cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

NamMTI Rektori O.Mamatkarimov

Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimovning rasmiy kanali

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
967
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-47 أيام
-3730 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
Bugun 27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!
Sana munosabati bilan, barcha fidoiy jurnalistlarni va ommaviy axborot vositalari vakillarini Namangan muhandislik-texnologiya instituti jamoasi samimiy tabriklaydi. ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
إظهار الكل...
NamMTI talabalari “UzTest” va "Milliy Metrologiya" korxonalarida amaliyot o'tamoqdalar
Institutimizning “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” ta’lim yo‘nalishining 3-bosqich talabalari hozirda “UzTest” davlat muassasasining Namangan filiali hamda O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti davlat muassasasi Namangan filiali korxonalarida o‘z malakaviy amaliyotlarini muvaffaqiyatli davom ettirishmoqda. Mazkur amaliyot davomida talabalar o‘z nazariy bilimlarini real ish jarayonlarida qo‘llab, zamonaviy xalqaro standartlar va talablarga muvofiq ravishda ishlash tajribasini o‘rganmoqdalar. Ushbu tajribalar talabalarga kelgusidagi professional faoliyatlari uchun mustahkam asos yaratishga xizmat qilmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari amaliyot jarayonlarini ko‘zdan kechirib, talabalarning tajriba orttirish va rivojlanishlariga oid fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Talabalar o‘zlari o‘rgangan nazariy bilimlarni muvaffaqiyatli qo‘llayotganliklarini ta’kidlab, bu jarayon ularga katta foyda keltirayotganini aytib o‘tishdi. Amaliyot talabalarning kelajakdagi kasbiy mahoratini oshirib, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashlariga katta turtki bo‘lmoqda. ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табрик Поздравление работникам печати и средств массовой информации Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
إظهار الكل...
Menejment ta’lim yo‘nalishining talabalari Malakaviy Amaliyotlarni muvaffaqiyatli davom ettirishmoqda
Menejment ta’lim yo‘nalishining 2- va 3-bosqich talabalari hozirda "Namangan To'qimachi" MChJ, "Home Textile NT" MChJ va "Namangan Qog'ozi" MChJ kabi korxonalarda o‘z malakaviy amaliyotlarini muvaffaqiyatli davom ettirishmoqda. Bu korxonalarda talabalar nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llab, real ish jarayonlarini yaqindan o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Bu esa ularga kelgusidagi professional faoliyatlari uchun mustahkam asos yaratishga yordam bermoqda. Kafedra mudiri Isroil Ibragimov talabalar o‘tayotgan amaliyot jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. U talabalar bilan uchrashib, ularning tajriba orttirishlari va rivojlanishlariga oid fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Talabalar o‘zlari o‘rgangan nazariy bilimlarni amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llayotganliklarini va bu jarayon ularga katta foyda keltirayotganini ta’kidladilar. Amaliyot jarayonida talabalarning kelajakdagi kasbiy mahoratlari oshmoqda va nazariy bilimlarini amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llashlari ularning professional rivojlanishlariga katta turtki bermoqda. ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul2024 #infografika
Oliy ta’lim muassasalari bakalavriati hamda kollej va texnikumlarga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi
25-iyun soat 23:59 holatiga ko‘ra, 894 279 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan, 483 945 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 410 334 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir. Batafsil infografikada👆 Izoh: Test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni bugun, 26-iyun soat 23:59 gacha amalga oshirish mumkin. Shu boisdan yuqorida keltirilgan statistik ma’lumotlarda to‘lov amalga oshirish muddati yakunlangandan so‘ng o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Qabulga doir foydali bot: 👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
Hokim va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi
Namangan muhandislik-texnologiya institutida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!" shiori ostidagi yoshlar oyligi doirasida "Hokim va yoshlar" ochiq-muloqoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Davlatobod tumani hokimi Anvarjon Tojimirzayev hamda Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov ishtirok etdi va talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va hokim hamda rektor ularning savollariga batafsil javob berishdi. Muloqotda yoshlarga zamonaviy ta'lim, innovatsiyalar, tadbirkorlik, kelajak rejalar va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, yoshlarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Anvarjon Tojimirzayev talabalarga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan e'tibor va imkoniyatlar haqida so‘z yuritib, ularni faol bo‘lishga, yangi g‘oyalar va tashabbuslarni amalga oshirishga chaqirdi. U, shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar va loyihalar haqida batafsil ma'lumot berdi. Institut rektori Odiljon Mamatkarimov esa, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quv jarayonida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash hamda institutda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari haqida so‘zlab berdi. U, shuningdek, talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni amalga oshirishda yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi. Yakunda bir guruh faol yoshlar institut rahbariyati va tuman hokimligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar. ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
إظهار الكل...
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri o‘rinbosari Namangan muhandislik-texnologiya institutiga tashrif buyurdi
Namangan muhandislik-texnologiya institutida bugun muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri o‘rinbosari Umid Madaminov institutga tashrif buyurdi va rasmiy doiradagi muloqotda institut rektori Odiljon Mamatkarimov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Oybek Ergashev hamda Energetika kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan, "Tarmoq – korxona – oliygoh" zanjirini yaratish orqali ta'lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalasi asosiy e'tibor markazida bo‘ldi. Bu zanjir orqali energetik kadrlarni tayyorlashda mutaxassislik fanlarini bevosita ishlab chiqarish bilan bog‘lash, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish va yangi o‘quv yilidan boshlab o‘quv jarayoniga tadbiq etish rejalashtirilmoqda. Vazir o'rinbosari institutning ilmiy va innovatsion ishlari bilan tanishar ekan, kelgusida yanada keng ko‘lamli hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi. U, shuningdek, Energetika vazirligi va oliy ta'lim muassasi o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyatini ta'kidlab, bu kabi tashabbuslar orqali nafaqat ta'lim sifati oshirilishini, balki talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari kengayishini aytib o‘tdi. Bu tashrif va uchrashuv Namangan muhandislik-texnologiya instituti va Energetika vazirligi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi, ta'lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi bog‘liqlikni yanada mustahkamlashi kutilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, energetika sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
إظهار الكل...
👍 2
Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishining 3-bosqich talabalari Namanganyo'lko'kalam tashkilotida amaliyot o'tamoqda
Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish ta’lim yo‘nalishining 3-bosqich talabalari Namanganyo'lko'kalam tashkilotida o‘z malakaviy amaliyotlarini muvaffaqiyatli davom ettirishmoqda. Ushbu amaliyot jarayonida talabalar nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish va yangi ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Kafedra mudiri Surayyo Misirova amaliyot jarayonlarini ko‘zdan kechirdi va talabalarning faoliyatini baholadi. U talabalar bilan suhbatlashib, ularning ishlari va o‘rganayotgan tajribalari haqida fikr almashdi. Shuningdek, tashkilot rahbariyati bilan hamkorlikni mustahkamlash va kelgusidagi amaliyotlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha takliflarni muhokama qildi. Amaliyot davomida talabalar quyidagi vazifalarni bajarishmoqda: - Landshaft dizayni va rejalashtirish: Talabalar bog‘ va ko‘kalamzor hududlarini loyihalash va bezash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o'tkazishdi. -O‘simlik parvarishi: Talabalar turli manzarali o‘simliklarning parvarishi, sug‘orilishi va kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni amalda qo‘llashdi. -Tuproq tahlili va ishlovi: Tuproqni tahlil qilish va uni unumdorligini oshirish bo‘yicha tajribalar o‘tkazishdi. Namanganyo'lko'kalam tashkilotidagi amaliyot talabalarga kelajakda professional faoliyatlarida foydali bo‘ladigan qimmatli tajriba bermoqda. Bu amaliyot orqali talabalar nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlashadi, balki o‘zlarini haqiqiy mutaxassis sifatida sinab ko‘rishadi. ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
إظهار الكل...
02:31
Video unavailableShow in Telegram
Video: Namangan muhandislik-texnologiya institutida press-tur va brifing o‘tkazildi.
Dastlab jurnalistlar NAMMOTORS korxonasida bo‘lib, ta'lim va ishlab chiqarish hamkorligiga guvoh bo‘lishdi. Bu yerda "Tarmoq – korxona – oliygoh" zanjirini yaratish orqali ta'lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Shuningdek, NamMTIda tashkil etilgan "Talabalarga xizmat ko‘rsatish departamenti" faoliyati ham OAV vakillarining diqqat markazida bo‘ldi. Shundan so‘ng institut rektori Odiljon Mamatkarimov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda ishtirok etgan 30 dan ortiq jurnalistlarga davlatimiz rahbarining muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami haqida ma'lumot berildi. ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
إظهار الكل...
0625(1).mp4121.07 MB
👍 1
أرشيف المشاركات
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.