ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

Programming ∀

Programming ∀

الذهاب إلى القناة على Telegram

Ushbu kanalda dasturlashga aloqador turli expriementlarim, g'oyalarim, hulosalarimni ulashaman.

إظهار المزيد
1 364
المشتركون
+224 ساعات
+137 أيام
+1130 أيام
أرشيف المشاركات
Dasturlashni endi boshlaganlarda bir g‘alati odat bor. Falon narsani natijasi qanday bo‘ladi maʼnosida. Guruhlarda yoki kimga
Dasturlashni endi boshlaganlarda bir g‘alati odat bor. Falon narsani natijasi qanday bo‘ladi maʼnosida. Guruhlarda yoki kimga dur savol berishadi. Shu bo‘yicha o‘z mulohazamni etaman. Ming marotaba eshitgandan bir marotaba ko‘rgan yaxshi. Shunday mazmunda savol berishdan oldin o‘sha narsani qilib ko‘ring. Odatda bunday shakldagi savollar berishdan maqsad tezroq javob topish bo‘ladi. Ammo o‘zingiz qilib ko‘rsangiz amaliy tajribada isbotlangan javob olasiz. Mabodo o‘xshamasa kutilgan natija bo‘lmasa keyin savolingizni avvalo Google ga yozishni javobni topolmasangiz ana keyin guruhlarda yozishni tavsiya etaman. Chunki shunchaki javobni eshitib qo‘ysangiz esingizdan chiqib ketadi. Amaliyotda ko‘rsangiz izlansangiz esda ko‘proq qoladi

Garuda KDE juda chiroyli qilinibti https://www.youtube.com/watch?v=KK280Y0cNmQ

Ertaga togrirogi Bugun 20 fevral kuni Linux o'zbekcha gapiradi nomli Live savol javoblar bo'lar ekan. Ko'rishni va qatnashishni tavsiya qilaman. https://www.youtube.com/watch?v=gUVYVZxYDmY

Typescriptni qisqacha yaxshiroq tushunib olish uchun yaxshi darslik. Tavsiya etaman. https://www.youtube.com/watch?v=BwuLxPH8IDs

Birodarimiz ham bir kanal ochib oz tajribalarini ulashayotgan ekanlar. Allah manfatli qilsin https://t.me/sharing_knowledge_programming

#team_work Dasturchilar samarali jamoviy ishlashida 5 ta muhum omil bor ekan. 1. Ahil inoqlik 2. Boshqalarga ham tushunarli c
#team_work Dasturchilar samarali jamoviy ishlashida 5 ta muhum omil bor ekan. 1. Ahil inoqlik 2. Boshqalarga ham tushunarli code yozish 3. Hamma bir birini ishini davom qila olishi va tushuna olishi. 4. Projectlarda umumiy qoida va konsepsalarga qattiq rioya qilish 5. Muamolarni o'zaroq muhokama qilib qiyinchik (bug) bo'lsa birgalikda hal etish Ushbu 5ta narsa samarali jamoaviy ishlashni ustuni deb oylayman. Clean code qoidalari va SOLID kabi prinsplar Scrum kabi methodologylarni goyalarini endi tushunib yetvoman Alhamdulillah. PS: Bu mani shaxsiy fikrim. Qoshimcha fikr va tajriblar bo'lsa baham ko'ringlar🙂

Bugsiz dunyo betartib dunyo Author: esimda yo'q

Algoritmik masalalarda qiynalyapsizmi? Shanba 13.02.2021 kuni soat 20:00​ Interview.uz loyihasining navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tadi. Navbatdagi mehmonimiz 3i kompaniyasi dasturchisi, olimpiyadachi Ulug'bek Abdimanabov "Tree va Dynamic Programming" mavzusi bo'yicha quyidagilar haqida tajriba va bilimlarini ulashadi: - Tanishib olamiz 😊 - Olimpiyadalar: tayyorgarlik, ustozlar, masalalar va xalqaro natijalar - Olimpiyadalarni maqsadi va afzallik tomonlari - Ustozlik: shogirdlaringiz, narx, muddat va qadamlar. Shogirdlikka talablar - Algo va DS buyicha qisqacha tutorial - Tree larni dasturlashda urni - LeetCode da Tree ga oid masalalar - Dynamic Programming - Easy dan - mediumga: Leetcodeda masala ishlaymiz Kanalimiz: @interview_uz https://interview.uz

Juda foydali List qilishibti

Ushbu rasmda ko'p hikmat bor man sizga etsam😊

Assalomu Alaikum !. Mobodo adashib C languagega qiziqib qolganlar bolsa ushbu darslarni tavsiya etaman PS: C/C++ boyicha darslik juda kop ammo sifatlisi kam. Ammo kitobdan oqish yaxshirq. Tezroq organish uchun esa video darsliklar ham yaxshi variyant https://www.youtube.com/watch?v=CPjZKsUYSXg&list=PL_c9BZzLwBRKKqOc9TJz1pP0ASrxLMtp2&index=2

Assalomu Alaikum !. Sizlar uchun ajoyib yangilik bor. Hozirda baʼzi loyihalarni bajarish uchun yana yordamchilar kerak bo‘layabti. Hozir qo‘shimcha yana 3ta yordamchi olmoqchi edim. Qisqacha talablar va takliflar haqida maʼlumot beraman. Taklif qila olaman: Mentorlikni. Web dasturlash (Frontend or Backend asosan Javassript). Shu bo‘yicha O‘rganishingizga yordamlashaman. Undan tashqari praktika qilishingiz uchun turli real projectlarda ishlashingiz imkoniga ega bo'lasiz. Xozirda birnechta reja qilgan loyihalarim mavjud. Bularni ko'plari hechqanday tijoriy maqsadga ega bo'lmagan loyihlar. Ammo juda yaxshi portfolio bo'la oladi InshaAllah. Yana birnechta Open souce uchun o'ylangan goyalar bor shularni ham qilish kerak. Umumiy etganda xozir ishlatiladigan va siz amaliyot o'tashingiz imkoni bo'lgan texnalogiyalar Frontend: Javascript, Typescript frontendga oid texnalogiyalar asosan Reactjs etc... Backend: Javascript, Typescript, Mongodb, Postgresql Backendga oid bo'lgan texnalogiyalar. REST GRPC GraphQL apilar websocketlar etc... Qo'shimcha: Jamoviy ishlash, DevOps, Clean code, Design patterns, SOLID prinsplari, Application testing (Unit integration end-to-end), Databases (SQL, Nosql), Kubernetes Yana qo'shimcha ko'p texnalogiyalarni amaliyotda qo'llash imkoniyati bo'ladi InshaAllah. Hammasini batafsil yozib o'tirishga manimcha hojat yoq. Asosiylarini yozdim. Agar siz web texnalogiyalarga qiziqsangiz va bu bo'yicha yaxshi portfolio qilishni xoxlasangiz. Sizning manfatingiz uchun qo'limdan kelganicha yordam beraman. Ammo bizni manfatni ham inobatga oling Talablar: Yuqoridagilarni barchasini bilish shart emas. Avalo qadryatlarga qattiq qarayman. Dasturlash tillaridan birortasini yaxshi bilishi bu juda muhum (Javascript bo'lsa undan ham zo'r. Bo'lmasa o'rganishingiz uchun vaqt va yordam beriladi bu masalani aloxida gaplashamiz). Mantiqiy fikrlashi yaxshi bo'lishi. Jamoaga va loyihalarga stabil vaqt ajrata olishi. Qaysidur bosqichga kelib yoq bolib qoladiganlar kerak emas. O'zida Laptopi bo'lishi kerak. Undan tashqari Malum n muddat shunchaki tark etmasligi kerak. Minimum 4 oy biz bilan ishlashi potensal ko'rsatishi kerak Bunga qattiq qaraladi. Internet ham yaxshi bo'lishi kerak. Minimum 4mb/s. Asosan online formatda ishlaymiz. Ish tartibi online bo'ladi. Vaqt esa ancha erkin. Faqat eng muhumi online bo'lib tursa bo'lgani. Siz haqingizda qisqacha havardor bo'lsak yetarli. Joylashuv unchalik muhum emas. Agar toshkentda bo'lsangiz judaham yaxshi bo'lardi. Yana qo'shimcha bazi masuliyatli ishlar ham mavjud bularni batafsil etib otrishim shartmas. Shogirtlar qiladigan ishda ))). Uzogi bir choy damlaysiz Bu taklif kimlar uchun ? Masalan siz Javascriptni yaxshi o'rgandingiz kichik loyihalar qilib ko'rdingiz. Ammo birorta ishxonaga topshirsangiz sizdan yaxshiroq portfolio va tajriba so'raldi. Yani doimgiday muamo. Man aynan shu muamoni hal etishga yordam bermoqchiman. Sizga yaxshi stajrivoka (Amaliyot) va portfolio qilishingizda yordamlashaman. Evaziga siz mani ishlarimni bitrishda yordamlashasiz. Tog'rirogi shundoq ham ko'p loyihalarimizni open socue qilishni reja qildik. Xozircha faqatgina 3 kishini olishim mumkun. Ammo yana o'ylab ko'raman InshaAllah rejalar ko'p. Talabgorlar bemalol telegramdan yozishingiz mumkun: @ahmadulinjs Narxi: Vaqt yani sizdan qattiq talab qilinadigani vaqt va etibor bilan ishga masuliyat Uyoqgini suxbat qilib gaplashib olamiz😊.

Paralel requestlar jo'natish uchun zor narsa ekan ishlatib ko'rishni tavsiya etaman

Assalomu Alaikum ! Bu mavzu haqida ancha muncha o'ylab yurgan edim bugun Bir birodarimiz shu masalani ko'targan ekanlar shuning uchun o'z fikrlarimni to'liq qoldirmoqchiman. Masala shundayki Dasturlashni o'rganganiga hali 1 yil ham bo'lmaganlarning ish topsishi xaqida. Avallo bir narsani yaxshilab tushunib olish kerak siz dasturlash kursini tugatingiz. Yoki biror til texnalogiyani o'rgandingiz degani bu hali siz ishga tayyor emasiz degani. Yani bu bosqichdagilar qattiq xarakat qilib junior level olishlari mumkun ammo buyam kamdan kam holatda. Odatda intern yani stajirovka olishadi. Ammo kompaniyalarda kopincha intern job positionlar mavjud bo'lmaydi. Asosiy sababi ularga ishlaydigan o'zini eplaydigan xodimlar kerak ekanligi. Minimum Junior olishadi. Ammo xozirda bunday positionlar ham kamayib ketdi. Qisqa aytganda ishlash uchun tajriba kerak tajriba uchun ishlash kerak. Agar sizda ham shunday bosqich jarayoni bo'lsa Quidagi maslaxatlarni beraman. Eng birinchi navbatda o'rgangan narsangizga ishonchingiz komil bo'lsin yani sizni bosqichingizdagi kerak bo'lgan bilimlarni yaxshilab o'zlashtiring. Imkon qadar ko'proq praktika qiling. O'ylasangiz g'oyalar kop shulardan birini amalga oshirish kerak. Yaxshi tajriba bo'ladi. Shaxsan o'zim ham haligacha ishdan tashqari o'zim o'ylagan xarxil loyihalar ustida ishlayman. Tajribani faqatgina ishxonadan olmayman. Boshqa yo'nalish stacklarda ham o'zimni sinab ko'raman. Ayniqsa so'ngi birnecha oy davomida eng kami kuniga 1 yarim soat malum mavzuda izlanishga sarflashni odat qildim. Maqsad tajribani oshirish. Bilimingiz yaxshi bo'lsa. Endi avvalo tanish bilishlardan ish so'rab koring. Aynan shuning uchun networking yaxshi bo'lishi juda muhum. Shuning uchun dasturchilar hamkasblar bilan samimiy bo'lib tanish bilishlarni ko'paytirsangiz. Ikkala tomonga ham manfatli boladi sizga ham tanishingizga ham. Siz IT olamida bo'lsangiz o'zingizga oxshagan koproq insonlar bilan yaxshi munosabatda bo'ing doimo. Qisqasi tanishlardan oldin sorang. Yani biror kimda project bo'lsa tekinga yordam berishni. Ko'ngili bo'lishga hechqachon qorqmang tekinga ishlasangiz ham aslida qimmatli narsalarni qo'lga kiritishingiz imkoni katta. Bu tajriba aynan sizga keragi. Keyngi yana bitta yo'li tilni yaxshi bilsangiz freelance bozorga chiqib birnechta projectni tekinga qiling(Bundan oldin o'zingiz yaxshilab praktika qivolganingiz maqul projectni fail qilmaslik uchun). Feelance ham xozirda yaxshi variyant. Reputationi yaxshi qilsangiz marra sizniki. Hech qaysi o'xshamadiham deylik na tanishlar bor na freelancega chiqa oldingiz. Unda yaxshi variyantlardan biri. Avallo o'zingizga o'xshaganlarni toping topa olmasangiz ham vaqtni qo'ldan boy bermay biror yaxshiroq g'oyani o'ylangda. Open souce project qiling. Farqiyoq qanday bo'lsa ham boshlanishiga oddiyroq qiling kegin murakkabroq qilasiz. Masalan boshlanishiga oddiy internetet magazin ham yaxshi variyant. BIrorta internet magazin saytlarni alternative versiyasini qiling tamom. Masalan olcha.uz o'zini dizaynidan zo'r qilib qiling. Odam qilgan ishni odam qiladi qo'rqmang va shoshmang. Bilim tajriba ko'nikma misqollab yeg'iladigan xazinaga o'xshaydida to'plash qiyin. Orada vakansiyalarni ham ko'rib analiz qilib boravering. Topshirib ham koring qorqmasdan. Birkun sizni ham yulduzli onlaringiz kelib Yaxshi ish ham topasiz InshaAllah. Hammasi harakatingizga bogliq. IT ni yaxshi o'rganmoqchi bo'lsangiz koproq vaqt ajratishingiz kerak.Muhumi tushkunlikga tushib qolmay olga borish kerak. Agar sizni bilimigiz yaxshi bo'lsa kompaniyalar ham sizni qo'ldan chiqarishmaydi (Stajror bo'lsangiz ham) InshaAllah. Bu mani shaxsiy fikrim va qarashlarim. Manam Juniorlikgacha birnechta kichik loyixalar qilishimga undan tashqari Birnecha oy shunchaki uyda ishsiz qolishimga ham to'gri kelgan. Bu normal xolat muhumi qattiq ishtiyoq xarakat. Natija esa Allahdan. Ammo tavakkal qilishga qo'rqmang o'zingizga past baho bermang. Yuqori baho ham bermang.