cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

_g1ft_nature_

🍃ᴇᴠᴇʀʏᴏɴᴇ ʟɪᴋᴇs ᴛʜɪs ᴄʜᴀɴɴᴇʟ😉 🍃ᴛʜɪs ᴄʜᴀɴɴᴇʟ ɪs ғᴏʀ ʏᴏᴜ☺️ 🍃 @awesome_city @awesome_city 😊

إظهار المزيد
Uzbekistan98 406لم يتم تحديد اللغةالفئة غير محددة
مشاركات الإعلانات
83
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Kanal yopildi❌
إظهار الكل...
salom. obunachilar hikoyamni davomini yozishga vaqtim bomayapti maktab boshlangani uchun. Lkn bosh vaqt topib oxiriga yetkazb qoyaman
إظهار الكل...
2-QISM🔥💥 MARJONA_R
إظهار الكل...
3.13 MB
00:01 🥺 1 minut ulgirmadim😅 Hammani yangi kun bilan tabrikliman🎉 endi esa hayrli tun😜😌👌
إظهار الكل...
OZIM YASADIM🤪🖖 Marjona_R 1-Qism
إظهار الكل...
6.23 MB
Bu kirish ballari
إظهار الكل...
Bo'lajak univirsetim🌼💥kelajakda shu univirsitetda oqiman🐣🔥 silar qayerda oqimoqchisila🌚
إظهار الكل...
#Hikoya "Mo'jizalar olamidagi 6do'st" 9qism Do'stlar biroz o'ylanib qolishdi-da, va bir qarorga kelishdi: "Biz tayyormiz, o'sha yovuz Deorgiga orolni yo'q qilishida to'sqinlik qilamiz" dedi bolalar birgalikda. Simus💙 Pansi💜dan soat nechi bo'lganini so'radi. "10:00" deb javob berdi Pansi💜. "Ha demak, bolalar biz bunga tayyor ekanmiz, ishlarni boshlashimiz kerak, 20:00 bo'lishiga bizda hali ancha vaqt bor, kuch toplab olaylik" dedi Simus💙. Bolalar: "Ha kelishdik" deyishdi-da, birga Xanna❤️ning sport zaliga borib u yerda 4soatcha shug'ullanishdi undan keyin tushlik qilib qorinlarini to'ydirgach, kitob o'qib o'tirishdi. Ular mana bu gapni o'zlariga shior qilib olishdi: "Biz "sirli Temnoliya oroli"ga borib, yovuz Deorgiga qarshi chiqamiz, uni biz bilan bo'lgan jangida mag'lub qilamiz, va bunda biz bir orolni yovuzliklardan saqlab qolgan bo'lamiz va professor Nikolas Grindelvaldga yordam bergan bo'lamiz". "Balki yovuz Deorgini ham ko'nglini yumshata olarmiz, shunda uni akasi bilan mehribon aka-uka bo'lishiga ko'maklashgan bo'lamiz" dedi Lavanda💖. Soat 17:00 bo'ldi. Bolalar professorning uyiga ota-onalarini ko'ndirishida yordam berishini so'rashga ketishdi. Ularni uyga avvalgidek ikki xizmatkor olib kirib qo'ydi, uy oldingidek, sehrli. Bu safar professor oshxonada ekan. Bolalarni ko'rib professor juda xursand bo'lib ketdi va ularga o'z qo'li bilan choy damlab berdi. "Xo'sh bolalar, ahvolingiz qanday? bir qarorga keldingizmi? ota-onalaringizni ko'ndira oldingizmi?" deb ketma-ket savollar bilan bolalarga yuzlandi. "Biz bir qarorga keldik, bu ishga ya'ni o'sha yovuz Deorgiga orolni yo'q qilishida to'sqinlik qilishga tayyormiz" dedi Jastin💛. "Lekin, ota-onalarimizni bunga ko'ndira olmadik, har qancha tushintirish bergan bo'lsakda, ular bu haqida hattoki o'ylamaslikka qaror qilishdi" dedi Xanna❤️. "Ha to'g'ri, lekin professor siz uydagilarimiz bilan gaplashib ko'ring, balki siz ko'ndira olarsiz" dedi Tomas💚. "Ha, albatta men gaplashib ko'raman, ularni ko'ndirishga harakat qilaman, eng asosiysi meni sizlarni bunga rozi bo'lganingiz quvontirdi" dedi professor Nikolas. "Unda ertaga ertalab bizning uyimizga keling, hammamizning uyidagilarimiz kelishadi, shunda gaplashib ko'ndirishga harakat qilib ko'rasiz" dedi Pansi💜. "Yaxshi, unda men... Davomi bor Yozuvchi: Durdona @gift_nature kanalidan
إظهار الكل...
#Hikoya "Mo'jizalar olamidagi 6do'st" 8qism Dars boshlandi. Bolalar darsga kirishlari kerak edi, shu bilan birga bu haqida o'ylab olishlari ham zarur edi. Lekin, ular chuqur o'yga tolishgani sababli hozir dars haqida o'ylay olmaydilar hayollari darsda emas. Hech kim darsga kiraylik demadi. Hattoki har doim "Bolalar darsga kirishimiz kerak" deydigan Pansi💜 ham. Ular 1soatcha bir-birlariga gapirishmadi. Vanihoyat Xanna❤️: "Balki bizni uyimizga borarmiz, "Sirli Temnoliya oroli" ga borishga tayyormizmi?, yo'qmi? shu haqida hammamiz birgalikda yaxshilab gaplashib olamiz" dedi. "Ha, to'g'ri" deb Tomas💚 Xanna❤️ ning fikrini ma'qulladi. Boshqalar ham bunga rozi bo'lishdi va birgalikda Xanna❤️ning uyiga ketishdi. Uyga kelishsa, Xanna❤️ning ota-onasi uyida yo'q ekan, qandaydir ish bilan ketishgan ko'rinishadi. Simus💙 gap boshladi: "Men shu paytgacha hech qachon "Sirli Temnoliya oroli" haqida eshitmagan edim, shuning uchun borishga qiziqayapman". "Biz ham eshitmaganmiz, lekin u yerga borib yovuz Deorgini to'xtatishimiz uchun qiziqishni o'zi kamlik qiladi" dedi Pansi💜. "Simus💙, hammamiz ham u yerga borishga qiziqayapmiz, lekin o'zimizdan yovuz Deorgini yo'q qilish uchun jur'at topolmayapmiz. Bolalar, biz uydagilarimizni ko'ndirishimiz va o'zimizni o'sha orolga borib, yovuz Deorgini yo'q qilishga tayyorlashimiz kerak. Gapimga qo'shilasizlarmi? dedi Jastin💛. "Ha, men qo'shilaman. Professor Nikolasning gaplarini eslang: "Inson biron nimani amalga oshirmoqchi bo'lsa uni sodir bo'lishiga ishonishi kerak, sizlarda insonga eng kerakli bo'ladigan ishonch tuyg'usi bor" demak, bolalar professor bizda ishonch tuyg'usini ko'rgan" dedi Lavanda💖. "Ikkalangizni ham gaplaringizga qo'shilaman, professor bizda xohishimizdagi narsaga ishonishimizni ya'ni ishonch tuyg'usi borligini ko'ra olganini sababi chunki shuncha o'quvchilar orasidan faqatgina biz mo'jizalarga ishonishimizni jur'at etib ayta oldik, bu bizdagi biron nimaga ishonish va bunga jur'at eta olish deyiladi" dedi Xanna❤️. "Juda to'g'ri gaplarni gapirdingiz, lekin bu orolga borish uchun o'zimizni aqlan va jismonan tayyorlashimiz kerak va bunga bizda faqat yarim kun muhlat bor, professor menga ertaga javobingizni aytasiz degan edi" dedi Tomas💚 "Biz bu narsalarga o'zimizni yarim kunda tayyorlay olishga harakat qilamiz" dedi Simus💙... Davomi bor Yozuvchi: Durdona @gift_nature kanalidan
إظهار الكل...
#Hikoya "Mo'jizalar olamidagi 6do'st" 7qism Bolalar uylariga yetib kelishgach ota-onalariga vaziyatni qanday tushintirishni o'ylab oldilar. Simus💙 Tomas💚 Jastin💛 Pansi💜 Xanna❤️ Lavanda💖 bularning hammasi ota-onasiga bor gapni yolg'on ishlatmasdan aytib berishni o'ylagan edilar va shunday qilishdi ham. Lekin bilib turganingizdek, ota-onalar bunga umuman rozi bo'lishmaydi. Chunki mo'jizalarga hamma ham ishonavermaydida. Ota-onalar buni eshitib "farzandim men bilan hazillashayapti" deb ham o'ylashdi. Lekin bolalar hazillashmayotganliklarini bunday vaziyatda haqiqatdan ham professor Nikolas Grindelvaldga yordam berishi kerakligini aytishdi. Albatta, ota-onalarni ko'ndirish oson kechmadi. Ular bu haqida o'ylab ham ko'rmaslikni afzal ko'rdilar. Bolalar ota-onalarini ko'ndirishga juda urinib ko'rishdi. Foydasi yo'qqa o'xshaydi. Tong otdi. Bolalar tayyorlanib maktabga ketishdi. Bir-birlariga uydagilari rozi bo'lishmaganini aytib qayg'uga botib qolishdi. Shunda birdaniga Pansi💜ning hayoliga: "Balki professor Nikolasga ota-onamiz rozi bo'lishmaganini aytib, professorning o'zi ota-onamiz bilan gaplashib ko'rishini tushintirarmiz, nima deysizlar?" degan o'y kelib qoldi. Bu fikr bolalarga ma'qul keldi. Xanna❤️ : "Professorni ota-onamiz bilan gaplashishga ko'ndira olarmiz, lekin professor ota-onamizni bizni Sirli Temnoliya oroliga borishimizga ko'ndira olarmikan?" dedi va bundan hamma bolalar o'ylanib qolishdi. Tomas💚: "Bolalar, professorni ham ota-onamizni ham ko'ndirdik deylik, lekin avvalo biz bunga tayyormizmi?". Ha, insonni juda o'yga toldiradigan savol. Bolalarni o'zi bunga tayyormikan? Bolalar ota-onalarini bir amallab ko'ndirishni o'ylabdiku, lekin o'zlari bu haqida hali o'ylab ko'rishmabdi... Davomi bor Yozuvchi: Durdona @gift_nature kanalidan
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.