cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

🚄Toshkent temir yo'l texnikumi

Toshkent temir yo'l texnikumi rasmiy kanaliga xush kelibsiz! Eng so'nggi, ishonchli va tasdiqlangan xabarlarni faqat shu yerdan topishingiz mumkin. Rasmiy sahifalarimiz: https://taplink.cc/ttytrailway Ma’lumot uchun telefon raqami: 71 299-05-59

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
4 871
المشتركون
-124 ساعات
-187 أيام
-3130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#Qabul_2024 #Professional_taʼlim #Texnikum 2024/2025-o‘quv yili uchun Toshkent temir yo’l texnikumi kunduzgi, sirtqi, dual va ushbu o'quv yilidan ilk bor kechki ta'lim shakllarida quyidagi kasb va mutaxassisliklar bo'yicha qabul e‘lon qiladi: 🟢 Temir yo‘l transportida elektrlashtirish va elektr ta'minoti (Kuduzgi sirtqi va kechki ta'lim) 🟢 Temir yo‘l transportida avtomatika va telemexanika (Kuduzgi va sirtqi ta'lim) 🟢 Harakatni tashkil etish va boshqarish (Kuduzgi sirtqi va kechki ta'lim) 🟢 Temir yo‘l ko‘priklari va tonnellaridan texnik foydalanish (Kuduzgi va sirtqi ta'lim) 🟢 Lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash (Kuduzgi sirtqi va kechki ta'lim) 🟢 Temir yo‘l vagonlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash (Kuduzgi sirtqi va kechki ta'lim) 🟢 Temir yo‘l transportida simli aloqa tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish (Kuduzgi va sirtqi ta'lim) 🟢 Temir yo‘l transportida radioaloqa tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish (Kuduzgi va sirtqi ta'lim) 🟢 Temir yo'l transportida axborot xavfsizligini ta'minlash va axborotlashtirish (Kuduzgi sirtqi va kechki ta'lim) 🟢 Temir yo‘l transportida elektron tizimlar va jihozlar (Kuduzgi sirtqi va kechki ta'lim) 🟢 Temir yo‘l qurish, yo‘l va yo‘l xo‘jaligi; (Kuduzgi va sirtqi ta'lim) 🟢 Temir yo‘l transporti mijozlariga servis xizmat ko‘rsatish (Kuduzgi sirtqi va kechki ta'lim) 🟢 Buxgalteriya hisobi va audit (Kuduzgi sirtqi va kechki ta'lim) 🟢 Temir yo'l transportida yuk va tijorat ishlari (Sirtqi va dual ta'lim) 🟢 Temir yo'l transportida harbiylashtirilgan himoyani tashkil etish (Sirtqi va dual ta'lim) 🟢 Temir yo'l transporti kuzatuvchisi (Sirtqi va dual ta'lim) 🟢 Harakat tarkibiga xizmat ko'rsatish va ta'mirlash chilangari (Dual ta'lim) 🟢 Harakatlanuvchi tarkib (elektrovozlar, elektropoyezdlar) elektr jihozlarini ta'mirlash elektr chilangari (Dual ta'lim) 🟢 Temir yo'llardan texnik foydalanish va ta'mirlash (Dual ta'lim) 🟢 Buxgalter (Dual ta'lim) 🟢 Xodimlarni boshqarish (Dual ta'lim) Texnikumda o’qish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi "Virtual markaz" interaktiv xizmatlar portali (https://my.uzbmb.uz/) orqali ro’yxatdan o’tiladi. Qabul jarayonlari 2024-yilning 10 avgust sanasidan 10 sentabriga qadar davom etadi. Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Geydar Aliyev ko’chasi, 89-uy Murojaat uchun telefonlar: (71) 299-05-67; (71) 299-05-59 🕊Telegram|📱Instagram |📱Facebook |🕊Twitter | 📺Youtube
إظهار الكل...
👍 3
Repost from OTFIV | Toshkent
Photo unavailableShow in Telegram
Oliy va professional ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilariga byudjet mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni Batafsil: https://uza.uz/posts/602360 Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
إظهار الكل...
👍 1
Repost from Ta'lim nazorati
⚡️Endi taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida yaxshi baholarga oʻqiydigan talabalarga ajratiladi Prezident farmoniga asosan 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditlari faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalarga ajratiladi. birinchi bosqich talabalari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida; ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno) ajratiladi. Taʼlim krediti ajratish uchun talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlishi lozim. Oʻz dasturiy taʼminotiga ega boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlari taʼlim kreditini olish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli axborot tizimlariga oʻz axborot tizimini integratsiya qilishi yoki ulardan foydalanishi majburiy hisoblanadi. 2024-yil 1-iyulga qadar tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar barcha oliy taʼlim tashkilotlarining toʻlov-kontrakt shartnomasi “kontrakt.edu.uz“ va ”prof.edu.uz" axborot tizimlari orqali shakllantiriladi. 2024/2025 oʻquv yili boshlangunga qadar taʼlim kreditini olish uchun arizalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Taʼlim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirish imkoniyati yaratiladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
🤣 5👍 2👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
Dual ta'lim shaklida tahsil oluvchi 2-kurs guruhlari (D4Yx-2 va D4TTA-2r) uchun 10-iyundan so‘nggi nazariy darslar tashkil etiladi va 24-29-iyun kunlari Yakuniy davlat attestatsiyalari o'tkaziladi. @eduttyt
إظهار الكل...
Ta'lim uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi Professional va oliy ta‘lim tashkilotlariga jismoniy shaxslar o‘zi va farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta‘lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi. Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi. 👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023 👉Soliq kodeksi 378-modda Agar siz ta’lim uchun yoki olingan ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplash uchun mablag‘larni professional va oliy ta’lim tashkilotlariga yoki tijorat bankiga ish beruvchi tomonidan o‘tkazib berilishini va bu mablag‘laringizga soliq solinmasligini istasangiz, u holda tegishli ariza bilan ish beruvchiga murojaat etishingiz lozim. Bunda, quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak: 🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi; 🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi. Agar siz oldingi yillarda ishlagan bo'lsangiz, shartnoma summasini o'zingiz (naqd yoki bank kartasi orqali) mustaqil ravishda to'lagan bo'lsangiz, doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya va quyidagi hujjatlarni topshirish orqali to'langan daromad solig'ini qaytarishingiz mumkin. 🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi; 🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi; 🔹O‘zbekiston professional va oliy ta’lim tashkilotlari hisob raqamiga (ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplaganda tijorat banki hisob raqamiga) pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi. Agar ta'lim uchun yo‘naltirilgan mablag'lar miqdori jami yillik daromaddan ortiq bo'lsa, boshqa oila a'zosi (ota/ona, er/xotin) soliq to'langan summaning qolgan qismidan olingan daromad solig‘ini xuddi shu tarzda qaytarishi mumkin. Bunda, u avval imtiyoz qo'llanilgan summa miqdori to'g'risidagi ma’lumotnoma taqdim etilishi kerak. Agar siz va sizning oila a'zolaringiz turli hududlardagi davlat soliq organlarida ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, u holda imtiyozni qo'llamoqchi bo'lgan shaxs boshqa hujjatlar bilan birga oilaning qolgan a'zolari ushbu imtiyozni hali qo'llamaganligi to'g'risida ma'lumotnoma taqdim etadi. 👉 JShODS imtiyozlarini qo'llash tartibi to'g'risidagi nizom
إظهار الكل...
👍 1
#o'qishniko'chirish O‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash qoidaga ko‘ra, yozgi ta’til davrida, tegishli kurs (semestr)da o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi. (VM-466) 2023/2024-o'quv yilida o'qishga qabul qilingan (kunduzgi va sirtqi ta'lim shakli) o'quvchilar arizalarini 2024-yil 1 avgustdan 10-avgustga qadar topshirishlari mumkin bo'ladi. O‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash o‘quvchining (o‘quvchi voyaga yetmagan bo‘lsa uning ota-onasidan birining yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) arizasi va professional ta’lim muassasasi tomonidan berilgan akademik ma’lumotnoma, o‘quvchining kursdan kursga o‘tganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma, o‘quvchi pasporti nusxasi, voyaga yetmagani sababli pasporti bo‘lmaganda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma hamda ota-onasi (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning doimiy yashash joyi ko‘rsatilgan pasporti nusxasidan iborat hujjatlar yig‘ma jildi asosida ko‘rib chiqiladi. O‘quvchilarning o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashda professional ta’lim muassasasi direktori tomonidan ta’lim dasturlaridagi farqlarni yoki qarzlarni topshirish tartibi va muddatlari (ikki oydan ortiq bo‘lmagan), shuningdek, o‘quvchilarni o‘qitish kursi belgilanadi. Professional ta’lim muassasasi miqyosida bir darajadagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishni ko‘chirish yoki ta’lim shaklini o‘zgartirish masalasi mazkur professional ta’lim muassasasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. O‘qishni ko‘chirish hudud miqyosida tegishli Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi, bir mintaqadagi professional ta’lim muassasasidan boshqa mintaqaning (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) professional ta’lim muassasasiga ko‘chirish Vazirlik tomonidan ko‘rib chiqiladi. Davlat granti asosida ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashda ularga davlat granti asosida ta’limni davom ettirish imkoniyati beriladi. O‘rta maxsus professional ta’lim (texnikumlar) dasturlari bo‘yicha o‘qishni ko‘chirish qabul qiluvchi ta’lim muassasasi tegishli bo‘lgan oliy ta’lim muassasasining xulosasiga ko‘ra tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi. O‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘qishi bir ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakliga (Toshkent temir yo'l texnikumida dual ta'limdan tashqari) ko‘chirilishi mumkin. O'qishni ko'chirish natijasida kelib chiqadigan akademik qarzdorlik belgilangan muddatlarda bartaraf etilmagan taqdirda o'quvchi, avval o'qigan kasb/mutaxassisligiga (guruhiga) qaytariladi. 🕊Telegram|📱Instagram |📱Facebook |🕊Twitter | 📺Youtube
إظهار الكل...
👍 3
Dual ta'lim shaklida tahsil oluvchi 1-kurs guruhlari (D4B-2, D4XB-2, D4V-2, D4HT-3, D4MPO-2, D4Yx-3 va D4TTA-3) uchun Texnikumdagi navbatdagi nazariy darslar 2024-yil 3-iyundan boshlanadi va 22-iyungacha davom etadi. @eduttyt
إظهار الكل...
Repost from OTFIV | Toshkent
Photo unavailableShow in Telegram
Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
إظهار الكل...
Repost from OTFIV | Toshkent
02:14
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_nigohida “Toshkent bitiruvchilari va talaba-yoshlari” loyihasi doirasida "ESPORTS EDUCUP” (kibersport) turniri final bosqichi Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
إظهار الكل...
👍 1
Farmon yuzasidan, Toshkent temir yo'l texnikumiga kirish uchun abituriyentlarga sharh 2024/2025 o'quv (2024-yil qabul kampaniyasi) yilidan boshlab, Toshkent temir yo'l texnikumiga o'qishga kirish istagida bo'lgan abituriyentlar avvalo Toshkent davlat transport universitetining tegishli mutaxassisliklari, shuningdek respublikaning boshqa oliy ta'lim muassasalarining tegishli fan bloklarining mosligiga qarab o'rnatilgan tartibda ro'yxatdan o'tishlari kerak bo'ladi. Amalda Texnikumda qabul e'lon qilingan barcha mutaxassislik va kasblar uchun imtixonlarda qatnashish uchun fan boklari Matematika, fizika, ona tili va adabiyot fanlari ketma-ketligida belgilangan bo'lib, endlikda huddi shu fan bloklari ketma-ketligidagi mos oliy ta'lim yo'nalishlarini tanlaganda, qo'shimcha ravishda Texnikumdan taklif etilayotgan o'zingizga mos kelgan mutaxassilik yoki kasblarni tanlashingiz kerak bo'ladi. Farmonda aytilishicha, Texnikumda tahsil olish istagidagi abituriyentlar oliy ta'lim muassasalariga kirish imtixonlari to'liq yakunlanganidan so'ng (iyul-avgust, sanasi aniq emas, lekin avvalgi yillarda 15-avgustgacha edi) 10 kun muddatda tegishli kasb va mutaxassislikni hamda taʼlim shaklini tanlaydi. Bundan kelib chiqib, yangi o'quv yilidan boshlab, Texnikumda 1-kursga qabul qilingan o'quvchilarning ro'yxati 1-sentabrga qadar shakllanadi va o'qish sentabrdan boshlanadi. Shuni qo'shimcha qilish lozimki, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 715-son qaroriga ko'ra kollejlar va texnikumlarga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni har yili 10-avgustdan 10-sentabrga (shu kuni ham) qadar amalga oshirilishi belgilangan. Texnikumlarga qabul jarayonlari yuqoridagi Farmon bandlaridan kelib chiqib, qanday tashkil etilishi yuzasidan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy sharhini kutib qolamiz. 🕊Telegram|📱Instagram |📱Facebook |🕊Twitter | 📺Youtube
إظهار الكل...
🚄Toshkent temir yo'l texnikumi

#Qabul_2024 #Professional_taʼlim #Texnikum 2024/2025-o‘quv yili uchun Toshkent temir yo’l texnikumi kunduzgi, sirtqi, dual va ushbu o'quv yilidan ilk bor kechki ta'lim shakllarida quyidagi kasb va mutaxassisliklar bo'yicha qabul e‘lon qiladi: 🟢 Temir yo‘l transportida elektrlashtirish va elektr ta'minoti (Kuduzgi sirtqi va kechki ta'lim) 🟢 Temir yo‘l transportida avtomatika va telemexanika (Kuduzgi va sirtqi ta'lim) 🟢 Harakatni tashkil etish va boshqarish (Kuduzgi sirtqi va kechki ta'lim) 🟢 Temir yo‘l ko‘priklari va tonnellaridan texnik foydalanish (Kuduzgi va sirtqi ta'lim) 🟢 Lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash (Kuduzgi sirtqi va kechki ta'lim) 🟢 Temir yo‘l vagonlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash (Kuduzgi sirtqi va kechki ta'lim) 🟢 Temir yo‘l transportida simli aloqa tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish (Kuduzgi va sirtqi ta'lim) 🟢 Temir yo‘l transportida radioaloqa tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish (Kuduzgi va sirtqi ta'lim) 🟢 Temir yo'l transportida axborot xavfsizligini…

👍 3