cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali direktori, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent Shikoyat, takliflar uchun - @samdukf_murojaat_bot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 351
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+87 أيام
+1530 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#Farmon_va_ijro #SamDU_KF FILIAL DIREKTORI MAHALLALARDAN BIRIKTIRILGAN YOSHLAR XONADONIDA SamDU Kattaqo'rg'on filiali direktori Sh.Urakov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni masʼul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi ijrosini ta'minlash maqsadida Kattaqo'rg'on shahridagi "Yermachit" mahallasidan biriktirilgan yoshlar xonadonida bo'ldi. Filial direktori o'ziga biriktirilgan yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashib, ayni paytda bandligi, oilaviy munosabatlari, mahalladagi faolligi, kelgusidagi orzu-maqsadlari hamda muammolarini o'rgandi. Ularning yechimlari bo'yicha tavsiyalar berib, mas'ul davlat idoralari bilan birgalikda ko'mak berishini bildirdi... ⏩ Batafsil: telegra.ph/yoshlar-05-27
إظهار الكل...
👍 9👏 1
#Olimlar_bilan_uchrashuv #SamDU_KF TALABALAR MUTAXASSISLIGI BO'YICHA MUSTAHKAM BILIM VA KO'NIKMAGA EGA BO'LISHI LOZIM! Shu nuqtai nazardan SamDU Kattaqo'rg'on filialida yo'nalishlar kesimida boshqa oliy ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan olimlar, yetakchi mutaxassislar bilan talabalar o'rtasida jonli muloqot, seminarlar tashkil qilib kelinmoqda. Bugun SamDU professori, filologiya fanlari doktori Sh.Hasanov, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori D.Xursanov hamda Pedagogika va tillarni o'qitish fakultetining filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili va o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishlari talabalarining ilmiy-amaliy muloqoti — seminar tashkil etildi. Qizg'in kechgan muloqot jarayonida olimlar taniqli adiblar, shoirlarning mahorati, adabiyotshunoslik, modirnizm, o'zbek va jahon adabiyoti borasida talabalarga keng bilim berishdi. Talabalar kitobxonlik, badiiy asar tili va uslubi, zamonaviy adabiyotshunoslikka doir qator savollariga olimlardan javob olishdi.
إظهار الكل...
👍 9
MAQSAD - PEDAGOGLARNING PEDAGOGIK MAHORATINI OSHIRISH SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida ta'lim sifati va samaradorligi hamda ilmiy faoliyatni yuksaltirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik-psixologik mahoratini yanada oshirish bo‘yicha xorijiy va respublikamizdagi yetakchi oliy ta'lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari, ularning mutaxassislari bilan doimiy hamkorlik qilib borilmoqda. Bugun, 27-may kuni tashkil qilingan seminar ham ana shunday yo‘nalishdagi muhim uchrashuv bo‘ldi. Unda Toshkent amaliy fanlar universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Malohat Axmedova filial professor-o‘qituvchilari, kafedra mudirlari, o‘quv va ilmiy faoliyatga ma'sul rahbar xodimlarga muassasada ta'lim jarayonlarini sifatli tashkil qilish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik-psixologik mahoratini oshirish, ilmiy izlanishlar olib borishdagi muhim omillar bo‘yicha tavsiyalar berdi. Ustozlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga olima bilan fikr, tajriba almashgan holda javob olishdi.
إظهار الكل...
👍 5
#SamDU_KF RUSTAM XOLMURODOV: ENG AVVALO, FIKRLASH KAMBAG'ALCHILIGIDAN XALOS BO'LISHIMIZ ZARUR! Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori, O'zbekiston Fan arbobi, senator Rustam Xolmurodov SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali faoliyati, o‘quv, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy ishlar, ushbu jarayonlar uchun yaratilgan sharoitlar, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, mas'ullar bilan muloqot o'tkazdi... 💢 Batafsil: telegra.ph/rektor-05-25 💢 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
إظهار الكل...
🔥 6👍 2
TALABA VA PROFESSOR-O'QITUVCHILAR UCHUN XORIJLIK MUTAXASSIS SEMINAR-TRENING TASHKIL QILDI SamDU Kattaqo'rg'on filialida Hindistonning Mumbay texnologiya instituti professori Azizuddin Xan shartnoma asosida faoliyat olib bormoqda. Bugun xorijlik mutaxassis tomonidan Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti talabalari hamda professor-o'qituvchilari uchun seminar-trening o'tkazildi. Ikki qismdan iborat bo'lgan seminarda, dastlab, fakultetning talabalari ishtirok etdi. Azizuddin Xan talabalarga o'qish, izlanish jarayonida professor-o'qituvchilar bilan to'g'ri muloqotni yo'lga qo'yish, mustaqil bilim olishning samarasi, bilimsizlik, erinchoqlikka barham berishning oson va sifatli yo'llari haqida ilmiy-amaliy tavsiyalar berdi. Professor-o'qituvchilar bilan ilmiy maqola yozish, nufuzli manbaalarda chop etish, faoliyatida pedagogik-psixologik jihatdan samaradorlikka erishish bo'yicha tajribalari bilan bo'lishdi. Seminarda filial direktori o'rinbosari F.Sirojiddinov, fakultet dekani A.Sobirov qatnashdi.
إظهار الكل...
أرشيف المشاركات