Javohir Berdiyev | IT
الذهاب إلى القناة على Telegram
✅ Software Engineer & AI Specialist 🚀 7 yil coding, 400+ mentorlik Sun'iy intellekt va IT olamidagi eng so'nggi yangiliklar va darslar. Admin: @javohircoder ⁉️ Savol javoblar: @webdev07_lesson
إظهار المزيد6 711
المشتركون
+1924 ساعات
+1307 أيام
-4830 أيام
أرشيف المشاركات
Bugungi dars o'rganganlarimiz bilan amaliyot qilamiz. Mana shunday animatsiya yasab ko'ramiz
✅ @webdev_lesson
#css #dars_10
Bugungi darsda o'rganganlarimiz bilan amaliyot qilamiz. Mana shunday animatsiya yasab ko'ramiz
🥰Siz ham o'z do'stlaringizni biz bilan ulashing😊
👇👇👇
@webdev07
Telegram | YouTube | Instagram
Front-End kurs
Diqqat! Veb-dasturlashni o'rganmoqchi bo'lganlar uchun yangilik!
🔥 Bizning kursimizda qisqa vaqt ichida eng talab katta bo'lgan kasbni egallash imkoniyati bor! Kursni tamomlaganingizdan keyin Sizda murakkab loyihalarning ustida ishlash ko'nikmasi hosil bo'ladi. Shuningdek, shaxsiy portfolio ustida ham ish olib borasiz.
🔻 Front-End kursiga quyidagi texnologiyalar o'rgatiladi:
🔸 Html5
🔹 Css3
🔸 JavaScript (Es6)
🔹 Bootstrap
🔸 jQuery yoki Js framework(Vue.js, React.js, Angular)
🔹Sass
🏖 Format: onlayn ;
📆 Davomiyligi: 5 oy;
💰 Narxi: 300 000 so'm oyiga;
📖 Taʼlim tili: o‘zbek;
(Har bir darsda vazifa berilib tekshirib boriladi)
Murojaat uchun: @javohircoder
🔥 Ajoyib yangilik
Ko'p takliflarni inobatga olgan holda Front kursimizga yangi guruh ochishga qaror qildim. Faqat guruhga o'quvchi soni cheklangan☝️
Frontend dasturlashni o'rganmoqchi bo'lganlar shoshilamiz 👨💻🏃♂️
#css #dars_9
CSS dan foydalanib Animatsiya yasash 1-qism Transition va Transform 2D haqida
https://youtu.be/obvNQnPhZ9M
💻 Web dasturlashni o'rganish uchun 4 ta sabab
1. Doimiy ish o'rinlari
2020-yilda taxminan 1.4 million IT sohada vakansiyalar ochilgan, ammo ulardan 400,000 ta o'rin egallangan xolos. Demak ushbu sohada talab doimo yuqori bo'ladi
2. Yuqori maosh
Nafaqat Yevropa va AQSH'da balki O'zbekistonda ham dasturchilar uchun yuqori maosh to'lanadi. AQSH Yangiliklar va Jahon axboroti ma'lumotlariga qaraganda, web dasturchilarning dunyo bo'yicha o'rtacha $64,970 to'lanadi.
3. Hech qanday diplom shart emas
Juda ko'plab IT kompaniyalar diplomsiz ishga qabul qilish tizimiga o'tdi. Dasturchi bo'lib ishlash uchun hech qanday diplom yoki 4 yillik oliy ta'lim olish majburiy emas.
4. Frilanserlik imkoniyati
Agar kompaniyalarda ish topa olmasangiz, frilanser sifatida ishlash imkoniyati ham bor. Ofisdan turib ishlash shart emas. Muhimi noutbuk va internet bo'lsa bas
👇👇👇
✅ @webdev_lesson
#css #dars_8
Flexbox CSS
Web Dasturlash. CSS 3 6-Dars | Flexbox haqida a u bilan ishlash
https://youtu.be/GWFSLhhaZw4
Bugun CSS3 5-dars (amaliyot) - HTML va CSS dan foydalanib template yasash, Web dasturlash amaliyot dars, o'tilgan darslardan foydalanib kichik template yasab ko'ramiz
👇👇👇
@webdev_lesson
#html #css
Telegram | YouTube | Instagram
Kanalda berib borilayotgan darslarni to'liq kuzatib borayapsizmi ?
Photoshopni o'rganmoqchilar uchun super kanal, albatta kanalda obuna bo'ling aslo afsuslanmaysiz.
Kanal manzili:
@MaksadovGroup
#css #dars_7
Web Dasturlash. CSS 3 4-Dars | Float, Display, Position lar bilan ishlash
Web Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!
👇👇👇
https://youtu.be/LvAgtZ7_FiI
CSSda tanlash turlari
Universal tanlash:
* {
margin: 0;
padding: 0;
}
Tag orqali tanlash:
p {
margin: 0;
padding: 0;
}
Class orqali tanlash:
.class-name {
margin: 0;
padding: 0;
}
Id orqali tanlash:
#element_id {
margin: 0;
padding: 0;
}
Tagning attributi orqali tanlash:
input[type="text"] {
margin: 0;
padding: 0;
}
Tagning ichidagi avlod elementlari orqali tanlash:
body.dark p {
margin: 0;
padding: 0;
}
Tagning ichidagi bola elementlari orqali tanlash:
p.note > b {
margin: 0;
padding: 0;
}
Bir darajadagi elementlarni tanlash:
label + input {
margin: 0;
padding: 0;
}
Pseudoklasslar orqali tanlash:
a:hover {
margin: 0;
padding: 0;
}
Pseudoelementlar orqali tanlash:
a::before {
margin: 0;
padding: 0;
}
Do'stlaringizni biz bilan ulashing 😊
👇👇👇
@webdev07#css #dars_6
Web Dasturlash. CSS 3 3-Dars | CSS da turlar bilan ishlash
Web Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!
👇👇👇
https://youtu.be/4D89H6JQvAw
CSS nima ?
CSS (ing. Cascading style sheets, uzb. Kaskadlangan stillar jadvali) — bu belgilash tilidan foydalanib yozilgan hujjatlarning ko’rinishini tasvirlash uchun ishlatiladigan rasmiy til hisoblanadi.
U asosan HTML va XHTML belgilash tillari yordamida yozilgan veb-sahifalarning ko’rinishini tasvirlash va loyihalash vositasi sifatida ishlatiladi, ammo har qanday XML hujjatlariga, masalan, SVG yoki XUL-ga ham qo’llanilishi mumkin.
CSS-dan foydalanish:
CSS veb-sahifa yaratuvchilari tomonidan ranglar, shriftlar, alohida bloklarning tartibini va ushbu veb-sahifalarning paydo bo’lishining boshqa jihatlarini belgilash uchun ishlatiladi. CSS-ni ishlab chiqishning asosiy maqsadi veb-sahifaning (HTML yoki boshqa belgilash tillari yordamida ishlab chiqarilgan) mantiqiy tuzilishining tavsifini ushbu veb-sahifa (hozir rasmiy CSS tili yordamida ishlab chiqarilgan) tashqi ko’rinishi tavsifidan ajratish edi. Ushbu ajratish hujjatning mavjudligini oshirishi, ko’proq moslashuvchanligi va taqdimotni boshqarish qobiliyatini ta’minlab, shuningdek tarkibiy tarkibdagi murakkablik va takrorlanuvchanlikni kamaytirishi mumkin.
CSSdan foydalanish usullari:
CSS qoidalari rasmiy CSS tilida yozilgan. Qoidalar veb-hujjatning o’zida ham, tashqi ko’rinishi ular tasvirlab beradigan ham, shuningdek CSS formatiga ega tashqi fayllarda ham joylashtirilishi mumkin. CSS formati bu CSS qoidalari va ular haqidagi sharhlarni o’z ichiga olgan matnli fayl hisoblanadi.
CSS stillarini to’rtta usul bilan veb-hujjatga kiritilishi yoki joylashtirilishi mumkin.
Stillar tavsifi alohida faylda bo’lganda, u <head> elementiga kiritilgan <link> elementidan foydalanib hujjatga ulanishi mumkin:
html>
<html>
<head>
.....
<link rel="stylesheet" type="text/css" href="style.css">
</head>
<body>
.....
</body>
</html>
2. Agar stil jadvallari ota hujjatdan alohida joylashtirilsa, u hujjatga <style> elementidagi @import ko’rsatmasi bilan ulanishi mumkin:
html>
<html>
<head>
.....
<style media="all">
@import url(style.css);
</style>
</head>
</html>
3. Hujjat ichida stillar tavsiflanganda, ular <head> elementiga kiritilgan <style> elementiga kiritilishi mumkin.
html>
<html>
<head>
.....
<style>
body {
color: red;
}
</style>
</head>
<body>
.....
</body>
</html>
4. Hujjat ichidagi elementning attributi sifatida kiritilishi mumkin:
<!DOCTYPE>
<html>
<head>
.....
</head>
<body>
<p style="font-size: 20px; color: green; font-family: arial, helvetica, sans-serif">
.....
</p>
</body>
</html>
©️Islam Tashpulatov
Do'stlaringizni biz bilan ulashing 😊
👇👇👇
@webdev07#css #dars_5
Web Dasturlash. CSS 3 2-Dars | textlar, box module, fontlar bilan ishlash, google font ulash
Web Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!
👇👇👇
https://youtu.be/T0HNL7pNwjs
