Kompyuter Programmalari || Dasturlar
الذهاب إلى القناة على Telegram
🖥 IT bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar! Hamkorlik: @ali_2220 🤝Hamkorimiz: @Kompyuter_Bilimlari_uz Kompyuter bilimlarini professional darajada o'rgatadigan kanal
إظهار المزيد1 956
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+67 أيام
+4730 أيام
أرشيف المشاركات
#oʻyinlar
Bu manzil sizga istalgan PC formatdagi oʻyinlarni bepul yuklab olishingizga yordam beradi va kompyuteringizga oʻrnatib miriqib dam olishingiz mumkin
Manzil: 👉 @Kompyuter_OyinlarUz
© @Pc_ProgrammUz
🖥 Qanday qilib fayllarni brauzer orqali tezda uzatish mumkin?
Snapdrop — havo orqali fayllarni uzatish xizmati.
✅ Siz fayllarni nafaqat mobil qurilmaning xotirasidan, balki Dropbox, iCloud Drive va Google Drive bulutli omborlaridan ham o'tkazishingiz mumkin. Bundan tashqari, xizmat mutlaqo bepul.
📁 Fayllarni mobil qurilmadan kompyuterga qanday yuborish mumkin:
🔢 Smartfon va kompyuteringiz bir xil Wi-Fi tarmog'ida ekanligiga ishonch hosil qiling.
🔢 Ikkala qurilmada snapdrop.net ni oching.
🔢 Mobil qurilmangizda paydo bo'lgan kompyuter tasviriga teging.
🔢 Faylni yubormoqchi bo'lgan joyni belgilang.
🔢 Kerakli fayllarni tanlang va "Открыть", "Добавить" va boshqalarni bosing.
🔢 Kompyuterda qalqib chiquvchi xabar paydo bo'ladi. "Save" tugmasini bosing.
📍@it_ishkal - Har qanday muammoning решаласи
📵 Barchaga ma'lum vaziyatlar sabab Rossiya banklarining mobil ilovalari App Store va Google Play'da bloklanayotgani sabab ular boshqa nomlar bilan ilovalarni qayta chiqarishmoqda.
📱 Masalan, skrinshotdagi ilova Alfabankning navbatdagi "aylanib o'tish" harakatidir.
💁♂ Bunisi ham tez orada mashhurlikka erishsa, bloklansa kerak.
© @Pc_ProgrammUz
Repost from Kerakli Botlar
🌟Bot: @Yozuvchi_iBot
• Konspekt yozuvchi bot.
• Botga xohlagan matnni yozib yuboring va sizga varoqga yozib beradi.
🛡Kanal: @Kerakli_BotlarUz
🔥 Qo'shnimiz Xolida xolaning aytishlaricha, OPPO Find N2 Flip buklamafoni ustida ham qo'shimcha 3,26 dyuymli displeyga ega bo'larkan.
❗️ Egiluvchan displeyi 6,8 dyuym, old kamerasi 32 MP, Dimensity 9000+ chipseti va 44W tezkor quvvatlanish texnologiyasiga ega akkumulyatori sig'imi 4300 mA*soat bo'larmish. Asosiy kamerasi 50 MP Sony IMX766 va 8 MP Sony IMX355 (yuqori keng burchakli) bo'ladi, deyaptilar xolam.
💁♂ Narxini aytmayaptilar...
© @Pc_ProgrammUz
VSDC Free Video Editor
🔰Nomi: VSDC Free Video Editor
🖇Hajmi: 92,1 MB
♻️Vazifasi: Video tahrirlash uchun bepul dastur.
©️ @Pc_ProgrammUz
Dasturlashni o'rganishni xohlaysiz, lekin ikkilanyapsiz: qaysi texnologiyani birinchi bo'lib o'rgangan ma'qul? Shunaqami? Bugun men aynan siz uchun birinchi maqola tayyorladim.
Dasturlashni aslida bir necha xil turlari bor. Yani: web dasturlash, soft dasturlar yozish, operatsion tizimlarni dasturlash, robotlarni dasturlash va h.k.
Bizning kanalimiz web dasturlashni o'rgatadigan kanal bo'lgani uchun bugun sizlar bilan web dasturlash haqida suhbatlashamiz.
Bu maqolada hech kitoblardagi kabi atamaning ma'nosi, qayerdan kelib chiqqani, kim ishlab chiqqani va hokazolar bilan vaqtni olmayman.
Uning ustiga o'zim ham aynan web dasturlashni tanlaganman. Shu sababli ham ushbu kanalda sizlar meni o'qib turibsiz.
Xo'sh, web dasturlashni qay tartibda o'rganish kerak? Men hozir faqat o'zimni fikrimni yozaman va bu hech qanaqa majburiy qonun emas!
Eng birinchi bo'lim web saytlarni bu texnologiyasiz tuzib bo'lmaydigan texnologiya HTML texnologiyasi!
Bu til dasturlash tili emas!!! Bu til razmetka tili. Hozir men sizlarga razmetka tili nima ekanligini nazariy tushuntirib o'tirmayman, bu unchalik muhim atama emas! Amaliyot vaqtida razmetka nimaligini albatta tushunib olasiz.
Dasturlash tili - amaliy jihatdan qandaydir vazifani bajaradigan til. Masalan natural son bilan qandaydir arifmetik amal, yoki ma'lumotlar bazasidan ma'lumotni o'qish va h.k. Razmetka tili esa bunday vazifani bajarmaydi!
Ikkinchi bo'lib esa saytlarning tashqi ko'rinishiga ta'sir ko'rsatadigan va saytda odamlarni ushlab qoladigan narsa - CSS.
Odamlarni ushlab qoladigan deganim menimcha 99% internet foydalanuvchilar saytda CSS bilan ishlov berilmagan bo'lsa saytni shunchaki esdan chiqaradi.
Dizayn bu shunaqa qurol. Bu haqida dizaynerlar ko'proq tushuncha bera olishadi.
Bu ikkala texnologiyani o'zlashtirganimizdan so'ng, saytlarni asosan frontend(saytning bizga ko'rinadigan qismi, backend bilan bog'langan) qismi uchun, ba'zida backend
(bajaradigan ishi jihatdan frontenddan kam emas, saytning foydalanuvchilarga ko'rinmaydigan qismi, asosiy vazifani backend bajaradi deyishimiz ham mumkin. Chunki frontend faqatgina aks ettirib bersa,
backend ma'lumotlarni qayta ishlaydi, saqlaydi, o'zgartiradi, brauzerga ham ta'sir ko'rsatadi va h.k. Hullas saytning logikasi deyishimiz mumkin) qismi uchun
(hozir ba'zida deganim xato bo'ladi albatta, chunki javascript va uning turli frameworklari bilan ishlaydigan fullstack dasturchilar yetarlicha. Fullstack dasturchi - backend va frontend dasturchilar qila oladigan ishni bir o'zi bajara oladigan dasturchi)
ishlatiladigan texnologiya - JavaScript texnologiyasi. Aynan shu yergacha o'rganganimizda va bir nechta amaliy ishlarda qatnashganimizda biz frontend bilan ishlashda ko'nikmaga ega bo'lamiz.
Davom etish kerak. Shu yerda ikkilanish paydo bo'ladi: backend uchun qaysi texnologiyani tanlaganim ma'qul? Ha, bu ikkilanish hammada bo'lgan.
Bu yerda bir nima deyish qiyin. Nojo'ya narsa yozib sizga xato yo'nalish berib yuborishim mumkin. Shu sababli buyog'i yuzaki tushuncha! Qattiq amal qilishingiz shart emas!
Agar siz javascriptni keraklicha o'rgangan bo'lsangiz siz backend uchun internetdan birorta frameworkni izlab, uning vazifalari sizga yoqsa, shuni tanlashingiz mumkin.
Ikkinchi yo'l esa php tili! Menimcha bu tilni o'rganish boshqa tillarga nisbatan oson. Ma'lumotlar bazasi bilan ishlashimiz ham backend dasturchilar bajaradigan ishlarga kiradi va ma'lumotlar bazasidan foydalanmay, yuqori darajadagi funksional sayt tuza olmaysiz!
Men bu jihatda Mysql texnologiyasini tanlashni maslahat beraman. Chunki php ni tanlagan dasturchi uchun Mysql bilan ishlash juda qulay!
HTML va CSS ni o'rgangan vaqtingiz albatta HTML5 va CSS3 ni xam o'rganasiz. Bular haqida yozib o'tirmadim. O'rganadigan darslaringizda bu haqida batafsil bilib olishingiz mumkin!
Demak biz quyidagi tartibda o'rganishimiz kerak ekan:
1. HTML
2. CSS
3. JavaScript
4. PHP
5. Mysql
Bu fikrlar faqat mening shaxsiy fikrlarim. Men ham katta tajribaga ega dasturchi emasman. Balki yozgan hamma fikrlarim xatodir. Hullas maqolani tushundingiz deb o'ylayman.
© @Pc_ProgrammUz
🛒Adobening Photoshop, Illustrator va InDesign dasturlarini endi o'raganishni boshlayotganlar uchun qaynoq klavishlar.Manba:
© @Pc_ProgrammUz
🍦 Muzqaymoqchi robotdan tortib, chuchvarachilarigacha…
🤖 Xullas, Koreyadagi koʻrgazmada har qanaqa temir-qoʻllarni koʻrdik.
🎥 Tezkor orada maxsus videolar chiqaraman.
© @Pc_ProgrammUz
🚖 AQSHda haydovchisiz taksilarga odam tashishga ruxsat etildi, faqat bu xizmat bepul bo'lishi kerak...
💵 Unda nima foyda deysizmi? Bu narsa Waymo kabi kompaniyalar uchun yaxshi reklama bo'lib xizmat qilishi mumkin.
© @Pc_ProgrammUz
Assalomu alekum hurmatli kanalimiz obunachilari!
Biz yaqinda odamlarga foydasi tegadigan yaxshi Youtube kanal ochmoqchi edik!
U kanalning yoʻnalishi telefonlarni yani (Samsung, iPhone, Xiaomi va yana boshqa) telefonlarning nastroyka qilish, foydali lifehacklar, foydali dasturlar haqida boʻladi!
Oʻsha kanalga yaxshi Nom kerak edi!
Siz qanday nomni qoʻyishda maslahat bergan boʻlar edingiz?
Fikrlaringizni komentariyada kutaman!
💬 Va nihoyat, WhatsApp yangilandi.
↪️ Endi ilovada o'zingizga-o'zingiz yoza olasiz (xuddi Telegram'dagi "Saved Message" kabi).
➡️ Bitta Android ilovaga ko'plab akkauntlarni ham qo'shish imkoni chiqdi.
➡️ Shuningdek, yangi guruhlardan keladigan xatlar avtomat tarzida ovozsizlashtiriladi.
© @Pc_ProgrammUz
🔐 2022-yilda eng ko'p foydalanilgan eng ishonchsiz parollar bilan tanishing va ro'yxatda sizning ham sirli kelit so'zingiz bo'lsa, parollarni darxol almashtiring. Shuningdek, ro'yxatda ana shu parolni "vzlom" qilish uchun qancha vaqt ketishi ham keltirilgan:
1. password - 1 soniyadan kam
2. 123456 - 1 soniyadan kam
3. 123456789 - 1 soniyadan kamroq
4. guest - 10 soniya
5. qwerty - 1 soniyadan kamroq
6. 12345678 - 1 soniyadan kam
7. 111111 - 1 soniyadan kam
8. 12345 - 1 soniyadan kam
9. col123456 - 11 soniya
10. 123123 - 1 soniyadan kam
11. 1234567 - 1 soniyadan kam
12. 1234 - 1 soniyadan kamroq
13. 1234567890 - 1 soniyadan kam
14. 000000 - 1 soniyadan kam
15 555555 - 1 soniyadan kam
© @Pc_ProgrammUz
Python 3.10.7
❗️ Versiya: 3.10.7
⚙OS: Windows |7|8.1|10|11|
🔵 Razryadi: x86 / x64
🅰 Tili: Rus. ingliz
🔵 Aktivatsiya: Talab qilmaydi
© @Pc_ProgrammUz
🔥 Windows 10 va 11'da ishlatiladigan "qaynoq klavishlar" ro'yxati (A-Z):
WIN + A — Quick Setting menyusini ochish uchun
WIN + B — System tray'ga o'tish uchun
WIN + C — Windows 10'da Cortana uchun, Windows 11'da esa Microsoft Teams'ni ochish uchun
WIN + D — Ish stoli(Rabochiy stol)ni ko'rish uchun
WIN + E — File Explorer'ni ochish uchun
WIN + F — Feedback Hub'ni ochish uchun
WIN + G — Xbox Game Bar'ni ochish uchun
WIN + H — ovozni yozish va uni tekstga o'girish funksiyasini ishga tushirish uchun (o'zbek tilida ishlamaydi)
WIN + I — Settings'ni ochish uchun
WIN + K — Connect ya'ni qurilma ekranini boshqa qurilmaga ulashish uchun
WIN + L — Kompyuterni qulflash uchun
WIN + M — Ochiq oynalarni minimallashtirish uchun
WIN + N — Windows 11'da bildirishnomalar va kalendar menyusini ochish uchun
WIN + O — qurilma orientatsiyasini qulflash uchun
WIN + P — prezentatsiya uchun qurilma displeyini sozlash menyusi
WIN + R — Run oynasini ochish uchun
WIN + S — Qidirish menyusini ochish uchun
WIN + T — Taskbar bo'ylab ilovalarni tanlash
WIN + U — Accessibility sozlamalari oynasini ochish uchun
WIN + V — Clipboard'ni ochish uchun
WIN + W — vidjetlar menyusini ochish uchun
WIN + X — Quick Link menyusini ochish uchun
WIN + Y — Mixed Reality va kompyuter kirishni o'zgartirish
WIN + Z — Windows 11'da tezkor tartiblarni ochish uchun
⌨️ Siz qaysi biridan ko'p foydalanasiz?
© @Pc_ProgrammUz
Noutbukim uzoq yashasin, desangiz...
#tavsiya
ℹ️ Ko‘pchilik uzoqroq ishlatishni ko‘zlab mashhur brendlarning qimmat noutbuklarini tanlashga harakat qiladi. Lekin har qanday gadjetni ham faqat to‘g‘ri ishlatishgina yaxshi ishlashini ta’minlaydi.
🔋 Noutbukning ko‘ngildagidek ishlashi ko‘p jihatdan akkumulyatorga bog‘liq. Shuning uchun uni to‘g‘ri quvvatlantirish kerak.
🧐 Fonda qaysi dasturlar ochiq ekaniga ahamiyat qarating. Ortiqchalarini o‘chiring. Ayrim operatsion tizimlarda quvvatni tejovchi maxsus funksiya mavjud.
😮💨 Noutbuk to‘liq o‘chishini kutmang. 20 foizga kelishi bilan darrov quvvatni ulang. Yaxshisi noutbuk quvvatlanib bo‘lgach, simdan sug‘urib ishlatishga o‘ting. Quvvatlanayotgan payti foydalansangiz, batareya qiynaladi.
🏝 Agar noutbukingizni biror muddat ishlatmasangiz, masalan safarga ketish oldidan uni uyda qoldirsangiz quvvat foizi to‘liq emas, balki 40-50 atrofida bo‘lgani ma’qul. Shuningdek, noutbuk bekordan bekorga internetga ulanib turmasligi lozim.
🥶 Noutbuklar sovuq haroratni yoqtirmaydi. Ayniqsa u ko‘p ishlab qizib ketganida juda sovuq joyda turmasin. Agar vaziyat taqozosidan noutbuk past haroratli xonada saqlangan bo‘lsa, uni darhol yoqmang. Avval iliqroq joyda biroz tursin, so‘ng ishga tushiring. Chunki harorat 10 darajadan past bo‘lsa, akkumulyatorning yaroqlilik muddati kamayadi. Har qanday batareya ham mo‘tadil haroratni yoqtiradi.
© @Pc_ProgrammUz
