cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi

مشاركات الإعلانات
561
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-37 أيام
-930 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Repost from N/a
#Dasht_Agamasi "Steppe Agama" (male), "Cтепная Агама", Dasht agamasining umumiy uzunligi 30 sm dan oshmaydi. Tana vazni 62 g gacha. Yuqori bosh chanoqlari bir oz qavariq va qovurg'asiz. Burun teshiklari burun qalqonlarining orqa qismida joylashgan va yuqoridan deyarli ko'rinmaydi. Kichik tashqi quloq teshigi yaxshi joylashgan, uning chuqurligida quloq pardasi joylashgan. Uning tepasida 2-5 ta cho'zilgan tikanli tarozilar mavjud. Tana tarozilari bir xil (dasht agamasi bir-biriga yaqin bo'lgan xaroba agamasidan shunday farq qiladi), olmossimon, qovurg'ali, faqat tomog'ida silliq, dorsal tarozi katta, o'tkir umurtqali, dum tarozilari qiya joylashgan. qatorlar va ko'ndalang halqalarni hosil qilmaydi. Xorazm milliy tabiat bog‘ining Xiva tumanida joylashgan muhofaza etiladigan hududida ilmiy bo'lim hodimlarining kuzatuv monitoring jarayonida suratga olingan foto lavha. Rasmiy sahifalarga a’zo bo‘ling:👇 facebook / web-sayt / instagram / youtube / telegram
إظهار الكل...
01:28
Video unavailableShow in Telegram
Xalqaro yoshlar ekologik oromgohi ishtirokchilari "Green University"da! 27-iyun kuni Xalqaro yoshlar ekologik oromgohi ishtirokchilari Markaziy Osiyo va atrof-muhit o‘zgarishini o‘rganish universiteti ("Green University")ga tashrif buyurdi. Tadbirda nutq so‘zlagan universitet rektori Jasur Salixov yoshlarni ekologik masalalarga yechim topishga jalb qilish muhim ahamiyatga ega ekanligini, "Green University" ekologik tashabbuslarni har doim qo'llab quvvatlashini ta’kidladi. https://gov.uz/eco/news/view/15067/ __ Участники международного молодежного эко-лагеря посетили Green University 27-28 июня участники Международного молодежного экологического лагеря посетили Центрально-Азиатский Университет изучения окружающей среды и изменения климата (Central Asia Green University). Выступая на мероприятии, ректор университета Жасур Салихов отметил важность привлечения молодежи к поиску решений экологических проблем, а также то, что Green University всегда поддерживает экологические инициативы. https://gov.uz/ru/eco/news/view/15067/ __ Participants of the international youth eco-camp visited Green University On June 27–28, participants of the International Youth Environmental Camp visited the Central Asian University for the Study of the Environment and Climate Change (Central Asia Green University). Speaking at the event, the rector of the university, Jasur Salikhov, noted the importance of involving young people in finding solutions to environmental problems, as well as the fact that Green University always supports environmental initiatives. https://gov.uz/en/eco/news/view/15067/ Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
إظهار الكل...
28 06 2024 Gren unver TEL F 3.mp464.27 MB
01:26
Video unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi #ЗнаетеЛиВы Maishiy chiqindilarni olib ketimaganlik uchun to‘lov miqdorini qayta hisoblatish mumkinligini bilasizmi? Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi chiqindi to‘plash shoxobchalaridan — bir kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turar joy sektoridan esa “signal” usulida — uch kunda bir marotabani tashkil qiladi. ➡️Batafsil 💬 Знаете ли вы, что возможен перерасчет суммы оплаты за не оказанные или некачественные услуги по вывозу бытового мусора? Минимальная периодичность вывоза ТБО – один раз в сутки со станций сбора мусора и один раз в три дня из частного жилого сектора «сигнальным» способом. ➡️Подробно 🌐Veb-sayt| ✝️Telegram| ☮️Facebook| 💟Instagram| ☸️YouTube
إظهار الكل...
2 AEF.mp46.34 MB
👍 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Ko'hna qal'a mahallasida chiqindilar toplanib qolgani deya tarqalgan xabar yuzasidan viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Urganch shahar bo‘limi tomonidan o'rganish ishlari olib borildi. Mazkur o'rganish davomida Urganch shahar "Ko'hna qal'a" mahallasida to'planib qolgan chiqindilarni "Urganch Avto Eko Trans" MChJ xodimlari va maxsus texnikalari yordamida bartaraf etilganini ma'lum qilamiz. Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#Reyd Viloyat prokuraturasi hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarish boshqarmasi Qo'shko'pir tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan navbatdagi ekologik reyd tadbirlari davomida tumanning "Hayrobot" mahallasi hududida fuqaro T. F o'simlik qoldiqlarni hamda xazon, shox-shabbalarni yoqib yuborganlik holati aniqlandi. Holat yuzasidan atmosfera havosini ifloslantirgan fuqaro F.T ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasi 3-qismi bilan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari yani 1 million 20 ming so'm jarima qo'llanildi. Eslatib oʻtamiz: Somon poya qoldiqlari yonishi natijasida atmosfera havosiga uglerod oksidi, azot oksidi, azot ikki oksidi, oltingugurt oksidi kabi zaharli moddalar ajralib chiqadi. Somon poya qoldiqlari yoqilishi nafaqat ona tabiatimizga, balki inson salomatligi bilan bir qatorda iqtisodiyotimizga ham jiddiy zarar yetkazishini ham unutmang! Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
إظهار الكل...
Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda "Qo'shni uchun qo'shni javob beradigan zamon keldimi? " sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan viloyat prokuraturasi, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Urganch shahar bo‘limi hamda Urganch shahar hokimligi hamkorlikda o'rganish ishlari olib borildi. Mazkur o'rganish davomida Urganch shahar "Tong" ko'chasida to'planib qolgan chiqindilarni "Urganch Avto Eko Trans" MChJ xodimlari va maxsus texnikalari yordamida bartaraf etilganini ma'lum qilamiz. Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
إظهار الكل...
👍 1
🎣 27-iyun – Jahon baliqchilik kuni ⚡️ Sana munosabati bilan viloyati prokuraturasi, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi hamda O'zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi Xorazm viloyat bo'limi bilan hamkorlikda “Baliq ovi” musobaqasi oʼtkazildi. 🔹 Musobaqa Yangiariq tumani "Chiqirchi" qishlog'i hududida joylashgan "Katta sho'rko'l" tabiiy ko'lida o'tkazildi. 🏅 Tadbir davomida jami 27 ta ishtirokchi qatnashib, faol ekologik jamoatchi inspektorlar hamda musobaqa gʼoliblariga faxriy yorliqlar va esdalik sovgʼalar topshirildi. 📖 Ma'lumot o'rnida: Jahon baliqchilik kuni 1984-yilda Baliqchilikni tartibga solish va rivojlantirish xalqaro konferensiyasi qaroriga muvofiq ta’sis etilgan va 1985-yildan e’tiboran har yili nishonlanadi. Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
إظهار الكل...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
🎣 27-iyun — Jahon baliqchilik kuni sifatida nishonlanmoqda Bu kunga 1984-yil iyul oyida Rimda bo'lib o'tgan baliqchilikni tartibga solish va rivojlantirish bo'yicha xalqaro konferensiya qarori bilan asos solingan. 1985-yildan boshlab esa har yili 27-iyunJahon baliqchilik kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. https://gov.uz/eco/news/view/14966/ __ 🎣 27 июня отмечается Всемирный день рыболовства Дата установлена решением Международной конференции по регулированию и развитию рыболовства, состоявшейся в июле 1984 года в Риме. С 1985 года ежегодно отмечается 27 июня - Всемирный день рыболовства. https://gov.uz/ru/eco/news/view/14966/ __ 🎣 World Fisheries Day is celebrated on June 27 It was established by the decision of the International Conference on the Regulation and Development of Fisheries, which was held in Rome in July 1984. Since 1985, World Fisheries Day has been celebrated annually on June 27. https://gov.uz/en/eco/news/view/14966/ Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
➡️🌳 "Mening bog‘im" loyihalari uchun ovoz bering! “Ochiq budjet” ("Open budjet") axborot portali orqali “Mening bogʻim” loyihalari uchun ovoz berish jarayoni boshlandi. Ma'lumot uchun, joriy yilda Respublikamizning 208 ta tuman va shaharlarida “Mening bogʻim” loyihalari asosida “yashil bogʻ” va “yashil jamoat parki” barpo etiladi. Buning uchun jami 52 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan bo‘lib, tuman va shaharlarda 250 mln soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda teng taqsimlanadi. Ovoz berish 7-iyulga qadar davom etadi. Yakuniy natijalarga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan hududlarda “yashil bogʻ” va “yashil jamoat parklari” yaratiladi. Hurmatli yurtdoshlar! “Mening bogʻim” loyihalari uchun ovoz berib, hududingizda ekologik muhit yaxshilanishiga hamda tabiatimiz yashillik darajasini oshirishga oʻz hissangizni qoʻshing. __ ➡️🌳 Голосуйте за проекты «Mening bog‘im»! Начато голосование по проектам “Mening bog‘im” («Мой сад») через информационный портал "Open budjet" («Открытый бюджет») . Для информации, в текущем году в 208 районах и городах республики по проектам “Mening bog‘im” будут созданы «зеленый сад» и «зеленый общественный парк». На эти цели выделено 52 миллиарда сумов, а в районах и городах - не менее 250 миллионов сумов. Голосование продлится до 7 июля. По итогам результатов на территории, набравшей наибольшее количество голосов, будут созданы «зеленые сады» и «зеленые общественные парки». Уважаемые соотечественники! Проголосовав за проекты “Mening bog‘im”, вы внесете свой вклад улучшение экологической среды и повышение зеленого уровня нашей природы. Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
📢Bugun yurtimizda 27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlanmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish, aholining ekologik ongi va madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalari faoliyati muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidlash joiz. Hurmatli jurnalistlar, barchangizni kasb bayramingiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Mashaqqatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Salomatlik, quvonch va ijodiy ilhom sizni aslo tark etmasin! Aziz Abduhakimov boshchiligidagi Ekologiya vazirligi jamoasi ___ 📢Сегодня в нашей стране широко отмечается 27 июня - День работников печати и средств массовой информации. Стоит отметить, что деятельность средств массовой информации играет важную роль в охране окружающей среды, повышении экологической грамотности и культуры населения. Уважаемые журналисты, искренне поздравляем вас с профессиональным праздником. Желаем вам больших успехов в вашем нелегком и почетном труде. Пусть никогда не покидают здоровье, радость и творческое вдохновение! Коллектив Министерства экологии под руководством Азиза Абдухакимова Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.