ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

Programming ∀

Programming ∀

الذهاب إلى القناة على Telegram

Ushbu kanalda dasturlashga aloqador turli expriementlarim, g'oyalarim, hulosalarimni ulashaman.

إظهار المزيد
1 354
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام
أرشيف المشاركات

Startup deb unical g'oya deb aytiladigan loyihalarning juda ko'plari copy-paste yoki bo'lmasa localizationlar degan edim. Agar siz rostdan ham unical, hali hechkim sinab ko'rmagan narsa qilmoqchi bo'lsangiz. Eng birinchi navbatda biror industryni mahkam ushlang va shuni o'rganing. Birinchi mavjud va qilinayotgan yechimlarni o'rganasiz. Kegin vaqt o'tib o'zingiz ham aynan shu tomonda biror muammoni ko'rasiz va shunga qilgan yechimingiz yaxshi loyihaga aylanadi. Hechnimani o'rganmasdan aniq biror narsani ustida davomli ishlamasdan turib aynan o'sha yo'nalishda qandaydur "STARTUP" haqida fikrlashni o'zi shunchaki kulguli. Bunday holatda industuryni yaxshiroq biladigan inson sizga savol berib ham dovdiratib qo'yadi va qilmoqchi bo'lgan loyihangiz hayolingizda paydo bo'lib hayolingizda inqrozga uchraydi 🙂

Perfect content... Umuman olganda tushunib yetganim shu bo'ldiki biror mavzuni share qilishga qodir emas ekanman xozircha :) Masala shundaki aslida yeg'ilib qolgan ammo public qilinmagan narsalar ko'p. Nima uchun public qilmaganman ? Maqolalar qanday mazmunda ? Maqolalarning asosiy qismi IT ga aloqador birqancha mavzularda, paradigmlardan tortib turli ko'rinishdagi tizimlar vaxakazo. Qizig'i shundaki maqolani publish qilmasligim. Konspektlar kabi ish berayotganida. Yanayam qiziq joyini aytaymi ? Bazi mavzularda maqola yozish uchun qilgan izlanishlarim yaxshigina learningga sabab bo'lyabtganiga guvoh bo'ldim. Kegin yana ham qiziqg'i shu bo'ldiki. Manga tanish bo'lmagan mavzular haqida ham biror narsa yozish shu mavzuni juda yaxshi o'rganishga sabab bo'lyabti. Hosh bu nimani anglatadi ? Hammasi oddiy maqolalarni o'zim uchun yozaman... Ammo qachondir publish qilaman. Ammo qachon ? Deployment strategies.... O'rganish jarayoning eng zo'r tomoni shundaki. Savolingiz, muammoyingiz javobini o'zingiz topsangiz ko'zingizga hechnima ko'rinmaydi. Haqiqiy dofamin shu yerda. Ammo yetishish azobli :) O'rganish va izlanish masalasida quyidagicha fikr paydo bo'ldi. O'rganish - Monetization emas, dunyoga boshqa ko'z bilan qarash uchun. Izlanish - Shunchaki o'rganish uchun emas kashf qilish uchun :) Monetization masalasiga ham ratsional qarayman. Ammo monetizationga egalik qilgan narsani sotish deb qarash tarafdoriman. Siz o'z dunyoqarashingiz, ekspertizangiz va yana muhim impact beradigan resurslaringizni sotishingiz mumkin. Bazi turdagi engineerlarni Serverless systemsga o'xshataman 🙂

Ancha oldin ham GPT bilan turli jarayonlarni optimizatsiya qilish haqida yozgan edim, biror contentdan savol javob, learning processni osonlashtirish, research uchun resource to'plash yana vaxakazolar. Umumiy maqsad levelup processni optimization qilish edi. Endi hulosalarga kelsam. Suniy Intelekt tabiy intelekti borlar uchun... Ha biroz qo'polroq ammo AI sizga sifatli javob yoki yechim berishi uchun siz ham shunga yarasha muammo yoki savolingizni sifatli ifodalashingiz kerak. Yana o'sha paradoxni his etdim... — Menda muammo bor. — Googledan qidir ! — Googledan topa olmadimda — Mana... Link Biror savoliga javobni o'zi qidirib topa olmaydiganlar uchun nafaqat suniy balki tabiy intelekt ham javob berolmasligi mumkin... Research uchun manga umuman notanish mavzular, muammolarda kalavani uchini topishga tezroq boost qilishga katta yordam bera oldi. Ammo detalizatsiya va deep context uchun eski uslublardanish kerak. Biror mavzuga deep dive qilishda GPT ham yordam berishi qiyin ayniqsa abstract context bo'lsa. Shu sabab contextni aniqlashtirish kerak detalizatsiyaga urg'u berish kerak. Bunday holatda katta effect sezilmadi manda. Fact checking masalasida juda ko'p muammolar mavjud. Aynan GPT emas balki umuman. Bu degani GPT dan olgan javoblarni tanqid va analizlar qilishingiz shart. Bunday holatlarda bazida jarayon yanayam chalkash va murakkablashib ketdi. Prototyping qilish. Birqancha loyihalar konseptsiyasini prototipi yoki modelini(DB model emas) qilib ko'rdim. Bunday masalalarda eplasa yaxshi natijalarga chiqsa bo'lar ekan. Masalan umuman yangi ammo birmuncha murakkabroq bo'lgan bir yechimning modelini GPT bilan qilib ko'rdik. Eng birinchi Man o'z g'oyamni GPTga tushuntirib aniq context hosil qildim. Eng azobli process shu bo'ldi... Keyingi stepda esa ushbu g'oyani analiz qildik software ko'rinishida qanday bo'lishini. Ana kegin minimal modelning komponentlarini yasadik yani yuqoridagi functionalilityni codega o'girdik bu ham ancha bosh og'riq bo'ldi :) Lekin natija berdi. Hullas ohirida nimadirga erishdik va shunchaki kelib qolgan fikrning aniq yaxshi loyiha bo'lishiga potensiali bor ekaniga jiddiy dalillar topdim Tushunib yetganim AI bilan bo'lgan har qanday integrationlarda o'z prinsplarimga sodiq qolaman. Insonlar adashgandak AI ham adashadi sababi uni ishlab chiqganlarni o'zi adashishga moyil intelekt egalari ekanida :) Ammo oldin ham aytganman bizning hayotimiz juda optimize bo'lib ketgani biz uchun katta zarar yetkazishi mumkin. Asosni o'zgartira olmaymiz. 200-250 yillik yuqori progressiv texnologik rivojlanishda ham kitoblardan yaxshiroq ilm manbasi o'ylab topilmadi :)

Qodana ham ancha yaxshi bo’lib qolibti jetbrains yaxshi rivojlanyabti….
Qodana ham ancha yaxshi bo’lib qolibti jetbrains yaxshi rivojlanyabti….

Engineeringdan success ko'rmasangiz managerlikda o'zingizni sinayvering... Imkon qadar tezroq 🙂

Qiziq: Shaxsiyimga bazilar maslahat so'rab yozishganida aynan biror maslahat yoki ko'rsatma so'raydilar. Xabarga javob berishdan oldin hech ham so'ramagan ekanman. Agar sizga javob bersam bergan javobim yuzasidan izlanib ko'rasizmi ? Savollaringiz bo'lsa javoblar yuzasidan yana manga murojat qilasizmi ? Shunday savollarni so'ramagan ekanman. Sababi eng kamida izlanib ko'rilsa kerak... Degan fikrda bo'lar edim. Ammo insonlar savolni qiziqqanidan emas balki shunchaki zerikanidan ham yoki siz biror narsani bilishingizni tekshirmoqchi bo'lib ham berar ekan... (Buyoqda kimnidur ayiblamoqchi emasman.) Muammolarni kimgadir aytamizda. Ammo qarshimizdagi kishini eshitmaymiz :) Kimdandir maslaxat olamizda. Ammo unga amal qilish uyoqda tursin o'sha joyni o'zida unutamiz. Kimdandir nimadurni talab qilib o'zimiz talabga javob bermaymiz... Kimdir bizni tanqid qilsa yechim so'raymiz... Eng yomon holatda esa. Yoki shaxsiyatiga o'tamiz tarixni kavlab xatolarini yuziga solamiz. Muammo chiqsa muammoga yechimni emas birinchi ayibdorni qidiramiz. Ayibdorlarni ayiblab bo'lganimizdan kegin esa hechqanday hulosalarsiz yana boshqa g'iybatlarga o'tamiz 🙂 Biror kim yo'q degan javobni bersa, "negativ" gapirsa darxol uni ayiblaymiz. Kibrli, o'zidan kimnidur yasayabti vaxakazolar... Kimdandir nimadurni kutamiz ammo o'zimiz hechnima qilmaymiz. Bizga doyim kimdir nimadirni hal etib berishi kerak. Achiq haqiqatni eshitmay shirin yolg'onlarga ergashamiz. Haqiqatni eshitsak ham darxol esdan chiqaramiz. Insonlarni eshitmasdan gapini bo'lishni. O'zimizni gaplarni gapirishni va o'zimizni major qilib ko'rsatishni yaxshi ko'ramiz 🙂 Maqtovlarni sevamiz... Tanqid bo'lsa dushman ko'zi bilan qaraymiz. Birovga ishonmaganga yarasha o'zimizga ham ishonmaymiz. Chunki birovdan nimadir kutamiz. Eng qizig'i shu yomon odatlarni hammasi mandayam bor ekanligi. Manashunday paradoxlarda yashaymiz 👋

Agar kimdakim Operatsion tizimlar mavzusiga qiziqsa. Yuqoridagi kitbodan. Har kuni dars qilishni tavsiya etaman. Mavzularni o'qiysiz tushunmagan narsalarni commentda yozing batafsil qilib. Agar tushunsangiz o'z fikr va hulosalaringizni bayon qiling. Hohlasangiz shaxsiy kanalizda yozib link yuboring farqiyoq. Qisqasi kitob yuzasidan shu post commentlarida muhokama qilamiz. Haftada 1 yoki 2 marotaba kirib commentlarni o'qib o'z fikrlarim bilan bo'lishaman. Faqat bir sharti qayerdan qayergacha o'qidingiz shu haqida albatta boshida eslatib keting. Demak birinchi qaysi mavzularni o'qiganingiz va hulosa yoki savollarni aniq qilib yozasiz. Kimga qiziq bo'lsa marhamat !

Buni aniq share qilishim kerak: https://www.youtube.com/watch?v=aXYJlizk3CQ

1 haftlik postlar joylandi manimcha Bonusga manashuni tavsiya qilaman. https://www.youtube.com/watch?v=vbhSrZxm66E

sticker.webp0.20 KB

George Orwell shu haqida kitob yozgan edi...
George Orwell shu haqida kitob yozgan edi...

1 hafta juda optimizatsiya qilingan hayot tarzidan. Ancha sodda birmuncha eskicharoq ko'rinadigan hayot tarziga o'tdim. Avtomatik tarzda kun botishi bilanoq uyqu kelib soat 22:00 atrofida uxlay boshladim. Savollarimni asosan kitoblardan qidirdim. Biror savolning javobini topgunimcha 1-2 soat ham ketdi. Ammo boshqa juda ko'p narsalar bilan tanishib chiqibman :) Reference ko'payib ketdi :) Anchadan buyon o'ylab yurgan tajribalarimni bir qismini boshladim. Manga juda murakkab tuyulgan mavzuda birnecha tomondan fikrlab ko'rsam aslida oddiy ekan. Ko'p narsalarga skeptik bo'lib qoldim. Masalan qandaydur oddiy gaplarni o'zimga qiziq bo'lmagan narsalarni skip qilib tashladim... Juda ko'p ma'lumotni qabul qilaverganimdan miyya shunaqa o'rganib qolgan ekan. Ma'lumotlar oqimi kamaygandan kegin yangilari ma'lum filterdan o'tgan aynan faqat rivojlanishga aloqador mavzular bo'lib qoldi. Qaysidur tomondan distiplinaga amal qilish muhimligini va manga kerakli asosiy barcha narsalarni hammasiga shu orqali erishishm mumkin ekanini sezdim. Filterlar kuchaydi. Bazi o'zimga juda qiziq bo'lmagan ko'plab narsalarni yeg'ishtirdim. Focus va energiyani boshqa yuqori prioritetedagilariga qarata boshladim. Bafurja fikrlashga vaqt topdim va shunaqa qildim. Minimalism yoqa boshladi. Hamma gap oddiylikda... Dofomin kamaydi... Ko'proq dofomin uchun juda ko'p va katta energiya sarflashni boshladim. Ovqatlanish uyqu barcha narsalar o'z o'zidan controlga tusha boshladi. Qisqa qilib aytganda optimizatsiya qilingan xozirgi hayotda yashash qiyin ekan.

1 hafta dunyodan uzulish haqida. Hechnima o'zgarmadi :) Olingan bilim yonga qoldi 🙂 Soclial networks TRASH !

Qisqa qilib aytganda sum(1)(2)(3) == 6 Nima uchun true ekani va currying qanday ishlashi kelib chiqishi vaxakazolar haqida ekan. Matematikaning juda ko'plab bo'limlarida bor ekanligi hayron qoldirdi 😅 https://en.wikipedia.org/wiki/Currying