Programming ∀
الذهاب إلى القناة على Telegram
Ushbu kanalda dasturlashga aloqador turli expriementlarim, g'oyalarim, hulosalarimni ulashaman.
إظهار المزيد1 359
المشتركون
+324 ساعات
+57 أيام
+330 أيام
أرشيف المشاركات
1 363
Normal forms - Normal formalar, Ma'lumotlar(RDS) omborining loyihalash uslubi ma'lumotlarning kengayish va CRUD xususiyatlarini oshiradi. Normalizatsiya qoidalari kattaroq jadvallarni kichikroq jadvallarga ajratadi va ularni o'zaroq bog'laydi. SQLda normalizatsiyaning maqsadi ortiqcha ma'lumotlar saqlashni yo'q qilish va ma'lumotlarning mantiiqy saqlansishini ta'minlashdir.
Database Normal Forms
SQLda normal formalar:
1NF (First Normal Form)
2NF (Second Normal Form)
3NF (Third Normal Form)
BCNF (Boyce-Codd Normal Form)
4NF (Fourth Normal Form)
5NF (Fifth Normal Form)
6NF (Sixth Normal Form)
1 363
Birdaniga katta loyiha qilishni boshida hamma o'ylaydi. Ammo kamdan kam odam Katta loyihalar kichik loyihalardan tashkil topgan ekanini his etmaydi. Shu sababdan avvalo kichik loyihalardan boshlash kerak. Keyin hammasini birlashtirish haqida alohida bosh qotirasi bu esa alohida bilim xisoblanadi )))
1 363
Self Study qilish uchun eng avvalo yuqori distiplina kerak. N vaqt takrorlangan ishlar odatga aylanib qoladi. Self studyda darsni odat qilish kerak !. Self study qiladiganlarga tavsiyam 1 kunda 8-9 soat o'zingiz o'rganmoqchi bo'lgan mavzuda izlaning. Boshida qiyin bo'lishi aniq ammo sabr qilish kerak.
Ayniqsa Dasturlashda bu muhim. Pet projectlar qilib o'z ustingizda ishlang.
PS: Loyiha uchun g'oya kelmayotgan bo'lsa velosopedni qayta ixtro qiling. Faqat uni sotish haqida o'ylamay turing.
1 363
Juniordan garib intern bolmas emish,
Team anga shafiq-u mehribon bo'lmas emish.
Oltin keyboard ila clean code bitsa
Buglar tikondek tinch qo'ymas emish...
1 363
REST != HTTP
Hurmatli backend dasturchi hamkasblar ayniqsa endi boshlaganlar uchun iltimos. Ushbu documentationi o'qib chiqing !
https://restfulapi.net/
1 363
SOLID haqida yaxshi maqola PDPniki bo'lmaydi eng yaxshi ))).
https://medium.com/backticks-tildes/the-s-o-l-i-d-principles-in-pictures-b34ce2f1e898
1 363
Conclusion
Ushbu tamoyillarga rioya qiling, bu sizga yaxshiroq kod yozish imkonini beradi. Esda tutingki, toza kodni qo'llab quvvatlash osonroq, tushunish osonroq va u biror narsani o'zgartirish yoki amalga oshirish kerak bo'lganda vaqtingizni tejaydi. Kodni takrorlashdan saqlaning, kodingizni iloji boricha sodda saqlashga harakat qiling va haqiqatan ham zarur bo'lganda funksiyalarni qo'llang.
Happy Coding 🥳
1 363
YAGNI (You Ain’t Gonna Need It.)
Bu ekstremal dasturlashning (XP) dasturiy ta'minotni ishlab chiqish metodologiyasidan olingan printsipdir. Ushbu tamoyil sizni kerak bo'lmagan xususiyat va funksionallarni ishlab chiqmaslik kerakligiga targib qiladi.
Bu printsip KISS printsipiga o'xshaydi, chunki ikkalasi ham oddiyroq yechimga intiladi. Ularning orasidagi farq shundaki, YAGNI keraksiz funksionallik va mantiqni olib tashlashga, KISS esa murakkablikka e'tibor qaratadi. Yani YAGNI prinspi faqat keraklilik va mantiqlilikni oldinga sursa. KISS murakkablikdan qochishni maksemal darajada sodda kod yozishni ilgari suradi.
Biror narsani ishlab chiqishda siz qilayotgan va ishlab chiqayotgan funksional haqiqatdan ham xozir kerak ekaniga etibor qarating. Hech qachon kejalakda kerak bo'lishi mumkin bo'lgan narsalarga xozir bosh qotirmang. Siz biror kun kerak bo'lishi mumkin deb o'ylaganingiz uchun funksionallikni amalga oshirishingiz kerak emas. Balki uni haqiqatan ham kerak bo'lganda amalga oshirishingiz kerak.
Shunday qilib, siz hatto kerak bo'lmagan va ehtimol hech qachon foydalanilmaydigan funksionallar bilan vaqt sarflashdan qochasiz.
https://t.me/programming_everyone
#Design_princples #software_design #yagni
1 363
Anchadan buyon maqola yozmayotganimni badali sifatida. Bugun YAGNI va Composition haqida chiqaraman InshaAllah 🙂
1 363
KISS (Keep It Simple, Stupid)
Ushbu tamoyil sizning kodingizni soddalashtirishga undaydi. Keraksiz murakkablikdan qochishingiz kerak. Oddiy kodni qo'llab-quvvatlash va tushunish osonroq. Siz ushbu tamoyilni loyihalashda va kod yozishda qo'llashingiz mumkin va quyidagilarga etibor qaratishingiz lozim:
- Ikki nusxadagi kodni olib tashlashingiz kerak. Yani duplicate codedan saqlanish kerak.
- Keraksiz xususiyat va imkoniyatlarni olib tashlash kerak.
- Keraksiz o'zgaruvchilar va methodlardan foydalanmang.
- Imkoni boricha o'zgaruvchilar va methodlar uchun mantiqiy va ularning bajaradigan vazifasiga mos keladigan nomlardan foydalaning.
- Kod yozishning ma'lum standartlariga rioya qiling. Yani foydalanyotgan dasturlash tilingizning code yozish standartlaridan tashqariga chiqmang.
- Classlaringizni bajaradigan vazifasiga qarab loyiha qatlamlariga ajrating.
Ba'zan sizning ehtiyojlaringizni qondirish uchun yangi narsalarni amalga oshirishingiz shart emas, shunchaki siz foydalanayotgan dasturlash tilining xususiyatlaridan foydalanishingiz mumkin. (Oddiy mihni qoqish uchun bolga yasash shart emas). Buning uchun siz ishlayotgan dasturlash tilining imkoniyat va xususiyatlarini yaxshi bilishingiz kerak.
Agar siz allaqachon yozib bo'lingan ishlayotgan kodda ishlayotgan bo'lsangiz va kerak bo'lmagan yoki oddiyroq bo'lishi mumkin bo'lgan narsani ko'rsangiz, uni qayta ishlab chiqish (refactoring) haqida o'ylashingiz kerak.
#Design_princples #software_design #kiss
1 363
Ushbu tamoyil sizning kodingizni soddalashtirishga undaydi. Keraksiz murakkablikdan qochishingiz kerak. Oddiy kodni qo'llab-quvvatlash va tushunish osonroq. Siz ushbu tamoyilni loyihalashda va kod yozishda qo'llashingiz mumkin va quyidagilarga etibor qaratishingiz lozim:
- Ikki nusxadagi kodni olib tashlashingiz kerak. Yani duplicate codedan saqlanish kerak.
- Keraksiz xususiyat va imkoniyatlarni olib tashlash kerak.
- Keraksiz o'zgaruvchilar va methodlardan foydalanmang.
- Imkoni boricha o'zgaruvchilar va methodlar uchun mantiqiy va ularning bajaradigan vazifasiga mos keladigan nomlardan foydalaning.
- Kod yozishning ma'lum standartlariga rioya qiling. Yani foydalanyotgan dasturlash tilingizning code yozish standartlaridan tashqariga chiqmang.
- Classlaringizni bajaradigan vazifasiga qarab loyiha qatlamlariga ajrating.
Ba'zan sizning ehtiyojlaringizni qondirish uchun yangi narsalarni amalga oshirishingiz shart emas, shunchaki siz foydalanayotgan dasturlash tilining xususiyatlaridan foydalanishingiz mumkin. (Oddiy mihni qoqish uchun bolga yasash shart emas). Buning uchun siz ishlayotgan dasturlash tilining imkoniyat va xususiyatlarini yaxshi bilishingiz kerak.
Agar siz allaqachon yozib bo'lingan ishlayotgan kodda ishlayotgan bo'lsangiz va kerak bo'lmagan yoki oddiyroq bo'lishi mumkin bo'lgan narsani ko'rsangiz, uni qayta ishlab chiqish (refactoring) haqida o'ylashingiz kerak.
1 363
Don't Repeat Yourself (DRY)
Kodni takrorlamang. Takrorlanmaydigan kod yozsangiz uni keyinchalik kengaytirish oson bo'ladi, chunki siz uni bir joyda o'zgartirasiz. Agarda siz kodni takrorlansangiz, qandaydir o'zgartirish kiritish kerak bo'lgan payt qiyinchiliklarga uchraysiz. Buning sababi siz kodni bir necha joylarda o'zgartirishga vaqt sarflaysiz va kutilmagan xatolar yuzaga kelishi mumkin. Ehtimol kodingizda xato chiqsa bu xatoni tuzatish uchun ham bir necha joylarda o'zgartirishlarni amalga oshirasiz, bu esa ortiqcha vaqt sarflashingizga majbur qiladi va murakkablikni oshiradi.
Noaniq kod yozmang, nomlashga ahamiyat bering. Sizning class'laringiz, funktsiyalaringiz yoki o'zgaruvchilaringiz o'ziga xos nomda bo'lishi kerak va ularning nomlari ular bajaradigan vazifaga mos bo'lishi kerak. Misol uchun siz yozgan funktsiyani nomini boshqa bir dasturchi o'qib u funktsiya nima vazifani bajarishini undagi kodlarni o'qimasdan turib tushuna olishi kerak.
#DRY_principle
@usmon_masudjonov
1 363
To'liqroq yozaman bu firma nomi oldin Zetsoft men ishga borgan paytda esa Team Pro hozirgi kunda Smart Soft nomlari ostida faolyat yuritib kelmoqda ekan.
Bularning maqsadi bollarni firibgarlik yo'li bilan aldashdir.
@ilhomjonmusayev
1 363
Bu post TUIT ONLINE kanaliga yuborilibdi tagidagi izohlarni o'qib o'tirsam bunday aldanganlar juda ko'p ekan afsus, aldanib qolmang har doim e'tiborli bo'ling.
@ilhomjonmusayev
1 363
Bugun menga bitta tanishim shunday firmaga duch kelib, xuddi meni xolimga tushib qolgani haqida aytishdi. U ham men borgan odam tomonidan ochilgan lekin nomi o‘zgartirilgan ekan. Nomini o‘zgartirib bollarni qo‘rqitib majburlab ishlatishar ekan. Men ham ishga borgan paytimda bollardan so‘rasam hammasi norozi, qo‘rqib ishlab yurishardi, chunki shartnomada katta jarima summasi yozilgan edi.
Aytmoqchi bo‘lganim shuki darrov shartnomaga shoshilmang 1 2 hafta ishlab ko‘ring yoqmasa shartnoma qilmang. Qadriyatlarini o‘rganing, kompaniya haqida ma‘lumot to‘plang, tanishlaringizdan maslahat oling.
Bunday kompaniyalarni eng katta minus tomoni bollarni IT dan sovitib ham qo‘yishyabdi, shuning uchun har doim e‘tiborli bo‘ling o‘zingiz yoqmagan ishda ishlamang.
Tarqatish ham esdan chiqmasin!
@ilhomjonmusayev
1 363
❗️Hamma o'qisin.
Men 2021-yili aprel oyida *** nomli kompaniyaga ish so‘rab bordim, suhbat bo‘ldi kichkina, suhbatdan o‘tdim keyin menga shartnoma berishdi shartnoma 10 varaqdan ko‘p edi men o‘qib o‘tirmadim va qo‘l qo‘ydim. Keyin ish joyiga borsam ish deb ham bo‘lmaydi hamma norozi ishdan, o‘z soham bo‘yicha ishlamoqchi bo‘lsa, ish bermasdan boshqa ish beryapti, men norozi bo‘ldim va qarshilik bildirdim.
-- Men ishdan ketaman - dedim.
Endi foydasi yo‘q ketolmaysan sen bilan shartnoma qilganmiz dedi. Oddiy ishga kirganim haqida shartnoma nima bo‘pti desam uni ichida har xil menga minusga ishlaydigan shartlar bor ekan.
Men siqilib nima qilishni bilmay yurdim akamlardan maslahat so‘radi va ketishga qaror qildim. Ketishimdan oldin bordim men ketaman dedim. Meni yuridik tanishlarimni maslahatiga ko‘ra diktafon yoqib ol har ehtimolga qarshi deyishdi.
Men diktafonni yoqib kirdim aytganidek menda shartnomi yo‘q qilish uchun pul talab qilishdi keyin men ho‘p dedimda zapisni yo‘qolmaydigan joyga qo‘ydimu u yerdan surdim.
@ilhomjonmusayev
1 363
Huddi shu kanalning Matematikaga bag'ishlangani.
https://www.youtube.com/channel/UChE2sc5N7PfdV-yN2_ctvtg
