153
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام
- المشتركون
- التغطية البريدية
- ER - نسبة المشاركة
جاري تحميل البيانات...
معدل نمو المشترك
جاري تحميل البيانات...
#sevilgan
✍ Mansur Nazarov
🎙Dilnoza Umarovna
🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂
@samo_oshnolari🌚
"Ko'rmapsiz"|Mansur Nazarov(1).mp32.43 MB
Atirgulning bargi sarg'aydi,
Ochilmagan maktub yonida.
Bir gul meni qattiq qarg'aydi,
So'nggi yaproq to'kkan onida.
Bir qush edim ahdida turmas,
Gullar meni mangu qarg'aydi.
Men dallini qarg'ish ham urmas,
Atirgulning bargi sarg'aydi...
Kanallar holis baholandi va ro'yhatdan ayrim kanallar olib tashlandi va ayrim kanallar qo'shildi.
(saralanganlar)
📚@m1racle_books
📚@kitoblog
📚@bookerberg
📚@kitobqurti
📚@mahinsworld
📚@someones_bookblog
📚@kitobxorr
📚@marufjonblogi
📚@doctorsmind
📚@kitob00kniga
📚@BookBlogUz
📚@bookishAmaal
📚@withbibixonim
📚@SimpleMeBookworm
📚@purehearts_blog
📚@mohimsblog
📚@KingBookBlog
📚@hazelbooks_official
📚@bu_safar_boshqacha
📚@Panda_books
📚@readnroll
📚@kitobistonn
📚@kitobxondunyosi
📚@nigohlarda
📚@bookholes
📚@IBookDragon
📚@readbookuz
📚@bookreading_times
📚@adabiyotkundaligi
📚@superkitobxon
📚@mutolaa_sehri
📚@Sevaraalijonova
📚@kitob_ombori
📚@bobil_kutubxonasi
📚@lilysblog
📚@Tav_uz
📚@tursunoff_kutubxonasi
📚@Bookvamper
📚@UlugbekRamazonov
📚@daisyslibroland
📚@MyBooks_MyLife
📚@sadoqat_sohili
Azizlar, sizlar uchun eng saralangan kitobxonlik kanallari😊
📹 Михаил Булгаковнинг «Итюрак» романидаги бош персонаж П. П. Шариковга бахшида... Феруз НЕЪМАТУЛЛАЕВ
Ўқиди:Шаҳбоз Файзуллаев
П.П.ШАРИКОВ
Акилласа итлар дард ёзиб,
Алҳонига поймона тўлди.
Шўрлик қисмат бўлди овоза,
Мен ит бўлдим...
Туғилдим...
Ўлдим...
Ғийбат авждир, тўлишган ой - шам,
Дахшат тутар оқшомни гоҳи.
Сув - кўзимга қуйиладир ғам,
Инсонпарвар ўтли нигоҳим.
Ўтган ўтди, улимадим ҳеч,
Мушукларга алданмадим ҳам.
Отиб ташланг бўлмасидан кеч,
МЕН - ит бўлиб туғилган одам.
Танҳо эдим, қисматим енгди,
Соч-соқолдан тўйинар битлар.
Мен ит бўлиб ўларман, энди,
Одам бўлиб туғилар итлар.
2020
Феруз НЕЪМАТУЛЛАЕВ
@Navoiy_ijodkorlar
Михаил_Булгаковнинг_«Итюрак»_романидаги_бош_персонаж_П_П_Шариковга.mp42.41 MB
* * *
Бизни танлаганда ёрлар адашди
Илкимиз тутганда хорлар адашди.
Сўраб келсак бир кун молин берар деб
Ўзимиз зормиз-у зорлар адашди.
Кулбамизга аранг сиғар бошимиз
Даргоҳи кенг дея торлар адашди.
Даштда Ҳусайн каби ҳолимиз хароб
Бизлар миниб келган норлар адашди.
Дунёсига келиб нима ҳам қилдик
Биз телбамиз... эси борлар адашди.
© Асқар Маҳкам
* * * *
Toʻgʻrisi, men taroziga koʻp soldim
Aslida qiymati kepak dunyoni
Va shuni angladim: yashashdan oldin
Puxta oʻzlashtirish kerak dunyoni.
Anglashga urindim yetgancha qurbim,
Ishqning hisobiga falsafa qurdim
Qonmadim hech qaysi goʻzal yo hurdin
Xullas, sevolmadim kesak dunyoni.
Shaklim: ikki oyoq, ikki qoʻl, badan
Umidvor turarkan mudom oʻljadan.
Mitti jigʻildonim bilan oʻlchadim
Nafsimning xoʻragi, yemak dunyoni.
Lek har qanday mezon yoki xulosa
Qani endi koʻnglimni toʻldirolsa
Ipidan ignasiga qadar rosa
Anglash mumkin emas demak dunyoni.
©️ Ximmatov
@sheristonim
@mansurnazarov
Bo'sa
Kel...
Yomg'irda o'ynaymiz bir o'yin,
Qo'lingdan uzilsin soyabon.
Noayon hislarga ber bo'yin,
Mana jon,
qayna jon,
hayajon...
Kel!
Axir, bu hech yomon o'yinmas,
Xudoyim kechirgay adashsak.
Osonroq yashash ham qiyinmas,
Sanoqsiz
xatolar,
sanashsak.
Kel,
Bizlar o'zdanda tonganmiz,
Gunohdan o'tmasa, netardik?
Shusiz ham beayov yonganmiz,
Olovga
aylanib
ketardik.
Kel!
Qara! Tomchilar charsillab,
Visolni kuylagay - mo'jiza.
Qoburg'am sinmoqda qarsillab,
Boshidan
yaralding
ojiza...
Kel.
Dahri dun noraso, beto'zim,
Bekorga qiynama o'zingni.
Qutqarib olaman men o'zim,
Shunchaki,
yumib ol
ko'zingni.
Kel!
Bugun o'ynaymiz bir o'yin,
O'yna jon,
qayna jon,
hayajon...
Iqror
Bag'rimni ezmoqda zilday tosh,
Bilmadim, yetgaymi qilday dosh?
So'ramang, bu o'zi qanday tosh?
Bilolning "tosh"ini ko'rmabsiz.
Bu boshim og'riydi alamdan,
Ne alam? So'ramang siz mandan,
Kesilgan, tepilgan yo Hasan,
Husanning boshini ko'rmabsiz.
Bir kunlik dunyoni yil demang,
Yiqitsa, sirotni qil demang,
Eng uzun daryoni Nil demang,
Ko'zlarim yoshini ko'rmabsiz.
Bilmadim, yig'lashim ne sabab?
Sog' odam yig'larmi besabab?
Zartobut, bekafan, betaraf
Fir'avn loshini ko'rmabsiz.
Tavbali ashkimni xush ko'rdim,
Bandalik ishqini ish ko'rdim,
G'alvali ajrimni tush ko'rdim,
Qaynagan doshini ko'rmabsiz.
Bag'rimda toshlar bor zildayin,
Har biri Mahmudi fildayin,
O'tolmam, u ko'prik qildayin,
Ul Yorning qoshini ko'rmabsiz.
O'tolmam, u ko'prik qildayin...
اختر خطة مختلفة
تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.