqqan jamoa keyingi bosqichda “Ekspress” / “Madaniyat” juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.
Barchani qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz! ✊
***
🏆 ОТБОРОЧНЫЙ МАТЧ «КУБКА ПРЕЗИДЕНТА ФФУ»
⚽️ Отборочный этап сезона 2026/2027 традиционного турнира «Кубок Президента ФФУ» среди любительских команд.
«СФГУ» vs «Истиклол»
📌 Место проведения: спортивный зал Ташкентского университета информационных технологий.
🗓 24 октября, суббота
⏰ Начало в 08:00
Победитель матча встретится на следующем этапе с победителем пары “Ekspress” / “Madaniyat”.
Приглашаем всех поддержать нашу команду! ✊
#uzdeafsports #uffcup #futsal #deaffutsal
📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram
1 543
🏆 “O‘FF PREZIDENTI KUBOGI” SARALASH BAHSI
⚽️ Havaskor jamoalar o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “O‘FF Prezidenti kubogi” musobaqasining 2026/2027-yilgi mavsumi saralash bosqichi
“O‘zKSF” vs “Istiqlol”
📌 Musobaqa joyi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida bo‘lib o‘tadi.
🗓 24-oktabr, shanba
⏰ Soat 08:00
O‘yinda g‘olib chiqqan jamoa keyingi bosqichda “Ekspress” / “Madaniyat” juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.
Barchani qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz! ✊
***
🏆 ОТБОРОЧНЫЙ МАТЧ «КУБКА ПРЕЗИДЕНТА ФФУ»
⚽️ Отборочный этап сезона 2026/2027 традиционного турнира «Кубок Президента ОФФ» среди любительских команд.
«СФГУ» vs «Истиклол»
📌 Место проведения: спортивный зал Ташкентского университета информационных технологий.
🗓 24 октября, суббота
⏰ Начало в 08:00
Победитель матча встретится на следующем этапе с победителем пары “Ekspress” / “Madaniyat”.
Приглашаем всех поддержать нашу команду! ✊
#uzdeafsports #uffcup #futsal #deaffutsal
📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram
1 543
+3
Karlar sporti: rivojlanish va hamkorlik
✅ Ayni damda Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk shahrida XIV xalqaro «Rossiya: sport mamlakati» sport forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum sportni rivojlantirish va xalqaro sport hamkorligi masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan Rossiyadagi eng yirik maydonlardan biri hisoblanadi.
Forumning ish dasturi doirasida «Karlar sporti: rivojlanishning milliy modellari va amaliy yechimlar» mavzusida sessiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
👉 Sessiya quyidagi yo‘nalishlarda milliy karlar sporti tashkilotlari o‘rtasida tajriba almashishga bag‘ishlanadi: - davlat organlari va sport tashkilotlari bilan hamkorlik qilish; - karlar sportini moliyalashtirish va zarur resurslar bilan ta’minlash; - milliy musobaqalar tizimini rivojlantirish va sportchilarni tayyorlash; - milliy terma jamoalarni shakllantirish; - karlar sportini ommalashtirish va jamoatchilikning bu boradagi xabardorligini oshirish.✅ Ushbu forumda O‘zbekiston karlar sport federatsiyasi raisi Davron Xidirov, rais o‘rinbosari Elvira Ligay ham qatnashmoqda. Forumni ushbu havola orqali kuzatib borishingi mumkin. *** Спорт глухих: развитие и сотрудничество ✅ В настоящее время в городе Красноярске Российской Федерации проходит XIV Международный спортивный форум «Россия: страна спорта». Форум является одной из крупнейших российских площадок для обсуждения вопросов развития спорта и международного спортивного сотрудничества. В рамках деловой программы Форума запланировано проведение сессии на тему «Спорт глухих: национальные модели развития и практические решения».
👉 Сессия посвящена обмену опытом между национальными организациями спорта глухих по следующим направлениям: - взаимодействие с государственными органами и спортивными организациями; - финансирование и обеспечение необходимыми ресурсами спорта глухих; - развитие национальной системы соревнований и подготовка спортсменов; - формирование национальных сборных команд; - популяризация спорта глухих и повышение осведомленности общественности.✅ В работе Форума также принимают участие председатель Спортивной федерации глухих Узбекистана Даврон Хидиров и заместитель председателя Эльвира Лигай. Следить за ходом Форума можно по этой ссылке. #uzdeafsports #forum #krasnoyarsk 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram
1 543
+3
🏆 “O‘FF PREZIDENTI KUBOGI”: SARALASH BAHSLARIGA QUR’A TASHLANDI
⚽️ Havaskor jamoalar o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “O‘FF Prezidenti kubogi” musobaqasining 2026/2027-yilgi mavsumi saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, dastlabki bosqichda o‘zaro kuch sinashadigan juftliklar hamda ikkinchi bosqichda to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan jamoalar aniqlandi.
📍 Saralash bahslari 24–25-oktabr kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida bo‘lib o‘tadi.
📋 1-bosqich uchrashuvlari taqvimi
🗓 24-oktabr, shanba
· 08:00 — “Istiqlol” – “O‘zKSF”
· 09:00 — “Ekspress” – “Madaniyat”
· 10:00 — “Korzinka” – “UNKI”
· 11:00 — “Agrosanoat” – “TIFT”
· 12:00 — “Singapur” – “Tibbiyot”
· 14:00 — “Mudofaa” – “Olimpik”
· 15:00 — “Tayan” – “Do‘stlik”
· 16:00 — “Great Future” – “Agrotex”
· 17:00 — “Inbox” – “Irrigator”
🗓 25-oktabr, yakshanba
· 08:00 — “Novza” – “Hayot Bank”
· 09:00 — “BMU” – “Markaz”
· 10:00 — “O‘zGEO” – “Sharqshunos”
· 11:00 — “Parma-2” – “Quruvchi”
· 12:00 — “IMV” – “Eksklyuziv”
· 14:00 — “SQB” – “O‘zbekko‘mir”
· 15:00 — “Din qo‘mitasi” – “MKM Metal”
· 16:00 — “TATU” – “Energetik”
· 17:00 — “Voris FK” – “Moliyachi”
🔥 Barcha jamoalarga saralash bahslarida omad tilaymiz!
📲 Bizni kuzatib boring va musobaqa yangiliklaridan xabardor bo‘ling!
🇺🇿 BMB | 🥸 Orient Ceramic | 7️⃣Saber
👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram
1 543
Repost from Adaptiv Instituti | Rasmiy️️
#Tayinlov
Tursunov Nodirjon Botirovich — Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika sport tibbiyoti markazi, Milliy antidoping agentligi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasida rahbarlik va mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Shuningdek, Profi University rektori lavozimida faoliyat olib borgan.
Nodirjon Tursunov 2001-yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini, 2010-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Mutahassisligi bo’yicha sport shifokori, xalqaro toifadagi doping-ofitser va klassifikator hisoblanadi.
Nodirjon Tursunovning yangi lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz!
🤩Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook | 🕊Threads |
1 543
+5
📆 2027-yil uchun sport rejalari muhokama qilindi
✅ Bugun Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi ijrochi direktori Anvar Mursakulov bilan O‘zbekiston karlar sport federatsiyasining 2027-yilga mo‘ljallangan sport tadbirlari kalendar rejasi atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida karlar sportini yanada rivojlantirish, sportning ommaviyligini oshirish va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
Jumladan: 📌 - Hududlardagi imkoniyat va ehtiyojlarni tahlil qilish; - Talab yuqori bo‘lgan sport turlarini aniqlash; - Istiqbolli sport turlarini aniqlash va rivojlantirish; - Iqtidorli yoshlarni sportga keng jalb etish va sportchilar zaxirasini shakllantirish; - Sport maktablarida surdlimpiya sport turlari bo‘yicha ixtisoslashgan guruhlar tashkil etish; - Murabbiylar malakasi va sportchilar tayyorgarligini oshirish; - Xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etish va yuqori natijalarga erishishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash.Muhokama yakunida belgilangan ustuvor vazifalar, hududlarning imkoniyatlari hamda sport turlarining rivojlanish salohiyatidan kelib chiqib, 2027-yilga mo‘ljallangan sport tadbirlari kalendar rejasini ishlab chiqish belgilandi. 🎯 Asosiy maqsad – karlar sportini tizimli rivojlantirish, iqtidorli sportchilar uchun keng imkoniyatlar yaratish va xalqaro maydonda yuksak natijalarga erishish. *** 📆 Обсуждены планы развития спорта на 2027 год ✅ Сегодня исполнительный директор Ассоциации адаптивных видов спорта Анвар Мурсакулов и представители Спортивной федерации глухих Узбекистана подробно обсудили календарный план спортивных мероприятий на 2027 год. В ходе встречи были определены приоритетные задачи, направленные на дальнейшее развитие спорта глухих, повышение его массовости и достижение высоких результатов на международных соревнованиях.
В частности, определены следующие задачи: 📌 - Анализ возможностей и потребностей регионов; - Выявление наиболее востребованных видов спорта; - Выявление и развитие перспективных видов спорта; - Широкое привлечение талантливой молодёжи к занятиям спортом и формирование резерва спортсменов; - Создание специализированных групп по сурдлимпийским видам спорта в спортивных школах; - Повышение квалификации тренеров и уровня подготовки спортсменов; - Разработка мер, направленных на достойное выступление и достижение высоких результатов на международных соревнованиях.По итогам обсуждения было определено, что календарный план спортивных мероприятий на 2027 год будет разработан с учетом обозначенных приоритетных задач, возможностей регионов и потенциала развития отдельных видов спорта. 🎯 Главная цель – обеспечить системное развитие спорта глухих, создать широкие возможности для талантливых спортсменов и добиться высоких результатов на международной арене. #uzdeafsports #calendarplan2027 #sportpower 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram
1 543
Repost from Adaptiv Instituti | Rasmiy️️
+8
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish va jismoniy reabilitatsiya tizimini takomillashtirish masalalari muhokamada
🩼 Bugun Ijtimoiy himoya milliy agentligi binosida, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy reabilitatsiyasini kuchaytirish va adaptiv sportni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig’ilish o’tkazildi.
👥 Yig‘ilishda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining o‘rinbosari, O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi raisi M. Tashxodjayev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari I. Adhamov, Agentlik va Assotsiatsiyaning hududiy boshqarma boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari, Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori, shuningdek, adaptiv sport federatsiyalari vakillari ishtirok etdi.
💻 Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda sohada mavjud muammolar va aniqlangan kamchiliklar muhokama qilindi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni kengaytirish hamda jismoniy reabilitatsiya jarayonida adaptiv sportning rolini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🖋 Yig‘ilish davomida mas’ullarga quyidagi vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi:
⏺xalqaro va mahalliy sport musobaqalarining yillik taqvim rejasini ishlab chiqish;
⏺adaptiv sport yo‘nalishlari bo‘yicha boshlang‘ich klassifikatorlar va hakamlarni tayyorlash ishlarini yo‘lga qo‘yish;
⏺faoliyat samaradorligini oshirish va har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ul kuratorlarni belgilash;
⏺hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish.
🤝 Yig‘ilish yakunida mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, yagona adaptiv sport tizimini shakllantirish hamda bu boradagi qo‘shma ishlarni tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
🤩Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook | 🕊Threads |
